Yer resurslar va ulardan samarali foydalanish


Download 0.57 Mb.
bet4/6
Sana26.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1232638
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yer resurslar va ulardan samarali foydalanish

Yerdan foydalanish masalasi tahlili davomida yana shunday holat ham ko`zga tashlanadiki, unga ko`ra dehqonchilik qilinadigan yer maydonlarini kengaytirishning imkoniyati yo`q. Masalan, YUNEP ma'lumotlariga ko`ra yangi yerlarning o`zlashtirilishi 2000 yilga borib jami o`zlashtirilgan yerlar maydoni 3,2 mlrd. gektarga yetkazilsada, dehqonchilik qilinadigan yerlar aholi jon boshiga 1975 yildagiga qaraganda amalda ikki baravarga kamayadi. Buning sababi aholi soni ko`payib borishi bilan birga ko`p yerlar eroziyaga uchrab ishdan chiqadi, bir qism yer esa shaharlar va sanoat kommunikatsiyasi ko`rilishiga sarf bo`ladi. Amerikalik mutaxassis Braun (1978) bashoratiga ko`ra 1975-2000 yillar orasida Yer yuzining shahar aholisi sonining taxminan ikki baravarga ko`payib, 3 mlrd. dan oshadi, shunga ko`ra shaharsozlikka qo`shimcha 63 mln. gektar yer ketadi.

Tabiiy resurs deb inson hayoti va faoliyati davomida bevosita foydalanayotgan barcha turdagi tabiiy ne'matlarga aytiladi.(Mineral yer, suv, o`simlik, kosmik kabi turli xil boyliklarni o`z ichiga oladi). (Qayumova boshq. 2002, 15 b).

  • Tabiiy resurs deb inson hayoti va faoliyati davomida bevosita foydalanayotgan barcha turdagi tabiiy ne'matlarga aytiladi.(Mineral yer, suv, o`simlik, kosmik kabi turli xil boyliklarni o`z ichiga oladi). (Qayumova boshq. 2002, 15 b).
  • Yer resurslari ham, tabiiy resurslar qatoriga kiradi. U xalq xo`jaligi tarmoqlarini, axolini joylashtirishda hududiy asos hisoblanadi. Qishloq xo`jaligida esa ishlab chiqarish vositasidir.
  • Yer yuzasidagi quruqlikning (Antarktidadan tashqari) 133,9 mln km2 maydoni yer fondi hisoblanadi. Shundan qishloq xo`jaligi yerlari 35% (shudgor, o`tloq, yaylov) o`rmon va butazorlar 30%, aholi manzilgohlari, sanoat, transport majmualari 3% egallaydi. (GES, 1988)
  • Yer resurslariga, turli maqsadlar uchun yaroqli bo`lgan tabiiy –tarixiy xususiyatlarga ega bo`lgan hudud kiradi. Hozirgi kunda yer fondining umumiy hajmi 13,4 mlrd gektar (yaroqli yerlar). Shulardan insoniyatga faol xizmat qiladigan (kx yerlari) jaxon yer fondini 34% tashkil qiladi. Shundan ishlov beriladigan yerlar 11% va o`tloq, yaylovlar 23% ni tashkil qiladi. Bundan ishlov beriladigan, ekin eqiladigan yerlar zarur oziq–ovqat vositalarini 88%, o`tloq va yaylovlar esa 10% ni bermoqda.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling