Yеr rеsurslаridаn sаmаrаli fоydаlаnishni yaхshilаsh vа rаg`bаtlаntirish


Qishloq xo’jaligi ekinlari va ko’p yillik daraxtlar


Download 155.98 Kb.
bet4/8
Sana02.06.2024
Hajmi155.98 Kb.
#1835980
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1. Yer resurslarining qishloq xo’jaligidagi ahamiyati va o’ziga -fayllar.org

Qishloq xo’jaligi ekinlari va ko’p yillik daraxtlar


Tuproqning bir bonitet baliga nisbatan me’yoriy hosildorligi,
sentner/ga

Sug’oriladigan yerlarda


G’o’za

0,4

Boshoqli don ekinlari


0,6

Tamaki

0,45

Sholi

0,7

Bir yillik o’tlar (yashil yem-xashak)

3,0

Sabzavotlar

3,0

Poliz mahsulotlari

2,7

O’tgan yillardagi beda

2,0

Don uchun makkajo’xori

0,75

Yem-xashakbop ildizmevali o’simliklar

9,0

Kartoshka

2,0

Bog’lar (o’rta hisobda)

0,6

Tokzorlar (o’rta hisobda)

0,8

Lalmi yerlarda

Kuzgi bug’doy


0,25

Kuzgi arpa

0,20

Bahorgi no’xat

0,12

Manba: qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining me’yoriy qiymatini aniqlash tartibi

to’g’risidagi Nizom.


1 gektar maydondagi asosiy qishloq xo’jaligi ekinlarining me’yoriy unumdorligi tegishli ma’muriy mintaqadagi me’yoriy qiymatni aniqlash davridan oldin yuzaga kelgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini realizatsiya qilishning o’rtacha yillik narxlariga bog’liq ravishda qiymat ifodasida quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
Um = Hm · No’y
Bunda: Um – 1 ga qishloq xo’jaligi ekinlarining me’yoriy unumdorligi, ming so’m;
Hm – qishloq xo’jaligi ekinlarining me’yoriy hosildorligi, sentner/gektar;
No’y – dehqon bozorlarida sotiladigan qishloq xo’jaligi mahsulotlari tegishli turiga o’rtacha yillik narx, ming so’m/sentner, paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarining xarid narxi ming so’m/sentner;
Sug’oriladigan 1 gektar haydov yerdan olinadigan hisoblab chiqilgan foydani aniqlashda har bir qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi bo’yicha qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining me’yoriy qiymatini aniqlashning shu yildan oldingi yilda shakllangan ekin maydonlari tuzilmasi qo’llaniladi.
Har bir qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi bo’yicha oldingi yil uchun qishloq xo’jaligi ekin maydonlari to’g’risidagi ma’lumotlar davlat statistika ma’lumotlari asosida aniqlanadi. Ma’lumotlar statistika organlari tomonidan “Yergeodezkadastr” davlat qo’mitasiga har yili 1-aprelgacha taqdim etiladi. O’tgan yildagi ekin maydonlari to’g’risidagi ma’lumotlar mavjud bo’lmagan taqdirda O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligining mintaqaviy bo’linmalari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlari bo’yicha joriy yilda qishloq xo’jaligi ekinlarini joylashtirish rejasiga muvofiq ekin maydonlari tuzilmasi qo’llaniladi.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining asosiy turlari bo’yicha foydaning hisoblab chiqilgan miqdori qishloq xo’jaligi ekin maydonlari sifatidan kelib chiqib foizlarda mahsulot qiymatiga va tuman bo’yicha o’rtacha tuproqlarning har bir klassi bo’yicha mahsulotlarni yetishtirishga o’rtacha xarajatlarga bog’liq ravishda O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan hisoblab chiqiladi.
Mahsulot qiymati to’g’risidagi o’rtacha ma’lumotlar va biror-bir o’simlik bo’yicha qishloq ho’jaligi mahsulotlarini yetishtirishda o’rtacha xarajatlar mavjud bo’lmagan taqdirda boshoqli don ekinlari bo’yicha hisoblab chiqilgan ma’lumotlar qo’llaniladi.
Sifati turlicha bo’lgan yerlar bo’yicha 1 gektar sug’oriladigan haydov yerdan olinadigan foydaning hisoblab chiqilgan miqdori quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:

Bunda: Fh.ch. – 1 gektar sug’oriladigan haydov yerdan olinadigan hisoblab chiqiladigan foyda, ming so’m;


Umqxe1,…,Umqxen – qishloq xo’jaligi ekinlarining me’yoriy unumdorligi, ming so’m/gektar;
EM1,…,EMnekin maydonlari, ga
FMe1,…,FMen – tuproq sifati turlicha bo’lgan yerlarda turli xil ekinlardan olinadigan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi foydasining hisoblab chiqilgan miqdori, foizlarda.
1 gektar sug’oriladigan haydov yerning me’yoriy qiymati quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:

Bunda: YQm – sug’oriladigan haydov yerning me’yoriy qiymati, ming so’m/gektar;


Fh.ch. – sug’oriladigan haydov yerdan olinadigan hisoblab chiqilgan foyda, ming so’m/gektar;
P – hisoblab chiqiladigan foydaning kapitallashuvi foizi. Hisoblab chiqilgan foydaning kapitallashuvi foizi 5% miqdorida qabul qilinadi.
K1 – xo’jalik yuritish va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi intensivligi darajasi hisobga olinadigan mintaqaviy koeffitsiyent;
K2 – sug’orish uchun suv chiqarish usuli hisobga olinadigan koeffitsiyent;
K3 – hosilning nobud bo’lish foizi hisobga olinadigan koeffitsiyent;
6-jadval Surxondaryo viloyatida xo’jalik yuritish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi intensivligi darajasi hisobga olingan mintaqaviy koeffitsiyentlar (K1)





Download 155.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling