Yer resurslarini boshqarish
I – BOB O’ZBEKISTONNING FOYDALI O’SIMLIKLARI
Download 288.72 Kb.
|
O\'ZBEKISTONDA O\'SIMLIKCHILIK MAXSULOTLARI IMPORTI VA EKSPORTI
I – BOB O’ZBEKISTONNING FOYDALI O’SIMLIKLARI
O’ZBЕKISTОNDА O’SАDIGАN O’SIMLIKLАR Farg’ona viloyati Toshloq tumanidagi Yangi yo’l qishlog’i Fag’ona vodiysining janubiy qismida bo’lib, viloyat markazi Farg’ona shahridan 25-30 km. shimolda joylashgan. Bu qishloq Toshloq tumanidagi Besholish dashtlari bilan uyg’unlashib ketgan. Qishloqning dasht va adir zonalari bilan uyg’unlashib ketganligi natijasida qishloq hududida juda ko’p turdagi dorivor o’simliklarni uchratish mumkin. Bu o’simliklar, qadim-qadimdan, xalqimiz tomonidan tabobatchilikda keng foydalanib kelinayotgani katta ahamiyatga ega. Toshloq tumanidagi 11-o’rta maktabda tashkil etilgan “Olamni saqlaylik” ekologik klubi raxbari R.Badalov va shu maktab biologiya o’qituvchisi M.Abdullayeva va o’zim ta’lim olayotgan maktab biologiya o’qituvchisi I.Sodiqovalarning nazorati va ko’rsatmalari asosida hududimizdagi o’simliklarni o’rganish borasida kichik izlanishlar olib bordik. O’simliklarni o’rganish va ularni farqlash jarayonida, anchagina qiziqarli va foydali ma’lumotlar to’plashga erishdik. Biz o’rgangan o’simliklar orasida kishilarimiz salomatligi uchun alohida a hamiyatga ega bo’lgan, tuproq erroziyasini oldini oladigan va yemirilib borayotgan ekologik muhitdagi ob-havoni tozalab, kislorod bilan to’yintirib turadigan o’simliklarga bo’lgan munosabatlarni bilib oldik va bunday o’simliklarning biologik-ekologik hususuyatlarini o’rganishga kirishdik. Quyidagi ma’lumotlarda, shular haqidagi ilk ijodiy ish namunalarimiz yozilgan. 1. Na’matak – xalq tilida atalishi, fandagi nomi esa - Rosa Cinnamomea L. Bizning hududimizda yovvoyi holda o’sayotgan na’matak turlari jihatidan ko’p bo’lmasada, foydasi jihatidan katta ahamiyatga ega. Na’matak ko’pyillik butasimon o’simlik bo’lib, bo’yi 2-3 metrga etib boradi. Mevalaru uzunchoq-dumaloq, jigarrang va qizil rangli, novdalari tikanli, barglari ketma-ket joylashgan, gullari pushti, och pushti, oq, sariq va qizil ranlarda bo’ladi. Mart –Aprel oylarida gullaydi.Biz bu o’simlik haqida ma’lumotga ega bo’lish uchun ko’pgina kitoblar bilan tanishib chiqdik. Na’matakning quritilgan mevalarida 18-19% askorbin kislotasi bo’lishligini, barglari, gulg’unchalarida va tomir qismida oshlovchi moddalarning ko’pligini va meva danaklarida shifobahsh moy bor ekanligini bilib oldik. Bundan tashqari na’matak mevasida inson organizmi uchun juda zarur bo’lgan qand moddasi, limon, olma kislotalari, karotin, kaltsiy, temir, marganets, fosfor, magniy kabi moddalar borligi haqida ma’lumotga ega bo’ldik. Na’matak mevalaridan tayyorlangan qaynatma,damlamalar kishilarning salomatligini saqlashda va kamqonlik kasalligini oldini olishda, turli shamollash kasalliklarini davolashda ishlatish mumkinligini bilib oldik va bu ma’lumotlarni klubimiz mashg’ulotlarida, Biologiya darslari davomida tengdoshlarimizga aytib berdik. 2. Chakanda - xalq tilida atalishi, fan tilida atalishi esa - Hippophae Rhamnoides L. Qishlog’imizdan oqib o’tadigan Qoraboy soy bo’ylarida hamda Besholish dashtlarining suv havzalari bo’yida yovvoyi holda o’sayotgan darahtsimon Chakanda o’simligi haqida ustozimiz R.Badalov bizga aytib berdilar. Bu o’simlik haqida to’liq ma’lumot olish uchun turli kitoblarni ham ko’rib chiqishimizga to’g’ri keldi. Maktabimizdagi Internet Markazi orqali Internetdan ham bu ko’pyillik o’simlik haqida ma’lumotlar olishga erishdik va bu o’simlik bilan tanishib chiqdik. Bu o’simlikning bo’yi 4-5 metrdan ortiq bo’lib, shohlari tikanli bo’lishligini bilib oldik. Yana bu o’simlik ikki uyali bo’lib, murakkab gulli o’simliklar qatoridan joy olar ekan. Mevalari loviyadan kichik va moshdan kattaroq bo’lib, rangi apelsin rangi singari, mazasi esa ananas mazasini beradi, deb tushuntirdi ustozimiz. Mart-Aprel oylarida gullaydi va mevalari Iyulning ohiridan boshlab pishadi. Mevalarini Noyabr oyigacha yig’ib olish mumkin. Bu sovuqqa chidamli o’simlik. Mevasining tarkibida turli mikro elementlar, oshlovchi moddalar, kishi organizmi uchun kerak bo’lgan turli kislotalar mavjud. Uning mevasi va danaklaridan tibbiyot uchun jarur bo’lgan Chakanda moyi olinshini bilib oldik. Bu moy bilan oshqozon ichak kasalliklari, teri kasalliklari qadim qadimdan davolanib kelinar ekan.Shuning uchun ham biz yoshlar bu o’simliklarni saqlab qolish uchun, himoya qilish uchun tinmay izlanishlarb olib borishimiz zarurligini tushundik. Bu o’simlik haqida sinfdoshlarimizga aytib berdik. Ularning ko’pchiligi bizning klubga a’zo bo’lishdi. 3. O’rik – xalqimiz tilidagi nomi, fanda esa Armeniaca Vulgaris L. deb ataladi. Bu daraht haqida qancha ko’p gapirsak ham kamlik qiladi. Bu bog’larimizning ko’rki bo’lgan va kishilarimizni qadimdan o’z mevalari bilan ta’minlab kelayotgan mevali darahtlardan hisoblanadi. O’rik darahti O’zbekistonning barcha viloyatlarida o’sadi va uning balandligi 5-10 metrni tashkil etadi. Uning mevasi tarkibida A, C, B-15, PP vitaminlari juda ko’p miqdorda borligini kishilar qadimdan bilishgan. Shuning uchun ham odamlar bu daraht mevasi bilan yurak hastaliklarini, astma, kamqonlik kabi kasalliklarni davolab kelganlar. Hozirda ham o’rikdan tayyorlangan lazzatli sharbatlar, kompot va murabbolar dasturhonimiz ko’rki bo’lib, kishilarimizni turli kasalliklardan himoya qilib turibdi. 4. Jag’-jag’ – xalq tilida atalishi, fan tilida esa Capsella Bursa-Pastoris L. deyiladi. Bu bir yillik o’tsimon o’simlik bo’lib, uning bo’yi 20-60 sm.ga yetadi. M art oyidan boshlab kuz ohirigacha gullab, meva tugib, o’zidan avlod qoldiradi. Bu o’simlik chorva hayvonlari uchun yemish hisoblanadi. O’zining dorivor hususiyati bilan xalqimiz orasida ham keng tanilgan. Erta bahor paytida uning yosh barglaridan turli taomlar va salatlar tayyorlash mumkin. Jag’-jag’ o’simligida askorbin, olma, limon va boshqa kislotalar juda ko’p. Shuning uchun ham qon bosimi baland bo’lgan bemorlarga jag’-jag’ o’tdan tayyorlangan parhez taomlar tavsiya etiladi. U o’zida mavjud bo’lgan turli mikro elementlar yordamida qonni suyultirib, qon bosimini pasaytirishga hizmat qiladi.Bu o’simlik qishloq aholisi uchun asosiy dori darmon hisoblanadi. 5. Yalpiz – xalq tilidagi nomi, Mentha Piperita L. – fandagi atalishi. Bu o’t o’simlik ko’pyillik hisoblanadi. Uning bo’yi 30-90 sm. atrofida bo’lib, o’zining kuchli va hushbo’y hidi bilan mashhur. Uning barglari va poyasida turli foydali elementlar bor. Yalpizdagi efir moyi tarkibida Mentol m oddasi borligi uchun bu o’simlik tibbiyot mahsulotlari ishlab chiqarishda ta’m berish uchun va ayniqsa tish tozalash pastalari ishlab chiqarishda keng miqyosda ishlatiladi. Ulug’ bobomiz Abu Ali Ibn Sino ham Yalpizning shifobahsh hususiyatlarini juda yahshi bilgan va undan bosh og’riq, qon ketish, ko’ngil aynish, ishtahasizlik kabi kasalliklarini davolashda keng ravishda foydalangan. Yalpiz hozirgi kunda ham qishloq aholisining ovqatlariga hushho’r ta’m beradigan dorivor ziravor o’t hisoblanadi. Buni, biz qishloq bolalari juda yahshi bilamiz va doim undan foydalanamiz. 6. Qirq bo’g’im – xalq tilida atalishi, fan tilida esa Equisetum Arvense L. deb ataladi. Bu o’tsimon o’simlikni ariq chetlarida juda ko’plab uchratish mumkin. Uning ildizi juda uzun bo’lib, hatto bir yarim metrgacha erga kirib boradi. Poya qismi 20-50 sm. balandlikka ega bu o’simlik o’zida juda ko’p mineral moddalarni, olma va limon kislotalarini, karotin moddasini saqlaydi. U qadimdan xalq tabobatida keng ishlatilib kelingan. Mashhur tabib Abu Ali Ibn Sino bu o’simlikdan siqib olingan sharbat bilan jigar, asab, qorin, buyrak va yurak hastaliklarini davolab kelganligi tibbiyot tarixida yozilganligi ko’pchilikka m a’lum. Hozirgi kunda ham bu o’tdan tayyorlangan damlamalar xalq tabobatida keng ko’lamda ishlatilib kelinyapti. 7. Sachratqi - Cichorium intybus L. Qishlog’imizning janubiy qismidagi adir va dalalarda juda ko’plab uchraydigan bu o’tsimon o’simlik ham xalq tabobatida keng ishlatilib kelinayotgan dorivor o’simliklardan hisoblanadi. Uning bo’yi 1 metrgacha o’sib boradi. Gullari moviy osmon rangida bo’lib, o’zining nafisligi bilan kishi diqqatini o’ziga jalb qiladi. Bu o’simlikning tarkibida glikozidlar aniqlangan. Uning sut sharbati tarkibida achchiq, lekin foydali bo’lgan mikro elementlar mavjud. Tomiri va poyasidan tayyorlangan damlamalar xalqimiz tomonidan buyrak, jigar, taloq, angina, shamollash, ishtahasizlik kabi hastaliklarni davolashda keng ko’lamda foydalanib kelingan va hozirda ham bu ishlar davom etib kelmoqda. Sachratqi o’simligining poyasidan tayyorlangan damlamada oftob urgan bolalarni cho’miltirib davolash hozirgi kunda qishlog’imizda saqlab qolinganligi diqqatga sazavordir. Klubimiz rahbarlari nazoratida olib brogan va hozirgacha o’rganib chiqqan o’simliklar mana shulardan iborat. Atrofimizda o’sayotgan o’simliklarni o’rganishni davom ettirmoqdamiz. O’rganib chiqqan o’simliklarni kelgusida kichik bir kitob qilib bosmadan chiqarishni va uni maktab kutubxonasiga topshirishni rejalashtirganmiz. Bu fikr klub raxbarlarimiz tomonidan ma’qullangan va ular qo’llab quvvatlaydi, deb umid qilamiz. Yong'oq mag'izi o'z shakli bo'yicha odam miyasiga juda o'xshab ketishini hammamiz yaxshi bilamiz. Bu bejiz emas. Yangi o'qish va ish mavsumi boshlanadigan sentabr oyida yong'oqli taomlar juda dolzarb hisoblanadi. Yong'oqlar kaloriyaliligi bo'yicha oq nondan 2 baravar yuqori: 100 g yong'oq mag'izida - 850 kkal mavjud. Hozir ham uning ba'zi Yaqin Sharq mamlakatlaridagi nomi "to'rtta miya" ma'nosini anglatadi. O'rta asrlarda yong'oq bosh og'rig'ida yordam beradi, degan firk mavjud bo'lgan. Qadimgi yunon tarixchisi Gerodot esa, yong'oq aqliy faoliyatga ijobiy ta'sir qilgani bois Qadimgi Bobil kohinlari oddiy odamlarga yong'oq yeyishni ta'qiqlashgani haqida yozadi. Kohinlar oddiy fuqaroga bu narsa shart emas, deb fikrlashgan. Ammo yong'oq bizga hozir juda kerak! Albatta, yong'oqning siri shaklida emas, balki tarkibidadir. U C, B1, B2, PP vitaminlariga, karotin, oshlovchi moddalar, xinonlar va efir moylari, biriktiruvchi to'qimalar, temir va kobalt tuzlari hamda rux moddasiga boy. Bundan tashqari, yong'oqlar - foliy kislotasi va kalsiyning manbai hisoblanadi. Agar kuniga hech bo'lmaganda 2 ta yong'oq iste'mol qilinsa, xotira ancha yaxshilanadi. Kuniga iste'mol qilingan 4 ta yong'oq esa, organizmni antioksidantlar bilan kuchlantiradi, immunitetni va hujayralar himoyasini yaxshilaydi. Ko'pgina Yevropa mamlakatlarida yong'oqlar pahlavonlarning ovqati hisoblangan, bu bejiz emas. Ularning tarkibidagi nutriyentlar haqiqatan ҳam mushaklarning mustaqkam bo'lishi uchun foydali bo'lib, mashg'ulotlardan keyin charchoqdan tezda xalos bo'lishga yordam beradi. Shuningdek, yong'oq mag'izida yurak salomatligi uchun zarur bo'lgan magniy va kaliy moddalari juda ko'p. Yong'oqlarning qariyb 70 foizi yog'dan iborat bo'lishiga qaramasdan, bu yog'larning aksariyat qismini to'yinmagan, foydali yog'lar tashkil etadi. Yong'oqlarning o'ziga xos mazasi olma va nok, lavlagi va sabzi, selderey va baqlajon, yumshoq qaymoqli va moviy pishloqlar, shuningdek, asal, zarang daraxti qiyomi, kinza, petrushka, tovuq go'shti, xren va sarimsoq piyoz bilan ham ajoyib tarzda birika oladi. Yong'oqlardan asosan shirikliklarni (piroglar, tortlar, bulochkalar, pahlava va ҳ.k.) pishirishda foydalaniladi, ammo ular salatlarni, ruletlar uchun qiymalarni, pasta uchun souslar va pashtetlarni ҳam o'zining ta'mi bilan a'lo darajada to'ldirishi mumkin. Sharqda va Bolqon bo'yi mamlakatlarida pishib yetilmagan yong'oqdan ajoyib murabbo tayyorlashadi. Bunday yong'oq yod moddasiga juda boy bo'ladi. Yong'oқ tayyorlangan nozik va xushbo'y yog' alohida tansiq mahsulot hisoblanadi. Unda ovqat tayyorlanmaydi, yaxshisi undan salatlarga қo'shish uchun va yaxna ovqat sifatida foydalangan ma'qul. Download 288.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling