Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi, o‘zgaga o‘tishi, cheklanishi va bekor qilinishi davlat ro‘yxatiga olinishi lozim


Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish asoslari


Download 20.48 Kb.
bet2/2
Sana21.06.2023
Hajmi20.48 Kb.
#1645138
1   2
Bog'liq
Ro\'yhatga olish

Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish asoslari
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni belgilovchi, o‘zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi hujjatlar ana shu huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Yer uchastkalariga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlari viloyat va Toshkent shahar hokimining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining yer uchastkasini doimiy foydalanishga berish to‘g‘risidagi qarorlari, yer uchastkasi berilgan (ajratilgan) paytdagi qonunchilikka muvofiq yer uchastkasini berish (ajratish) vakolatiga ega bo‘lgan tashkilotlar va mansabdor shaxslarning hujjatlari asosida ro‘yxatga olinadi.
Yerlarni ijaraga olish huquqi yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi asosida ro‘yxatga olinadi.
Yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi bunday huquqqa oid davlat orderi, oldi-sotdi shartnomalari va yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi yuzaga kelishiga asos bo‘ladigan, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlarga asosan ro‘yxatga olinadi.
Korxonaga, binoga, inshootga, ko‘p yillik dov-daraxtga yoki boshqa ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqi, xo‘jalik yuritish huquqi yoki operativ boshqaruv huquqi boshqa shaxsga o‘tishi natijasida yuzaga kelgan doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, undan doimiy foydalanish va ijara huquqi ana shu mulklarning oldi-sotdisi, almashtirilganligi, hadya etilganligi, vasiyat qilinganligi to‘g‘risidagi tegishli shartnomalar va yer uchastkasiga oid tegishli hujjatlar asosida ro‘yxatga olinadi.
Servitutlar to‘g‘risidagi bitimlar hamda yer uchastkalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni ijaraga olish, mulk huquqlariga doir boshqa cheklashlar tegishli shartnomalar, sudning qarorlari asosida ro‘yxatga olinadi.
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olishni rad etish uchun asoslar
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
davlat ro‘yxatiga olish organida mazkur yer uchastkasining kimga tegishli ekanligi to‘g‘risida nizo borligidan dalolat beruvchi hujjatlarning mavjudligi;
davlat ro‘yxatiga olish organida mazkur yer uchastkasi qonunda belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning mavjudligi.
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni va yer uchastkalariga oid bitimlarni davlat ro‘yxatiga olish rad etilganligi yoki ro‘yxatga olish muddatlarining buzilganligi ustidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ro‘yxatga olishning vazifalari: a) mulkning mavjudligini va uning texnik holatini aniqlash; b) m avjud, aniqlangan m ulkning qiym atini xalq xo'jaligi um um iy balansiga kiritish; d) haryilgi (amortizatsiya) foydalanish qiymatini aniqlab olish; e) xalq xo‘jaligining inventarizatsiya m a’lumotlariga bo'Igan talablarini qondirish. Uy xo'jaligini, shuningdek, uning tarkibiga qiruvchi qurilishlarni ro'yxatga olish ishlari majmuiga quyidagilar kiradi: — haqiqiy holatdagi rasmga olish (ya’ni aniq olingan o'lchovlarchizmalar, foydalanish miqdorini aniqlash va ushbu obyektlarga taalluqli boshqa hujjatlar) va hisob-kitob, yozma ham da chizma (grafik) ishlar orqali amalga oshirish singari vazifalarni amalga oshirish. Yer maydonlaridagi va boshqa qurilishlarni ro'yxatdan o'tkazish davom ida, butun shaharni ro'yxatdan o'tkazish ishlariga birmuncha e ’tibor qaratilishi lozimdir. Buning uchun esa umumiy ish hajm i, zaruriy ishchi (xodim )lar va m avjud m ablag'lar to'g'risida aniq m a’lumotga ega bo'lish lozim. Kadastr ishiga doir hujjatlar Kadastr ishiga quyidagi hujjatlar va ashyolar kiradi:
— ko'chm as mulk obyektini shakllantirish haqida kadastr xizmatiga yer uchastkasi, bino yoki inshootdan foydalanish huquqini qo‘lga kiritgan yuridik yoki jismoniy shaxsning arizasi; — kadastr ishlarini bajarish haqida, huquqni qo‘lga kiritgan yuridik yoki jismoniy shaxs bilan kadastr xizmati idorasi o‘rtasida tuzilgan shartnom a;
— kadastr ishlarining bajarilganligini tasdiqlovchi hujyatlaming nusxasi;
— kadastr ishlarini bajarish uchun tuzilgan texnik topshiriq;
— yer uchastkalari, imoratlar, boshqa yer maydonlari,
muhofaza yerlari;
— chegara chiziqlarining qayrilish nuqtalarini koordinatalarini hisoblash jadvali, yer uchastkalari, im oratlar, boshqa yer
maydonlari, muhofaza yerlari haqida ma’lumotlar
Download 20.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling