Yer uchskasi


Manzarali o‘simliklarni o‘stirish


Download 304.41 Kb.
bet10/14
Sana03.02.2023
Hajmi304.41 Kb.
#1153098
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1544076064 73109

Manzarali o‘simliklarni o‘stirish. Gulxonani bezashda chiroyli gullovchi butalar va o‘tsimon manzarali o‘simliklardan foydalanish mumkin. Ochiq yerda yashash davomiyligiga ko‘ra manzarali o‘simliklar ko‘p yillik, ikki yillik, bir yilliklarga bo‘linadi. Ko‘p yilliklar. Ko‘p yillik o‘simliklar guruxiga yer ustidagi qismi qishda halok bo‘ladigan o‘simliklar kiradi. Ularning hayoti tuproq ostidagi organlarida: piyoz, tugunak, ildizpoya va ildizida saqlanadi. Qishlovchi o‘simlik bahorda tez o‘sadi. Erta bahorda va kuzda gullaydigan ko‘p yillik o‘simliklarga alohida e’tibor berish lozim. Bahorda gullaydigan boychechak, za’faron, navro‘zgul, narsiss, loladan foydalanish mumkin. Yozda gullaydigan o‘simliklar — lyupin, peon, gulsapsar, piyozgul, isfarak, diklitra, georgin, gladiolus, floks. Kech gullaydigan ko‘p yilliklar orasida ko‘pyillik astralar, shuningdek koreya xrizantemalari e’tiborga loyiqdir. Ko‘p yilliklar ko‘pincha gul tuzilishining xilma-xilligi, rangining turliligi bilan ajralib turuvchi yirik, qiyg‘os gullaydigap o‘snmlikdir. Ko‘plarining guli xushbo‘ydir. Bular gulisimbul, gulsapsar, piyozgul, narsiss, peon, lola va shu kabilardir. Ularning ko‘pchiligi uzoq muddat gullaydi. Ba’zi ko‘p yilliklar qishga chidamli (suvyig‘ar, marvaridgul, navro‘zgul, kupalnitsa, floks) bo‘ladi. Suvyig‘ar, marvaridgul, navro‘zgul kabi o‘simliklar soyaga chidamlidir, shuning uchun ularni soya joylarda ham o‘stirish mumkin.Ko‘p yillik o‘simliklar orasida tuproq ostida poya yoki ildiz poyalilari mavjud bo‘lib, ular shular yordamida yangi novda chiqarib, yon tomoniga o‘sadi. Bu gulsapsar, landishdir. Ko‘p yillik o‘simliklarni urug‘dan, tupini bo‘lib, qalamcha, piyozi, tugunak piyoz va payvandlash orqali ko‘paytiriladi. Agarda urug‘dan ko‘paytirilgan ona o‘simlikning xususiyati yo‘qolsa, faqat vegetativ ko‘paytirishdan foydalaniladi. Urug‘i qiyin o‘sadigan o‘simliklar (peon, gulsapsar va boshqalar) yoki o‘zi sekin rivojlanadigan o‘simliklar (ko‘pgina piyozlilar) ham vegetativ usul bilan ko‘paytiriladi. Tuplarni bo‘lib ko‘paytirish ko‘p yillik o‘simlikning gullash davriga ko‘ra amalga oshiriladi. Kuzda ochyladigan — floks, kuzgi astra bahorda, bahorda ochiladigan — diklitra„ peonlar yogda ko‘paytiriladi. Chinnigul, floks, kartoshkagul va boshqalar yozgi qalamchalardan ko‘paytiriladi. Piyozli o‘simliklar — gulisumbul, narsiss, lola, liliya — piyozidan ko‘paytiriladi. Piyozli o‘simliklarning piyozini kovlaganda terib olingan mayda piyozchalar» pushtalarda o‘stiriladi: lola—1 yil, gulisumbul, liliya, muskar, narsiss, shafran — 2 yil. Mamlakatimizning o‘rta mintaqasida ko‘p yilliklar yer muzlagunicha yaxshi ildiz otishi uchun bahorda yoki erta kuzda ekiladi.

Download 304.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling