Yer uchskasi
Manzarali o‘simliklarni o‘stirish
Download 304.41 Kb.
|
1544076064 73109
Manzarali o‘simliklarni o‘stirish. Shimoliy rayonlarda o‘simliklarni kuzda ekkan ma’qul.Ko‘p yilliklarni parvarish qilish tuproqni yumshatish, begona o‘tlarni yulib tashlash, sug‘orish, ayniqsa, yozning birinchi yarmida, mulchalash, baland o‘sadiganlarini qoziqlarga bog‘lash, qishda halok bo‘lgan yer ustidagi qismlarini qirqish, ba’zi qo‘p yilliklarni qishlashga tayyorlab, ustini yopish ko‘pyilliklarni qishlashga tayyorlab ustini yopish, ko‘p yilliklarning qalinlashib o‘sib ketishini nazarda tutib ularni qismlarga ajratib yoshartirishdan tashkil topadi.Yerda qishlamaydigan ko‘p yillik o‘simliklarning ekiladigan materialini kuzgiqishki davrlarda muzlamaydigan temperaturasi 2—3°, biroq 5—6° dan yuqori va 0° dan past bo‘lmagan binolarda saqlanadi. Bular kartoshkagul tugunaklari, tugunakli begoniya, tugunak piyozli gladiolus va ildizpoyali shoyiguldir. Ikki yilliklar. Ikki yillik gul ochadigan o‘simliklarga ko‘pincha urug‘ sepilgandan sung ikkinchi yiliga gullaydigan o‘simliklar kiritiladi. Bu o‘simliklar juda chiroyli bo‘lib, yozning birinchi yarmida ochiladi. Uch xil rangli gunafsha, zag‘chako‘z, Turkiya chinniguli, dastagul eng ko‘p tarqalgan ikki yillik o‘simliklardir. Gulxonada bir vegetativ davrda foydalaniladigan gullarni bir yillik yoki yozgi o‘simliklar deyiladi. Yozgi o‘simliklar ekilgan yili ochiladi, urug‘ beradi va halok bo‘ladi. Ularning guli chiroyli bo‘lib, yozning ikkinchi yarmida qiyg‘os ochiladi. Alissum, klarkiya, astra, xina, gulidovid, tizimgul, chinnigul, mushuko‘t, kosmeya, shabbo‘y, lobeliya, itog‘iz, lyupin, ko‘knor va shu kabilar ko‘p tarqalgan bir yillik o‘simliklardir. Yozgi o‘simliklar yashik va tuvaklarga urug‘ini sepib ko‘chat qilib ko‘paytiriladi. Ularning ko‘pchiligini yerga sepib ko‘paytirish ham mumkin. Bu usul bolalar bog‘chalari uchun ko‘chat qilish usulidan ko‘ra ma’qulroqdir. Alissum, no‘xatgul, tirnoqgul, itog‘iz, ko‘knor, nastursiya, skafioza, floks urug‘larini turli muddatlarda tuproqqa sepib o‘stirish mumkin. Qish oldidan ham sepish mumkin, bu yerning ustki qatlami yupqa muz bilan qoplangan vaqtda amalga oshiriladi. Hamma o‘simliklar ham ko‘chat qilinganda bir xilda yaxshi rivojlanavermaydi. Shuning uchun ham urug‘ni yerga ekib ko‘paytiriladi. Bular ko‘knor, shabbo‘y, nastursiyadir. Petuniya, chinnigul, no‘xatgul umuman ko‘chat qilinmaydi, shuning uchun bu o‘simliklarning ko‘chati yerga tuprog‘i bilan birga ekiladi. Yozgi o‘simliklarni o‘stirishda ulardan ba’zilari, masalan, gulidovid, xina, salviya, nastursiya, issiqsevar; boshqalari alissum, itog‘iz, chinnigul, tirnoqgul, no‘xatgul, shabbo‘y sovuqqa chidamli, ayozga bardosh berishini unutmaslik lozim. Shuning uchun ularni turli vaqtlarda bevosita yerga ekiladi. Chirmashuvchi o‘simliklar maydonchani ko‘kalamlashtirishda juda zarurdir. Binolar, xo‘jalik qurilmalari, devorlarda chirmashib o‘sadigan o‘simliklar maydonchani bezab turadi. Chirmashuvchi o‘simliklar tez o‘sadi, ularning poyalari egiluvchan va uzun, barglari va gullari chiroyli bo‘ladi. Bulardan eng ko‘p tarqalganlari: karnaygul, nastursiya, loviya, no‘xatguldir. Chirmashuvchilarni urug‘i ekib ko‘paytiriladi. Tuproq yaxshi ishlangan, yumshoq va o‘gitlangan bo‘lishi kerak. Ularni parvarish qilish: o‘toq, yumshatish, sug‘orish va o‘g‘itlashdan iboratdir.
Download 304.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling