Yer uchskasi


MTM yer maydonchasining ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati


Download 304.41 Kb.
bet5/14
Sana03.02.2023
Hajmi304.41 Kb.
#1153098
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1544076064 73109

MTM yer maydonchasining ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati. Har bir bolalar bog‘chasida yer maydonchasi bo‘lib, bolalar ko‘p vaqtlarini, ayniqsa yilning issiq kunlarida o‘sha yerda o‘tkazadilar. Maydoncha — bu o‘yinlar, sayrlar, mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan, butun yil davomida o‘simlik va hayvonlar kuzatiladigan joydirMaydonchada daraxtlar, butalar, ekinzor, gulxona, mevali daraxtlarning bo‘lishi katta ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Bolalar tarbiyachi bilan birgalikda o‘simliklarni o‘stiradilar, ularni parvarish qiladilar, ularning o‘sishi va rivojlanishi haqida konkret tasavvurga ega bo‘ladilar. O‘simliklarni parvarish qilish protsessida bolalarda tuproqqa ishlov berishda va o‘simliklarni parvarish qilishda kerak bo‘ladigan oddiy asboblardan foydalanish ko‘nikmasi hosil bo‘ladi, tabiatga ehtiyotkorona munosabat shakllanadi. Maydonchaning chiroyli qilib bezatilishi, to‘g‘ri tanlangan manzarali o‘simliklar bolalarni estetik jihatdan tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir.
Yer maydonchani tashkil etish. Maydonchani atrofdagi qurilishlardan ajratish zarur. Buning uchun maydoncha atrofida chiroyli butalardan yashil devor hosil qilinadi. Bu maqsadda daraxtlar ekib, ikkinchi qatoriga esa butalar o‘tqazish ham mumkin. Bunday to‘siq sovuq shimoli-sharqiy shamollar, shahar shovqini, tutun hamda ishlab chiqarish gazlaridan yaxshi himoya qiladi. Maydonchaii ko‘kalamzorlashtirishda qanday daraxtlar ekishni o‘ylab ko‘rish lozim. Mazkur joyda ko‘p tarqalgan o‘simlik (daraxt)larni ekish lozim. Ular balandligi, shoxlarining formasi, barglarining joylashishi va shakliga ko‘ra xilmaxil (erta gullaydigan, barg yozish bilan birgalikda gullaydigan, kech gullaydigan) bo‘lishi lozim. Daraxt va butalar gul va to‘pgullariiing xususiyatlari, meva va urug‘larinnng yetilishi muddatlariga ko‘ra xilma-xil bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, o‘simlik (daraxt)larni ekishda ularning meva va uruglarni, ayniqsa qishda, jalb qilishi e’tiborga olinadi.
Daraxtzorlarni tashkil etish shakllari. Daraxt va butalar guruxi soya tushib turishi lozim bo‘lgan gazonlar, yo‘lkalarning tutashuv joylari, maydoichalar, hovuz va shu kabi joylar atrofiga ham ekilishi mumkin, Atrofiga daraxtlar ekilgan alleyalar, sharoit imkon bersa, kichik daraxtzorlar hosil qilish maqsadga muvofiqdir.Maydonchadagi daraxtlar: zarang (o‘tkir bargli, shumtol bargli, tatar zarangi), arg‘uvon—mayda bargli, qayin — yumshoq tukli va so‘galli, terak — xushbo‘y hidli, jilog‘och — yevropa jilog‘ochi, oddiy qoraqarag‘ay, chetan, eman — yozgi va qishki. Daraxtlarning ko‘pchiligi urug‘dan, terak — vegetativ, asosan qalamchadan ko‘payadi.Maydonchadagi butalar: oddiy va venger sireni, bog‘ yasmini va chubushnik, spireya (bodrezak bargli, tol bargli, chetan bargli), na’matak, kumushsimon jiyda, sariq akatsiya.Butalarni yaxshisi kuzda yoki bahorda kurtak yozilishiga qadar ekish lozim. Butalarni urug‘idan va vegetativ (qalamcha, parxksh, ildiz bachkilar) ko‘paytiriladi.

Download 304.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling