Yer ularni (odamlarni) tebratmasligi uchun unda mustahkam turuvchi togʻlarni (paydo) qildik


Download 23.71 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2022
Hajmi23.71 Kb.
#1073658
  1   2
Bog'liq
251 mavzu


Qurʻon diqqatni togʻlarning juda muhim geologik funktsiyalariga tortadi:
Yer ularni (odamlarni) tebratmasligi uchun unda mustahkam turuvchi togʻlarni (paydo) qildik ...(«Anbiyo» surasi, 31-oyat)
Oyatda xabar berilishicha, togʻlar Yerdagi silkinishlarning oldini olish funktsiyasini bajaradi. Qurʻon nozil qilingan paytda bu chin haqiqatni hech kim bilmas edi. Bu haqiqat olib borilgan zamonaviy geologik tadqiqotlar natijasida yaqindagina ochildi.
Ilgarilari togʻlar Yer yuzasida qad koʻtargan boʻrtmalar xolos, deb tushunilar edi. Ammo olimlar uning aslo bunday emasligi va togʻ ildizi nomini olgan qismlar pastga qarab togʻlarning balandligidan 10-15 barobar koʻproq kirib ketganligini kashf qilishdi. Mana shu xususiyati bilan togʻlar chodirni mustahkam tutib turuvchi mix yoki qoziqqa oʻxshash rolni ijro etadi. Misol uchun, choʻqqisi Yer yuzasidan taxminan 9 km baland boʻlgan Everest togʻining 125 km (77,7 milya)dan chuqurroq ildizi bor.
Togʻlar Yer qobigʻini tashkil etuvchi juda katta tektonik plitalarning koʻchishi va toʻqnashuvi natijasida hosil boʻladi. Ikkita tektonik plita toʻqnashganda ulardan kuchlirogʻi bosh-qasining tagiga sirgʻalib kiradi, tepada qolgani esa qayriladi va tepaliklar hamda togʻlar shaklini oladi. Pastda qolgan qatlam yer tagiga kirib borishda davom etadi va pastga qarab chuqur uzaytma yasaydi. Pirovardida, oldinroq aytib oʻtganimizdagidek, togʻlar Yer yuzida koʻrinib turuvchi qismi kabi pastga tomon choʻzilgan katta qismga ega boʻladi.
Ilmiy bir manbada togʻlarning strukturasi quyidagidek tasvirlanadi:
Quruqliklar, togʻ tizmalariga oʻxshab qanchalik qalin boʻlsa, oʻsha yerdagi qobiq shunchalik mantiyaga choʻkadi.26
Jahonga mapghur suv osti geologi professor Siaveda togʻlarda ularni yuzadagi qismga mahkam tutib turuvchi ildizsimon poya borligiga qarata quyidagicha izoh beradi:

Kontinental togʻlar va okean togʻlari oʻrtasidagi asosiy farq ularning materiallaridadir ... Lekin har ikkala togʻdagi umumiy maxraj ularda togʻlarni tutib turuvchi ildizlarning borligidir. Kontinental togʻlar misolida, togʻning yengil - past zichlikdagi materiali yer qaʻriga tomon ildizdek botgan boʻladi. Okean togʻlari misolida, u yerda ham ildiz sifatida togʻlarni tutib turadigan yengil materiallari bor. Shunday qilib, ildizlarning vazifasi, Arximed qonunlariga koʻra, togʻlarni tutib turishdan iborat.27


Shuningdek, koʻplab AQSh universitetlarida darslik sifatida foydalanilayotgan, AQSh Milliy Fanlar akademiyasi sobiq prezidenti doktor Frank Press muallifligi ostidagi Earth (Yer) nomli kitob togʻlar qoziqqa oʻxshash va ular Yer yuzasining ostida chuqur koʻmilgan deb maʻlumot beradi.28
Boshqa oyatlarda togʻlarning bu roli «qoziqlar» ga taqqoslanib taʻkidlanadi:

Download 23.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling