Ma’ruza 8 lokomotiv ta’mirlash korxonasini loyihalash haqida umumiy ma’lumot


Download 57.21 Kb.
Sana05.11.2023
Hajmi57.21 Kb.
#1749158
Bog'liq
Ma\'ruza 8


MA’RUZA 8
LOKOMOTIV TA’MIRLASH KORXONASINI LOYIHALASH HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
Reja

8.1. Mahsulot sifatini rejalashtirish usullari


8.2. Tarmoqli rejalashtirish va boshqarish tizimi


Tayanch so`z va iboralar
ishlab chiqarish, mahsulot, sifat, boshqarish, rejalashtirish, tarmoq,tezkor rejalashtirish


8.1. Mahsulot sifatini rejalashtirish usullari

Ko‘pgina tezkor rejalashtirish tizimlarini aniqlovchi belgilar sifatida ularda foydalanilayotgan reja va hisobga olish birliklari (masalan, mahsulot, mahsulot tarkibidagi detallar komplekti, detal va hokazolar) hizmat qiladi.


Buyurtma bo‘yicha. Rejalashtirish va hisobga olish birliklari bo‘lib alohida ishlab chiqarish buyurtmasi hizmat qiladi. Rejassexlar uchun har bir buyurtmani kelishilgan bajarish muddatini belgilaydi. Bu muddatlar detallar komplektini buyurtma bo‘yicha berilishini belgilaydi. Detallar bo‘yicha rejalashtirishssexlar tomonidan yuritiladi. Bu eng oddiy tizim hisoblanadi.
Kamchiliklari – ish hajmi hisobga olinmaydi, har bir detal bo‘yicha aniq hisob yo‘q. YAkka va kichik seriyali ishlab chiqarishlarda qo‘llaniladi.
Komplekt-uzelli. Rejalashtirish va hisobga olish birliklari bo‘lib komplekt va konstruktiv uzel olinadi. Rejassexlar uchun komplektni tashkil etuvchi detallarni ishlab chiqarish va uzatish muddatlarini oy kunlari bo‘yicha oshib borishi tartibida (10.1-jadval) belgilaydi. Detallar bo‘yicha rejalashtirishssexlar tomonidan yuritiladi.
Afzalliklari – rejalashtirish aniq va ravshan; ish hajmi muddatlari bo‘yicha taqsimlanganda hisobga olish mumkin. Kamchiligi – rejalashtirish va hisobga olish birmuncha murakkab. O‘rta va katta seriyali ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.

15.1-jadval


Ishlab chiqarishni tashkil qilish va rejalashtirishning komplekt-uzelli tizimi rejasi (bir qismi)

Sex

Yig‘ish birligi nomi

Soni

Oy kunlari bo‘yicha komplektlarni ortib borishi yakunlari asosida uzatilishi

1

2

3

4

5

8

9

10

11

12

Quyuv

Vertikal uzatma

20


5

10

15

20



















Temirchilik

-

-

10

20



















Mexanika

-

-

-

-

4

8

12

16

20




Quyuv

SHatun- porshen guruhi

400


20

40

60

80

100

120

140

160

180

200

Temirchilik

30

60

90

120

150

180

210

240

270

300

Mexanika

-

-

20

40

60

80

100

120

140

160



Mashina-komplektli. Rejalashtirish va hisobga olish birliklari bo‘lib bir mashinaga to‘g‘ri keladigan yig‘ish birliklari va detallari jamlanmasi va oy kunlari bo‘yicha chiqarilayotgan mashinalarning tartib raqamlari hizmat qiladi (10.2-jadval). Detallar bo‘yicha rejalashtirishssexlar tomonidan amalga oshiriladi.
Afzalliklari – rejalashtirish va hisobga olishning soddaligi; ta’mirlash frontini har bir kun uchun umumiy ta’minlanganligini aniqlash osonligi.
Kamchiligi – detallar bo‘yicha hisobning yo‘qligi.
Yirik seriyali va yalpi ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
15.2-jadval
Ishlab chiqarishni tashkil qilish va rejalashtirishning mashina-komplektli tizimi rejasi (bir qismi)

Sex

Mahsulot nomi

Bir oy uchun soni, dona

Oy kunlari va ishlab chiqarilayotgan mashinalarning tartib raqamlari

1

2

3

4

5

8

9

10

11

12

Quyuv

Quyma

25

85

86

87

88

89

90

91

92

93

94

Temirchilik

Pokovka

25

83

84

85

86

87

88

89

90

91

92

Mexanika

Uzel

25

79

80

81

82

83

84

85

86

87

88

Yig‘ish

Mashina

25

76

77

78

79

80

81

82

83

84

85



Detallar bo‘yicha. Rejalashtirish va hisobga olish birliklari bo‘lib bir mashinaga to‘g‘ri keladigan yig‘ish birliklari va detallarining barchasi yoki asosiy nomenklaturasi va oy kunlari bo‘yicha chiqarilayotgan mashinalarning tartib raqamlari hizmat qiladi.
Tizim aniq, lekin murakkab.
Yirik seriyali va yalpi ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Uzluksiz rejalashtirish tizimi. Rejalashtirish va hisobga olish birliklari bo‘lib shartli mahsulotga nisbatan olingan yig‘ish birliklari va detallarining barchasi yoki asosiy nomenklaturasi va oy kunlari bo‘yicha chiqarilayotgan shartli mahsulotlarning tartib raqamlari (shartli mahsulot sifatida korxonaning asosiy mahsuloti olinadi) hizmat qiladi. Mashina-komplektli va detallar bo‘yicha tizimlarning birikmasi sifatida qarash mumkin, chunki chiqarilayotgan shartli mahsulotning (masalan, lokomotiv) har bir tartib raqami uchun yig‘ishni ta’minlashning detallar bo‘yicha hisobi yuritiladi.
Ko‘p nomdagi seriyali ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Tizimning o‘ziga xos xususiyatlari: hisobdan chiqariladigan me’yorlangan zahira; yagona grafik; shartli mahsulot va detallarning shartli soni; proporsionallik kartotekasi; jurnal-kalit; proporsionallik grafigi.
Tizimni qo‘llash bo‘yicha boshlang‘ich tadbirlar sifatida keyinchalik hisobdan chiqariladiganbarcha jamlangan yig‘ish birliklari va detallarning me’yorlangan zahirasini hisoblash va amalda tashkil etish hisoblanadi. Bussexlarda oyning har bir kuni uchun shartli mahsulot chiqarishning yagona grafigini belgilash imkonini beradi.ssexlar oyning har bir kalendar kunida rejada belgilangan shartli mahsulot (lokomotiv) tartib raqami uchun o‘zlarining yig‘ish birliklari va detallari jamlanmasini tayyorlanishini ta’minlab berishi kerak.
Tizim boshqa seriyalardagi tortuv harakat tarkiblari yoki boshqa chiqarilayotgan mahsulotlarni yig‘ish birliklari va detallar bilan ta’minlanganligini parallel hisobini yuritish imkonini beradi. Buning uchun tizimda “detallarning shartli soni” tushunchasidan foydalaniladi, u bitta shartli mahsulotga to‘g‘ri keladigan mazkur nomdagi detallar sonini Yi ko‘rsatadi:
Yi= Pi /Pu ,
bu erda Pi, Pu – mos ravishda shu nomdagi detallar va shartli mahsulotlarni
chiqarish rejalari (kvartal yoki oylik).
Yig‘ish ta’minlanganligi hisobi proporsionallik kartotekasi yordamida yuritiladi, u yacheykalar (oydagi ish kunlari bo‘yicha) va shartli mahsulot raqami keltirilgan uch qatorli (kvartaldagi oylari soni bo‘yicha) polkadan iborat bo‘lib, ularni ishlab chiqarish oylik rejasini takrorlaydi. Kartoteka yacheykalarida har bir detal uchun yuritilayotgan hisobga olish kartochkalari saqlanadi (15.3-jadval).
Kartochkaning old qismida detal nomi va uning chizma bo‘yicha belgilanishi, detal materiali va narxi, ishlab chiqaruvchissex, lokomotivda qo‘llanila olishi, lokomotivlarni yil oylari bo‘yicha chiqarish dasturi, almashinuvchanligi, detallarning shartli soni, tayrlik darajasi va mashinakomplektlarda ko‘rsatilgan hisobga olinmagan zahirasi ko‘rsatiladi. Kartochkaning orqa qismida esa shartli mahsulotlar tartib raqamlari bo‘yicha amaldagi ta’minlanganlig keltiriladi.
15.3-jadval
Detal yoki uzelni hisobga olish kartochkasi shakli

Proporsionallik kartotekalari PDOda tuziladi va har birssex uchunssexdanssexga uzatiladigan barcha nomdagi yig‘ish birliklari va detallarni hisobini yuritadi.


Proporsionallik kartotekalari har bir kun uchun yig‘ish jarayonini ta’minlanganligi bo‘yicha ko‘rgazmali va aniq tasavvur beradi. Boshlanayotgan kun yacheykasida va undan o‘ngda joylashgan kartochkalar yig‘ishning ta’minlanganligi va kunlar va detallar hamda yig‘ish birliklari bo‘yicha o‘zish mavjudligini ko‘rsatadi; chap tomonda joylashgan kartochkalar esa kechikish mavjudligini bildiradi.ssexlar tomonidan yuzaga keltirilgan nomlar-kunlar bo‘yicha o‘zish yoki kechikish ular faoliyati baholash imkonini beradi, sabablari tahlili asosida esa korxonaning u yoki bu bo‘linmalari faoliyati baholanadi.
Proporsionallik kartotekalarida kartochkalarni tez izlash uchun jurnal-kalitdan foydalaniladi (15.4-jadval).
15.4-jadval
Jurnal-kalit shakli

Detal nomi va chizma raqami

Topshirilgan sana

Tonshirilgan detallar soni

Oy boshidan topshirilgan detallar soni

SHu detal o‘rnatilgan shartli lokomotiv (seksiya) raqami

Mis qistirma
D 100.20.054













SHartli soni 48
O‘zish 480













Jurnal-kalitga lokomotiv chizmalari tartib raqami bo‘yicha barcha hisobga olinadigan yig‘ish birliklari va detallar kiritilgan. Har safar ular keltirilganda topshirish qaydnomalariga asosan jurnal-kalitga ta’minlangan lokomotiv raqami belgilanadi. Bu belgi kartochka joylashgan yacheykani ko‘rsatuvchi kalit hisoblanadi. Har birssex har oyda PDO ga ishlab chiqarilgan va markaziy omborga topshirilgan detallar ro‘yhatini beradi.




15.2. Tarmoqli rejalashtirish va boshqarish tizimi

Tizim rejalashtirishning alohida bir turi bo‘lib, unda rejalashtirish va hisobga olish birligi bo‘lib murakkab ob’ekt yoki uning yirik yig‘ish birligi hizmat qiladi.


Ta’mirlashning uzluksiz tezkor boshqaruvi brigadirlar va masterlar bilan ikki tomonlama aloqada bo‘lgan muhandis-dispetcher tomonidan amalga oshiriladi. Tarmoqli grafik asosida ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirish va boshqaruvni optimallashtirish bajariladi. Dispetcherlar xonasida maxsus tablo o‘rnatiladi, unda oqimli liniya pozitsiyalarida ta’mirlash texnologik jarayoning borishi aks ettiriladi. Bu tabloga oqimli liniya pozitsiyalaridagi ta’mirlash ishlarining to‘liq etalon tarmoqli modeli kiritilgan. Ishlarning borishi haqidagi ma’lumot oqimli liniyaning barcha pozitsiyalaridan muhandis-dispetcher tablosiga kelib tushadi. Agar ishlar grafikla ko‘rsatilgan vaqtdan chetlanishlar bilan bajarilayotgan bo‘lsa ishlarning amaldagi bajarilishi vaqti kompьyuterga kiritiladi, u yuzaga kelga vaziyat bo‘yicha yangi tarmoqli grafik ishlab chiqadi va ishlarni bajarish vaqti, kritik yo‘l vaqti va tarmoqli grafikning boshqa parametrlari bo‘yicha ma’lumot beradi. Ushbu hisoblashlar asosida muhandis-dispetcher reglamentlangan ishlab chiqarish taktiga rioya qilish maqsadida pozitsiyalar bo‘yicha ishlab chiqarish resurslarini taqsimlash bo‘yicha qaror qabul qiladi. Masterlar va brigadirlar dispetcher ko‘rsatmasiga muvofiq ishlarni bajaruvchilarga tegishli topshiriqlarni beradilar.
Tarmoqli rejalashtirish quyidagi imkoniyatlarni beradi:
• rejalashtirlayotgan davrda korxonaning barcha bo‘linmalari va xizmatlari topshiriqlarini yagona strategik maqsad bilan o‘zaro bog‘lash;
• rejalarni tuzishga bajarilishi rejalashtirilayotgan ishlar bo‘yicha tajribali va yuqori malakali ijrochilarni jalb etish;
• korxona resurslarini samarali taqsimlash va tejamli foydalanish;
• ishlarning asosiy bosqichlarini bajarilishi borishini bashoratlash va o‘z vaqtida ularni bajarilishi muddatlariga tuzatishlar kiritish;
• turli texnologik usullar va ishlarni bajarish ketma-ketliklari bo‘yicha ko‘p variantli iqtisodiy tahlil o‘tkazish;
• ishlarni bajarilishi grafigiga ichki va tashqi vaziyat o‘zgarishlarini, shuningdek boshqa bozor sharoitlaridan kelib chiqib tuzatishlar kiritish;
• amaldagi xolat va ishlarning borishi, etishmovchiliklar va ishlab chiqarish natijalari bo‘yicha kerakli ma’lumotlarni tezkor olish.
Tarmoqli rejalashtirish va boshqarish tizimi turli faoliyat sohalarida keng qo‘llaniladi, jumladan:
•sanoat ob’ektlari qurilishi va montaji;
• murakkab texnologik jihozlarni ta’mirlash va modernizatsiyalash;
• mahsulotni tajribaviy va seriyali ishlab chiqarishni o‘zlashtirish;
• ishlarni bajarish vaqti noaniq bo‘lgan sharoitlarda ko‘p sonli bog‘lanishlarga ega murakkab uzoq muddatli ishlab chiqarish jarayonlari;
• tashkiliy-texnologik loyihalarni amalga oshirish;
• ilmiy-tadqiqot ishlari;
• tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni loyihalashtirish;
• marketing tadqiqotlari;
• yangi mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha biznes-rejalar ishlab chiqish;
• mavjud ishlab chiqarishni yuzaga kelgan bozor talablaridan kelib chiqqan xolda restrukturizatsiyalash;
• innovatsion faoliyatni boshqarish va boshqalar.


Nazorat savollari
1. Mahsulot sifatini rejalashtirishning qanday usullari mavjud?
2. Proporsionallik kartotekasi nima?
2. Tarmoqli rejalashtirish va boshqarish tizimining mohiyati nimada?
4. “Detallarning shartli soni” tushunchasi?
5. Uzluksiz rejalashtirish tizimining mohiyati?
6. Tarmoqli rejalashtirish qanday imkoniyatlarni beradi?
7. Tarmoqli rejalashtirish va boshqarish tizimi qaysi faoliyat sohalarida keng qo‘llaniladi?
Download 57.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling