Yer ularni (odamlarni) tebratmasligi uchun unda mustahkam turuvchi togʻlarni (paydo) qildik


Biz Yerni toʻshak qilib qoʻymadikmi?! Togʻlarni esa (Yerni tutib turuvchi) qoziqlar qilib qoʻymadikmi?! («Nabaʻ» surasi, 6-7-oyatlar)


Download 23.71 Kb.
bet2/2
Sana31.12.2022
Hajmi23.71 Kb.
#1073658
1   2
Bog'liq
251 mavzu

Biz Yerni toʻshak qilib qoʻymadikmi?! Togʻlarni esa (Yerni tutib turuvchi) qoziqlar qilib qoʻymadikmi?! («Nabaʻ» surasi, 6-7-oyatlar)
Yana bir oyatda esa Alloh «Togʻlarni esa (Yerga) oʻrnashtirdi» («Noziot» surasi, 32-oyat) deb vahiy qiladi. Bu oyatdagi «arsaahaa» soʻzi «ildizli qilindi, oʻrnatildi, yerga mixlab qoʻyildi» kabi maʻnolarni anglatadi. Shunga oʻxshab, togʻlar yuza qatlamigacha choʻziladi va yuza ustidagi hamda ostidagi chiziqlarni birlashtirib, ularni bir-biriga mixlaydi. Yerning qobigʻini mustahkamlash orqali ular magma qatlami yoki qatlamlarning oʻzlari oʻrtasidagi har qanday sirpanishlar oldini oladi. Qisqasi, togʻlar yogʻoch taxtalarni birga ushlab turuvchi mixlarga taqqoslanishi mumkin. Togʻlarning mahkamlovchilik taʻsiri ilmiy adabiyotlarda izostaziya deb yuritiladi. Izostaziya deganda, mantiya qatlami orqali yuzaga keladigan yuqoriga yoʻnalgan kuch va Yerning qobigʻi orqali yuzaga keladigan pastga yoʻnalgan kuch oʻrtasidagi muvozanatlik holati tushuniladi. Togʻlar yemirilishi, tuproq yoʻqotishi yoki muzliklarning erishi natijasida oʻz massasini yoʻqotar ekan, ular yana bu yoʻqotilgan massa oʻrnini muzliklar paydo boʻlishi, vulqon portlashlari yoki tuproq paydo boʻlishi bilan toʻldiradi. Shu tarzda, agar togʻlar yengillashib qolsa, yer ostidagi suyuqliklarda hosil boʻladigan katta kuch ularni yuqoriga qarab itaradi. Yoki aksincha, agar togʻlar ogʻirlashib ketsa, ular mantiyaga tomon yerning tortishish kuchi taʻsirida bosiladi. Bu ikki kuch oʻrtasidagi muvozanat izostaziya orqali yuzaga keladi. Ilmiy bir manbada togʻlarning muvozanat saqlash xususiyati quyidagicha yoritilgan:
1985 yilda G. B. Eyri Yerning qobigʻini suv ustida suzib yurgan yogʻoch solga oʻxshatish mumkinligi toʻgʻrisidagi farazni oʻrtaga tashladi. Yogʻochning qalin boʻlaklari suv yuzasida yupqa boʻlaklarga nisbatan balandroqda suzadi va shunga oʻxshab Yer qobigʻining qalin boʻlaklari yuqori zichlikdagi suyukdik yoki plastik tuproqosti qatlami ustida suzadi. Eyrining aytishicha, togʻlarda tekislikda uchramaydigan pastroq zichlikdagi togʻ jinsli chuqur ildizlar mavjud. Eyri oʻz asarini nashr qilgandan soʻng toʻrt yil oʻtgach, J. H. Pratt boshqa bir muqobil gipotezani taklif kildi ... Bu gipotezaga koʻra, togʻlar ostidagi qalin jinsli ustunlar oʻzlarining juda uzunligi bois, tekisliklar ostidagi kaltaroq jinsli ustunlarga nisbatan pastroq zichlikda boʻlishi kerak. Eyri hamda Prattlarning har ikkala gipotezasida, yuzaning nosimmetrikliklari qobiqning katta kismlari (togʻlar va tekisliklar) ostida joylashgan jinslarning zichligidagi farkdar orqali muvozanatga kelishini koʻzda tutadi. Bu MUVOZANAT holati IZOSTAZIYA tushunchasi kabi taʻriflanadi.29
Bugungi kunda bilamizki, Yer yuzasining togʻ jinsli qatlami chuqur yoriqlar tomonidan sinadi va erigan lava uzra suzuvchi tektonik plitalarga boʻlinadi. Yer oʻz oʻqi atrofida juda tez aylanishi bois, agar togʻlarning mahkamlovchilik taʻsiri boʻlmaganda edi, bu plitalar siljib koʻchar edi. Bunday sharoitda, Yer yuzasida tuproq toʻplanmagan, tuproqda suv yigʻilmagan, biror oʻsimlik oʻsmagan va biror yoʻl yoki uylar qurilmagan boʻlar edi. Qisqasi, Yerda hayotning boʻlishiga imkoniyat tugʻilmagan boʻlar edi. Biroq Allohning marhamati bilan togʻlar mixlardek faoliyat koʻrsatadi va katta darajada Yer yuzasining harakatini toʻxtatib turadi.
Zamonaviy geologik va seysmik tadqiqotlar orqali kashf qilingan togʻlarning muhim roli Qurʻoni Karimda koʻp asrlar muqaddam Allohning yaratishida buyuk donolik yotishiga misol qilib vahiy qilingan edi.
... (U) sizlarni tebratmasligi uchun Yerda mustahkam turuvchi togʻlarni barpo qildi ... («Luqmon» surasi, 10-oyat)
Download 23.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling