2. Bitiruv malakaviy ish shaklidagi yakuniy davlat attestatsiyasini baholash
Davlat attestasiyasi bitiruv malakaviy ish (BMI) shaklida o‘tkazilganda, talabalar
kafedra tomonidan ishlab chiqilgan va rektor tomonidan tasdiqlangan BMI mavzulari
bo‘yicha oxirgi kurs davomida o‘z loyihalarini tayyorlaydilar. Bunda har bir talabaga
BMI rahbari va taqrizchi belgilanadi. O‘z muddatida, standart va talablar asosida BMI ni
bajargan hamda rahbar, taqrizchi va kafedra mudirining tasdiqidan o‘tgan talabalar BMI
himoyasiga qo‘yiladi. Himoyaga qo‘yilgan talabalar mazkur ta’lim yo‘nalishi uchun
tuzilgan Davlat Attestatsiyasi Komissiyasi oldida o‘z loyihalarini himoya qiladilar.
Bajarilgan BMI ishi va uning himoyasi quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
Ajratilgan 100 baho uchun:
Baho
1 - 59 baho
60 - 69 baho
70 - 89 baho
90 - 100 baho
Foiz
1-59 %
60-69%
71-89%
90-100%
Har bir savolga berilgan javoblar quyidagi mezon asosida baholanadi:
5 baho bilan baholanadi:
- BMI da tayyorlangan loyixasi va tushuntirish xati DTS talab darajasida bajarilgan
bo‘lib, undagi hisob-kitob, chizmalar, solishtirma ishlari va natijalarini qisqacha aytib
berish hamda barcha savollarga mazmunan to‘la javob bersa;
- BMI chizmalari joylashtirilishida, chizilishida, chizish qoidalarini to‘g‘ri bajarishda va
barcha talablarga javob bersa;
- BMI tushuntirish xatida o‘quv rejadan tashqari (zamonaviy) materiallar bilan
to‘ldirilgan hamda jamiyatimiz uchun dolzarb bo‘lgan yangiliklar nazariy tushunchalar
va tasavvurlar asosida yozilgan bo‘lsa;
- BMI tushuntirish xatida foydalanilgan adabiyotlardan foydalanish qoidalariga to‘g‘ri
amal qilingan bo‘lsa, mualliflikni o‘zlashtirishga (plagiatga) yo‘l qo‘yilmagan bo‘lsa,
ilmiy xatoliklarga yo‘l qo‘yilmay, material mazmunining ilmiy va mantiqiyligi saqlangan
holda yozilgan bo‘lsa;
Do'stlaringiz bilan baham: |