Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J. A. Xodjayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari zimmasiga — Konsepsiya va uni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning oʻz vaqtida va samarali ijro etilishini taʼminlash hamda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh. R. Xamrayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari zimmasiga — Farmonning 4-ilovasidagi prognoz koʻrsatkichlari ijrosini taʼminlash, foydalanishga kiritilgan maydonlarda suv tejovchi texnologiyalarni qoʻllash, irrigatsiya tarmoqlarida suv yoʻqotilishini kamaytirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qoʻshimcha suv omborlarini qurish;
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya va tashqi savdo vaziri S. Oʻ. Umurzoqov zimmasiga — Farmonning 3 va 4-ilovalaridagi vazifalarni amalga oshirish maqsadida xalqaro moliya institutlari va chet el investorlari mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha javobgarlik yuklansin.
12. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mazkur Farmonning mazmun-mohiyati hamda unda belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini yoritib borish tavsiya etilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z. Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |