Yer va suv resurslaridan foydalanish darajasini xamda samaradorligini oshirish yo‘llari. Reja


yaylov, boʻz, koʻp yillik daraxtzorlar va boshqa yerlar


Download 28.53 Kb.
bet3/4
Sana06.05.2023
Hajmi28.53 Kb.
#1433891
1   2   3   4
Bog'liq
Yer va suv resurslaridan foydalanish darajasini xamda samaradorligini oshirish yo‘llari.

yaylov, boʻz, koʻp yillik daraxtzorlar va boshqa yerlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, qishloq xoʻjaligi korxonalariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan investorlarga beriladi.
4. Konsepsiyani amalga oshirish doirasida yer maydonlarini foydalanishga kiritishda:
yerdan foydalanuvchilarga qishloq xoʻjaligi ekinlarini mustaqil joylashtirish, yerga ishlov bermasdan ekin ekish va yerlarni ikkilamchi ijaraga berish huquqi beriladi;
mazkur yer maydonlari maqbullashtirilmaydi, yer uchastkasi yoki uning bir qismi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishiga yerdan foydalanuvchi roziligi asosida sarf etilgan mablagʻlarning bozor qiymati va olib qoʻyish sababli yetkazilgan zararning oʻrni toʻliq qoplanganidan soʻnggina ruxsat etiladi;
ushbu yer maydonlarida barpo etiladigan infratuzilma obyektlarini (dalashiypon, mahsulotlar saqlanadigan omborxonalar, sugʻorish inshootlari va boshqalar) joylashtirishga ruxsat beriladi;
yerdan foydalanuvchilarning ehtiyojlari uchun olib kelinadigan va respublikada ishlab chiqarilmaydigan xom ashyo, materiallar, texnika, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda bojxona toʻlovlari (qoʻshilgan qiymat soligʻidan tashqari) toʻlashdan ozod qilinadi;
qonunchilikda belgilangan imtiyozli davr yakunlanganidan soʻng yangidan foydalanishga kiritilgan yer uchastkasiga nisbatan 10 yil davomida ushbu yer uchastkasi foydalanishga kiritilgunga qadar belgilangan soliq stavkalari qoʻllaniladi;
investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan har bir gektar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni foydalanishga kiritish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobaridan oshmagan qismi qoplab beriladi;
investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yerlarning suv taʼminoti tizimlarini qurish, rekonstruksiya qilish uchun jalb etilgan kreditlarning bir gektar hisobiga 40 million soʻmdan oshmaydigan qismiga tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 5 foizlik punkti qoplab beriladi;
yer maydonlari investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim imzolanganidan soʻng qonun hujjatlarida vakolat berilgan davlat organi (mansabdor shaxs)ning qaroriga asosan ajratib beriladi.
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari maxsus muhofazaga olinib, ushbu yerlarni qishloq xoʻjaligidan boshqa maqsadlarga, shu jumladan, sanoat va fuqarolik obyektlari (binolar va inshootlar) qurilishi uchun ajratilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan ajratiladigan yerlar bundan mustasno;
qishloq xoʻjaligidan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun olib qoʻyiladigan sugʻoriladigan yerlar uchun kompensatsiya toʻlovi, olib qoʻyilayotgan yer maydonlari joylashgan joylarni hisobga oluvchi koeffitsiyentlar qoʻllanilmagan holda, xuddi shunday yangi yerlarni oʻzlashtirish uchun talab etiladigan mablagʻning 10 barobari, lalmi yerlar va sugʻorilmaydigan koʻp yillik daraxtzorlar egallagan yerlar, pichanzorlar va yaylovlar holatini tubdan yaxshilash bilan bogʻliq xarajatlarning 20 barobari miqdorida hisoblanadi.
Bunda sugʻoriladigan yerlar uchun kompensatsiya toʻlovining 90 foizi, lalmi yerlar va sugʻorilmaydigan koʻp yillik daraxtzorlar egallagan yerlar, pichanzorlar va yaylovlar uchun kompensatsiya toʻlovining 95 foizi Respublika byudjetiga hamda mos ravishda 10 va 5 foizi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalarining maxsus hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
Ushbu meʼyor oʻzboshimchalik bilan yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻlgan hollarda yetkazilgan zararni hisoblashda ham qoʻllaniladi hamda hisoblangan mablagʻlarning 95 foizi Respublika byudjetiga va 5 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning hududiy inspeksiyalarining rivojlantirish jamgʻarmasiga undiriladi;
sugʻoriladigan yerlar hisobidan bogʻdorchilik, uzumchilik va boshqa koʻp yillik daraxtzorlar hamda issiqxona xoʻjaliklarini tashkil etish uchun yer ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartib asosida amalga oshiriladi;
yangi fermer xoʻjaliklari va suv isteʼmolchilari uyushmalari suvdan foydalanish joylarida suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan majburiy tarzda jihozlash sharti bilan tashkil etiladi;
yer maydonlarini foydalanishga kiritish suvni tejovchi texnologiyalardan (tomchilatib, yomgʻirlatib, tuproq ostidan tomchilab sugʻorish va boshqalardan) foydalangan holda amalga oshiriladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
a) mazkur Farmonning 3-ilovasida belgilangan qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun talab etilayotgan mablagʻlar, 2019 — 2029-yillardagi Investitsiya dasturi doirasida Davlat byudjetidan melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan mablagʻlarning 5 foizi miqdorida qoʻshimcha ravishda yoʻnaltirsin;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining hisob-kitoblari asosida “Mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish” dasturida koʻzda tutiladigan qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishga yaroqli boʻlgan yer osti suvlari zaxirasini aniqlash ishlarini moliyalashtirish uchun Davlat byudjeti hisobidan mablagʻ ajratsin;
v) Suv xoʻjaligi vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibini;
yer maydonlari egalarining tuproq unumdorligini saqlash va oshirishni ragʻbatlantiruvchi mexanizmlarni nazarda tutgan holda tabaqalashtirilgan soliq imtiyozlarini joriy qilish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
bir oy muddatda ilgʻor xalqaro tajribalarni inobatga olgan holda, yerdan foydalanish sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlarning namunaviy shakllarini ishlab chiqsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
a) Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda 2019-yil 1-oktyabrga qadar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarini ikkilamchi ijaraga berishni nazarda tutuvchi qonun hujjatlariga oʻzgartirish kiritish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
b) sugʻoriladigan va lalmi yerlar, togʻ va togʻoldi hamda choʻl-yaylov hududlarining tuproq unumdorligini oshirish, suv va boshqa tabiiy resurslardan samarali foydalanish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borilishini;
zamonaviy usullar asosida mamlakat oziq-ovqat taʼminoti barqarorligiga erishish uchun yangi serhosil qishloq xoʻjaligi ekinlari, ularning birlamchi urugʻchiligini yaratish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar tashkil etilishini va hayotga tatbiq etilishini taʼminlasin;
v) Farmonda koʻrsatilgan vazifalar ijrosini toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida vazirlik tarkibida qoʻshimcha 4 ta shtat birligidan iborat masʼul boshqarma tashkil etsin.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 2020-yil 1-yanvardan boshlab:
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan birgalikda har yili 1-noyabrga qadar mazkur Farmonning 3-ilovasida tasdiqlangan maydonlarning keyingi yilda qayta tiklanadigan va foydalanishga kiritiladigan yer maydonlari manzilli roʻyxatini shakllantirib, tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin;
paxta va gʻalla yetishtirish rentabelligi past boʻlgan maydoni umumiy maydonning 50 foizdan ortiq boʻlgan tumanlarning barcha ekin maydonlarini irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish sharti bilan paxta va gʻallani toʻliq qayta ishlashni tashkil etuvchi Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan investorlarga berish yuzasidan takliflar kiritsin;
ushbu tumanlarda tashkil etiladigan paxta va gʻallachilik yoʻnalishidagi investorlarga mazkur Farmonning 4-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar qoʻllanilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Hukumat boʻysunuvida qishloq xoʻjaligi yerlaridan maqsadli va samarali foydalanish, ularni muhofaza qilish yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi tegishli tuzilma tashkil etilishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga:
Konsepsiya va uni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning oʻz vaqtida va samarali ijro etilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini oʻrnatish;
amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida vazirlik va idoralar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimlarining axborotlarini har chorakda Senat, Qonunchilik palatasi va tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda xalq deputatlari viloyat Kengashlarining majlislarida eshitib borilishini taʼminlash tavsiya etilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A. J. Vaxabov zimmasiga — Farmonning 3 va 4-ilovalaridagi prognoz koʻrsatkichlarni, Konsepsiya va uni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning oʻz vaqtida va samarali ijro etilishini monitoring qilish va zaruriy choralarni koʻrib borish;

Download 28.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling