Yer yuzidagi o‘simliklar barglari orqali bug‘lantirishlari natijasida ko‘p
Download 195.91 Kb. Pdf ko'rish
|
13- маъруза
3.1. O‘simliklardagi transpiratsiyaning tuproqning suv rejimiga ta’siri Yer yuzidagi o‘simliklar barglari orqali bug‘lantirishlari natijasida ko‘p miqdorda suvni sarf qilinadi. O‘simliklarning suvni bug‘lantirishi bu fizik hodisadan iborat. Bu vaqtda suv bug‘i bilan to‘yinmagan atmosferada suv bug‘ holatiga o‘tib atrofdagi bo‘shliqqa tarqaladi. Shunga qaramasdan, o‘simlikning suvni bug‘lantirish jarayoni bug‘lantiruvchi tirik sathining bir qancha anatomik va fiziologik xususiyatlari bilan murakkablashadi. Shuning uchun uni fiziologik jarayonlar qatoriga kiritish kerak. Bu hodisalarning fiziologik bo‘lishi shunga ham bog‘liqki, u yer ustida o‘sadigan o‘simlik hayotining hamma tomonlariga juda katta ta’sir qiladi va boshqa bir qancha fiziologik protsesslarga sabab bo‘ladi. Shuning uchun o‘simlik suvni bug‘lantirishi, odatda transpiratsiya deb alohida nom bilan ataladi. O‘simliklar yaxshi rivojlanishi uchun tabiiy sharoitda qancha suv yo‘qotadigan bo‘lsa, shuncha ko‘p suv qabul qilishga muhtoj. Masalan, o‘simliklar quruq iqlimda emas, balki nam iqlimda yaxshi o‘sganligini ko‘ramiz; sernam iqlimli tropik mamlakatlar o‘simliklarga boy bo‘ladi, ularda deyarli har kuni yomg‘ir yog‘ishi tufayli havoning namlik darajasi baland bo‘ladi. O‘simliklarning yaxshi o‘sishi uchun havoni, imkoni boricha, sernam darajada saqlash va buning uchun o‘simliklarga tez-tez suv sepib turish foydali bo‘ladi. Keyingi yillarda ekinzorlarda ham havoni sernam qilish va o‘simliklar olgan suvning bug‘lanishini kamaytirish maqsadida dalaga beriladigan yuqori me’yordagi sug‘orish suvini berishni kamaytirib, yuqori texnologiya ya’ni suv tejamkor sug‘orish texnologiyalarni (tochilatib, yomg‘irlatib, tuproq ostidan yoki subirrigatsiya) qo‘llash orqali o‘simlikdan bo‘ladigan bug‘lanishni kamaytirishga erishilayapti. Suvning barglardan bug‘lanishi o‘simliklarning tana haroratini pasaytiradi va issiq kunlarda ham o‘ziga zararsiz holda ishlashga imkon beradi. Transpiratsiya asosan o‘simlikning bargidan bo‘ladigan jarayon hisoblanadi. O‘simliklar barg yuzasining kattaligi SO 2 ning ko‘p yutilishi, yorug‘lik energiyasidan samarali foydalanish va suv bug‘lanuvchi yuzaning keng bo‘lishini ta’minlayli. Suv barg yuzasidan asosan og‘izchalar orqali bug‘lanadi. Yuqoridan tortib oluvchi kuchning paydo bo‘lishi o‘simlik tanasi bo‘ylab suv harakatini yana tezlashtiradi. Shunday qilib, yuqoridan tortuvchi harakatga keltiruvchi kuch transpiratsiya natijasida vujudga keladi. Transpiratsiya faoliyatiga qarab, bu kuch ham shuncha yuqori bo‘ladi. Transpiratsiya faolligi haroratga, o‘simlik turlariga, yashash sharoitlariga va boshqalarga bogliq. Transpiratsiya jarayonining ahamiyati quyidagilardan iborat: 1. Suv va unda erigan moddalarni o‘simlikning yuqorida joylashgan organlariga yetkazib berishi; 2. Fotosintez jarayonining to‘xtovsiz davom etishini ta’minlaydi. Havodagi karbonat angidrid barg og‘izchalari orqali o‘tishi kerak. Agar barg og‘izchalari yopiq bo‘lsa, karbonat angidrid barg to‘qimasiga o‘ta olmaydi va transpiratsiya jarayoni tufayli barg og‘izchalari ochiq bo‘lib, uning to‘qimasiga CO 2 gazi o‘tishiga imkon yaratiladi; 3. Tashqi muhitga nisbatan o‘simlik tana temperaturasining ancha past bo‘lishi tufayli, uning kuchli quyosh nuri ta’siriga bo‘lgan bardoshligi ortadi; 4. Fermentlarning jadal ishlashi, moddalarning harakatlanib turishi, nafas olishning normal o‘tishi, o‘simlik to‘qimasida suvning yetarli bo‘lishi transpiratsiya jarayonining jadalligiga bog‘liq. Suv o‘simlik hayotining normal rivojlanishini muhim faktorlaridan biri o‘simlik organizmida sodir bo‘ladigan hamma protsesslar o‘simlik hujayralarida yetarli miqdorda suv mavjud bo‘lgan taqdirdagina amalga oshadi. Download 195.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling