Yerda hayotning paydo bo'lishi
Download 143.92 Kb.
|
HAYOT PAYDO BO\'LISHI HAQIDAGI ZAMONAVIY TASAVVURLAR
Organik evolyutsiyaning qudratli omili - tabiiy tanlanish o’z huquqini egallashga kirishadi. Bu omilning ahamiyati naqadar muhim ekanligini isbotlash uchun faqat ikkita misolni keltirish yetarli bo’ladi. Masalan, tur tarkibida mavjud individlar soni geologik jihatdan u qadar uzoq davom etmagan davr oralig’ida o’zgarmas hisoblanadi, ya‘ni qancha individ halok bo’lsa, shunchasi saqlanadi. Agar ko’pchilik olrganizmlarni yuzlab, minglab, o’n ming, millionlab urug’ yoki tuxum hosil qilishi inobatga olinsa, qancha-qancha organizmlarning o’lib ketishiga ishonch hosil qilish mumkin. Har qanday individning bir jufti saqlansa yuzlab, minglab, millionlab juft individ o’ladi. Hozirgi kunda bizning planetamizda ularning 2 mln.ga yaqin turi mavjud. Organik olamning taraqqiyoti davomida yuz millionlab turlarni halokatga uchrashi hisobiga yangi turlar bunyodga kelgan. Yer yuzida shakllangan organik olam taraqqiyoti jarayonida nafaqat alohida olingan turlar, balki yirik turkumlar, oilalar, tartib (qabila) hatto sinflar (ajdod) tarkibidagi organizmlar ma‘lum tabiiy muhit omillari ta‘sirida to’lig’incha halokatga uchragan. Yer qurrasi tirik mavjudotlarining taraqqiyoti 5 pog’ona 17 davrga bo’linib, uning tarixi 3,5 mlrd.yil oralig’idagi vaqt bilan belgilanadi. Har bir davrning qancha davom etishi va unda mavjud o’simlik va hayvonot olami (Komarov, 1943) sistemasiga ma‘lum o’zgartirish jadvalda keltirilgan. Yuqorida ta‘kidlanganidek, dastlabki hayot qoldiqlari yer qatlamlarida 2,5 mlrd.yil muqaddam arxey erasida paydo bo’lganligi aniqlangan. Arxey qazilmalariga suvo’tlari va bakteriyasimon organizmlar taalluqli bo’lib, ular Ontario ko’li sohillarida topilgan. Hayotning barq urib taraqqiy etishi proterozoy erasidan boshlanadi. Sayan sistemasida ham bir hujayrali suvo’tlari, bakteriyalar hukmronlik davri hisoblanadi. Yenisey sistemasiga kelib, dastlabki ko’p hujayrali suvo’tlari uchray boshlaydi. Binobarin, taxminan 1200 mln.yil muqaddam boshlangan ko’p hujayrali organizmlarning rivojlanishi biotik almashinuv kuchayishiga sabab bo’ladi. Tirik mavjudotlar tuzilishining yanada murakkablashishi Siney sistemasi davrida sodir bo’ladi. Bir hujayrali ko’k yashil suvo’tlarining taraqqiy topa borishi bilan bir vaqtda ko’p yashil, qizil, qo’ng’ir suvo’tlari, meduza, bulut, chuvalchang singari boshlang’ich ko’p hujayrali hayvonlar bunyodga keladi. Keyinchalik arxeotsitlar deb yuritiladigan boshlang’ich hayvonlar to’lig’incha qirilib ketgan. Ko’p hujayrali organizmlarning paydo bo’lishi organik olam taraqqiyotida muhim bosqichlardan hsoblanadi. Tabiatshunos olimlarning aksariyat qismining fikricha, ko’p hujayrali organizmlarning bunyodga kelishida koloniya shaklida hayot kechiruvchi mavjudotlarning roli katta bo’lgan. Koloniya shaklidagi mavjudotlar ko’p hujayrali hayot holatiga o’tishning asosiy poydevori hisoblanadi. Bu koloniyalar rangsiz, xivchinlilar, infuzoriyalar volvoks singari sodda hayvonlar, yashil, ko’k yashil va diatom suvo’tlari orasida tez-tez uchrab turadi. Koloniya tarkibiga kiradigan hujayralar dastlab bir yillik xususiyatiga ega bo’lgan, asta-sekin ular koloniyada vazifalarni bo’lib olib, ularning bir qismi ovqat yutish, boshqasi harakat qilish, yangi avlodni vujudga keltirish singari vazifalarni bo’lib olish imkoniga ega bo’lgan. Erkin holdagi kislorod, unga moslashmagan organizmlar uchun kuchli zahar hisoblanadi. Bu moddani yashil o’simliklarning fotosintezi tufayli ko’p miqdorda to’planishi Yer qurrasi tabiatining beqiyos darajada o’zgarishiga sabab bo’ldi. O’z davrida kamolotga yetgan tirik organizmlarning ko’pchiligi biosferada sodir bo’lgan bunday revolyutsion to’ntarilishga bardosh bera olmay halok bo’lgan bo’lsalar, o’simliklar va hayvonot olamining boshqa bir qismi yangi sharoitga moslashish imkoniga erishadilar. Ana shu davrdan e‘tiboran barcha hozirgi kunda mavjud bo’lgan (kislorodli muhitda yashovchi) organizmlar evolyutsiyasi boshlanadi. Shunday ekan barcha tirik mavjudotlar sintezi va destrukturaga asoslangan biotik almashinuv shaklida bunyodga kelganligi muqarrar. Ammo bu almashinuv o’ziga xos xususiyati bilan xarakterlanadi. Tirik mavjudotlar tashqi muhitdan o’zi uchun zarur bo’lgan moddalarni qabul qilib o’z muhitini o’zgartiradi va shu vaqtning o’zida uning o’zi ham o’zgaradi. Tabiatan biotik almashinuv zanjiri to’liq yopiq bo’la olmaydi. Uning kelgusi halqalari oldingilari bilan bog’lanmagan. Shunday ekan, biotik almashinuv mineral shaklidagi va umuman buyuk spiral shaklidagi tabiiy zanjidan iborat. Tiriklikning kelgusi yo’nalishiga bir nazar tashlaydigan bo’lsak, poleozoy erasi - bu qadimiy hayot erasi hisoblanadi. U kembriy davridan boshlanadi. Yer qurrasining quruqlik qismi bu davrda sahrodagi cho’lu-biyobonlardan iborat bo’lgan. Faqat har joy har joyda, dengiz sohillarida, toshlarda suvo’tlari va moxlarga o’xshash yosmiqsimon o’simliklar uchragan. Dengizda eng sodda tuzilishli ko’k yashil, qo’ng’ir va qizil suvo’tlari va hayvonot olamining barcha bo’limlarining vakillari hayot kechirishgan. Bu davrda bo’g’imoyoqlilar - trilobit hayvonot olamida hukmronlik qilgan. Ular orasida dengiz tubiga mahkam yopishib turuvchi, sudralib yuruvchi, suvda muallaq holda qalqib turadigan, suzib, yopishib va suvning bir qismidan boshqa bir qismiga o’tish vazifasini bajaradigan organlarga ega turlar mavjud bo’lgan. Organizmlarning bir hujayrali tuzilishdan ko’p hujayrali tuzilishga o’tishi ularning faol harakat qilishga urinishi natijasidir. Metazoa - tirik ko’p hujayrali hayvonlarning bir qadar ehtimolga yaqin ajdodlari rangsiz xivchinlilar (Ivanov, 1968) hisoblanadi. Ko’p hujayrali tuzilishga o’tish davrining kolonial shakli, hozirgi vaqtda uchraydigan kolonial organizm proterospongiy - sodda bulutni eslatadi. Tirik mavjudotlarning ko’p hujayralik davriga o’tishi materiya evolyutsiyasi uchun nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Birinchidan, ko’p hujayralilik bosqichga o’tishning dastlabki davridayoq taraqqiyot sekin bo’lsada borayotgani, ularning u qadar ko’p bo’lmagan qismining tuzilish jihatidan murakkablashayotgani namoyon bo’ladi. Natijada hayot integratsiyasining yangi pog’onasi eski sistemani to’liq o’zgartirmagan holda, asta-sekin unga yangilik qo’shilishi natijasida shaklan va mazmunan murakkablasha boradi. Ikkinchidan, ko’p hujayrali organizmlar o’z ajdodlari bo’lmish bir hujayrali mavjudotlar bilan sodir bo’ladigan yashash uchun kurash jarayonidan shaklan va mazmunan farq qilganliklari tufayli halos bo’ladilar. Bu ularning yangi-yangi hayot shakllarini vujudga kelishi uchun sharoit tug’diradi. Uchinchidan, yangi vujudga kelgan konkurent munosabatlar ko’p hujayrali organizmlarning yangi hayot shakli tuzilishi variantlari vujudga kelishini taqozo qiladi. SHunday ekan, ko’p hujayrali organizmlarning hayot tuzilishida taraqqiyot darajasini yangi pog’onasini egallashi va ilk ajdodlari hisoblanmish bir hujayrali mavjudotlar bilan bo’ladigan konkurentsiyadan xoli holda hayot kechirishi uchun sharoit tug’iladi va shu bilan bir vaqtda ko’p hujayrali organizmlarning bir hujayrali mavjudotlarga bog’liq bo’lmagan holda evolyutsion taraqqiyotning yangi pog’onasiga ko’tarilishi uchun muhim omil hisoblanadi. To’rtinchidan, ma‘lum darajada murakkab tuzilishli, hajman bir muncha katta bo’lgan ko’p hujayrali mavjudotlar, bir hujayrali organizmlarni hayot evolyutsiyasi taraqqiyotida, ularni oldini olish uchun asosiy to’siq hisoblanadi. Tirik tabiatning bir hujayrali organizmlardan so’ng shakllangan ko’p hujayrali mavjudotlarning quyidagi xususiyatlarini alohida ta‘kidlab o’tishimiz o’rinli. Ko’p hujayrali mavjudotlarning shakllanish jarayonida ularning asosiy komponentlari sodda tuzilishli, konkurentlik qobiliyati past bo’lgan bir hujayrali organizmlardan iborat bo’ladi. Yangi hayot shaklidagi ko’p hujayrali organizmlarni vujudga kelishi uchun imkoniyat yaratgan. Hayot tuzilishining murakkab darajaga o’tishi, ko’payish va o’zgaruvchanlik qobiliyatining vujudga kelishi ko’p hujayrali mavjudotlarni tabiiy sharoitning o’zgarishiga bardosh berishi va evolyutsion jarayonga ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratadi. SHunday qilib, proterozoy erasida ilk bor hayotning xarakterli xususiyati - yashash muhitining qaytmas ekanligi aniqlandi. Hayot (tirik mavjudotlar) - o’simliklar dunyosi, hayvonot olami va mineral moddalarning majmui yoki tirik modda Yer qurrasini to’liq egallab oladi. Yer qurrasida bunyodga kelgan nihoyatda xilma-xil tirik mavjudotlar materiya evolyutsiyasi va uni yo’nalishini belgilashga qodir bo’lgan kuchga aylandi. Buning isboti uchun faqat yagona bir misolning o’zi kifoya. Ularning aksariyat qismini ko’rish analizatorlari - ko’zlari taraqqiy etgan. Hayvonlarning hajm jihatidan u qadar katta bo’lmagan xilma-xil turlari bilan bir qatorda ancha ulkan, uzunligi 0,5 metrga yetadigan turlarining bo’lganligi ma‘lum. Ularning 1000 ga yaqin turi qazilma holda topilgan. Keyingi ma‘lumotlarga ko’ra nina tanalilardan dengiz yulduzi va goloturiya, malyuskalar, ikki tavaqichlilar pardalilar meduzalar va hokazo hayvonlar keng tarqalgan. Arxeotsiatlar o’zlarining bo’r moddasidan shakllangan skeletlarining mavjudligi bilan xarakterlanib, ularning qoldiqlaridan dengiz sohillari, ohaktosh uyumlaridan tashkil topgan to’siqlar vujudga kelgan. Hayotning kelgusi taraqqiyoti ordogen davrida davom etgan. Dengiz liliyalari va yulduzlari, nina tanli goloturiya qatoriga o’sha davr hayvonlaridan dengiz tipratikani ham qo’shiladi. Yelkaoyoqlilar soni oshib, bu guruh vakilidan biri - lingula (Lingula) bizning davrimizga qadar yetib kelgan va uni hozirgi kunda Tinch okeani suvlarida uchratish mumkin. Ordogen davrida boshoyoqlilar, malyuskalar singari hayvon turlari ham paydo bo’ladi. Bu davrda umurtqali hayvonlarning vakili pansrli (sovutli) baliqlarning paydo bo’lishi muhim voqea hisoblanadi. O’simliklar olamining quruqlikka chiqishi bilan bog’liq yana bir xususiyat ularning individual taraqqiyot davrlarida sodir bo’ladigan jinsiy va jinssiz nasl gallanishi hamda urug’ning vujudga kelishidir. Quruqlikka chiqish bilan ular uchun muhit sharoitlarining tubdan o’zgarishi bilan bog’liq ravishda yer bag’ridan suvni qabul qilish, havoga suv bug’i sifatida ajratish, karbonat angidrid va kislorodni qabul qilish va ularni atmosferaga chiqarish vazifasini bajaradigan yangi-yangi organlar vujudga keladi. Dastlab quruqlikka chiqa boshlagan o’simliklar uncha ko’p bo’lmagan. Ular asosan suv va suvga yaqin ya‘ni cheklangan holdagi suv, namlik bilan bog’liq muhit sharoiti turlicha bo’lgan yerlarda tarqalgan. Biosfera evolyutsiyasida o’simliklarning quruqlikka chiqishi buyuk revolyutsiya hisoblanadi. Chunki bunda uning kelgusi taraqqiyoti uchun yangidan-yangi imkoniyatlar yaratiladi. Tabiatda sodir bo’lgan hayotning bunday keskin evolyutsion o’zgarishini ko’pchilik ilm ahli Yer qurrasida sodir bo’lgan geologik o’zgarishlar, kuchli gaz hosil bo’lish davri, vulqonlarning, okean suvlarining regressiyasi va tranegressiyasi, qit‘alar harakati, hatto yulduzlarda vaqti-vaqti bilan yangi yulduzlarning vujudga kelishi natijasida sodir bo’ladigan portlashlar bilan bog’laydilar. Silur davrining okean mavjudotlari masalasiga kelsak, bu davrga kelib psilofitsimon o’simliklar quruqlikka chiqa boshlagan, okean suvlarida umurtqasiz hayvonlar qatoriga ko’plab qisqichbaqasimon chayonlar bunyodga kelib yelka oyoqlilarni zabt qila boshlagan. Ko’pgina ma‘lumotlarga ko’ra baliqlarning ilk ajdodlari ham shu davrda paydo bo’lgan. Devon davrida o’simliklar olamining quruqlikni zabt etishi yuksala borib, psilofitlar, plaunlar bilan bir qatorda boshlang’ich paporotniksimonlar va dastlabki ochiq urug’lilar taraqqiyoti hamda zamburug’larning vujudga kelishi kuzatiladi. Bu davrning hayvonot olami hozirgi biz yashayotgan davrda tarqalgan baliqlarning ilk ajdodlaridan tarkib topgan. Ular shakl va tuzilishi jihatidan nihoyatda turli-tuman bo’lgan. Quruqlikda hayot kechiradigan o’simliklarning ko’payishi va tuproqning paydo bo’lishi hayvonot olamining quruqlikka chiqishi uchun sharoit yaratadi. O’sha davrning qazilma qoldiqlarida chayonlar, o’rgimchak va boshqa hasharotlarni uchratish mumkin. Bulardan so’ng quruqlikda yashovchi bo’g’imoyoqlilar bilan oziqlanadigan umurtqali hayvonlarning shakllanishi boshlanadi. Baliqlarning quruqlikka chiqishi sabablaridan biri - quyosh nuri ta‘sirida isiydigan tabiiy chuchuk suv havzalarida kislorodning yetishmasligidir. Bu sharoitda kislorod bilan nafas olish qobiliyati mavjud bo’la boshlagan baliqlar asta-sekin keng ravnaq topib hayvonot olami o’rtasida ko’pchilikni egallay borgan. Karbon o’simliklar olamining yer yuzida ravnaq topgan davri hisoblanadi. Okean suvlarining ko’tarilishi va qo’yilishining navbatlanishi bir tomondan o’simliklar olamining bir qismini halokatga olib kelsa, ikkinchi tomondan botqoqlikni vujudga kelishi, botqoq o’simliklarning ravnaq topishi va botqoq o’simlik qatlamlarini vujudga kelishiga imkon beradi. Bu davrda balandligi 30 metrga yetadigan daraxtsimon plaunlar, daraxtsimon qirqbo’g’inlilar, paporotniklar va ochiq urug’li o’simliklarning ilk ajdodlari keng tarqaladi. Karbon davridagi hayvonot olami taraqqiyotining eng muhim pallasi, amfibiyalarning jinsiy jarayonini suvsiz muhitda sodir bo’lishi hisoblanadi. Bu davrda sudralib yuruvchi hayvonlarning eng sodda turlari paydo bo’ladi, hasharotlar havo muhitini deyarli to’liq egallaydi. Karbon dengizlarida bir hujayralilardan ko’plab foraminiferalar, yelka oyoqlilar, turli-tuman ninatanlilar, malyuskalar, korallar keng tarqalgan. Trilobitlar va pantsrli baliqlar bu davrga kelib kamaya boshlagan. Perm mezazoy erasining oxirgi davri hisoblanadi. Bu davrga kelib devon davridagi daraxtsimon plaunlar qirqbo’g’imlar yangi o’zgargan muhitga bardosh bera olmay to’lig’icha halok bo’ladilar. Ularning o’rniga hozirgi davrda tarqalgan paporotniksimonlar tarqala boshlaydi va qubbalilarning ilk ajdodlari shakllana boradi. Hayvonot olamida ham o’zgarish sodir bo’lib, reptiliylar keng tarqaladi. Yer qurasi florasi va faunasi tarkibida kesikn o’zgarishlar sodir bo’ladi. Tribuloitlar o’lib, butunlay tugay boshlaydi, ularning o’rniga bosh oyoqli molyuskalar - ammonitlar o’sha davr faunasida salmoqli o’rin egallaydi. Sudralib yuruvchi hayvonlarning yangi hayot shaklidagi turlari paydo bo’la boshlaydi. Ularning ayrimlari sut emizuvchi hayvonlarning ayrim xususiyatlarini egallay boshlaydi. Trias Yer qurrasining nisbatan tinch davri hisoblanadi. Faqat uning o’rtalariga kelib yer yuzida katta o’zgarishlar sodir bo’ladi. Dengiz regressiyasi trias davrining o’rtalarida uning transgressiyasi bilan almashinadi. Quruqlikda оhiq urug’li o’simliklarning rivojlanishi boshlanadi. Dengizda yelka oyoqlilar o’z o’rnini malyuskalarga bo’shatib beradi. Bu davrda belementlar, qisqichbaqasimonlar, haqiqiy suyakli baliqlar paydo bo’ladi. Bu rivojlanish davrining o’ziga xos xususiyati shundaki, u sudralib yuruvchi hayvonlarning keng tarqalgan va yuksak darajada rivojlangan, ravnaq topgan davri hisoblanadi. Bu toshbaqalar, qadimiy timsohlar va dinozavrlar, shuningdek boshqa suvda va quruqlikda yashovchi hayvonlar rivojlanishining eng yuqori pog’onasiga ko’tarilgan davridir. Uning oxirlarida kelib sut emizuvchi hayvonlar paydo bo’la boshlagan bo’lsa kerak. Quruqlikda bu davrda sagovniklar, ginkgolar, ignabargli daraxtlar o’simliklar olamida hukmronlik qiladi, kordoitlar halokati boshlanadi. Tarixiy taraqqiyot jarayonida hayotning asosi hsoblangan murtakni tashqi muhitning ta‘siridan himoya qilish imkoniga ega bo’lgan urug’ning vujudga kelishi o’simliklar olamini suv muhitidan chiqib Yer qurrasining har qanday ob-havo sharoitida tarqalish imkonini berdi. Urug’li o’simliklar endi faqat suvda yoki daryo va dengiz sohillaridagina emas, balki quruqlikning har qanday uchastkasida tarqalish imkoniga ega bo’ladi. Dengiz va okean suvlarida esa diatom suvo’tlari taraqqiy eta boradi. Hayvonot olami evolyutsiyasi bu davrda asosan suvda va quruqlikda yashovchi hayvonlar bilan bog’liq bo’ladi. Yura dinozavrlarning ravnaq topgan davri hisoblanadi va bu davr iqlimning yumshoqligi va shu vaqtning o’zida suvning bir qadar iliqligi bilan xarakterlanadi. Iliq suvning mo’lligi o’simliklar olamining barq urib rivojlanishi va keng tarqalishi uchun eng qulay sharoit hisoblangan. Shunga ko’ra dinozavrlar oziq-ovqat kamchiligi bilan to’qnashmagan. Paporotniksimon va qubbalilar bilan barglari xurmo o’simligi bargini eslatuvchi sagovniklar, ginkgolar singari daraxtsimon o’simliklar o’z taraqqiyot davrining eng yuqori pog’onasiga ko’tariladi. Yopig’ urug’li (gulli) o’simliklarning ilk ajdodlari shu davrda paydo bo’lib, Yer yuzida tarqala boshlaydi. Download 143.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling