Yerdan foyadalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmi


Yerdan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy-huquqiy chora-tadbirlarini asosiy maqsadi va yo‘nalishlari


Download 0.93 Mb.
bet2/2
Sana29.07.2020
Hajmi0.93 Mb.
#125077
1   2
Bog'liq
БМИ


1.2 Yerdan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy-huquqiy chora-tadbirlarini asosiy maqsadi va yo‘nalishlari
Yerdan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmi haqida gapirganda, uning maqsad va vazifalariga to‘xtalib o‘tishimiz joiz, zero maqsad va vazifalar muayyan huquqiy institutning mazmun-mohiyatini ochib beruvchi muhim mezonlardan hisoblanadi. Iqtisodiy dastaklarni qo‘llash “ifloslantiruvchi – to‘laydi”, “Tabiatdan foydalanuvchi – to‘laydi” tamoyillariga asoslanadi. Iqtisodiy mexanizm va dastaklarni qo‘llashdan maqsad atrof - muhit resurslarining qiymatini mos ravishda baholash va ulardan samarali hamda maqsadga muvofiq foydalanishni ta’minlashdan iborat

Umuman olganda, yuridik adabiyotlarda yerdan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmining maqsadlari haqida bir qator tushunchalar berilganligining guvohi bo‘lishimiz mumkin. Masalan, B.B. Alixonov fikricha, “Iqtisodiy omil va dastaklarning qo‘llashdan asosiy maqsad – tabiiy resurslarning narxini aynan belgilash va ulardan samarali foydalanishni ta’minlashdir”1.

Bu borada B.V. Erofeyev “yerdan foydalanish va muhofaza qilishni iqtisodiy tartibga solishning maqsadi – qonunchilikda yerdan foydalanish va muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi uchun iqtisodiy manfaatdorlikni shakllantirishdir”2, deb hisoblaydi. B.V. Erofeyevning qonunchilikda iqtisodiy manfaatdorlikni shakllantirish, yerdan foydalanish va muhofaza qilish muhitni iqtisodiy chora-tadbirlarining maqsadi degan fikriga to‘la qo‘shilib bo‘lmaydi, chunki qonunchilikda yerdan foydalanish va muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi nafaqat iqtisodiy manfaatdorlik orqali, balki tabiatdan foydalanuvchilarning fuqarolik burchi hamda qonun oldidagi majburiyatlarini belgilash yo‘li bilan ham ta’minlanadi.

E.V. Girusov esa, yerdan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmni maqsadlariga ko‘ra, quyidagi turlarga bo‘ladi: 1) ekologik toza, resurslarni tejaydigan va kamchiqitli ishlab chiqarish hamda faoliyat turlarini rivojlantirishni soliq, kredit, subsidiyalar vositasida rag‘batlantirish; 2) ma’lum tarmoq va ishlab chiqarish sohasini soliq, jarima, kredit siyosati yordamida rivojlantirish; 3) yerdan foydalanish va muhofaza qilishda ularaga salbiy ta’sir qiluvchi sabablariga emas, balki asosiy o‘rinda, uning oqibatlarga qarshi kurashga yo‘naltirilishi1.

Yerlardan foydalanish va muhofaza qilishi qtisodiy mexanizmining maqsadi yer resurslarining qiymatini mos ravishda baholash, undan ilmiy asoslangan tarzda oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash, tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, yer qonunchiligi talablariga rioya etilishini rag‘batlantirish, yerlarni muhofaza qilish va qayta tiklash bo‘yicha faoliyatni imtiyozli soliq va kredit berish yordamida rivojlantirish, yerga zarar yetkazilishini oldini olish va yetkazilgan zararni qoplash hamda yer uchun haq to‘lashni ta’minlashdan iborat2.

T.V. Petrova Rossiya Federatsiyasida iqtisodiy mexanizmning rivojlanishi haqida gapirar ekan, bugungi kunda uning asosiy maqsadi moliyalashtirish byudjeti mavjud emasligi sababli yerdan foydalanish va muhofaza qilish faoliyatini amalga oshirish uchun mablag‘ va vositalar izlashga aylanib borayotganligini ta’kidlaydi3. Ushbu mulohazani bildirar ekan, muallif bugungi kundagi holatdan va mavjud sharoitdan kelib chiqadi hamda yerdan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmi maqsadiga ilmiy va nazariy jihatdan yondashmagan. Bundan tashqari tadqiqotchining fikri yerdan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmi maqsadlarini to‘la-to‘kis qamrab ololmagan

Yuqorda bildirilgan fikr va mulohazalardan kelib chiqib, bizningcha yerdan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmining maqsadi yer toifalari qiymatini mos ravishda baholash, ulardan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash, yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishini rag‘batlantirish, ekologik toza, tabiiy resurslarni tejaydigan va kamchiqitli ishlab chiqarishni imtiyozli soliq va kredit berish yordamida rivojlantirish, yerga etkazilgan zararni qoplash va uni xavfsizligini ta’minlashdan iborat, degan xulosaga kelishimiz mumkin.

Yerdan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmi maqsadlaridan kelib chiqib uning vazifa va funksiyalarini belgilash mumkin bo‘ladi. Zero, har qanday vazifa va funksiya ko‘zlangan maqsadga erishish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. yerdan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmi vazifalari yuridik adabiyotlarda batafsil yoritib berilgan. Xususan, SH.X. Fayziyev bu haqda quyidagilarni ta’kidlab o‘tadi: “Iqtisodiy choralarning asosiy maqsadi va vazifalari – bu tabiatdan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilishni ta’minlash, aholi ekologik xavfsizligini ta’minlash, yuridik va jismoniy shaxslarning tabiatni muhofaza qilish faoliyatini rag‘batlantirish, ekologik qonunchilikni buzganlik uchun iqtisodiy javobgarlikka tortish, atrof muhitga etkazilgan zararni qoplash va h.k.”1.

Ba’zi adabiyotlarda esa, yerdan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmi vazifalari bevosita uning yo‘nalishlaridan kelib chiqib belgilangan. Masalan, V.V. Erofeyev Yerdan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmi vazifalariga quyidagilarni kiritadi: rejalashtirish, yer resusrlarini muhofaza qilish tadbirlarini moliyalashtirish; resurslarni tejovchi va kamchiqitli texnologiyalarni joriy etgan hamda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha boshqa samarali chora-tadbirlarni amalga oshirgan tabiatdan foydalanuvchilarga soliq va boshqa imtiyozlar berish; ekologik jamg‘armalarning bir qismini shartnoma asosida xo‘jalik va boshqa faoliyat sub’ektlariga tabiatni muhofaza qilish loyiha va tadbirlarini moliyalashtirish uchun berish; ekologik toza mahsulotlarga (mahsulot, xizmat, ish) nisbatan soddalashtirilgan narxlarni qo‘llash; ekologik xavfli mahsulotlarga, shuningdek, ekologik xavfli texnologiyalardan foydalanib ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun maxsus soliqqa tortish tizimini joriy etish; atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarini samarali amalga oshirayotgan mulk shaklidan qat’i nazar, har qanday tabiatdan foydalanuvchiga imtiyozli kreditlar berish; yerdan foydalanish va muhofaza qilishda oid normativlarini buzgan yoxud ularni muhofaza qilish choralarini ko‘rmagan korxona, muassasa, tashkilotlar rahbarlarini yoki boshqa aybdor shaxslarni imtiyozlardan yoki boshqa vositalardan to‘liq yoki qisman mahrum qilish; yer resurslariga va inson sog‘lig‘iga etkazilgan zararni belgilangan tartibda qoplash.

M.M. Brinchuk esa, yerdan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmi funksiyalari haqida quyidagilarni ta’kidlaydi: “Avvalambor, u yer resurslaridan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilishni iqtisodiy ta’minlashga yo‘naltirilgan. Mazkur funksiyalar iqtisodiy-huquqiy mexanizmga kiruvchi barcha iqtisodiy chora-tadbirlarni bevosita muntazam qo‘llab borish orqali amalga oshiriladi. Iqtisodiy-huquqiy mexanizmning yana bir muhim funksiyasi bu rag‘batlantirishdir. U tadbirkorlar va tashkilotlar uchun yerdan foydalanish va muhofaza qilishga oid qonunchilikda ular uchun ko‘zda tutilgan talablarni bajarishlarida iqtisodiy manfaatdorlik sharoitini yaratishni nazarda tutadi. Ushbu funksiya barcha iqtisodiy choralar bilan emas, balki ba’zi birlari orqali amalga oshiriladi. Rag‘batlantiruvchi funksiyaning ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi: a) yer, tuproq, suv va boshqa tabiiy resurslardan foydalanganlik hamda atrof-tabiiy muhitni ifloslantirganlik uchun to‘lovlar undirishda; b) yer resurslarini muhofaza qilish sohasida soliq va kredit imtiyozlari ajratishda.



Yerlardan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmi maqsadlaridan kelib chiqib, ushbu institutning yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin:

  • Yerlardan foydalanish va muhofaza qilishga oid chora-tadbirlarni rejalashtirish va moliyalashtirish;

  • Yerdan foydalanish chegaralarini belgilash;

  • Yerlardan foydalanganlik, yerlarni ifloslantirganlik va ularga boshqacha tarzda zararli ta’sir ko‘rsatganlik uchun to‘lovlar hajmini belgilash va undirish;

  • Yerdan ilmiy asoslangan tarzda oqilona va samarali foydalanish uchun to‘lovlar hajmi va yerning normativ qiymatini belgilash;

  • Yerlarni muhofaza qilish va qayta tiklash bo‘yicha samarali choralarni amalga oshirgan yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorlariga soliq, kredit va boshqa imtiyozlarlar berish;

  • yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning aybi bo‘lmagan holda buzilgan yer uchastkalarini vaqtincha konservatsiya qilish natijasida ulardan keladigan daromadning kamayishini davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qisman qoplash;

  • yangi o‘zlashtirilayotgan va meliorativ holatini yaxshilash jarayonida turgan mavjud sug‘orilayotgan yerlardan foydalanuvchilarga yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar berish;

  • yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning tuproq unumdorligi saqlanishi va tiklanishidan, yerlarni ishlab chiqarish faoliyatining salbiy oqibatlaridan himoya etilishidan manfaatdorligini oshirish;

  • yer qonunchiligi talablarini buzgan, yerlarni muhofaza qilishga oid davlat va mahalliy dasturlarda belgilangan vazifalarni hamda yer resurslarini muhofaza qilish chora-tadbirlarini ko‘rmagan yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorlarini tegishli imtiyozlardan to‘liq yoki qisman mahrum qilish;

  • yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy rag‘batlantirish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirish.

Yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy rag‘batlantirish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirish haqida fikr yuritadigan bo’lsak, Amaldagi Yer kodeksi 82-moddasida ham rag‘batlantiruvchi choralar belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra yerlardan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy rag‘batlantirish yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning tuproq unumdorligi saqlanishi va tiklanishidan, yerlarni ishlab chiqarish faoliyatining salbiy oqibatlaridan himoya etilishidan manfaatdorligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

  • yangi o‘zlashtirilayotgan va meliorativ holatini yaxshilash jarayonida turgan mavjud sug‘oriladigan yerlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar berish; (maslan: Qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yangi o‘zlashtirilayotgan yerlar, ularni o‘zlashtirish ishlari bajariladigan davrda va ular o‘zlashtirilgan vaqtdan e’tiboran besh yil mobaynida soliq to‘lashdan ozod qilinadi).

  • yerlarni muhofaza qilish va qayta tiklash bo‘yicha faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga kamchiqit va resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etishda soliqqa, kreditga oid va boshqa imtiyozlar berish;

  • yerlarning sifatini yaxshilashni, ilmiy asoslangan almashlab ekishni joriy etishni, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning unumdorligini oshirishni, ekologik sof mahsulot yetishtirishni rag‘batlantirish;

  • yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning aybi bo‘lmagan holda buzilgan yerlarni qayta tiklash uchun, zarurat bo‘lgan taqdirda, respublika byudjetidan yoki mahalliy byudjetdan mablag‘lar ajratish, agrotexnika, o‘rmon melioratsiyasi tadbirlari va tuproqni himoya qilish yuzasidan boshqa tadbirlar o‘tkazish;

  • yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning aybi bo‘lmagan holda buzilgan yer uchastkalarini vaqtincha konservatsiya qilish natijasida ulardan keladigan daromadning kamayishini davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qisman qoplash1.

Qonunchilikda yer solig‘i bo‘yicha belgilangan imtiyozlar bir qator xususiyatlari bilan ajralib turadi: birinchidan, yerdan foydalanishning ijtimoiy ahamiyati bilan bog‘liq holda; ikkinchidan, yerlar sifatini yaxishalashni rag‘batlantiruvchi imtiyozlar; uchinidan, yuridik shaxslarning alohida maqomi yoki ijtimoiy-madaniy muassasalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash zaruriyati bilan1.

O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Soliq kodeksining 282-moddasida ham yer solig‘i to‘lash bilan bog‘liq imtiyozlar ko‘zda tutilgan. Xususan, unda yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinadigan shaxslar doirasi ko‘zda tutilgan. Masalan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish tashkilotlari; ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyektlari. Shuningdek, ushbu kodeksda soliq solinmaydigan er uchastkalari ro‘yxati berilgan bo‘lib, ular ham yer solig‘i to‘lashdan ozod etilgan.

O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Soliq kodeksida ham suv resurslaridan foydalanganlik uchun imtiyozlar nazarda tutilgan, xususan uning 261-moddasiga binoan quyidagilar soliqdan ozod qilinadi: 1) suv uchun byudjetga soliq o‘tkazgan yuridik shaxslardan suv olgan iste’molchilar; 2) birlamchi foydalanilgan suv uchun to‘lov amalga oshirilgan suvdan ikkilamchi foydalanuvchi suv iste’molchilari; 3) ixtiyoriy tugatilayotgan yuridik shaxslar va boshqalar2

Yerlardan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmi ushbu institutning yerdan ilmiy asoslangan tarzda oqilona va samarali foydalanish uchun to‘lovlar hajmi va yerning normativ qiymatini belgilash yo’nalishiga to’xtaladigan bo’lsak, u yer uchun haq to’lashning tarkibiy qismidir.

Bu borada J.T. Xolmo‘minov ham haq to‘lashning mustaqil shakli sifatida normativ bahoni ko‘rsatib o‘tadi3. Yerning normativ bahosi davlatning bozor munosabatlari sharoitida yer munosabatlarini tartibga solishdagi ishtiroki usullaridan biri. U aksariyat hollarda yerning qonunchilikda belgilangan bahosini davlat manfaatlarini ta’minlash maqsadida mustahkamlashda ifodalanadi. Masalan, u davlat mulkini xususiylashtirish munosabati bilan yer uchastkasini sotib olishning dastlabki narxini belgilashda namoyon bo‘ladi.

Yerning normativ bahosi – yer uchastkasi sifati va joylashgan manzili qiymatini xarakterlovchi hamda sotib olish narxini belgilab beruvchi ko‘rsatkich1.

Yerning normativ bahosi mutaxassislar tomonidan, bir qator omillar majmuini inobatga olgan holda aniqlanadi. Bunday omillar orasida yerning qanday maqsadlarda foydalanishga mo‘ljallanganligi, ya’ni uning qaysi yer fondi toifasiga mansubligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Fikrimizni davom ettirgan holda qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarning normativ bahosi haqida so’z yuritadigan bo’lsak, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining qishloq xo‘jaligi yerlarini normativ qiymati yagona yer solig‘ini hisoblab chiqish va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlarda aniqlanadi.

Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarga belgilangan tartibda, yer uchastkalarida qishloq xo‘jaligini yuritish uchun qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar kiradi.

Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarning qishloq xo‘jalik yerlarining normativ qiymatini aniqlash obyektlari hisoblanadi.

Normativ qiymatni aniqlash normativ ko‘rsatkichlarni, yer kadastri va statistik hisobga olish ma’lumotlarini hisobga olgan holda, foydalanish kapitallashtirish asosida daromadli yondashuvdan foydalanib bajariladi.

Normativ qiymatni aniqlash natijalari davlat yer kadastri ma’lumotlarini shakllantirishda foydalaniladi.

Nomativ qiymat miqdorini aniqlash ishlarining predmeti hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 18 avgustdagi “Qishloq xo‘jalik ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 235-sonli qaror bilan tasdiqlangan Nizomning II-bo‘lim 9-bandida normativ qiymatni aniqlash O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining O‘zbek davlat yer tuzish ilmiy-loyihalash instituti “O‘zdavyerloyiha” tomonidan amalga oshirilishi belgilab berilgan.

Ushbu qaror ijrosini bajarish ishlarini Qoraqolpog‘iston Respublikasi va viloyatlar tumanlarida jami 164 948 ta qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarning jami 12 862,0 ming gektar er maydonlarining normativ qiymat natijalari aniqlangan1

Yerlarning normativ qiymatini aniqlash yer-kadastri ma’lumotlarini asosiy tashkil qiluvchilardan biridir. Yerlarning normativ qiymatini aniqlash yakunlari tuman yer-kadastri daftariga kiritiladi. Kiritilgan o‘zgarishlar hamda erlarning normativ qiymatini aniqlash yakunlari qo‘shimcha qilib, yer-kadastri daftarida yerdan foydalanuvchilar haqida ma’lumotlar to‘ldirilib turiladi. Respublikada yerdan foydalanuvchilarning asosiy qismini fermer xo’jaliklari tashkil etadi.

Yerlarning normativ qiymati yer kadastri ma’lumotlari qismi bo‘lib, qishloq xo‘jalik tovarlari ishlab – chiqaruvchilarga, tuman davlat soliq inspeksiyalariga yagona yer solig‘i hisoblashda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi uchun yagona yer solig‘ini yig‘ilishini nazorat qilish va prognozlash, O‘zbekiston Moliya vazirligiga Davlat byudjetining hisobi va rejalashtirish uchun taqdim etiladi.

Ushbu to‘lov turini joriy etishdan maqsad – yer uchastkasiga nisbatan mulk huquqi boshqa shaxsga quyidagi asoslarda o‘tganda yer munosabatlarini iqtisodiy tartibga solish hisoblanadi: 1) yer uchastkasiga nisbatan mulk huquqi meros asosida o‘tganda; 2) yer uchastkasi hadya etilganda; 3) yer uchastkasi garovga qo‘yilib kredit olinganda.

Yerlardan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmi quyidagi usullardan (mexanizm) foydalanishni nazarda tutadi: yer resurslarni ijtimoiy-iqtisodiy baholash va hisobga olishni huquqiy tartibga solish; yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha turli dastur va tadbirlarni moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash, rejalashtirish; yer resurslardan kompleks foydalanish bo‘yicha shartnoma tuzish va litsenziya berish; yer resurslardan foydalanish limitlarini belgilash; yer resusrlardan haq evaziga foydalanish, bu esa yer resurslar uchun to‘lovni, atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik hamda ta’sir etishning boshqa ko‘rinishlari uchun haq to‘lashni o‘z ichiga oladi; yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishni iqtisodiy rag‘batlantirish.

Yerlardan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmi usulli hisoblangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha turli dastur va tadbirlarni moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash, rejalashtirish bo’yicha bugungi kunda respublikamizda qator islohatlar aamalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston ni 2017-2021-yillarda yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasining 3.3. bandida Qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish masalalari ya’ni sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya obyektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori bo‘lgan qishloq xo’jaligi texnikasidan foydalanishni tshkil etish1 kabi masalalar belgilanib o’tilgan. Bundan tashqari ushbu siyosatning mantiqiy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-sonli “Qishloq xo‘jaligida er va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida yerdan foydalanuvchilarning ehtiyojlari uchun olib kelinadigan va respublikada ishlab chiqarilmaydigan xom-ashyo, materiallar, texnika, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda bojxona to‘lovlari (qo‘shilgan qiymat solig‘idan tashqari) to‘lashdan ozod qilinishi belgilab o’tilgan2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi qishloq ho’jaligi hodimlari kunidagi nutqida ham qishloq ho’jaligi texnikalaribilan taminlanganlikka to’xtalib “ hozirgi paytda mamlakatimizdagi 146 ming 295 ta qishloq xo’jaligi texnikasining 38 foizi allaqachon o’z umrini o’tab bo‘lgan, ya’ni butunlay eskirgan. Ayniqsa, meva va sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlar bog’ va tokzorlarga ishlov berish, sabzavot ekish, parvarishlash va yig’ib olishga mo’ljallangan texnikalar bilan bor-yo’g’i 34 foiz ta’minlangan, xolos. Bu mehnat unumdorligi va hosildorlikning pasayib ketishiga sabab bo’lmoqda. Ayni paytda mamlakatimiz bo’yicha 16 ming 495 ta qishloq xo’jaligi texnikasi yetishmasligi aniqlangan. Buning oqibatida belgilangan agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida va sifatli amalga oshirishning imkoni bo’lmayapti va shuning uchun pirovard natijada kutilgan samaraga erishilmayapti”1 deb takidlab o’tilgan.

Umuman, huquqshunos olimlar orasida yer resurslaridan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmi elementlarining mohiyatini ochib berishda turli yondashuvlar mavjud. Masalan, SH.X. Fayziyev “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni mazmunidan kelib chiqib, iqtisodiy mexanizm elementlariga quyidagilarni kiritadi: iqtisodiy choralar turlari; tabiatdan maxsus foydalanganlik uchun to‘lovlar; tabiatni muhofaza qilish jamg‘armalari; ekologik sug‘urta; tabiatni muhofaza qilish tizimida rag‘batlantirish2.



M.M. Brinchuk esa, atrof yer resurslaridan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmi asosiy yo‘nalishlarini uning elementlari sifatida baholab, unga quyidagilarni kiritadi: 1) yer resurslaridan foydalanish va muhofaza qilishni rejalashtirish; 2) yer resurslaridan foydalanish va muhofaza qilishni moliyalashtirish; 3) yer resurslaridan foydalanganlik uchun to’lovlar; 4) iqtisodiy rag‘batlantirish choralari O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni 8-bobini tahlil qiladigan bo‘lsak, tabiatni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy tartiboti quyidagilardan iborat bo‘lishi ko‘rsatilgan (33-modda):

    • tabiiy resurslardan maxsus foydalanganlik uchun, atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik (shu jumladan chiqindilarni joylashtirganlik) va atrof tabiiy muhitga boshqacha tarzda zararli ta’sir ko‘rsatganlik uchun to‘lov undirish;

    • kamchiqitli va resurslarni tejaydigan texnologiyalar joriy etilganida, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni qayta tiklashda samara beruvchi faoliyat amalga oshirilganida korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, shuningdek ayrim shaxslarga soliq, kredit imtiyozlari va o‘zga imtiyozlar berish;

    • ekologiya nuqtai nazaridan xavfli texnologiyalarni qo‘llaganlik va o‘zga faoliyatni amalga oshirganlik uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga nisbatan maxsus soliqlar joriy etish;

    • atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi moddalar chiqarish, oqizish yoxud ekologiya nuqtai nazaridan o‘zga zararli faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar (ruxsatnomalar) olish;

    • tabiiy muhitning qulay holatini buzgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar zimmasiga uni tiklash vazifasini yuklash;

    • tabiat ob’ektlarini buzish yoki yo‘q qilib yuborish oqibatida etkazilgan zarar uchun belgilangan tartibda tovon puli undirish;

    • nobyudjet ekologik jamg‘armalarga nisbatan imtiyozli soliqqa tortishni qo‘llash;

    • ekologik sof mahsulot chiqarganlik uchun rag‘batlantiruvchi narxlar va ustama haqlar belgilash;

    • tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik, me’yorda belgilanganidan ortiqcha foydalanganlik uchun tabiatdan foydalanuvchilarga nisbatan iqtisodiy jazo choralarini hamda tabiiy resurslardan tejab-tergab va oqilona foydalanganlik uchun iqtisodiy rag‘batlantirishni qo‘llash;

    • tabiiy muhitni saqlash sohasida va ekologik sof mahsulot ishlab chiqarishda hammadan yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan davlat, kooperativ, jamoat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari, boshqa korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarning jamoalarini va ayrim xodimlarini, shuningdek, ayrim shaxslarni moddiy rag‘batlantirish1.

Yerdan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmi maqsad va yo‘nalishlari ushbu institutning mazmun-mohiyatini ochib berishda muhim ahamiyat kasb etadi, shuningdek, uning amalga oshirilishini belgilab beruvchi asosiy vosita sifatida yo‘naltiradi hamda tizimlashtiradi.

Yerdan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmi maqsad va yo‘nalishlari turli-tuman bo‘lib, ular muayyan vaziyatda va aniq sharoitda o‘zgarishi hamda boyishi mumkin. yerdan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmi maqsad va yo‘nalishlarini tadqiq etish natijasida biz ushbu tizimning mamlakatimiz yerdan foydalanish va muhofaza qilishga oid siyosatidagi o‘rni hamda asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida chuqur va boy ma’lumotga ega bo‘lamiz.



II-BOB. YERDAN FOYDALANISH VA MUHOFAZA QILISHNING IQTISODIY MEXANIZMINI TIZIMI
2.1 Yerdan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmini rejalashtirish va moliyalashtirish

Yerdan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmi tizimida rejalashtirish va moliyalashtirish o‘ziga xos muhim o‘rin egallaydi. Xususan rejalashtirish, mazkur mexanizmning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, bu haqda yuridik adabiyotlarda bir qator fikrlar berilganligining guvohi bo‘lishimiz mumkin. Masalan, M.M. Brinchuk rejalashtirish mohiyatini ochib berishda qonunchilik mazmunidan kelib chiqib, unga quyidagicha ta’rif beradi: “Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning davlat rejalari deganda, bozor iqtisodiyoti qonuniyatlariga asoslangan Rossiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishlari haqidagi ilmiy asoslangan tushunchalar tizimi tushuniladi”1.

Yerdan foydalanish va muhofaza qilishning rejalashtirish ijtimoiy va ekologik natijalarni hamda resurslardan unumli foydalanishni ta’minlash maqsadida yerdan foydalanishni tartibga solish jarayonidir.

Yerdan foydalanishni va muhofza qilishni rejalashtirishni maqsadi yerning unumdorligini oshirish, atrof muhitni muhofaza qilish, shaharlararo bo’shashishlarni cheklash, transport xarajatlarini menimallashtirish yerdan foydalanish oqibatida kelib chiqishi mumkin bo’lgan nizolarni oldini olish, yer resurslarini ifloslantiruvchi moddal ta’sirini kamaytirishni o’z ichiga oladi. Umuman olganda, yerdan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmini rejalashtirish ma’lum bir hududda sodir bo’layotgan ijimoiy-iqtisodiy faoliyatni va ushbu faoliyat orqali odamlarning xulq-atvorini va atrof muhitga ta’sirini aniqlaydi

Yerdan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmini rejalashtirish buguni kunda muhim o’sish asosi sifatida qarashimiz mumkin. Fikrimizga dalil qilib shuni misol qilib keltirishimiz mumkinki, qishloq xo’jaligi sohasida tuproq erroziyasining oldi olinmasligi, sho’rlanish darajasining oshib ketishi yerdan samarali foydalanishni cheklanishiga olib keladi. Ushbu holatlarni oldni olish uchun esa yerdan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmini rejalashtirish lozimligini ta’lab qiladi.

B.V. Erofeyev esa, bu haqda “yerdan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmini rejalashtirish dasturlar va iqtisodiy rivojlanish bashoratlari tarkibida, tarmoq va hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiya, dastur va rejalari, loyihalari; atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiatdan foydalanish va tabiiy resurslar alohida turlarini qayta tiklash (ekologik dasturlar) sohasidagi turli darajalardagi davlat maqsadli dasturlari loyihalari; atrof tabiiy muhit holatini, aholi salomatligi va sanitar-epidemiologik sharoitni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmas choralarga oid davlat maqsadli dasturlari loyihalari; atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi ilmiy tadqiqotlar kompleks dasturlari; tabiiy resurslardan kompleks foydalanish va ularni muhofaza qilish dasturlari va h.k. asosida amalga oshiriladi”1, deb ta’kidlaydi.

N.N. Vedenin esa, “yerdan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmi bo‘yicha tadbirlarni rejalashtirish dasturlar va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bashoratlari tarkibida, alohida hududlar tabiiy resurslari zahirasini inobatga olgan holda, davlat yer resurslaridan foydalanish va ekologik dasturlari asosida amalga oshiriladi”2, deb hisoblaydi. N.N. Vedenin o‘z mulohazasida ko‘proq alohida hududlar tabiiy zahirasini muhofaza qilish va rejalashtirishga urg‘u bergan. Vaholanki, yerdan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmini rejalashtirish bu yerdan foydalanish va muhofaza qilishni kompleks qamrab oluvchi chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi faoliyatdir.

T.V. Petrova rejalashtirish haqida fikr bildirib, “Davlat rejalashtirishi rejalashtirish hujjatlarining iyerarxiyaviyligi, bugungi kunda o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lmagan, konsepsiyalar–bashoratlar–dasturlar tamoyiliga asoslanishi lozim”1, deya ta’kidlaydi.

A. Bogolyubov “yerdan foydalanish va muhofaza qilish tadbirlarini rejalashtirish muayyan dasturga asoslanib, alohida hududlar tabiiy resurslari zahiralarini hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini istiqbollarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi”, deb e’tirof etadi. Bu o‘rinda S.A. Bogolyubov fikriga qisman qo‘shilgan holda ta’kidlash mumkinki, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish tadbirlarini rejalashtirish faqatgina dasturlar asosida emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyalari, reja va loyihalar asosida ham amalga oshiriladi. Mazkur masalada B.V. Erofeyevning yerdan foydalanish va muhofaza qilishni rejalashtirishga bergan yuqoridagi ta’rifi bir muncha kengroqdir.

N.D. Eriashvili fikriga ko‘ra esa, “Rejalashtirish (prognoz) ekologik dasturlarning bir qismi bo‘lib, o‘zida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish bo‘yicha tadbirlarni ifodalab, muhim omillar (demografik vaziyat, ilmiy-texnik salohiyat, ijtimoiy tarkibi, tabiiy resurslar holati) kopleks tahlili asosida hamda alohida hududlar tabiiy resurslari holatini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi”2. Bizningcha, N.D. Eriashvilining, “rejalashtirish ekologik dasturlarning bir qismi”, degan fikriga qo‘shilib bo‘lmaydi. Chunki atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishni rejalashtirish yuqorida ta’kidlaganimizdek, kengroq faoliyat tizimi hisoblanadi.

Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, biz O.I. Krassovning “rejalashtirish – davlat boshqaruvi funksiyasi”, degan mulohazasiga to‘la qo‘shilamiz. Zero, rejalashtirishning davlat boshqaruvi funksiyalarini tashkil etishdagi hamda uning rivojlanish istiqbollarini belgilab berishdagi o‘rni va ahamiyati ulkan. Shu o’rinda ta’kidalash joizki mamlakatimizda yerdan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmini rejalashtirish bo’yicha davlat boshqaruvi funksiyalari muhim hisoblanadi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Yer Kodeksining 4-moddasida. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari belgilangan:

Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga kiradi:

yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

ushbu Kodeksga, boshqa qonun hujjatlariga muvofiq yer munosabatlarini tartibga solish to‘g‘risida normativ hujjatlar qabul qilish;

tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan davlat dasturlarini tasdiqlash;

qishloq xo‘jaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish, yer tuzishni, yer monitoringi o‘tkazilishini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;

davlat mulkidagi erlarni tasarruf etish;

yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishda vazirliklar hamda idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

yerga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqlarini hamda yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqini belgilangan tartibda ushbu Kodeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilish;

yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini tashkil etish;

yer munosabatlarini tartibga solish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish1.

Shuningdek, 85-moddaga ko’ra ”Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:

yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish masalalari yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazish, mazkur masalalar bo‘yicha barcha zarur hujjatlarni va materiallarni olish, tuproqning kadastr ma’lumotlariga mosligini aniqlash maqsadida tuproqni tekshirish;

yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishining sabablari va bunga olib kelgan shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan, barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart bo‘lgan ko‘rsatmalar (yozma buyruqlar) berish;

aybdor mansabdor shaxslar va fuqarolarni ma’muriy javobgarlikka tortish, er to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi tufayli etkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha da’volar taqdim etish, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish uchun tegishli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga hamda huquqni muhofaza qilish organlariga taqdimnomalar yuborish;

yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun er uchastkalarini olib qo‘yish, shu jumladan erlarni ijaraga berish shartnomalarini muddatidan oldin bekor qilish haqidagi, shuningdek erlardan foydalanishni cheklash va to‘xtatib qo‘yishga doir materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdim etish;

yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslardan zarur axborotlar olish, mazkur masalalar yuzasidan davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari va axborotlarini eshitish;

yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini olib borish ishlarida qatnashish uchun mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb qilish.

Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlari va mansabdor shaxslar:

yer uchastkalaridan belgilangan maqsadda foydalanilishini, er egalari, erdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan erlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini belgilangan tartibda tekshirishlari;

yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan o‘z vaqtida choralar ko‘rishlari;

yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish bilan bog‘liq tadbirlar yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida ko‘rsatmalar berishlari shart.

Yuridik va jismoniy shaxslarning erlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish borasidagi faoliyati bir yilda ko‘pi bilan bir marta tekshirilishi mumkin. Agar organ erlardan oqilona foydalanmaslik va ularni muhofaza qilmaslik sabablarini bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar bergan bo‘lsa, u belgilangan muddatda mazkur tadbirlarni tekshirishga haqlidir.

Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organlar va mansabdor shaxslar o‘z faoliyatlarining to‘g‘ri tashkil etilishi va amalga oshirilishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar”.

Bu boradagi yuridik adabiyotlarni o‘rganish ba’zi mualliflar tomonidan rejalashtirish yerdan foydalanish va muhofaza qilish iqtisodiy mexanizmining alohida tarkibiy qismi sifatida e’tirof etilmaganligini ko‘rsatadi. Masalan, V.V. Petrov iqtisodiy mexanizm tarkibiy qismlari haqida o‘z nuqtai-nazarini bayon etib, ularga yer resurslari kadastri, haq to‘lash,, imtiyoz va sug‘urtalash kabilarni kiritadi, biroq rejalashtirish masalasi muallif nigohidan chetda qoladi. Shu bilan birga V.V. Petrovning atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish iqtisodiy mexanizmiga yer resurslar kadastrini kiritish to‘g‘risidagi mulohazasi alohida e’tiborga molik. Biz ham uning mazkur fikriga qo‘shilib, iqtisodiy mexanizmga yer resurslar kadastrini kiritishni qo‘llab quvvatlaymiz. Zero, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish ham kadastr ma’lumotlari asosida tashkil etiladi hamda ularning negizida tabiiy resurslarning qiymati, uning normativ bahosi, sotuv narxi, atrof tabiiy muhitni sog‘lomlashtirish va qayta tiklash choralari tizimini baholash amalga oshiriladi.

Bizning fikrimizcha, yerdan foydalanish va muhofaza qilishni rejalashtirishga quyidagicha ta’rif berish maqsadga muvofiqdir: “yerdan foydalanish va muhofaza qilishni rejalashtirish bu – yer resurslarini muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlarining mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish davlat dasturlari, konsepsiyalari, reja va loyihalari orqali amalga oshiradigan faoliyat turi hisoblanib, iqtisodiy mexanizmning tarkibiy bo‘g‘inini tashkil etadi”.

Rejalashtirishning bir necha turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: 1) uzoq muddatli (10 yillik muddatda har 5 yilda bir marotaba); 2) o‘rtacha muddatli (uch yildan besh yilgacha muddatda har yili bir marotaba); 3) qisqa muddatli (har yilda bir marotaba).

Rejalashtirish quyidagicha hujjatlarning ierarxiyaviyligi tamoyili asosida amalga oshirilishi lozim: konsepsiya – prognoz – dasturlar. Konsepsiyalar dasturlarga nisbatan kengroq mazmunga ega bo‘ladi.

Yerdan foydalanish va muhofaza qilishni rejalashtirish masalasida Respublikamizda bugungi kunda alohida e’tibor berib kelinmoqda. Xysusan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son Farmoni bilan tasdiqlangan ‘Qishloq xo‘jaligida er va suv resurslaridan samarali foydalanish” Konsepsiyasi ushbu sohada muhim bo’lgan bir qator ishlarni amalga oshirmoqda. Shuningdek ushbu konsepsiyada yerdan foydalanish va muhofaza qilishga oid bir qator muommoli holatlar sanab o’tilgan. Keyingi yillarda mamlakatimizda yer va suv munosabatlarini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini maqbullashtirish va ularni ajratishning soddalashtirilgan tartibini qo‘llash, yer-suv resurslaridan foydalanishda zamonaviy bozor mexanizmlari, innovatsion va resurs tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, past hosilli paxta va g‘alla maydonlarini qisqartirish hisobiga yuqori daromadli, eksportbop mahsulotlar etishtirish bo‘yicha tizimli choralar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, respublika aholisi sonining yuqori sur’atlar bilan o‘sib borishi, qishloq xo‘jaligi erlarining boshqa toifaga o‘tkazilishi va global iqlim o‘zgarishi ta’sirining keskinlashuvi oqibatida oxirgi 15 yilda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sug‘oriladigan yer maydonlari o‘lchami 24 foizga (0,23 gektardan 0,16 gektargacha), o‘rtacha yillik suv ta’minoti darajasi esa 3 048 metr kubdan 158,9 metr kubgacha qisqardi.

Uzoq yillar davomida qishloq xo‘jaligi yerlaridan nooqilona foydalanish natijasida tuproqning tabiiy unumdorligi va ekinlar hosildorligi pasayib, etishtirilgan mahsulot sifati yomonlashmoqda, atrof muhit ifloslanishi ortib bormoqda.

Jumladan, sug‘oriladigan ekin erlaridagi tuproqlarning 93 foizida harakatchan fosfor miqdori, 68,3 foizida almashuvchan kaliy miqdori, 79,3 foizida gumus (chirindi) miqdori o‘rtachadan past darajaga tushib qolgan1.

Umuman olganda, yerdan foydalanish va muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni rejalashtirish yer resurslaridan foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi masalalarni yechishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda davlat rejalarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim. Fikrimizni dalili sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi PF-5742-son Farmoni bilan tasdiqlangan ‘Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish” Konsepsiyasining yer va suv resurslaridan samarali foydalanishda ilm-fan va amaliyot integratsiyasini jadallashtirish yo’nalishi bunga yaqqol misoldir.

Respublikamizda yer va suv resurslaridan unumli foydalanish, ularni tartibga solish, ilmiy izlanishlar olib borishda aero sur’atlardan tayyorlangan fototarxlardan foydalanishda katta yutuqlarga erishilmoqda. Hozirgi kunda innovatsion texnologiyalarni qo‘llanilishi sababli har bir soha tez sur’atlarda rivojlanib katta yutuqlarga erishilmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 31-avgustdagi 287-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik va davlat aviatsiyasida dronlar (uchuvchisiz parvoz qiluvchi qurilmalar) ekspluatatsiyasi tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.

Shuningdek uchuvchisiz parvoz qiluvchi qurilmalar parvozi havo kemalari parvozi uchun maxsus hududlarda qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Uchuvchisiz parvoz qiluvchi qurilmalar parvozi nazorati O‘zbekiston Respublikasining parvozlar xavfsizligi nazorat qilish bo‘yicha Davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

“Geoinformkadastr” davlat unitar korxonasi tomonidan yer maydonlarini An-2 samolyoti va uchuvchisiz parvoz qiluvchi qurilmalar yordamida o‘lchash natijalari taqqoslandi. Ma’lum bo‘lishicha, 100 gektar maydonni samolyot yordamida 20 soatda o‘rganilsa, uchuvchisiz parvoz qiluvchi qurilmalar qo‘llanilganda xuddi shu hajmdagi ishlarga 4 soat sariflaydi. Bundan tashqari, ekinlarga agrodron, OVX purkagich va samolyot yordamida ishlov berishning imkoniyatlari ham yuqori baholandi.



Bugungi kunda ishlab chiqarishga kirib kelayotgan yangi texnologiyalar, jumladan yuqori aniqlikga ega bo‘lgan kosmosur’atlar, elektron raqamli xaritalarni yaratish bo‘yicha zamonaviy dasturiy ta’minotlarga asoslangan holda elektron raqamli xaritalarni yaratish ishlari olib borilmoqda. Korxona tamonidan xozirgi kunda foydalanilayotgan zamonaviy texnalogiyalardan biri Phantom 4 Pro uchuvchisiz parvoz qiluvchi qurilma bunga misoldir.

Qishloq xo’jaligida uchuvchisiz parvoz qiluvchi qurilmadan (Aerodron) avtomatik tarzda aerosur’atga olish

Elektron raqamli yer xaritalarni yangilash (yaratish)da innovatsion texnologiyalaridan yana biri Koreya kompaniyasi xarit qilingan KOMSAT 3, KOMSAT 3A su’niy yo‘ldoshlardan olingan kosmik sur’atlardan foydalanib ortofototarxlar yaratishda, ortofototarxlarni kameral va dala sharoitda korxona mutaxassislari tomonidan deshifrovkalashda Jizzax viloyatining Paxtakor, Toshkent viloyatining Zangiota va Toshkent tumanlarida amalga oshirilgan ishlarida ijobiy samaralarga erishilgan1.


Kosmik sur’atlardan foydalanib yaratilgan ortofototarxlar

Yerdan foydalanish va muhofaza qilishni rejalashtirish ishlarini samarali amalga oshirish yer resurslarini muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni moliyalashtirish ishlari bilan chambarchas bog‘liq, shu sababli yerdan foydalanish va muhofaza qilishni moliyalashtirish, yer resurslari holatini muhofaza qilish iqtisodiy mexanizmi tizimining keyingi muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Zotan, oqilona tashkil etilgan yerdan foydalanish va muhofaza qilishni moliyalashtirish siyosati, yerlarni muhofaza qilish bilan bogliq muammolarni hal etishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, davlat yer kadastrini yuritishda ko‘p maqsadli yer ma’lumotlarining avtomatlashtirilgan yagona tizimi (Ergeoportal)ni yaratish maqsadida Koreya Respublikasi xalqaro «KOICA» jamg‘armasining grant mablag‘lari doirasida investitsiya loyihasini ishlab chiqilishining Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga kiritilishi yuqoridagi fikrimizga misol bo’ladi.

Shunday ekan, moliyalashtirish yerdan foydalanish va muhofaza qilish choralari tizimini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega. Respublikamiz aholisi sonining yuqori sur’atlar bilan o‘sib borishi, qishloq xo‘jaligi yerlarining boshqa toifaga o‘tkazilishi va global iqlim o‘zgarishi ta’sirining keskinlashuvi, oziq-ovqat xavfsizligini oldini olish tuproq unumdorligining pasayishi boiz moliyalashtirish yerdan foydalanish va muhofaza qilish choralarini tashkil etishda muhim tamoyil darajasiga ko‘tarishni talab etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi PF-5742-son Farmoni bilan tasdiqlangan ‘Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish” Konsepsiyasidada keltirilgan quyidagi omillar ham yuqoridagi fikrimizga misol bo’la oladi. Milliy daromadi O‘zbekiston bilan deyarli bir xil bo‘lgan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun davlat byudjetining 4-5 foizi yo‘naltiriladi yoki YAIMga nisbatan rivojlanayotgan mamlakatlarda 1 foizdan ortiqroqni, daromadi yuqori bo‘lgan davlatlarda esa 1 foizdan kamroqni tashkil etadi. Rivojlangan davlatlarda 1 metr kub suv bilan 4-6 AQSH dollarlik mahsulot etishtirilayotgan bo‘lsa, respublikamizda bu ko‘rsatkich 0,15 AQSH dollarini tashkil etmoqda.

Yerdan foydalanish va muhofaza qilishni moliyalashtirish ichki davlat moliyasi va xalqaro davlat moliyasi orqali amalga oshirilishi mumkin. Ichi davlat moliyasi orqali davlat o’z byudjetidan yerlarni muhofaza qilish chora-tadbirlarini ko’rishi mumkin. Davlat bu boradagi siyosatini moliyaviy jihatdan ta’minlashda o’z byudjetini bir qator vositalar orqali shakllantirishi mumkin. Ya’ni, bu jarayon turli tashkilotlar daromadlari evaziga ham amalaga oshiriladi. Bunga misol qilib aytadigan bo’sak, banklar, turli xil fondlar (masalan: o’rmon fondi), qazilma boyliklarini qazib olish bilan shug’ullanuvchi tashkilotlardan yerdan bararor foydalanish loyihalarini qo’llab-qo’vvatlash maqasadida qonuniy ravishda to’lovlar olishdir. Bizningcha ushbu siyasat yerdan foydalanish va muhofaza qilishni moliyalashtirish bo’yicha eng maqbul ko’rinishalardan biri bo’lib undan Meksika, Kolumbiya kabi davlatlar foydalib kelmoqda. Bizda ham yerdan foydalanish va muhofaza qilishni moliyalashtirish bo’yicha ushbu siyasatni qo’llash maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz. Xalqaro davlat moliyasi orqali esa, yerlardan foydalanish va muhofaza qilishni moliyalashtirish chet el mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi. Bunda asosan rivojlangan davlatlar tomonidan amalaga oshiriladi. Ya’ni, yerdan barqaror foydalanish siyosati va tadbirlarini moliyalashtirish rivojlangan davlatlar tomonidan rasmiy yordam tariqasida shakllantiriladi.

Yerni muhofaza qilish davlat byudjetidan moliyalash asosan, quyidagi ikki yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: 1) mazkur sohadagi davlat dasturlarini moliyalashtirish; 2) maxsus vakolatli davlat organlarining faoliyati (masalan, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktyabrdagi PF-5853-son Farmoni bilan tasdiqlanagan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan Strategiyasida belgilangan yo’nalishlarni moliyalashtirish keltirib o’tilgan bo’lib, unga ko’ra “Hozirgi vaqtda davlatning qishloq xo‘jaligiga sarflanadigan xarajatlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi (1,68 foiz) Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga (IHTT) kirmaydigan (0,62 foiz), o‘rtacha darajadagi daromadli davlatlarga nisbatan qariyb uch baravar va IHTTga a’zo mamlakatlarga (0,17) nisbatan o‘n baravar ko‘pdir.

Shunga qaramasdan, qishloq xo‘jaligida samaradorlik va raqobatbardoshlik hamda ishlab chiqaruvchilarning daromadlari nisbatan pastligicha qolmoqda.

Sohani davlat tomonidan moliyalashtirishning asosiy qismi bevosita irrigatsiya uchun sarflanadi (63 foiz) hamda asosan paxta va boshoqli don etishtirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Byudjet mablag‘larining katta qismi nasos stansiyalarining elektr energiyasini qoplash uchun sarflanadi, oqibatda mavjud irrigatsiya va drenaj tizimlarini ekspluatatsiya qilish va saqlash, ularni rivojlantirish va modernizatsiya qilish xarajatlari to‘liq qoplanmayapti.

Hozirgi vaqtda umumiy xizmatlarni qo‘llab-quvvatlashning katta qismi davlat byudjetida “boshqalar” xarajat moddasi sifatida aks etadi, bu esa sohada davlat xarajatlarining strategik rejalashtirilishi yo‘qligidan dalolat beradi. Byudjet tizimida sohani qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro moliyaviy va kredit dasturlari (3,5 mlrd AQSH dollardan ortiq) va davlatning yirik investitsiya dasturlari yoki strategik rejalashtirish jarayonlari o‘rtasida aloqa mavjud emasligi keltirib o’tilib quyidagi sohadagi yo’nalishlarni moliyalash nazarada tutilgan1

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun quyidagi yo‘nalishlardagi davlat dasturlari va xizmatlariga ajratilayotgan byudjet mablag‘lari miqdorini qayta ko‘rib chiqish hamda moliyalash tizimini takomillashtirish lozim bo‘ladi:



  • atrof-muhitni muhofaza qilish, tuproq unumdorligini oshirish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish;

  • oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, hayvonlar kasalliklariga qarshi kurash, veterinariya va fitosanitariya xizmatlari;

  • birlashmalarning turli shakllarini qo‘llab-quvvatlash (kooperativlar, klasterlar, ishlab chiqarish birlashmalari);

  • statistik ma’lumotlarni yig‘ish va agrar bozorlar monitoringini yuritish tizimini takomillashtirish, bozor va transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish;

  • qishloq xo‘jaligi sohasidagi amaliy tadqiqotlar va izlanishlar, ta’lim va bilimlarni tarqatish tizimini rivojlantirish1.

Yer huquqiga oid darslik va o‘quv qo‘llanmalarni o‘rganganimizda, ularda asosan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishni moliyalashtirishning amaliyot bilan bog‘liq qirralari tadqiq etilib, uning ilmiy-nazariy jihatlari ochiq qolganligining, xususan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarini moliyalashtirish tushunchasiga ta’rif berilmaganligining guvohi bo‘lishimiz mumkin. Shuni inobatga olgan holda biz yerdan foydalanish va muhofaza qilishni moliyalashtirishga quyidagicha ta’rif berishni taklif qilamiz: “yerdan foyadalanish va muhofaza qilishni moliyalashtirish – bu tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlari hamda dasturlarini respublika va boshqa ma’muriy hududiy birliklar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar va tuman) byudjeti, korxona, tashkilot va muassasalar mablag‘lari, davlat va nodavlat ekologik jamg‘armalar, ekologik sug‘urta jamg‘armalari, bank kreditlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyoriy badallari mablag‘lari hisobidan pul yoki moddiy texnika resurslari bilan ta’minlanishidir”.

Yerdan foydalanish va muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni rejalashtirish va moliyalashtirish yerdan foydalanish va muhofaza qilish iqtisodiy mexanizmining boshlang‘ich bosqichi bo‘lib, uni samarali yo‘lga qo‘yilganligi hamda maqsadli yo‘naltirilganligi bevosita yer resurslarini muhofaza qilish iqtisodiy mexanizmining boshqa bosqichlari faoliyatining oqilona tashkil etilishi va faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi, shuningdek, ulardan ko‘zlangan natijalarga erishishga xizmat qiladi.



2.2. Yerdan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmini huquqiy asoslari
Yerdan oqilona, samarali foydalanish va uni muhofaza qilishni ta’min etishda qonunning ahamiyati juda kattadir. U yerdan unumli foydalanish va muhofaza qilish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni tartibga soladi hamda undan oqilona foydalanish va har-xil noto‘g‘ri xatti-harakatlardan muhofaza qilish choralarini belgilaydi1

Respublikamizda bozor iqtisodiyoti sharoitida yerlarni muhofaza qilish va iqtisodiy siyosatning uyg‘unlashuvi hamda uni huquqiy mustahkamlanishi alohida ahamiyatga egadir. Shuning uchun yerdan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmini tizimli xarakteri uning huquqiy ta’minlash muammosi tahliliga ham tizimli yondashishni taqozo etadi. Bu quyidagi turli yo‘nalishlar asosida amalga oshirilishi mumkin:



  1. huquq normasi vertikal iyerarxiyasiga ko‘ra: konstitutsiyaviy normalar, qonun normalari, qonun osti normativ-huquqiy hujjatlar normalari, mahalliy va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar normalari;

  2. huquq normasi gorizontal iyerarxiyasiga ko‘ra: bir darajada bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar hujjatlar vertikal iyerarxiyasidagi umumiy va maxsus normalar;

  3. tarmoq mansubligiga ko‘ra: atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, byudjet, soliq, fuqarolik qonunchiligi, investitsiya faoliyati, sug‘urta haqidagi qonunchilik normalari;

  4. tabiat obyektlariga ko‘ra: erlarni muhofaza qilish, suv obyektlarini, o‘rmonlarni va shu kabilarni muhofaza qilish va qayta tiklash iqtisodiy mexanizmini ta’minlovchi normalar;

  5. xo‘jalik va boshqa faoliyat predmeti sohasiga ko‘ra: sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, atom energiyasi, harbiy faoliyatning zararli ta’siridan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish iqtisodiy mexanizmini ta’minlovchi normalar;

  6. xo‘jalik faoliyati bosqichlari bo‘yicha: rejalashtirish, ishlab chiqarish, mahsulotni sotish va foydalanish, yig‘ilgan chiqindilardan foydalanish;

  7. iqtisodiy mexanizm huquqiy shakliga ko‘ra (atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik uchun haq to‘lash, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish ahamiyatidagi ekologik va boshqa jamg‘armalar, ekologik soliqlar va h.k.);

Ko‘rib chiqilayotgan mazkur tizim holatiga ikki guruh omillar ta’sir ko‘rsatadi: 1) miqdor omillari 2) sifat omillari. Miqdor omillari iqtisodiy mexanizmning murakkab qismi bo‘lib, unga ushbu munosabatlarni tartibga soluvchi qonun va qonun osti normativ-huquqiy hujjatlar miqdori kabilar ta’sir etadi. Sifat omillariga esa quyidagilar kiradi: birinchidan, iqtisodiy mexanizm shakllanishi jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar tizimida yerni muhofaza qilishga oid munosabatlardan tashqari, byudjet, mulkiy, soliq, sug‘urta kabi munosabatlar mavjudki, ularning tartibga solinishi qonunchilikning turli tarmoqlaridagi hujjatlar bilan ta’minlanadi; ikkinchidan, sifat omillari iqtisodiy mexanizm shakllanishini ta’minlovchi huquq normalarining mustahkamlanganlik darajasi va mazmunida ham namoyon bo‘ladi

Yer bilan bog‘liq iqtisodiy–huquqiy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 2-, 15-, 28-, 37-, 61-, 82-, 86-88- moddalarida, Soliq kodeksining 49-50, 57-boblarida va O‘zbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi qonunida bevosita o‘z ifodasini topgan.

Yer kodeksining 2-moddasida yerdan foydalanganlik uchun haq to‘lash prinsipi keltirilgan bo’lib, unga muvofiq, qonunda belgilangan hollardan tashqari, har qanday yerdan foydalanish haq evaziga amalga oshiriladi. Yer kodeksining “Yer uchun haq to‘lash” deb nomlanuvchi 28-moddasiga muvofiq, yerdan foydalanganlik uchun to‘lov deganda yer solig‘i yohud ijara solig‘i tushuniladi. Shu bilan birga, yer uchun haq to‘lashning mazkur ikki shaklining yuridik tabiati turlicha. Yer solig‘i o‘zida davlat ko‘rsatmasini ifodalaydi. Yerdan foydalanuvchini yer solig‘idan faqatgina vakolatli davlat organi faqat qonunda ko‘zda tutilgan asoslarga tayanib ozod etishi mumkin. Ijara to‘lovi – yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini tuzayotgan taraflar ixtiyoriy kelishuvining predmeti. Ijara to‘lovidan tushgan mablag‘ shartnoma shartlariga muvofiq ijaraga beruvchiga tushsa, yer solig‘i yerdan foydalanganlik uchun haq to‘lashning qonunda belgilangan hajmlarida davlat byudjetiga kelib tushadi.

Yer kodeksining 37-moddasida yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish, qayta sotib olish mazmun mohiyati keltirilgan. Yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish, qayta sotib olish bilan bog‘liq munosabatlar Fuqarolik kodeksi, Yer kodeksining ushbu moddasi va boshqa normativ- huquqiy hujjatlar asosida tartibga solinadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5495-sonli “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo’yish to’g’risida qaror qabul qilishga faqat yer uchastkasi olib qo’yilishi rejalashtirilayotgan manfaatdor shaxslar bilan ochiq muhokama o’tkazilganidan, shuningdek, foyda va xarajatlar baholanganidan keyin yo’l qo’yiladi deyilgan. Shuningdek, yer o’chastkalarini olib qo’yishda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishgli bo’lgan tuyrar joy va ishlab chiqarish binolar, boshqa imorat va inshootlarning ko’chmas mulkning bozor qiymati va olib qo’yish sababli mulkdorga yetkazilgan zararning to’liq qoplannganidan keyin ruxsat beriladi deyilgan.

Fuqarolik kodeksida olib qo‘yishning natsionalizatsiya, rekvizitsiya yoki musodara qilish shakllarida amalga oshirilishi mumkinligi mustahkamlangan. Unga binoan, natsionalizatsiya - fuqarolarga hamda yuridik shaxslarga qarashli natsionalizatsiya qilinayotgan mol-mulkka nisbatan mulk huquqini haq to‘lash asosida qonun hujjatlariga muvofiq davlat ixtiyoriga o‘tkazishdan iborat.

Rekvizitsiya – tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar yuz bergan taqdirda va favqulodda tusdagi boshqa vaziyatlarda mol-mulk jamiyat manfaatlarini ko‘zlab, davlat hokimiyati organi qaroriga muvofiq mulkdordan unga mol-mulkning qiymatini to‘lagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlar asosida olib qo‘yilishi mumkin. Rekvizitsiya o‘tkazilishiga sabab bo‘lgan vaziyatlarning amal qilishi to‘xtaganidan keyin rekvizitsiya qilingan mol-mulkning sobiq egasi saqlanib qolgan mol-mulkni o‘ziga qaytarib berishni talab qilishga haqli.

Shuningdek, qonunda nazarda tutilgan hollarda mol-mulk sudning qaroriga muvofiq jinoyat yoki o‘zga huquqbuzarlik qilganlik uchun haq to‘lamasdan mulkdordan olib qo‘yilishi mumkin (musodara).

Yer kodeksining 86-moddasida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlarga yetkazilgan zarar o‘rnini qoplashning mazmun mohiyati belgilangan.



Ta’kidlab o‘tish joizki, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini huquqiy jihatdan mukammal darajada ta’minlash mamlakatimizda agrar sohada amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, qishloqda ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirish, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini boshqarishning bozor tamoyillariga mos keladigan tashkiliy tuzilmasini tatbiq etish, qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining mustaqilligini kengaytirish hamda ularning ishonchli huquqiy muhofazasini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar tizimida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ushbu normada yer egalari, yerdan foydalanuvchilar uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zararning o‘rni (shu jumladan boy berilgan foyda) to‘la qoplanishi lozim bo‘lgan uchta holat belgilangan bo‘lib, ulardan biri yoki bir nechtasi yuzaga kelgan vaziyatda etkazilgan zararni qoplash masalasi ko‘rib chiqiladi.

Ushbu qoidaning amal qilishi ikki qonunchilik: yer-huquqiy va fuqarolik huquqiy qonunchilikning o‘zaro bog‘liqligi bilan ahamiyatlidir. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksining 86-moddasi bo‘yicha huquqiy munosabat kelib chiqishining huquqiy shart-sharoitlari nazarda tutilgan bo‘lsa, zararni qoplash ehtiyoji O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi talablaridan kelib chiqadi. Ma’lumki, FKning 14-moddasi 2-qismida belgilanishicha, zarar deganda, huquqi buzilgan shaxsning buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi lozim bo‘lgan xarajatlari, uning mol-mulki yo‘qolishi yoki shikastlanishi (haqiqiy zarar), shuningdek bu shaxs o‘z huquqlari buzilmaganida odatdagi fuqarolik muomalasi sharoitida olishi mumkin bo‘lgan, lekin ololmay qolgan daromadlari (boy berilgan foyda) tushuniladi.1

Yer kodeksining 86-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan holatlar o‘ziga xos uchta xususiyatni namoyon kiladi.

Birinchi holat, yerga nisbatan bo‘lgan huquqning bekor bo‘lishi (to‘xtatib qo‘yilishi);

Ikkinchi holat, yerga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi;

Uchinchi holat, yerga nisbatan bo‘lgan huquqlarning amal kilib turishi

Birinchi holatni qo‘llagan holda yetkazilgan zarar, shuningdek boy berilgan foydaning o‘rnini to‘la hajmda qoplash uchun rerga nisbatan bo‘lgan huquqlarni vujudga kelishi uchun huquqiy asos bo‘lgan tegishli yerga nisbatan huquqlarni tasdiklovchi order bekor qilingan bo‘lishi ahamiyatlidir.

Huquqlar bekor bo‘lmasdan (to‘xtatilmasdan) birinchi holatni qo‘llab yetkazilgan zarar (shuningdek, boy berilgan foyda)ning to‘liq hajmda qoplash masalasini ko‘rilishi maqsadga muvofiq emas.

Ikkinchi holatni qo‘llab yetkazilgan zarar (shuningdek, boy berilgan foyda)ning o‘rnini to‘liq hajmda qoplash masalasini ko‘rib chiqish uchun, yerga nisbatan bo‘lgan huquqlar cheklangan bo‘lishi kerak. Huquqlarning cheklanganlik fakti yerga nisbatan bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi davlat orderiga tegishli o‘zgartirishlarini kiritilishi bilan izohlanadi. Ushbu o‘zgarishlar huquqlarning cheklanganligidan dalolat berishi lozim. Yerga nisbatan bo‘lgan huquqlar qonuniy ravishda cheklangandan so‘ngina ikkinchi holatni qo‘llab yetkazilgan zarar (shuningdek, boy berilgan foyda)ning o‘rnini to‘liq hajmda qoplash masalasi ko‘rilishi mumkin. Aks holda, bu masalaning ko‘rilishi noqonuniy bo‘lib hisoblanadi va turli chigalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.

Uchinchi holatni qo‘llagan holda yetkazilgan zarar (shuningdek, boy berilgan foyda)ning o‘rnini to‘liq hajmda qoplash masalasini hal etish uchun yer sifatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan harakatlarga alohida baho berish va lozim bo‘lgan hollarda tegishli ekspertiza o‘tkazilishi lozim1.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining ko‘rgan zararlarini, shuningdek qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning I, II bo‘limlari2da ushbu masalalarni hal etish mazmuni va tartibi keltirib o’tilgan.

Yer kodeksining 88-moddasida qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash tartibida tushadigan mablag‘lardan foydalanishning mazmun mohiyati belgilangan. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash tartibida tushadigan mablag‘lardan foydalanish maqsadi qonunchilikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan. Jumladan, yangi yerlarni o‘zlashtirish va sug‘oriladigan erlarni kompleks rekonstruksiya qilishga; tuproq unumdorligini oshirishga; kollektor- drenaj tarmoqlarini qurish va qayta qurish, sug‘oriladigan yeralarni kapital rejalashtirish va ularning suv bilan taminlash darajasini oshirishni; pichanzorlar va yaylovlarni tubdan yaxshilashga; yerlar olib qo‘yilishi va ajratilishi munosabati blan buzulgan yer tuzatish bo‘yicha loyiha va boshqa hujjatlarni tuzish yoki tayyorlash maqsadlarida foydalaniladi.

Shuningdek, yerdan foydalanuvchilar tuproq unumdorligini oshirish yuzasidan samarali choralarni ko‘rishlari, tuproqni shamol va suv eroziyasidan saqlash yuzasidan tashkiliy – xo‘jalik, agrotexnika, melirotsiya tadbirlarini amalga oshirishlari, yerlarning sho‘rlanish, zax bosish, ifloslanish holatiga yo‘l qo‘ymasliklari, begona o‘tlar paydo bo‘lishining oldini olishlari, shuningdek tuproqning holatini yomonlashtiruvchi boshqa jarayonlarga yo‘l qo‘ymasliklari, mineral o‘g‘itlarni to‘g‘ri ishlatishlari, ishlab chiqarish chiqindilari va boshqa chiqitlar, oqova suvlar bilan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymasliklari, kimyoviy va radioaktiv bug‘lanishiga, umuman , ekologiya vaziyati yomonlashuviga olib keladigan boshqa holatlarini vujudga kelishini oldini olishga qaratilgan chora- tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgandir. Mablag‘lardan o‘zgacha maqsadlarda foydalanish qonunchilikda nazarda tutilgan yuridik javobgarlikni keltirib chiqaradi.

O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 16-aprelda yangi tahrirda qabul qilingan” O‘rmon to‘g‘risida”gi Qonunning 54-moddasida “ O‘rmonlarni muxofaza qilish, himoya qilish, ko’paytirish, takroriy ko’paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish sohasidagi faoliyatni moliyalashtirish hamda iqtisodiy rag’batlantirish” haqida so‘z yuritilgan bo‘lib, ushbu moddaga muvofiq ” O‘rmonlarni muxofaza qilish, himoya qilish, ko’paytirish, takroriy ko’paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish sohasidagi faoliyatni moliyalashtirish handa iqtisodiy rag’batlantirish O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti, O’zbekiston Respublikasi O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasining O’rmon xo’jaligini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalaga oshiriladi.

O‘rmonlarni muxofaza qilish, himoya qilish, ko’paytirish, takroriy ko’paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish sohasidagi faoliyatni moliyalashtirish handa iqtisodiy rag’batlantirishni amalga oshirish tartibiO’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi1

Ushbu moddaning mazmunidan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkinki, o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash tartibida tushadigan mablag‘lar alohida hisobga olib borilishi hamda ulardan o‘rmonlar va o‘rmon-mevali daraxtzorlarni barpo etish va tiklash, qumli erlar, suv havzalari hamda daryolarning qirg‘oq bo‘yi mintaqalarida daraxtzorlar barpo etish, shuningdek o‘rmon erlari holatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish uchun foydalanish ham nazarda tutiladi.

Qishloq xo’jaligi sohasi bilan bog’liq iqtisodiy-huquqy munosabatlar bir qator normativ-huquqiy hujjatlarda o’z ifodasini topgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2009-yil 30-martdagi PQ-1084-son qaroriga binoan “Paxtabank” aksiyadorlik tijorat banki negizida“Agrobank”aksiyadorlik tijorat banki tuzilib, unga iqtisodiyotning agrar sektorini yanada barqaror rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan chuqurlashtirib borish, fermerlik harakatini qo‘llab-quvvatlash, uning moddiy moliyaviy bazasini mustahkamlash, qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilariga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlovchi zamonaviy korxonalarni jadal barpo etish, yuqori sifatli raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni tadbiq qilish hamda ichki bozorni mahalliy oziq-ovqat tovarlari bilan to‘ldirishga yo‘naltirilgan keng turdagi bank xizmatlarini ko‘rsatishi yuklatildi1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-aprelda qabul qilingan “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3680-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi hamda Kengashning yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullangan. Jamg‘arma mablag‘laridan tijorat banklari orqali O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasida 2 foiz bank marjasini hisobga olgan holda “Tomorqa xizmati” MCHJ, qishloq xo‘jaligi sohasidagi boshqa ishlab chiqarish, qayta ishlash, tayyorlash, ta’minlash, savdo tashkilotlari hamda lizing kompaniyalariga moddiy texnika bazasini mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi texnikalari va transportlarini sotib olish, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining issiqxonalarini qurish uchun materiallar va butlovchi qismlar xarid qilishga kreditlar berish, fermer, dehqon xo‘jaliklariga va tomorqa yerlarini rivojlantirishga investitsiyalarni jalb qilish hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa yo‘nalishlar va maqsadlarda foydalanishi belgilandi.

Bundan tashqari, Qarorga muvofiq “Tomorqa xizmati” MCHJlar davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab mazkur qarorga muvofiq ularning asosiy faoliyati doirasida 3 yil muddatga barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan;

O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun jihozlar, qishloq xo‘jaligi texnikasi hamda qishloq xo‘jaligi transport vositalari belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha 2021-yil 1-yanvarga qadar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun to‘lovlardan tashqari);

“Tomorqa xizmati” MCHJ yoki fermer xo‘jaliklari bilan tuzilgan kasanachilik shartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan tomorqa er egalari-jismoniy shaxslar ularning kasanachilik faoliyati doirasida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalardan ozod qilinishi belgilandi1.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 12-dekabrdagi 254-sonli qaroriga muvofiq 2008-yil 1-yanvardan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarining fermer xo‘jaliklariga texnika vositalarini lizingga berish muddati 7 yildan 10 yilgacha uzaytirildi. Buning uchun texnika boshlang‘ich narxining 15 foizini to‘lab,qolgan 85 foizini 10 yil muddat ichida to‘lashi mumkin2.

Shuningdek, yer bilan bog‘liq iqtisodiy–huquqiy munosabatlar bir qator qonun osti hujjatlarida, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli, 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5742-sonli, 2019-yil 23-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-sonli, 2019-yil 30-oktyabrdagi “2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5863-sonli Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining ko‘rgan zararlarini, shuningdek qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomida va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda o’z ifodasini topgan.

Yer osti boyliklari bilan bog‘liq iqtisodiy–huquqiy munosabatlar esa O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi qonuning 14-, 21-, 25-, 46-, 48-moddalarida, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 42-46-boblarida bevosita o‘z ifodasini topgan.

Suv va suvdan foydalanish bilan bog‘liq iqtisodiy–huquqiy munosabatlar esa O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunining 105-, 106-, 117-moddalarida, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 257-264-moddalarida bevosita o‘z ifodasini topgan.

Shuningdek, o‘rmon, o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish bilan bog‘liq iqtisodiy–huquqiy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 16-aprelda yangi tahrirda qabul qilingan” O‘rmon to‘g‘risida”gi “, 2016-yil 21-sentabrda yangi tahrirda qabul qilingan “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi, 2016-yil 19-sentabrda yangi tahrirdagi “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunlarda hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi “Ayrim davlat kadastrlarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 250-sonli qarorlarida o’z ifodasini topgan.

Bulardan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun to‘lovlar tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 199-sonli Qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari undirilishi belgilandi.

Yuqorida keltirib o’tilgan normativ-huquqiy hujjatlar yerdan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexnizmini tartibga solishda yer munosabati ishtirokchilaring huquq va majburiyatlarini belgilaydi va bu sahaning rivoji uchun muhim omil hisoblanadi.



XULOSA
Bitiruv malakaviy ishining yakunida yerdan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish maqsadida quyidagilarni taklif etamiz:

  1. Yuridik adabiyotlarni tahlil qilish asosida yerdan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmi, shuningdek uni huquqiy ta’minlash tushunchalari ishlab chiqildi. Unga ko’ra, yerdan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmi yerni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va yerlardan foydalanish va muhofaza qilish chora-tadbirlarini rejalashtirish va moliyalashtirish; yerga zarar keltirganlik uchun iqtisodiy jazo choralarini qo’llash hamda yerga salbiy ta’sir qiladigan omillarni oldini olganlik yoki kamaytirganlik va tabiiy resurslardan oqilona foydalanganlik uchun iqtisodiy rag‘batlantirish choralarini qo‘llash, bilan bog‘liq chora-tadbirlar tizimi tushuniladi.

Yerdan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmini huquqiy ta’minlash bu yerlardan foydalanish va muhofaza qilish chora-tadbirlarini, iqtisodiy mexanizmiga oid masalalarning, ya’ni atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va yerlardan foydalanish va muhofaza qilish chora-tadbirlarini rejalashtirish, moliyalashtirish, yer uchun haq to‘lash va unga zararli ta’sir ko‘rsatganlik uchun to‘lovlar undirish, iqtisodiy rag‘batlantirish, iqtisodiy jazo choralarini qo‘llash bilan bog‘liq qoida-talablarning qonun hujjatlarida mustahkamlanishidir.

  1. yerdan foydalanish va muhofaza qilish iqtisodiy mexanizmining bir qator o‘ziga xos xususiyatlari ochib berildi. Bu xususiyatlar, birinchidan, yerlardan foydalanish va muhofaza qilish iqtisodiy mexanizmining yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori uchun iqtisodiy rag‘batlantirish vositasi sifatida baholanishi; ikkinchidan, yerlardan foydalanish va muhofaza qilish iqtisodiy mexanizmining ayrim turlarida davlat majburlov choralaridan foydalanilishi (masalan, yerlardan nooqilona foydlanganlik hamda qonunlarda belgilangan talablarni buzganlik uchun iqtisodiy jazo choralari qo‘llashda, yerlardan foydalanganlik uchun soliq undirishda); uchinchidan, yerlardan foydalanish va muhofaza qilish iqtisodiy mexanizmida ma’muriy-huquqiy vositalarning iqtisodiy rag‘batlantirish usullari bilan o‘zaro uyg‘unlashganligi; to’rtinchidan, yerlardan foydalanish va muhofaza qilish iqtisodiy mexanizmini huquqiy ta’minlashda yer qonunchiligi tamoyillarning ustuvor mavqe kasb etishi; beshinchidan, yerlardan foydalanish va muhofaza qilishda iqtisodiy manfaatdorlik yer qonunchiligi talablariga asoslangan holda ta’minlanishi; oltinchidan, yerlardan foydalanish va muhofaza qilish iqtisodiy mexanizmining yerlardan oqilona, ilmiy asoslangan tarzda hamda samarali foydalanishni ta’minlovchi vosita sifatida namoyon bo‘lishi; yettinchidan, yerlardan foydalanish va muhofaza qilish iqtisodiy mexanizmining huquqiy institut sifatida bir qator vosita va usullar majmuidan (yerlardan foydalanganlik uchun to‘lov, iqtisodiy rag‘batlantirish, iqtisodiy jazo choralarini qo‘llash, sug‘urta va jamg‘armalar) tashkil topishi.

  2. Yerdan foydalanuvchi subyektlarning manfaatlarini himoya qilish va yerdan oqilona foydalangani uchun O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 82-moddasida o‘rnatilgan iqtisodiy rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish va uni amaliyotda samarali qo‘llashni takomillashtirish o‘rinli bo‘lur edi. Fermer xo‘jaliklariga meliorativ holati o‘ta yomonlashgan va tenderda talabgor chiqmagan yerlardan foydalangani va uning ekologik ahvolini yaxshilagani uchun yer solig‘i to‘lashda imtiyozlar berish va ma’lum muddatga davlat buyurtmasidan ozod qilish hamda uzoq muddatli imtiyozli kreditlar ajratish yer unumdorligini oshirishga va undan samarali foydalanishga imkon yaratadi.

  3. Yerlardan foydalanish va muhofaza qilishni moliyalashtirtishning maqbul shakllarini joriy qilish lozim, Xususan, bunga misol qilib aytadigan bo’sak, daromadi yer resusrlari bilan bog’liq bo’lgan tashkilotlardan (masalan: qazilma boyliklarini qazib olish bilan shug’ullanuvchi) ular to’laydigan soliqlardan tashqari yerdan bararor foydalanish va muhofaza qilish loyihalarini qo’llab-qo’vvatlash maqasadida qonuniy ravishda to’lovlar olishdir. Bizningcha ushbu siyasat yerdan foydalanish va muhofaza qilishni moliyalashtirish bo’yicha eng maqbul ko’rinishalardan biri bo’lib undan Meksika, Kolumbiya kabi davlatlar foydalib kelmoqda. Bizda ham yerdan foydalanish va muhofaza qilishni moliyalashtirish bo’yicha ushbu siyasatni qo’llash maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz.

  4. Qishloq xo’jaligi nozik soha bo’lganligi sababli uni rivojlantirish maqsadida, soha bilan shug’ullanuvchi subyektlarga qishloq xo’jaligi asbob-uskuna va texnikalarini uzoq muddatga ,foizsiz va boshqa imtiyozlarni qo’llagan holda lizinga berish ushbu sohani rivoji uchun muhim omil bo’lib xizmat qiladi.

  5. Qishloq xo‘jaligi yerlarini soliqqa solish yerlarning ball bonitetiga asoslanadi. Yerlarning unumdorlik darajasini aniqlashda xatoliklarga yo‘l qo‘yilmasligi, yerning unumdorlik ko‘rsatkichi asl holatidan oshib ketish va kamayib ketish holatlari yuzaga kelmasligi uchun yerning ball bonitetini mukammal aniqlashga xizmat qiladigan so’ngi texnologiyalarni jalb qilish va buni davlat byudjeti hisobida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Buning natijasida, yer egalari o’z yerlaring ball bonitet doirasida belgilangan miqdordagi soliqni to‘laydilar. Bu esa, ushbu sohadagi soliq siyosatining adolatli bo’lishiga xizmat qiladi.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

I. RAHBARIY ADABIYOTLAR:

1.1. Mirziyoyev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutq / SH.M. Mirziyoyev. – Toshkent: O‘zbekiston, 2016. – 56 b.

1.2. Mirziyoyev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza, 2017 -yil 14-yanvar / SH.M. Mirziyoyev. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. – 104 b.

1.3. Mirziyoyev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza. 2016-yil 7-dekabr / SH.M.Mirziyoev. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. – 48 b.

1.4. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Mazkur kitobdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 1-noyabrdan 24-noyabrga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilari vakillari bilan o‘tkazilgan saylovoldi uchrashuvlarida so‘zlagan nutqlari o‘rin olgan. / SH.M.Mirziyoyev. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. – 488 b.

1.5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi qishloq ho’jaligi hodimlari kunidagi nutqi. Prezident.uz.

1.6. Mirziyoyev SH.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. / SH.M. Mirziyoyev. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. – 592 b.

1.7. Mirziyoyev SH.M. Bilimli avlod – buyuk kelajakning, tadbirkor xalq – farovon hayotning, do‘stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza / 2018-yil 8-dekabr.

1.8. Mirziyoyev SH.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga murojaatnomasi / 2018-yil 28-dekabr.

1.9. Mirziyoyev SH.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalariga navbatdagi Murojaatnomasi. // Xalq so‘zi.-2020.-25-yanvar. 19-son
II. NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR:

2.1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son).

2.2. O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi. (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019 y., 03/19/584/4025-sоn).

2.3. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. (Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 23.02.2020-y., 03/20/603/0071-son).

2.4. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.( O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,11.03.2020-y., 03/20/607/0279-son).

2.5. O‘zbekiston Respublikasining “Geodeziya va kartografiya to’g’risida”gi Qonuni. (Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son).

2.6. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri to’g’risida”gi Qonuni.( Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son).

2.7. O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonuni. (Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son).

2.8. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 16-aprelda yangi tahrirda qabul qilingan” O‘rmon to‘g‘risida”gi Qonun (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,17.04.2018-y.,03/18/475/1078-son)

2.9. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonuni (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)

2.10. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 21-sentabrda yangi tahrirdagi“O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonun, (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 03/19/559/3670-son)

2.11. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 19-sentabrda yangi tahrirdagi “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonun (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 03/19/559/3670/-son)

2.12. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF-4947-son Farmoni. (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019 y., 06/19/5892/4134-sоn)

2.13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-sonli (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2019-y., 06/19/5853/3955-sоn)

2.14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktyabrdagi “2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5863-sonli Farmon (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2019-y., 06/19/5863/3979-sоn)

2.15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-sonli “Qishloq xo‘jaligida er va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.06.2019 y., 06/19/5742/3297-son)

2.16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2009-yil 30-martdagi PQ-1084-son qarori (O’zbekiton Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2009-y., 14-son, 155-modda)

2.17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5495-sonli “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2018-y., 06/18/5495/1611-son)

2.18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-aprelda qabul qilingan “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3680-son qarori (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2018-y., 07/18/3680/1110-son, 13.12.2018-y.,06/18/5597/2300-son, 24.05.2019-y., 06/19/5728/3180-son)

2.19. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon xo’jaligi va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarori. // (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 27.04.2018 y., 07/18/3680/1110-son)

2.20. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 18-avgustdagi “Qishloq xo‘jalik ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 235-sonli Qarori (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2014-y., 34-son, 434-modda) 19/498/3310-son)

2.21. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining ko‘rgan zararlarini, shuningdek qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2019-y.,09/19/117/2603-son)

2.22. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi “Ayrim davlat kadastrlarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 250-sonli Qarori (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/

2.23. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun to‘lovlar tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 199-sonli Qarori (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
III. ASOSIY ADABIYOTLAR:

3.1. Alixonov B. Tabiatni muhofaza qilishda iqtisodiy mexanizmlarni takomillashtirish. // J.Huquq. Pravo.Law. -2000. -№4.-B.254.

3.2. Yer huquqi. / Mas‘ul muharrirlar Usmonov M.B., Jo‘raev Y.O. –T.: TDYI, 2002.-B-245.

3.3. Файзиев Ш.Х. Теоретические проблемы правового обеспечения экологической политики Республики Узбекистан. Дисс. на соис. уч. степ.док.юридик.наук.Т.,2004.С-235. b.

3.4. Нурматов М.М. Ер учун ҳақ тўлашни ҳуқуқий тартибга солиш масалалари. // “Ер қонунчилигини такомиллаштириш муаммолари” мавзусидаги республика илмий-амалий конференция материаллари. – Тошкент. ТДЮИ, 2005. - 70 б.

3.5. Ўзбекистон Республикасининг Ер кодексига шарҳлар. / М.Ҳ.Рустамбоев умумий таҳрири остида. – Тошкент: ТДЮИ, 2007. – Б. 359

3.6. O‘zbekiston da yer huquqining nazariy muammolari. Monografiya // Mas‘ul muharrir: yu.f.d. prof. J.T.Xolmo’minov. – Toshkent: TDYI nashriyoti, 2011. – 354 bet.

3.7. Yer huquqi. Darslik// J. T.Xolmo‘minov va boshq. -Toshkent: TDYU, 2017. 241

3.8. Усмонов М.Б. Ер ва қонун. – Тошкент: Адолат, 1994. – Б. 246

3.9. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining O'zbekiston Respublikasi yer resurslarining holati to’g’risida milliy hisoboti. Toshkent-2018. 91 b.
IV. XORIJIY ADABIYOTLAR:

4.1. Петрова Т.В. Система правового обеспечения экономического механизма охраны окружающей средь. // Экологическое право. 2001. № 3. – С. 12-16

4.2. Земелное право Украин. Учеб. пособие/Авт.кол. .: Беженаръ А.М.,Бердников Э.С., Бондар Л.А.и др/: Под ред. Погребного А.А., Каракаша И.И. -К.:Истина,2002. Б-215

4.3. Колпаков Р.В. Земельное право. – СПб.: Питер, 2005. - 104 с.
V. INTERNET SAYTLARI:

5.1.http://www.lex.uz

5.2.http://www.legislature.ru

5.3.http://www.law.uk.edu

5.4.http://www.consultant.ru

5.5.http://www.norma.uz

5.6.http://www.akkor.ru

5.7.http://www.cyberleninka.ru

1 Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son

2 Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019 y., 03/19/584/4025-sоn

1 Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.06.2019 y., 06/19/5742/3297-son

2 Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2019 y., 06/19/5853/3955-son

1 Усмонов М.Б.,Мирзаабдуллаева М.Р.,Узакова Г.Ш. Ўзбекистонда ер ҳуқуқининг назарий муаммолари. Монография //Масъул муҳаррир: ю.ф.д., проф. Ж.Т.Холмўминов.-Тошкент: ТДЮИ, 2011.

2 Волков Г.А. Плата за загрязнение окружающей среды: кто плательщик? // Хозяйство и право. - 1998. - № 1. - 36 с.; Волков Г.А. Правовое регулирование механизма финансирования природоохранных мероприятий: состояние и тенденции развития // Законодательство. - 2000. - № 8. - 23 с.; Шемшученко Ю.С., Мунтян В.Л., Розовский Б.Г. Юридическая ответственность в области охраны окружающей среды. - Киев: Наукова думка. 1978. - С. 30-31.

1 Крассов О.И. Экологическое право: Учебник. – М.: Дело, 2001. - 241 с.

1 Петрова Т.В. Правовые проблемы экономического механизма охраны окружающей среды. М.: Зерцало, 2000. - 7 с.

2 Файзиев Ш.Х. Теоретические проблемы правового обеспечения экологической политики Республики Узбекистан: Дис… док. юрид. наук. –Т.: ТГЮИ, 2004. - 223 с.

1 Yer huquqi. Darslik// Xolmo‘minov J. T. va boshq. -Toshkent: TDYU, 2017.113-bet.

2 Экологическое право: Учебник для вузов / Н.Д. Эриашвили, Ю.В. Трунцевский, В.В. Гучков и др.; Под ред. В.В. Гучкова. – М.: ЮНИТИ-ДАНА, Закон и право, 2000. - 149 с.

1 Крассов О.И. Экологическое право: Учебник. – М.: Дело, 2001. - 246 с.

2 Дубовик О.В. Экологическое право, изд. Юристъ / Москва/ 2002. - 128 с.

1 Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019 y., 03/19/584/4025-sоn

1 Yer huquqi. Darslik//.Xolmo‘minov J. T va boshq. -Toshkent: TDYU, 2017.113-bet.

2 Крассов О.И. Экологическое право: Учебник. – М.: Дело, 2001. - 243 с.

1 Колпаков Р.В. Земельное право. – СПб.: Питер, 2005. - 104 с.

2 Земельное право: Учебник / С.А. Боголюбов, Е.А. Галиновская; Под ред. С.А. Боголюбова. – М.: ТК Велби, Изд-во Проспект, 2004. - 189 с.

1Земельное право России: Учебник. Коллектив авторов. - М.: Былина, 1997. - 216 c.

1 Алихонов Б. Табиатни муҳофаза қилишда иқтисодий механизмларни такомиллаштириш. // Ҳуқуқ. Право.Law. 2000. №4. - 68 б.

2 Ерофеев Б.В. Экологическое право России. - М.: МЦУПЛ, 1999. - 243 с.

1 Бобылев С.Н., Ходжаев А.Ш. Экономика природопользования / Под ред. Э.В. Гирусова. - М., 1998. - С. 253-254.

2 Yer huquqi. Darslik//J. T.Xolmo‘minov va boshq. -Toshkent: TDYU, 2017.113-bet.

3 Петрова Т.В. Правовые проблемы экономического механизма охраны окружающей среды. - М.: Зерцало, 2000. - 13 с.

1 Файзиев Ш.Х. Теоретические проблемы правового обеспечения экологической политики Республики Узбекистан: Дис… док. юрид. наук. –Ташкент.: ТГЮИ, 2004. - 223 с.

1 Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019 y., 03/19/584/4025-sоn

1Нурматов М.М. Ер учун ҳақ тўлашни ҳуқуқий тартибга солиш масалалари. // “Ер қонунчилигини такомиллаштириш муаммолари” мавзусидаги республика илмий-амалий конференция материаллари. – Тошкент. ТДЮИ, 2005. - 70 б.

2 O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,11.03.2020-y., 03/20/607/0279-son

3 Холмўминов Ж.Т. Ўзбекистон Республикасининг экология ҳуқуқи: Дарслик / Маъсул муҳаррир ю.ф.д., проф. У.Таджихонов. - Тошкент.: Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2003. - 43 б.

1 Колпаков Р.В. Кўрс.асар. - 116 с.

1 O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining O'zbekiston Respublikasi yer resurslarining holati to’g’risida milliy hisobotidan. Toshkent-2018. 60-b.

1 O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019 y., 06/19/5892/4134-sоn

2 Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.06.2019 y., 06/19/5742/3297-son

1O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-dekabrdagi O’zbekiston Respublikasi qishloq ho’jaligi hodimlari kunidagi nutqi. Prezident.uz.

2 Файзиев Ш.Х. Теоретические проблемы правового обеспечения экологической политики Республики Узбекистан: Дис… док. юрид. наук. –Ташкент.: ТГЮИ, 2004. - 223 с.

1 Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son

1 Бринчук М.М. Экологическое право: Учебник. – 2-е изд., перераб. и доп. - М.: Юристь, 2004. - С. 307-308.

1 Ерофеев Б.В. Экологическое право Россиии. М.: МЦУИЛ. 1999. - 246 с.

2 Веденини Н.Н. Экологическое право: Вопросы и ответы – 2-е изд. с изм. и доп. – М.: Юриспруденция, 1999. - 40 с.

1 Петрова Т.В. Правовые проблемы экономического механизма охраны окружающей среды. М.: Зерцало, 2000. - 7 с.

2 Экологическое право: Учебник для вузов / Н.Д. Эриашвили, Ю.В. Трунцевский, В.В. Гучков и др.; Под ред. В.В. Гучкова. – М.: ЮНИТИ-ДАНА, Закон и право, 2000. - 149 с.

1 Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019 y., 03/19/584/4025-sоn

1 Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.06.2019 y., 06/19/5742/3297-son

1O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining O'zbekiston Respublikasi yer resurslarining holati to’g’risida milliy hisobotidan. Toshkent-2018. 59-b.

1 Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2019 y., 06/19/5853/3955-son

1 Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2019 y., 06/19/5853/3955-son

1 Усмонов М.Б. Ер ва қонун. – Тошкент: Адолат, 1994. – Б. 3.

1 Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 23.02.2020-y., 03/20/603/0071-son

1 Ўзбекистон Республикасининг Ер кодексига шарҳлар. / М.Ҳ.Рустамбоев умумий таҳрири остида. – Тошкент: ТДЮИ, 2007. – Б. 331-332.

2 O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2019-y.,09/19/117/2603-son

1 Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,17.04.2018-y.,03/18/475/1078-son

1 O’zbekiton Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2009-y., 14-son, 155-modda

1 Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2018-y., 07/18/3680/1110-son, 13.12.2018-y.,06/18/5597/2300-son, 24.05.2019-y., 06/19/5728/3180-son

2 O’zbekiton Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2007-y., 50-51-son, 517-modda

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling