Yerdan foydalanish darajasi va samaradorligini oshirish yo`llari Reja: I kirish II asosiy qism


Download 12.23 Kb.
Sana04.01.2023
Hajmi12.23 Kb.
#1078767
Bog'liq
Yerdan foydalanish 4



Yerdan foydalanish darajasi va samaradorligini oshirish yo`llari
Reja:
I Kirish
II Asosiy qism

  1. Yer suvdan samarali foydalanish

  2. O‘zbekistonda agrar islohotlar va ularning maqsadlari

  3. Yer suv tizimidagi islohotlar

III Xulosa
Yerdan va suvdan samarali, oqilona foydalanish kelajak talab qilayotgan zaruratdir. Yer va suv resurslaridan foydalanish darajasi va samarasini oshirish quyidagi yo`nalishlarda amalga oshiriladi:
Eng avvalo, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini yer va suv resurslarining talabi va imkoniyatidan kelib chiqqan holda joylashtirish lozim. Masalan, suv resurslari cheklangan regionlarda sholi ishlab chiqarishni joylashtirish maqsadga muvofiq emas. Katta miqdordagi suvni talab qiladigan ekinlarni sho`rlangan yerlarga joylashtirish ham samaradorlikni pasayishiga sabab bo`ladi. Albatta, mamlakat oziq – ovqat havfsizligini ta`minlash, mavjud resurslardan oqilona foydalangan holda bozor talab qiladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish va bunda aholining ehtiyojini unitmaslik talab qilanadi. Shunga qaramasdan yer va suv resurslarining holatini hisobga olmasdan ishlab chiqarishni tashkil etish ma`lum salbiy oqibatlaga olib kelishi mumkin. Masalan, kuchli sho`rlangan yerlarga kuzgi don ekinlarini joylashtirish yerning unumdorligini pasaytiradi, sho`rlanishni yanada kuchayishiga olib keladi va yerdan foydalanish samradorligi pasayadi. Bu holatning uzoq davom etishi ushbu yer maydonlarining qishloq xo`jaligi maqsadlari uchun mutloq yaroqsiz holga kelib qolishiga sababchi bo`lishi mumkin. Chunki kuzga donli ekilgan maydonlarda sho`r yuvish ishlarini amalga oshirib bo`lmaydi. Ma`lumotlarga qaraganda 2004 yilda Respublikada mavjud qishloq xo`jaligi yerlarining 47,2 foizi sho`rlanmagan, 17,2 foizi o`rtacha sho`rlangan va 4,2 foizi kuchli sho`rlangan. O`zbekiston qishloq xo`jaligi yerlari meliorativ holatiga ko`ra, 38 foizi yaxshi, 53,4 foizi qoniqarli va 8,6 foizi qoniqarsiz, meliorativ holati yomon yerlardir. Bu holat yomonlashib ketishining oldini olish kerak.
Yerlarning bir sifat holatidan ikkinchi holatga o`tishi umumiy holda yer tranformatsiyasi deyiladi. Yer transformatsiyasi ijobiy (yomon yerlarning yaxshi yerlar safiga o`tishi) va salbiy (yaxshi yerlarning yomon yerlar safiga o`tishi) bo`ladi. Imkon boricha salbiy yer transformatsiyasiga yo`l qo`ymaslik lozim. Yer islohotlarini to`g`ri o`tkazish ham yer va suvdan foydalanish samaradorligini oshiradi. Yer duch kelgan kishiga emas, balki yerda ishlash tajribasi, bilimi bor kishilarga, xo`jaliklarga berilishi kerak. Bu borada yerdan olingan mahsulotga egalik qilish sharoitlarini to`g`ri hal etish talab qilinadi. Aks holda yer va suvdan samarali foydalanib bo`lmaydi.
Eng zarur omillardan biri yer va suvdan foydalanuvchilarning samaradorlikni oshirganliklari uchun manfaatdorligini ta`minlashdir.
Tanlangan ishlab chiqarish turini texnologiyani buzmasdan bajarish, melioratsiya va irrigatsiya tadbirlarini o`z vaqtida samarali o`tkazish qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi, yerdan foydalanish samaradorligini oshiradigan muhim omillardan biri hisoblanadi.
Yer va suvdan foydalanish samaradorligini oshirish ko`p jihatdan ilg`or texnologiyani ishlab chiqarishga joriy etish bilan bog`liq. Masalan, suvdan foydalanish samaradorligi tomchilatib yoki yomg`ir usulida sug`orishda oddiy bostirib sug`orishdigiga nisbatan ancha katta. Suv resurslari cheklangan holda bu texnologiyalarning ahamiyati keskin oshadi. O`zbekiston Respublikasi suv resurslari juda cheklangan bo`lib, hozirda foydalanilayotgan suvning 12-13 foizi mamlakat hududida vujudga keladi. Qolgan qismi Qirg`iziston va tojikiston davlatlari hududidan keladi. O`zbekistonda 50 daryo bo`lib, shulardan faqat 10tasigina 150km uzunlikda. Mamlakatda juda katta kanal va ariqlar tizimi yaratilgan. Ularning uzunligi 156 ming km.ni tashkil etadi. Ana shu irrigatsiya tizimidan samarali foydalanish mamlakatda yer resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshiradigan omillardan biridir.
Fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish ham yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshiradi. Ishlab chiqarishga paxta va bug`doyning tezpishar, suvga chidamli navlarini joriy etish bunga misol bo`la oladi.
Ekologik muhit talablarini hisobga olgan holda kimyolashtirishni rivojlantirish ham yer va suv resurslarining samaradorligini oshirishga ijobiy ta`sir etadi.
Qishloq xo`jaligiga yaroqli yerlarni suv va shamol erroziyasidan asrash ham juda muhim tadbirlardan biridir. Masalan, ekin maydonlarining 2,1 mln. gektari shamol, 0,7 mln gektari suv erroziyasiga, shuningdek, mavjud 22,1 mln. gektar yaylovning 6 mln. gektari shamol va 3 mln. gektari suv erroziyasiga uchragan. Bu holat agrosanoat majmuasi iqtisodiyotiga sezilarli salbiy ta`sir qiladi. Shu sababli yerlarni asrash asosiy vazifalardan biridi
O’zbekistonda agrar islohotlarning asosiy maqsadlari quyidagilar bo’lib hisoblanadi:

  • aholiga kerakli miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari va qayta ishlash sanoati uchun xom ashyo yetkazib berishni ta’minlaydigan ishlab chiqarish sharoitlarini ta’minlash;

  • iste’mol bozorlarini barqarorlashtirish;

  • qishloq aholisining ijtimoiy muammolarini muvaffaqiyatli hal qilish imkoniyatlarini shakllantirish;

  • agrar tarmoq samaradorligini ta’minlash va uning asta-sekinlik bilan mamlakat iqtisodiyotining barqaror bo’lishidagi hissasini oshirishga erishish.

Bu maqsadlarga erishish uchun quyidagi asosiy vositalardan foydalanish lozim edi:
1. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishidagi mulk shakllari turlaridan samarali foydalanish. Bunda raqobatga asoslangan mulkchilik tizimidan foydalanish, ya’ni, qayerda qaysi mulk shakli eng ko’p samara bersa, o’sha yerda shu mulk shaklidan foydalanish tamoyili asosida ish yuritish muhim ahamiyat kasb etadi.
2. Aholining daromadlarini oshishiga xizmat qiladigan agrar sektordagi mehnat unumdorligini oshirishga erishish.
3. Ish jarayonlarini mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish, bu o’z navbatida mehnat sharoitlari va ularning natijalarini o’zgartiradi.
4. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari, qayta ishlovchi korxonalar ishchilari va ularni tashkil qiluvchilariga tizimli ravishda yo’l-yo’riqlar berib borish, shu bilan birgalikda ishlab chiqarishga ko’proq takomillashgan va tejamli omillardan foydalana borish, marketingni joriy qilish.
5. Ichki agrar ishlab chiqarishni himoya qilish, moliyalashtirishni davlat tomonidan qo’llabquvvatlash, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash.
6. Qishloq hayoti va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi infratuzilmasini shakllantirish.
7. Agrosanoat ishlab chiqarishida bozor mexanizmini takomillashtirish va korxonalar raqobatbardoshligini ta’minlash.
8. Baho tizimini takomillashtirish orqali qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini barcha turlarini samarali bo’lishiga erishish, maxsus fondlarni tashkil qilish orqali esa qishloq xo’jaligining kam samarali, ammo hayot uchun zarur tarmoqlari ishlab chiqarishini barqarorligini saqlab qolish.
9. Qishloq xo’jaligining ayrim tarmoqlari, ayrim hududlar ishlab chiqarishi yoki ayrim qishloq joylarini alohida yoki bir butun holda qishloq xo’jaligini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shu orqali yer fondini, yer unumdorligini, chorva mollari genetik salohiyatini, shuningdek, qishloq xo’jaligi mashinasozligi imkoniyatlarini oshirish.
Yer-suv, mulk, moliya-kredit, soliq va sug'urta tizimidagi islohotlar.
Mamlakatimizda agrar sohani isloh etishning asosiy xususiyati shundan iboratki, unda yerga bo’lgan munosabatning davlat mulkchiligi asosida amalga oshirilishidir. Mamlakatimizda yerga bo’lgan davlat mulkchiligining zarurligi tarixiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy omillar, murakkab irrigasiya inshootlari va sug’orma dehqonchilikning o’ziga xos xususiyatlari bilan izohlanadi. Fermerlarga 30 yildan 50 yilgacha bo’lgan muddatga foydalanish uchun ijaraga berilsa, dehqon xo’jaliklari uchun esa, tekinga, umrbod oila a’zolariga meros qilib qoldirish huquqi bilan foydalanishga beriladi.
Agar 1998 yilda qabul qilingan “Fermer xo’jaligi to’g’risida” gi qonunga muvofiq, “Fuqarolarga fermer xo’jaliklarini yuritish uchun yer uchastkalari 50 yilgacha bo’lgan, lekin 10 yildan kam bo’lmagan muddatga ijaraga berilishi” ko’zda tutilgan bo’lsa, 2004 yilda yangi tarirda qabul qilingan “Fermer xo’jaligi to’g’risida” gi qonunga muvofiq, “Fermer xo’jaliklari yuritish uchun yer uchastkalari tanlov asosida ijaraga 50 yilgacha bo’lgan, lekin 30 yildan kam bo’lmagan muddatga biriktirilishi” belgilib berildi.
O’tkazilgan yer islohotlari natijasida:
2004 yildan boshlab barcha qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchunyer uchastkalaridan foydalanishning ijara shakli joriy qilindi;
• Xo’jalik yurituvchi subyektlarga yer uchastkalari faqat faqat tuman xokimi tomonidan ijaraga berilishi belgilab qo’yildi;
• O’z mablag’i xisobidan yer maydonlarini o’zlashtirishni rag’batlantirish tizimi belgilab berildi;
• Yer ijarasi xuquqini meros qilib qoldirish tizimi joriy etildi.
Suvdan foydalanish islohoti natijasida:
Irrigasiya tizimlarini boshqarishning ma’muriy-hududiy prinsipidan havzaprinsipiga o’tkazildi;
• Irrigasiya tizimlarini boshqarishning ma’muriy-hududiy prinsipidan havza prinsipiga o’tkazildi;
• Suvdan samarali foydalanish va bu borada xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash maqsadida suv istemolchilar uyushmalari tashkil etildi;
• Moliya vazirligi tasarrufida Sug’oriladigan yerlarning meliorativ xolatlariniyaxshilash maqsadida maxsus jamg’arma tashkil qilindi;
• Moliya vazirligi qoshida “O’zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasitashkil qilindi
Download 12.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling