Yerdan foydalanish munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar majmui


Download 57.17 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.01.2023
Hajmi57.17 Kb.
#1080428
Bog'liq
38.----------



Yer kodeksi
Yer kodeksi — yerdan foydalanish munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar majmui. 20-
asrga qadar hozirgi Oʻzbekiston hududida mazkur munosabatlar shariat koʻrsatmalari
asosida olib borilgan. Oʻzbekistonda birinchi marta Ye.k. 1927 y.da qabul qilingan, 1929 y.da
esa Ye.k. oʻrniga Yer-suv kodeksi qabul qilingan. Bu hujjat 1970 y. 25 sent.da yangi Ye.k.
qabul qilinguniga qadar amalda boʻldi. 1990 y. 20 iyunda qabul qilingan Oʻzbekiston
Respublikasining "Yer toʻgʻrisida"gi yangi qonuni 1991 y. 1 yanvardan amalga kiritildi.
Oʻzbekiston Respublikasida yer resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash, yerga doir
huquqiy munosabatlarni takomillashtirish maqsadida 1998 y. 30 aprelda Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Oʻzbekiston Respublikasining Ye.k.ni tasdiqladi (1998 y. 1 iyuldan
amalga kiritildi). Oʻzbekiston Respublikasining Ye.k. 91 moddani oʻz ichiga oladigan 14
bobdan iborat. Ye.k. va yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari hozirgi va kelajak
avlodlarning manfaatlarini koʻzlab, yerdan ilmiy asoslangan tarzda, oqilona foydalanish va uni
muhofaza qilishni, tuproq unumdorligini tiklash va oshirishni, tabiiy muhitni asrash va
yaxshilashni, xoʻjalik yuritishning barcha shakllarini teng huquklilik asosida rivojlantirish
uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan
huquqlarini himoya qilishni taʼminlash masqadida yer munosabatlarini tartibga solishdan,
shuningdek, bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan iborat. Yer umummilliy boylik
boʻlgani sababli undan oqilona foydalanish talab etiladi va yer davlat tomonidan muhofaza
qilinadi. Qosimjon Rahmonov.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 15 kun avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga ishorat
 yoʻq. 
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Yer_kod
eksi&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Yer_kodeksi&oldid=2863361

dan olindi 


Download 57.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling