Yerlardan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmini huquqiy ta’minlash


Yerlardan foydalanish va muhofaza qilishni iqtisodiy rag‘batlantirish


Download 59.98 Kb.
bet6/7
Sana17.06.2023
Hajmi59.98 Kb.
#1522650
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Маъруза матни (2)

Yerlardan foydalanish va muhofaza qilishni iqtisodiy rag‘batlantirish

“Agar sen yerni boqsang, yer seni boqadi” degan naql uzoq o‘tmishlardan beri bizgacha yetib kelganligi bejiz emas albatta. Buyuk bobokalonimiz Amir Temur o‘zlarining tuzuklarida ya’ni “Raiyatdan mol-xiroj olish, mamlakatni tartibga keltirish va yuksaltirish, uning obodonchiligi, xavfsizligini amalga oshiruvchi kishilar tuzigi”da “kimki biron sahroni obod qilsa yoki koriz qursa (koriz – yer osti suvlarini tortib chiqarish uchun qurilgan inshoot), yo biron bog‘ ko‘kartirsa, yoxud biron xarob bo‘lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yili undan hech narsa olmasinlar, ikkinchi yili raiyat o‘z roziligi bilan berganini olsinlar, uchinchi yili (esa oliq-soliq) qonun-qoidasiga muvofiq xiroj yig‘sinlar”9 deb ta’kidlaganlar.


Amaldagi Yer kodeksi 82-moddasida ham rag‘batlantiruvchi choralar belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra yerlardan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy rag‘batlantirish yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning tuproq unumdorligi saqlanishi va tiklanishidan, yerlarni ishlab chiqarish faoliyatining salbiy oqibatlaridan himoya etilishidan manfaatdorligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
- yangi o‘zlashtirilayotgan va meliorativ holatini yaxshilash jarayonida turgan mavjud sug‘oriladigan yerlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar berish;

Misol uchun !

Qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yangi o‘zlashtirilayotgan yerlar, ularni o‘zlashtirish ishlari bajariladigan davrda va ular o‘zlashtirilgan vaqtdan e’tiboran besh yil mobaynida soliq to‘lashdan ozod qilinadi.

- yerlarni muhofaza qilish va qayta tiklash bo‘yicha faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga kamchiqit va resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etishda soliqqa, kreditga oid va boshqa imtiyozlar berish;
- yerlarning sifatini yaxshilashni, ilmiy asoslangan almashlab ekishni joriy etishni, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning unumdorligini oshirishni, ekologik sof mahsulot yetishtirishni rag‘batlantirish;
- yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning aybi bo‘lmagan holda buzilgan yerlarni qayta tiklash uchun, zarurat bo‘lgan taqdirda, respublika byudjetidan yoki mahalliy byudjetdan mablag‘lar ajratish, agrotexnika, o‘rmon melioratsiyasi tadbirlari va tuproqni himoya qilish yuzasidan boshqa tadbirlar o‘tkazish;
- yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning aybi bo‘lmagan holda buzilgan yer uchastkalarini vaqtincha konservatsiya qilish natijasida ulardan keladigan daromadning kamayishini davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qisman qoplash.
Qonunchilikda yer solig‘i bo‘yicha belgilangan imtiyozlar bir qator xususiyatlari bilan ajralib turadi: birinchidan, yerdan foydalanishning ijtimoiy ahamiyati bilan bog‘liq holda; ikkinchidan, yerlar sifatini yaxishalashni rag‘batlantiruvchi imtiyozlar; uchinidan, yuridik shaxslarning alohida maqomi yoki ijtimoiy-madaniy muassasalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash zaruriyati bilan.

Download 59.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling