Yerlarni muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbirlari


Download 45.5 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi45.5 Kb.
#1517954
Bog'liq
Ekalogiya huquqi


Yerlarni muhofaza qilishning huquqiy tartibi mavzusida MUNDARIJA KIRISh..........................................................................................................3-7
I-BOB.Yerlarni huquqiy muhofaza qilishning umumiy tavsifi………………………………………………………………….......8-22
1.1 Yerlarni huquqiy muhofaza qilish tushunchasi va o‘ziga xos xususiyatlari ….………………………………………..............................8-13
1.2 Yerlarni muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbirlari ….……........13-22
II-BOB.Yerlarni muhofaza qilishning tashkiliy-huquqiy mexanizmi…………………………….………………………………….23-53
2.1. Yerlarni muhofaza qilish sohasida vakolatli davlat organlari tizimi .23-33
2.2Yerlarni muhofaza qilishda ekalogik nazoratning o‘rni…….............33-38 2.3 O‘zbekiston Respublikasida yerlarni muhofaza qilishga oid qonun ..... hujjatlarinitakomillashtirishmasalalari……………………...................38-53 XULOSA..................................................................................................54-56 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI...........................57-60 3
KIRISH Bitiruv malakaviv ishininig dolzarbligi. Yerlarni muhofaza qilish masalasi jamiyatning muhim ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ekologik ahamiyatga molik bo‘lgan vazifalaridan biridir. Chunki, jamiyatning moddiy farovonligi, mavjudligi va kelajak avlodlarning taqdiri tabiatning bebaho boyligi bo‘lgan yerga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga bog‘liqdir. Shu sababdan, yer resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, nafaqat ekologik, balki ijtimoiyiqtisodiy ahamiyatga ham egadir. Tashqi ta‘sirlardan huquqiy himoya qilish obyekti bo‘lgan yerni huquqiy kategoriya sifatida tavsiflaganda, uning tarkibiga yer holatining sifatiga taalluqli boshqa elementlar ham kirishini ta‘kidlab o’tish joiz. Yerlarni ifloslanish va boshqa degradatsiya omillaridan himoya qilish bo‘yicha Yer kodeksida tuproq va uning unumdorligini saqlanishi belgilangan. Tuproq yerning unumdor ustki qatlami bo’lib, tabiiy organik va noorganik omillarning uzoq davom etgan ta‘siri natijasida shakllanadi. Uning qalinligi bir necha millimetrlardan 2 metrgacha bo’lishi mumkin. Shu bilan bog’liq holda alohida ta’kidlab o’tish joizki, yerning huquqiy muhofaza qilishning maqsadi uning umumiy maydonini saqlab qolish bo’lmay (u asosan o’zgarishsiz qolaveradi), balki yer holati sifatini saqlash, tiklash va yaxshilash hamdir. Shunday bo’lsada, yer maqsadsiz foydalanish, o’zboshimchalik bilan egallab olinish kabilardan ham muhofaza qilinadi. Yer boyliklaridan samarali, ilm-fan tavsiyalari, tabiatning umumiy qonuniyatlari asosida foydalanish va uning muhofazasini to’g’ri ta’minlash, shakshubhasiz, hozirgi davrning birinchi darajali vazifalaridan biridir. Shunday ekan qishloq ho’jaligini yanada takomillashtirish yerlardan oqilona foydalanishda zamonaviy texnologiyalarni jalb etish kabi vazifalarni O‘zbekiston ni 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasining 3.3. bandida Qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish masalalari ya’ni sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya obyektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni 4 tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori bo‘lgan qishloq xo’jaligi texnikasidan foydalanishni tshkil etish1 kabi masalalar belgilanib o’tilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi qishloq ho’jaligi hodimlari kunidagi nutqida ham qishloq ho’jaligi texnikalaribilan taminlanganlikka to’xtalib “ hozirgi paytda mamlakatimizdagi 146 ming 295 ta qishloq xo’jaligi texnikasining 38 foizi allaqachon o’z umrini o’tab bo‘lgan , ya’ni butunlay eskirgan. Ayniqsa, meva va sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlar bog’ va tokzorlarga ishlov berish, sabzavot ekish, parvarishlash va yig’ib olishga mo’ljallangan texnikalar bilan bor-yo’g’i 34 foiz ta’minlangan, xolos. Bu mehnat unumdorligi va hosildorlikning pasayib ketishiga sabab bo’lmoqda. Ayni paytda mamlakatimiz bo’yicha 16 ming 495 ta qishloq xo’jaligi texnikasi yetishmasligi aniqlangan. Buning oqibatida belgilangan agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida va sifatli amalga oshirishning imkoni bo’lmayapti va shuning uchun pirovard natijada kutilgan samaraga erishilmayapti”2 deb takidlab o’tilgan. Bu boradagi ishlarning olib borilishining huquqiy asosi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3459-son “Qishloq ho’jaligining texnik jihozlanish darajasini yanada oshirish borasida qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”3gi Qarori, “Qishloq ho’jaligini o’z vaqtida qishloq ho’jaligi texnikasi bilan ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to’g’risida”4gi Qarori va mazkur qaror asosida qabul qilinga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi 373-son Qarorlari asosida soha takomillashtirilib borildi.
Yerlarning muhofaza qilish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi qishloq ho’jaligi hodimlari kunidahi nutqida “Birinchidan, yerdan unumli foydalanish va uni talon-taroj qilishning oldini olish – eng muhim vazifalardan biridir. Mamlakatimizda sug’oriladigan yerlar atigi 3 million 300 ming gektar bo’lib, uni ko’paytirishning hyech iloji yo’q. Chunki bizda suv resurslari cheklangan. Aholimiz esa yildan-yilga ko’payib bormoqda. Joylarda qat’iy nazorat yo’qligi oqibatida sug’oriladigan yerlarni fermerlar va boshqa mutasaddi rahbarlar tomonidan sotish, o’zboshimchalik bilan egallab olish va talon-taroj qilish holatlari, afsuski, davom etmoqda. Joriy yilning o’zida 20 dan ortiq tumanda, jumladan, Bo’z, Angor, Navbahor, Jomboy, Ohangaron va boshqa tumanlarda sug’oriladigan yerlar fuqarolar tomonidan o’zboshimchalik bilan egallab olingan. Bunday noxush holatlarni deyarli barcha viloyatlarda kuzatish mumkin. Hozirgi kunda mamlakatimizdagi mavjud 700 ming gektarga yaqin lalmi yerning boryo’g’i 300 ming gektariga g’alla va moyli ekinlar ekilmoqda. Qani, aytinglar, qolgan 400 ming gektar yerdan nega foydalanmaymiz? Bunday maydonlarni o’zlashtirish, ularni muntazam ravishda dehqonchilik ekinlari ekiladigan yerlarga aylantirish oson bo’lmaydi, deb o’tirsak o’tiraveramiz. Holbuki, bugungi vaziyat barchamizdan tashabbus ko’rsatib, jahondagi ilg’or tajribalarni chuqur o’rganish, fidoyilik bilan mehnat qilishni talab etmoqda. Bunday ezgu ishga qo’l urgan fermer va dehqonlarimizga biz har tomonlama ko’mak berishga tayyormiz. O’zingizga ma’lum, har qarich yer – davlatning, demakki, xalqimizning bebaho boyligi hisoblanadi. Undan noqonuniy, o’zboshimchalik bilan foydalanishga hech kimning haqqi yo’q. Afsuski, ana shu oddiy haqiqatni tushunib yetmagan yoki tushunishni va unga amal qilishni istamayotganlar hamon uchrab turibdi. “Yergeodezkadastr” qo’mitasi tomonidan o’tkazilgan o’rganishlar natijasida joriy yilda 3 ming 600 ga yaqin fermer xo’jaligi g’alla va paxtani shartnomada qayd etilganiga nisbatan 19 ming gektar yerga kam ekkani aniqlangan. 833 ta fermer xo’jaligi esa 13 ming gektar yerda paxta va g’alla 6 yetishtirish bo’yicha shartnoma tuzgan bo’lsa-da, amalda bu ekinlarni umuman ekmagan. Unumdor yerlarni sotayotgan, noqonuniy tarzda uy-joy qurib olayotgan, shartnomada ko’zda tutilgan ekinlarni ekishdan bo’yin tovlayotgan fermerlarga nisbatan qat’iy choralar ko’radigan va qonuniy baho beradigan vaqt keldi1 . Bunda yer resurslarini huquqiy muhofaza qilish katta ahamiyatga ega bo’ladi. Chunki tegishli huquq normalari yerdan foydalanish va muhofaza qilish bilan bog’liq bo‘lgan munosabatlarni tartibga soluvchi vazifani o’taydi, undan oqilona foydalanish va turli xil g’ayri qonuniy harakatlardan himoya qilish choralarini belgilaydi. Aytish o’rinliki, yerdan oqilona foylanish va uni muhofaza qilishni huquqning yordamisiz amalga oshirish mumkin emas. Mamlakatimizda keyingi yillarda qabul qilingan yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishga qaratilgan qonun hujjatlari yer boyliklariga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, ularni asrash, doimo tuproq unumdorligini oshirib borish talablarini o’rnatadi va ushbu talablarga rioya qilish choralarini belgilaydi. Yerlarning huquqiy muhofaza qilishda jamoatchilikning ishtirokini ta’minlash va ularning rolini oshirish borasida O‘zbekiston Respblikasi Prezidentining 5199- son “ Fermer, dehqon ho’jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq ho’jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonining 3 qismi uchinchi xat boshisida fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlaridan samarali foydalanishdagi shaxsiy manfaatdorligi va mas’uliyatini oshirish, bu borada parlament, vakillik va jamoatchilik nazoratining ta’sirchan tizimini yaratish2 belgilab o’tilgan Mamlaktimizda fuqarolarni manfaatlarini hisobga olgan holda ularni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 20 apreldagi O‘zbekiston Respublikasi 1O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 dekabrdagi O’zbekiston Respublikasi qishloq ho’jaligi hodimlari kunidagi nutqi. Prezident.uz. 2O’zbekiston Respblikasi Prezidentining “ Fermer, dehqon ho’jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq ho’jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017.10.09. 5199-son Farmon. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 10.10.2017 y., 06/17/5199/0078. 7 Prezidentining “Fuqarolarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar hamda o’zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo’yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o’tkazish to’g’risida”gi Farmoni bilan fuqarolarning o’zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joylariga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo’yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini e’lon qilish orqali noqonuniy egallangan yerlarni qonuniylashtirish amalga oshirildi. Tadqiqotning predmeti. Tadqiqotning predmetini yerlarni huquqiy muhofaza qilishning huquqiy holatini tartibga solishga oid milliy normativhuquqiy hujjatlar majmui, ularni qo’llash amaliyoti hamda mavzuga oid ilmiynazariy manbalar tashkil etadi. Bitiruv malakaviy ishning maqsadi.O‘zbekiston Respublikasida yerlarni muhofaza qilish tizimining huquqiy asoslarini ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilish, uning o’ziga xos xususiyatlarini ochib berish, ularni hozirgi zamon talablariga javob berish darajasini aniqlash va yanada takomillashtirish borasida tegishli nazariy va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishning vazifalari. -Yerlarni huquqiy muhofaza qilish tartibini o’rganish; -Yerlarni muhofaza qilish sohasida vakolatli davlat organlari tizimining ishtiroki; -Yerlarni muhofaza qilishning chora-tadbirlari; -Yerlarni muhofaza qilishda ekalogik nazoratning o’rni; -O‘zbekiston Respublikasida yerlarni muhofaza qilishga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish masalalari: 8 I-BOB.YERLARNI HUQUQIY MUHOFAZA QILISHNING UMUMIY TAVSIFI 1.1 Yerlarni huquqiy muhofaza qilish tushunchasi va o’ziga xos xususiyatlari Yerlarni muhofaza qilish masalasi jamiyatning muhim ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahamiyatga molik vazifasidir. Chunki, xalqning moddiy faravonligi tabiatning bebaho boyligi, barcha jonzodni boquvchisi hisoblangan yerga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga bog’liq bo`ladi. Shu sababdan, yer resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish juda muhim ahamiyatga egadir. Yerni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilish masalasi O‘zbekiston Respublikasini mustaqilligi e’lon qilingan astlabki kunidayoq qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida”gi Konstitutsiyaviy qonuniga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining moddiy asosi uning mulkidir. Respublika hududidagi yer, yer osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar O‘zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi”1 . KeyinchalikbunormaasosiyqonunimizxisoblanmishO‘zbekiston RespublikasiKonstitutsiyadaxamo’zaksinitopgan. Xususan, Konstitutsiyaning 55- moddasida “yer, yerostiboyliklari, suv, o’simlikvahayvonotdunyosihamdaboshqatabiiyzaxiralarumummilliyboylikdir, ulardanoqilonafoydalanishzarurvaulardavlatmuhofazasida” debbelgilabqo’yilgan.Ushbunormalardanko’rishimizmumkinki, yerumummilliyboyliksifatidaasosiyqonunlarimizbilanhammuhofazaqilinadi.Bunda ntashqari, Yerkodeksining 1-moddasidahamshundaynormabelgilangan. Undabelgilanganidek, “yerumummilliyboylikdir, O‘zbekiston Respublikasixalqihayoti, 1 O’zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni (O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991 yil, N 9-12, 268- modda). 9 faoliyativafarovonliginingasosisifatidaundanoqilonafoydalanishzarurvaudavlattom onidanmuhofazaqilinadi”. Yernimuhofazaqilishmaqsadihududnioqilonatashkiletish, tuproqunumdorligini, shuningdekyerningboshqaxossalarinitiklash, yerlarnisuvvashamoleroziyasidan, sellardan, suvbosishdan, zaxlashdan, qaytasho`rbosishdan, qaqrabqolishdan, zaranglashishdan, ishlabchiqarishchiqindilari, kimyoviyvaradioaktivmoddalarbilanifloslanishdanhimoyaqilish, qishloqxo`jalikyerlarinibutavamaydadov-daraxtlar, yovvoyio`tlarbosibketishidanvayerlarningmadaniytexnikaviyholatiniyomonlashtiru vchiboshqajarayonlardanhimoyaetish, yerlarnikonservatsiyaqilish, yerningunumdorliginioshirishgaqaratilganbo`ladi. Yerningtabiiyresurssifatidashundayalohidaxususiyatiborki, ungato`g’rimunosabatdabo`linsa, unimuhofazaetishto`g’risidag’amxo`rlikqilinsahosildorligidoimooshibboradi. Aksincha esa uning holati yomonlashib, foydalanish uchun yaroqsiz ahvolga tushib qolishi mumkin.Shuning uchun yer egalari, mulkdorlari, foydalanuvchilari doimo tuproq unumdorligi to`g’risida g’amxo`rlik qilishlari, yerning sifatini yaxshi saqlashga asosiy e`tibor qaratishlari lozim. Yer resurslaridan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish har xil vosita va usullar yordamida amalga oshiriladi. Shunday usullardan eng muhimlaridan biri - yer boyliklarini huquqiy muhofaza qilishdir, ya`ni yerni qonunlar yordamida buzilib tashlanishdan, ifloslanishdan, zaharlanishdan, ishdan chiqishdan himoya etishdir. Demak, yer resurslarini muhofaza qilishda huquqning roli beqiyos hamda alohida ahamiyatga ega. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 2-moddasi “yer to’g’risidagi qonun hujjatlarining asosiy prinsiplari” deb nomlanadi. Unga ko’ra,yer to’g’risidagi qonun hujjatlari quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi: eng muhim tabiiy resurs, fuqarolar hayotiy faoliyatining asosi tariqasida yer fondini asrash, tuproq sifatini yaxshilash hamda uning unumdorligini oshirish; 10 yerlardan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash; qishloq xo’jaligi uchun mo’ljallangan yerlarning, eng avvalo sug’oriladigan yerlarning alohida muhofaza etilishini, kengaytirib borilishini hamda ulardan qat’iy belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash; qishloq xo’jaligi yerlarining unumdorligini oshirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda yerlarni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishni davlat yo’li bilan va boshqa tarzda qo’llab-quvvatlash; yerga va butun atrof tabiiy muhitga zarar yetkazilishining oldini olish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash; yerga egalik qilish va undan foydalanish shakllarining xilma-xilligi, yer munosabatlari ishtirokchilarining teng huquqliligini ta’minlash hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya etish; yerdan foydalanganlik uchun haq to’lash; yerlarning holati haqidagi axborotning to’liq bo’lishini hamda undan erkin foydalanishga yo’l qo’yilishini ta’minlash1 kabilar. Yer kodeksining ushbu normasida belgilangan prinsiplarning deyarli barchasi yerlarni huquqiy muhofaza qilish va asrash majburiyatidan kelib chiqil belgilangan. Misol uchun, eng muhim tabiiy resurs, fuqarolar hayotiy faoliyatining asosi tariqasida yer fondini asrash, tuproq sifatini yaxshilash hamda uning unumdorligini oshirish prinsipini oladigan bo’lsak, bunda yer eng muhim tabiiy resurs, fuqarolar hayotiy faoliyatining asosi sifatida talqin etiladi.Shunday ekan, har bir shaxs yerini eng muhim tabiiy resurs, fuqarolar hayotiy faoliyatining asosi sifatida tushinib, unga nisbatdan ehtiyotkorona munosabatda bo’lishi lozim. O’zbekiton Respublikasi Yer kodeksida belgilangan normalarni o’rganib chiqish davomida ko’rishimiz mumkinki, Yer kodeksining barcha moddalari yuqoridagi prinsiplarda belgilab berilgan yerlarni huquqiy jihatdan muhofaza etishga qaratilgan. 1 O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son. 11 Yer resurslarini huquqiy muhofaza qilish zaruriyatini yana shu bilan tushuntirish mumkinki, yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishda tabiiy-ilmiy, ishlab chiqarish-tashkiliy, texnikaviy tavsiyanomalarning roli qanchalik katta bo`lmasin, ularning bajarilishi barcha davlat idoralari, korxona, muassasa, tashkilot, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun huquqiy normalarda mustahkamlangandan keyingina majburiy xarakterga ega bo`ladi. Aks holda bu tavsiyanomalar bajarilmasdan qolib ketishi mumkin. Shunday qilib, yerdan oqilona, samarali foydalanish va uni muhofaza qilishni ta`min etishda qonunning ahamiyati katta bo`lib, u yerdan unumli foydalanish va muhofaza qilish bilan bog`liq bo`lgan munosabatlarni tartibga soladi hamda undan oqilona foydalanish va har xil g`ayriqonuniy hatti-harakatlardan muhofaza qilish choralarini belgilaydi. Demak, yerdan oqilona, samarali, maqsadga muvofiq foydalanish va muhofaza qilishni qonunlarning yordamisiz tasavvur etib bo`lmaydi. Qonunlar yer boyliklariga ehtiyotkorona va oqilona munosabatda bo`lish, asrab-avaylash, qadrlash, doimo tuproq unumdorligini oshirib borish talabini belgilaydi, yerdan foydalanish qoidalari buzilganda huquqiy normalar uni himoya qiladi. Yerni muhofaza qilishga qaratilgan bir qator yer huquqiy normalar tuproq unumdorligini himoya qilishni tartibga solishga bag’ishlangan. Yerdan xo`jasizlarcha foydalanish, almashlab ekishga rioya qilmaslik, yerdan ilmiy asosda foydalanmaslik, tuproqning agrotexnika qoidalariga rioya qilmaslik, zaharli ximikatlarni ko`p miqdorda ishlatish tuproq unumdorligini pasayishiga olib keladi. Mutaxassislarning ma`lumotiga ko`ra, tuproqning qimmatbaho sifatini osonlikcha yakson qilib tashlash mumkin. Uni tiklash jarayoni esa juda og’ir va uzoq muddatni talab etadi. Tuproqdan foydalanish qoidalari O‘zbekiston Respublikasining “Tabiitni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonunning 17- moddasida tuproqdan foydalanish shartlari belgilangan. Unga asosan: Tuproq deyilganida yer qobig’ining tiriklik uchun foydalaniladigan va o’simliklar bilan birga amal qiladigan yuzadagi unumdor qatlami tushuniladi. Tuproqdan uning unumdorligini pasaytirmagan holda tabiiy va madaniy o’simliklardan hosil olish uchun foydalaniladi. 12 Tuproqning inshoot ostida qoladigan gumusli qatlami boshqa joylarda hosildorlikni oshirish uchun olib ketilishi kerak. Yer qonunchiligidagi yerni muhofaza qilishga qaratilgan huquqiy qoidalar asosan quyidagilarni tartibga soladi: sug’oriladigan yerlarni qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan maqsadlarga berishdan himoya qilish; tuproqni unumdor qatlamini saqlash; tuproqni eroziyadan saqlash; yerni agroximikatlar ta`siridan himoya qilish; yerni ishdan chiqarib qo`yishdan, botqoqlanishdan muhofaza qilish; yerni xo`jasizlarcha foydalanishdan muhofaza qilish va h.k. Yerni huquqiy muhofaza qilish haqida gap ketganda, yerga bo‘lgan mulkchilik tushunchasiga to’xtalib o’tish lozim bo’ladi. Konstitutsiya normalarida belgilanganidek, yer davlat mulki – umummilliy boylik hisoblanadi. Bunday norma Yer kodeksining 16-moddasida ham belgilab qo’yilgan. Yer ayrim bir shaxsning shaxsiy mulki bo’lish mumkin emas.shuningdek, u oldi-sotdi qilinmaydi, ayirboshlanmaydi, hadya etilmaydi, garovga qo’yilmaydi. Hozirgi sharoitda davlatimizda agrar munosabatlar sohasida islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda atrof-tabiiy muhitni, xususan yer boyliklarini muhofaza qilish muammosiga alohida e`tibor berilmoqda. Yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, yer resurslarini huquqiy muhofaza qilish deganda yerdan oqilona foydalanish, uni qishloq xo`jaligi oborotidan asossiz ravishda tortib olinishning oldini olish, zararli antropogen ta`sirdan himoya qilish, shuningdek tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, o`rmon fondi yerlarining samaradorligini yuksaltirishga qaratilgan huquqiy normalar yig`indisi tushuniladi. Bu huquqiy normalar faqat yer qonunchiligida emas, balki tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish, jinoyat, fuqarolik, ma`muriy, mehnat, kooperativ, fermer, dehqon xo`jaligi to`g`risidagi qonunlarida ham o`z ifodasini topgan.Demak, yerlarni muhofaza qilish kompleks huquq sohalari bilan tartibga solinadi. Xususan, yerlarni muhofaza qilishga bag’ishlangan qoidalarni “Tabiatni muhofaza qilish to`g’risida”gi, “Qishloq xo`jalik kooperativlari (shirkat xo`jaligi) to`g’risida”gi, “Fermer xo`jaligi 13 to`g’risida”gi, “Dehqon xo’jaliklari to’g’risida”gi qonunlar, Jinoyat, Fuqarolik, Ma`muriy javobgarlik to`g’risidagi kodekslarda ham ko`rishimiz mumkin. Yerni huquqiy muhofaza qilish to`g’risida gapirganda «yerni huquqiy muhofaza qilish» va «yerdan foydalanish huquqini himoya qilish» degan tushunchalarni farqlash kerak. Yuqorida “yerni huquqiy muhofaza qilish” tushunchasi haqida atroflicha fikr yuritdik. Yerdan foydalanish huquqini himoya qilish deganda yerdan foydalanuvchilarning huquq va manfaatlarini himoya etish, ya`ni yerdan foydalanuvchilarning yer munosabatlari bo`yicha subyektiv huquq vakolatlarini amalga oshirishga to`sqinlik qilishni bartaraf etishga qaratilgan huquqiy normalar yig’indisi tushuniladi. Masalan, fuqaro yerni o`zboshimchalik bilan egallab olsa, shu yer egasining yerdan foydalanishga bo`lgan huquqi buziladi. Agar yer kimyoviy moddalar, ishlab chiqarish chiqindilari, oqova suvlar bilan ifloslantirilsa, bunda yerni muhofaza qilish tartibi buziladi. “O‘zbekiston Respublikasi yer munosabatlarini rivojlantirish tendensiyasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi ma‘lumotlari ga ko’ra, yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni yaxshilash zaruriyatini talab etadi, binobarin: • tuproqning shamol va suv eroziyasi, ularning botqoqlanishi, yemirilishi, qurg’oqlanishi, sho’rlanishi keng tarqalmoqda; • asta-sekin qishloq xo’jaligi muomalasidan chiqayotgan buzilgan va rekultivatsiyalanmagan yerlarning soni ko’paymoqda; • qishloq xo’jaligida yerlarning pestitsid, sanoat ishlab chiqarishining zararli unsurlari bilan ifloslanishi holatlari, yerlarning buzilishi holatlari oshmoqda, bu esa ularning boshqa yer toifasiga o’tkazishni yoki qayta tiklashni talab etmoqda; • yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish borasidagi yer qonunchiligi talablarini buzish jarayoni bormoqda va chuqurlashmoqda”1 . 1.2 Yerlarni muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbirlari 1O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksiga sharhlar// Mualliflar jamoasi: TOShKENT-2007. 156-bet. 14 Yerni muhofaza etuvchi qonunlar yerga nisbatan xo`jasizlarcha munosabatda bo`lishdan muhofaza etadi. Yerdan xo`jasizlarcha foydalanish deganda yuridik vajismoniy shaxslarning yerni yaxshilash, tuproqni shamol, suv ta`sirida yemirilishdan va tuproq holatini yomonlashtiruvchi boshqa jarayonlardan himoya qilish majburiyatlarini bajarmaslik, hamda yer uchastkalari qanday maqsadlar uchun berilgan bo`lsa o`sha maqsadlarda foylanmaslik tushuniladi. Qonunda belgilanishicha yerdan foydalanuvchilar tuproq unumdorligini oshirish yuzasidan samarali choralarni ko`rishlari, tuproqni shamol va suv ta`sirida yemirilishdan saqlash yuzasidan tashkiliy--xo`jalik, agrotexnika, o`rmon-melioratsiya va gidrotexnika tadbirlarini amalga oshirishlari, yerlarning sho`rlanish, zax bosish, ifloslanish holatiga yo`l qo`ymasliklari, begona o`tlar bosishini oldini olishlari lozim. Yer qonunchiligini ushbu talablarini bajarmaslik yerdan xo`jasizlarcha foydalanish hisoblanib, uni muhofaza rejimini buzish deb qaraladi. Yerlarni muhofaza qilish huquqiy chora-tadbirlari deganda qonun normalarida o`rnatilgan yerdan foydalanish va muhofaza qilishga oid buzilgan huquqlarni tiklash hamda huquqbuzarliklarni jazolashga taalluqli bo`lgan qoidalar yig’indisi tushuniladi. Yerlarni muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbirlari O`zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to`g’risida”gi, “Qishloq xo`jalik kooperativlari (shirkat xo`jaligi) to`g’risida”gi, “Fermer xo`jaligi to`g’risida”gi, “Dehqon xo’jaliklari to’g’risida”gi qonunlar, Ma`muriy javobgarlik, Jinoyat, Fuqarolik, Mehnat, Yer kodekslari normalarida o`z ifodasini topgan. Bu normalarda yerlardan foydalanish qoidalarini buzganlik, yerlarni muhofaza qilish bo`yicha qonun talablarini bajarmaganlik uchun tegilshicha jazo choralari belgilangan. Yer kodeksining 90-moddasida yer to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik masalasi belgilangan.Unga ko’ra, yerni muhofaza qilish qoidalarini buzganda ham aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar. Jumladan: yerlardan belgilangan maqsadda foydalanmaganlikda; 15 qishloq xo’jaligi yerlarini va boshqa yerlarni yaroqsiz holga keltirganlikda, ularni kimyoviy va radioaktiv moddalar, ishlab chiqarish chiqindilari va oqova suvlar bilan ifloslantirganlikda; yerlarning holatiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan ob’ektlarni joylashtirganlikda, qurganlikda, loyihalashtirganlikda, foydalanishga topshirganlikda; yerlardan foydalanishning tabiatni muhofaza qilishga oid talablarini bajarmaganlikda; vaqtincha egallab turilgan yerlarni qaytarish muddatini buzganlikda yoki yerlarni belgilangan maqsadda foydalanishga yaroqli holatga keltirishga oid majburiyatlarni bajarmaganlikda; o’zboshimchalik bilan pichan o’rganlikda va chorva mollar boqqanlikda; yovvoyi o’tlar va zararkunandalarga qarshi kurash choralarini ko’rmaganlikda; yerlardan xo’jasizlarcha foydalanganlikda, yerlarning holatini yaxshilash hamda tuproqni suv va shamol eroziyasidan va tuproq holatining yomonlashuviga olib keladigan boshqa jarayonlardan saqlash majburiyatlarini bajarmaganlikda. Yerlarni muhofaza qilishning jinoiy-huquqiy choralari O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi1ning to`rtinchi bo`limida (193-204 -moddalar) o`rnatilgan. Masalan, Jinoyat Kodeksining 196-moddasida ko`rsatilishicha, yerlarni ifloslantirish yoki buzish odamlarning ommaviy ravishda kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki boshqacha og`ir oqibatlarga sabab bo`lsa, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha ahloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Yoki shu kodeksning 197-moddasida yerdan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish og`ir oqibatlarga sabab bo`lsa, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz 1 O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son. 16 baravarigacha miqdorda jarima, yoki uch yilgacha ahloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida belgilangan yerni muhofaza qilish sohasidagi jinoyatlar tarkibi ekologik huquqbuzarlik natijasida og`ir oqibatlarning vujudga kelishi bilan bog`liqdir. Bularga insonning o`limi, odamlarning ommaviy ravishda kasallanishi, hayvonlarning qirilib ketishi, ko`p yoki ancha miqdorda zarar yetkazilishi va boshqa og`ir oqibatlar kiradi. Mazkur moddalarda ko`rsatilgan boshqacha og`ir oqibatlar har bir alohida holda ekologik huquqbuzarlikning og`irligini inobatga olgan holda huquqni qo`llovchi organlar tomonidan belgilanishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996 yil 20 dekabrdagi 36- sonli «Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlar bo’yicha sud amaliyoti haqida»gi Qarorida atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarda sudlar tomonidan e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan holatlarga tushuntirishlar berilgan. Xususan, ushbu plenum qarorining 9-bandida, “Jinoyat kodeksining 194- moddasida javobgarlik belgilangan atrof muhitni ifloslanganligi to’g’risidagi ma’lumotlarni qasddan yashirganlik deganda, aybdor shaxs ekologik vaziyatning ahvoli to’g’risida umuman yoxud o’z vaqtida ma’lumot bermaganlik harakatlarini (harakatsizligini) tushunmoq lozim. Bunday ma’lumotlar haqiqatga muvofiq kelmasa (atrof muhitning ifloslaganligi ko’rsatkichlarini kamaytirib ko’rsatish va hokazolar), ular buzilgan hisoblanadi1 ” deb keltirilib, unda atrof muhitni ifloslanganligi to’g’risidagi ma’lumotlarni qasddan yashirganlik tushunchasiga tushuntirish berilgan. Qarorda keltirilgan tushuntirishlar sudlar uchun majburiy hisoblandi. Yer qonunchiligi huquqbuzarliklari uchun ma’muriy javobgarlik eng ko`p qo`llaniladigan javobgarlik turidir. Ma’muriy javobgarlikka tortishga ma’muriy 1 O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996 yil 20 dekabrdagi 36-sonli «Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar bo'yicha sud amaliyoti haqida»gi Qarori. 17 huquqbuzarlik asos bo`ladi. Qonun hujjatlarida ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g`ayri huquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik ma’muriy huquqbuzarlik deyiladi. Yerlarning huquqiy holatini buzganlik uchun O`zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksi1ni 60, 65-69 moddalarida javobgarlik belgilangan. Mazkur kodeks quyidagi huquqbuzarliklarni nazarda tutadi: yerdan o`zboshimchalik bilan foydalanish; yer bilan bog`liq bo`lgan g`ayriqonuniy bitimlar tuzish; yer uchastkasiga bo`lgan huquqlarni boshqa shaxsga o`tkazish; yer uchastkalarini o`zboshimchalik bilan egallash; yerlardan xo`jasizlarcha foydalanish yoki ularni yaroqsiz holga keltirish; yerlarni kimyoviy va radioaktiv moddalar hamda oqova suvlar bilan ifloslantirish; yer berish tartibini buzish; vaqtincha egallab turgan yerlarni o`z vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni yaroqli holga keltirmaslik; yer tuzish loyihalaridan o`zboshimchalik bilan chetga chiqish; davlat yer kadastri qoidalarini buzish; yerdan foydalanish to`g`risidagi hisobotlarni buzib ko`rsatish; axborotlarni berishdan bo`yin tovlash yoki noto`g`ri axborot berish va boshqalar. Yer muhofaza qilish bilan bog’liq munosabatlarga bevosita daxldor normalar ham mavjud. Xususan, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish qoidalariga rioya etmaganlik uchun O`zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 89, 89, 91, 95, 96-moddalarida javobgarlik ko`zda tutilgan. Bularga: o`simliklarni himoya qilish vositalari va boshqa dorilarni tashish, saqlash hamda qo`llash qoidalariga rioya qilmaslik, ishlatish taqiqlangan va ishga yaroqsiz bo`lib qolgan kimyoviy moddalarni zararsizlantirish bo`yicha qoidalarini buzish, sanoat va o`zga chiqindilarni tashish, joylashtirish, utillashtirish, ko`mib tashlash chog`ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish, tabiiy muhitni tiklash, tabiiy zaxiralarni qayta hosil qilish va tabiiy muhitga zararli ta’sir ko`rsatish oqibatlarini bartaraf etish choralarini ko`rmaslik hamda loyihalarni davlat ekologik 1 O`zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksi (Qonun hujjatlari mulliy bazasi, 19.04.2018 й., 03/18/476/1087-сон. 18 (sanitariya-ekologik) ekspertizasining ijobiy xulosasisiz ruyobga chiqarish kabi huquqbuzarliklar kiradi. Yerni huquqiy muhofaza qilishda ma`muriy qonunlarning roli alohida ahamiyatga ega. O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksida yer muhofazasiga qarshi qaratilgan bir qator hatti-harakatlar uchun javobgarlikni belgilovchi normalar o`z ifodasini topgan. Chunonchi, ushbu kodeksning 60-moddasida yerdan o`zboshimchalik bilan foydalanish yoki yerga egalik huquqini bevosita yoki yashirin shaklda buzuvchi bitimlar tuzish, yerdan foydalanish huquqini boshqalarga berish, yer uchastkalarini o`zboshimchalik bilan egallab olganlik uchun fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o`n besh baravarigacha miqdorda jarima yoki o`n besh sutkagacha muddatga ma`muriy qamoq jazosi belgilangan. Yoki ushbu kodeksning 65-moddasida yerlardan xo`jasizlarcha foydalanish, ularni yaroqsiz holga tushurish, 66-moddasida yer berish tartibini buzish, 67- moddasida vaqtincha egallab turilgan yerlarni o`z vaqtida qaytarib bermaslik, 68- moddasida xo`jalik ichidagi yer tuzish loyihalaridan o`zboshimchalik bilan chetga chiqish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish, 69-moddada esa chegara va cheklov belgilarini yo`q qilish yoki shikastlantirish hatti-harakatlarini sodir etganlik uchun ma`muriy javobgarlik ko`rsatilgan. Yerlardan xo`jasizlarcha foydalanish deganda yer ustida qurilish obyektlari qurish paytida tuproqning unumdor qatlamini olmaslik, yer maydonlaridan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanish, yerlarni ishdan chiqarish, hosildorligini pasaytirish kabi holatlar tushuniladi. Yer maydonlarini shunday holatga tushirib qo`ygan fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solinadi (O`zR MJTK 65-modda). Yer berish tartibini buzish deganda yerlarni qonunda belgilangan shartlarni buzgan holda, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarga yer berishga to’sqinlik qilish tushuniladi. Bu ma`muriy huquqbuzarlik uchun mansabdor shaxslarga eng 19 kam oylik ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solinadi (66-modda). Tasdiqlangan yer tuzilishi loyiha hujjatlaridan tegishli ruxsat bo`lmay turib chetga chiqish, tegishli davlat organlari bilan kelishmay turib obyektlarni joylashtirish, ichidan yer tuzish loyihalaridan o`zboshimchalik bilan chetga chiqish deb tushuniladi. Shunday harakatlar uchun fuqarolar va mansabdor shaxslarga O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksining 68- moddasi sanksiyasida fuqarolarga eng kam oylik ish haqining uchdan bir qisminidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga ea bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solish mumkinligi ko`rsatilgan. Ma’muriy javobgarlik choralari yerni huquqiy muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish sabablari bo`lmaganida qo`llaniladi. O`zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning uchinchi bo`limida ma’muriy huquqbuzarliklar to`g`risidagi ishlarni ko`rib chiqishga vakolatli bo`lgan organlar (mansabdor shaxslar) ko`rsatilgan. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 2661 -moddaga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasining organlari hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiluvchi organlar yerni bilan bog’liq ma’muriy huquqbuzarliklar to`g`risidagi ishlarni ko’rib chiqadi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiluvchi organlarning ma’muriy huquqbuzarliklarni ko’rib chiqishdagi vakolatlari Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 261- moddasida ko’rsatilgan. Yuqorida keltirilgan normalarda yerni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy jazo chorasi sifarida jarima undirilishi belgilangan.Uni qo`llashning asosiy tamoyillari O`zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik tog`g`risidagi kodeksning 25-moddasida belgilangan.Jarimani qo`llash oqibatida ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsdan davlat hisobiga pul undiriladi. 20 Yerlarni huquqiy muhofaza qilishda yer qonunchiligida o`rnatilgan qoidalar alohida ahamiyat kasb etadi. O`zbekiston Respublikasi Yer Kodeksining 41- moddasida ko`rsatilishicha, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining buzilgan huquqlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tiklanishi kerak. Ular huquqlarining buzilishi natijasida yetkazilgan zarar (shu jumladan boy berilgan foyda) to`la hajmda qoplanishi kerak. Yer qonunchiligi avvalo qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan, ayniqsa sug`oriladigan yerlarni muhofaza qilishga alohida e`tibor beradi. Chunonchi, Yer Kodeksining 43-moddasida o`rnatilishicha, qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan yerlarni qishloq xo`jaligidan o`zga ehtiyojlar uchun boshqa toifadagi yerlarga o`tkazishga alohida hollarda yo`l qo`yiladi. Alohida qimmatga ega bo`lgan unumdor sug`oriladigan yerlar maxsus muhofaza qilinishi lozim va ularning sug`orilmaydigan yerlar jumlasiga o`tkazilishiga yo`l qo`yilmaydi (45-modda). Yer qonunchiligi yerlarni holatiga, ekologiyasiga salbiy ta`sir etadigan obyektlar, imorat va inshootlarni joylashtirishning alohida tartibini belgilaydi. Yerlarni hosildan qolishdan yoki buzilishdan himoya qilish choralari bilan ta`minlanmagan hamda ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi bo`lmagan obyektlarni foydalanishga topshirish va bunday texnologiyalarni qo`llash ta`qiqlanadi (80-modda). Yer qonunchiligida yerlarni muhofaza qilish, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar huquqlarini muhofaza qilish chora-tadbirlari belgilangan. Yer Kodeksining 90-91-moddalarida ko`rsatilishicha, yerga nisbatan tuzilgan g`ayri qonuniy bitimlar haqiqiy emas deb hisoblanadi; o`zboshimchalik bilan egallab olingan yerlar qaytarib olinadi; yer uchastkalari olib qo`yiladi. Demak, yerga nisbatan g`ayri-qonuniy bitimlar tuzilsa, yer qonunchiligi talablari buzilsa yuqorida sanab ko`rsatilgan choralar qo`llaniladi. Biz bu choralarni yer-huquqiy javobgarlik jazo choralari deb aytishimiz mumkin. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik va uni ifloslantirish natijasida atrof tabiiy muhitga ekologik va iqtisodiy zarar yetkaziladi. Iqtisodiy zarar tabiiy obyektlarning nobud bo`lishi, buzilishi, yo`q bo`lib yoki kamayib ketishi hamda 21 tabiiy resurslardan foydalanuvchilarning xo`jalik manfaatlariga ziyon yetkazilishi bilan namoyon bo`ladi. Masalan, yerlarning ifloslanishi oqibatida yerlarning hosildorlik darajasi kamayib ketadi yaki qishloq xo`jalik maqsadlarida foydalanishga yaroqsiz bo`lib qolishi oqibatida boshqa yer resurslaridan foydalanish yoki yerlarni tozalash uchun ko`shimcha sarf xarajatlarni keltirib chiqaradi. Ekologik zarar tabiiy sharoitning yomonlashuvi, tabiiy obyektlarning son va sifat jihatdan salbiy o`zgarishlari orqali namoyon bo`lib, insonlarning toza, sog`lom va qulay tabiiy muhitiga bo`lgan huquqlari buziladi. Masalan, yerning ifloslanishi oqibatida odamlarning yashash sharoiti yomonlashib, ular yetishtirishi mumkin bo‘lgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari kamayib ketishi yoki davlatga topshirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlarga zarar yetkazilishi mumkin. Ekologik zarar insonlarning sog`lig`iga hamda kelajak avlodlar salomatligiga ziyon yetkazishi mumkin. Odatda, yer resursalariga yetkazilgan zarar ham ekologik ham iqtisodiy ahamiyatga ega bo`lib, salbiy o`zgarishlarni keltirib chiqaradi. Atrof tabiiy muhitga yetkazilgan zarar oqibatlarini bartaraf etib bo`lmasligi, ya’ni ba’zi tabiiy obyektlar (tabiiy yodgorliklar, qazilma boyliklar)ni qayta tiklanmasligi, ekologik zararning oqibatlari ma’lum muddat o`tgach, vujudga kelishi (o`simlik hamda hayvonot dunyosi obyektlarining turlaridan foydalanish va muhofaza qilish qoidalarini buzish oqibatida ularning keyinchalik keskin kamayib ketishi, noyob va yo`qolib borayotgan toifalarga tushib qolishi) mumkin yoki ushbu oqibatlarni ekologik talablar buzilmagan hududlarda, shu jumladan boshqa davlatlarda vujudga kelishi kabi xususiyatlarga ega. Yer resurslariga yetkazilgan ekologik zararni undirishning asosiy tamoyillaridan biri bo`lib faqat noqonuniy ravishda yetkazilgan zararni undirish mumkinligi hisoblanadi. Bu qoidaning negizi tabiiy resurslardan har qanday foydalanishda atrof tabiiy muhitga ma’lum darajada salbiy ta’sir ko`rsatilishidan iborat, chunki zamonaviy sharoitda chiqindisiz, ekologik jixatdan sof toza texnologiya mavjud emas va tabiiy resurslardan foydalanmasdan turib ishlab chiqarishni rivojlantirib bo`lmaydi. Shuning uchun iqtisod va ijtimoiy sohani 22 rivojlantirish maqsadida insoniyat tabiiy resurslarni oqilona ravishda o`zlashtirishi lozim. Ayni vaqtda atrof tabiiy muhitga jiddiy salbiy ta’sir ko`rsatishning oldini olish maqsadida qonun hujjatlarida unga zararli ta’sir ko`rsatishning yo`l qo`yiladigan doiralari (chegaralari) belgilanadi. Ushbu doiralar har bir tabiiy resurs bo`yicha alohida belgiladi. Masalan, yerlarga mineral o`g`itlar, pestitsit, gerbetsidlarni qo`llash me’yorlari orqali uning tabiiy holati saqlanadi.Shundan kelib chiqqan holda, shuni aytish mumkinki, yerdan foydalanish jarayonida yerga yoki atrof tabiiy muhitga faqat noqonuniy, aybli harakat yoki harakatsizlik natijasida yetkazilgan zarar undiriladi. Atrof tabiiy muhitga yetkazilgan zarar O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksini 985-moddasiga, “Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida”gi Qonunning 49-modasiga va Yer kodeksi hamda yer to`g`risidagi tegishli boshqa qonunlarning tegishli moddalariga muvofiq, zarar yetkazgan shaxs tomonidan to`liq hajmda qoplanishi lozim. Ushbu qoida yetkazilgan zararni qoplashning asosiy talabini belgilaydi. 23 II-BOB. YERLARNI MUHOFAZA QILISHNING TASHKILIYHUQUQIY MEXANIZMI 2.1. Yerlarni muhofaza qilish sohasida vakolatli davlat organlari tizimi Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin ijtimoiy-iqtisdiy jarayonlar ustidan davlat boshqaruvini amalga oshirishni mazmun va mohiyati o’zgardi. Yer bilan bog’iq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish sohasida ham davlat boshqaruvining o’rni zamonaviy ko’rinish olganini ko’rishimiz mumkin. Erlarni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi organlarining ishtirokiga bir qancha olimlar o’z qarashlarini keltirib o’tishgan. Masalan, A.N.Nigmatovning fikricha “ Yer fondini davlat boshqaruvi deganda, vakolatli davlat organlarining yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish bo’yicha ijro etish va farmoyish berish faoliyati tushuniladi”1 deb takidlab o’tgan. “ Yer resurslaridan foydalanishning davlat boshqaruvi-hozirgi va kelajak avlod hamda terdan foyfdlanuvchilar, yerni egallab turuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar manfatlarida yer munosabatlarini tartibga solish, yerdan samarali foydalanish va muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan o’zaro uzviy bog’langan davlatning huquqiy, iqtisodiy, texnik va tashkiliy-xo’jalik chora-tadbirlar tizimidir”2 . Bu yerda A.N.Nigmatovning bu sohada davlat boshqaruvini faqat ijro etish va farmoyish berishdan iborat emas, balki yer munosabatlarini tartibga solish deb ko’rsatganligi to’g’ri bo’lsa ham, lekin uni muayyan chora-tadbirlar deb ko’rsatishga qo’shilib bo’lmaydi. Chunki boshqaruv shu chora-tadbirlarni hayotga tadbiq etish va faoliyat bilan bog’liq tushunchadir. Olimlarning yuqoridagi ko’rsatilgan fikirlariga qo’shilgan holda ta’kidlash mumkinki, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi davlat boshqaruvi deganda, davlat boshqaruv organlarining yer fondi toifalari va 1Файзиев Ш. Х. Теоритечикие проблем правового обеспечение екологичекского политики Республики Узбекистан. Дисц на соис уч степ. Док. Юридик наук. .T.,2004.С-23-24. 2Nigmatov A.N. Yer huquqi. / O’quv qo’llanma- Toshkent Islom universiteti,2001. B.65. 24 yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish hamda yer qonunchiligida belgilangan qoida va talablarni bajarilishini ta’minlashi tushuniladi. Demak, yer resurslarini boshqarish hamda tegishli davlat organlari tomonidan yerni muhofaza qilish va undan foydalanishni tashkil qilishda namoyaon bo’ladi va jamiyatda davlat boshqaruvining tarkibiy qismi hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, yer fondini davlat boshqaruvi orqali umummilliy boylik hisoblangan yerning mulkdori sifatida davlat undan foydalanishni tashkil etadi va yerni tassarruf etish huquqini amalga oshiradi. Umuman olganda, yerlarni muhofaza qilish yuzasidan davlat boshqaruvi organlari tizimini ikkiga ajratish mumkin: umumiy va maxsus. Yerlarni muhofaza qilish yuzasidan davlat boshqaruvi organlarining maskur tasnifi E.C.Berdnikov, SH.X.Fayziyev kabi huquqshunos olimlar tomonidan ham qo’llab quvvatlangan. Masalan, SH.X.Fayziyev o’z tadqiqot ishida ma’muriy-huquqiy mexanizm tizimida, ekologik siyosatni amalga oshiruvchi turli vakolatli davlat organlari umumiy va maxsus davlat boshqaruvi organlariga bo’linishini alohida takidlab o’tgan. Umumiy vakolatli davlat boshqaruv organlariga quyidagilar kiradi: a) Oliy Majlis( Parlament)- bu O‘zbekiston Respublikasi boshqarub organi emas, balki davlat hokimiyati organi hisoblanadi; b) Prezident va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi; v) Mahalliy davlat hokimiyati organlari1 . E.S.Berdnikov esa, “ hokimiyat funksiyalarining o’ziga xosligi hamda shakillanishi tartibiga ko’ra. Davlat boshqaruvi organlari vakillik hamda ijroiya hokimiyati organlariga; ijtimoiy munosabatlar subyektiga qarab, davlat hokimiyat organlari va mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlariga; hokimiyat vakolatlarining doirasiga qarab umumiy va maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlarini ajratish mumkin”2 , deb ta’kidlaydi. Maskur yuqorida keltirilgan fikirlarga qo’shilgan holda,ta’kidlab o’tishimiz joizki, Respublikamiz qonunchiligiga muvofiq, umumiy vakolatga ega bo‘lgan 1Файзиев Ш. Х. Теоритечикие проблем правового обеспечение екологичекского политики Республики Узбекистан. Дисц на соис уч степ. Док. Юридик наук. .T.,2004.С-23-24..T.,2004.S-171-172. 2ЗемелъноеправоУкраины. Учеб. пособие/Авт.кол. .: Беженарь А.М.,Бердников Э.С., Бондар Л.А.и др/: Под ред. Погребного А.А., Каракаша И.И. -К.:Истина,2002.-50-51. 25 organlar qatoriga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog’iston Respiblikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va ular tarkibidagi tuman va shahar hokimliklari kiradi. Umumiy vakolatli organlar tizimida Vazirlar Mahkamasi alohida o’rin egallab, uning yer munosabatlarini tartibga solish sogasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (98-mddasi), Yer kodeksining 4-moddasida, O‘zbekiston Respublikasining “Vazirlar Mahkamasi to’g’risida”gi 2003 yil 29 avgustdagi1 (yangi tahrirda)qonuning 9,10,11,12,20-moddalarida, O‘zbekiston Respublikasining “ Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida"gi 1992 yil 9 dekabr qonuning2 9-moddasida hamda tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan boshqa qonunlarning tegishli moddalarida belgilangan. Ijro etuvchi organ hisoblanadigan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tabiiy reurslarni, shu jumladan, yer fondini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalari bo’yicha normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish; yerlarni muhofaza qilish va yer resurslaridan oqilona foydalanish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; yer resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo’yicha davlat dasturini ishlab chiqadi va amalga oshirishni tashkil etish; yer resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar va to’lovlar miqdorini belgilash; yer monitoring, yer davlat kadastrining yuritilishini tashkiletish; yer uchastkalariga egalik qilish, foydalanish, shu jumladan ijaraga berish, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni bekor qilish kabi vakolatlara ega. Umumiy vakolatli davlat boshqaruvi organlari tizimida mazkur sohada davlat funksiyalarini amalga oshiruvchi mahalliy davlat hokimiyati organlari o’ziga xos o’rin egallab, ularning vakolatari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (10- mddasi), O‘zbekiston Respublikasining “ Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi3 1993 yil 3 sentabr qonunida (10,2,25-moddalari), “Yer 1 “O’zbekistonRespublikasiVazirlarMahkamasito’g’risida”giO’zbekistonRespublikasiningqonuni.2003 yil 29 avgust. O’zbekistonRespublikasiQonunhujjatlarito’plami 2016 y.39-son, 457-modda. 2O’zbekistonRespublikasining“ Tabiatnimuhofazaqilishto’g’risida"giqonuni.Toshkent:1992 yil 9 dekabr.Qonunhujjatlarimilliybazasi 2018 19 04. 03/18/476/1087 son. 3 O’zbekiston Respublikasi “ Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi qonuni. Toshkent: 1993 yil 2 sentabr. Qonun hujjatlari malumotlari milliy bazasi 01.01.2018 y. 03/18/454/0493-son. 26 kodeksi”ning 5-7 moddalarida, “ Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonunda va yerlarni muhofaza qilishga doir boshqa qonun hujjatlarida belgilangan. Mahalliy davlat hokimiyati organlari o’z hududlarida yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshirib, quyidagi vakolatlarga ega: Yerkodeksiga muvofiq (5-7 moddalar) yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish bo’yicha hududiy dasturlar ishlab chiqadi va amalga oshiradi; yer resurslaridan belgilangan maqsadda oqilona va samarali foydalanish, yerlarni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi va boshqalar. “ Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonunga ko’ra esa, mahalliy davlat hokimiyati organlari o’z hududida tabiatni muhofaza qilishning asosiy yo’nalishlarini belgilash, mintaqaning ekologik dasturini tasdiqlash, tabiatni muhofaza qilishga doir tadbirlani moddiy-texnik jihatdan ta’minlash, tabiatni muhofaza qilinishi ustidan nazorat o’rnatish kabi vakolatlarni amalga oshiradi. Shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, yerlarni muhofaza qilish yuzasidan davlat boshqaruvini amalga oshirish sohasida maxsus vakolatli davlat organlarining o’rni o’ziga xosdir. Yer fondini muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organlariga vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar kiradi. Ularning faoliyati asosan yer munosabatlarini tartibga solish bilan bog’liq bo‘lganligi sababli, maxsus vakolatli organlar deb nomlanadi. Ular tarmaqlararo, ya’ni bir necha tarmoqlarni va bir necha tabiiy resurslarni idora etuvchi organlarga hamda tarmoqqa oid, ya’ni ma’lum bir tabiiy resursni idora etuvchi organlarga bo’linadi. Yer resurslarini muhofaza qilish bo’yicha davlat funksiyasini bajaruvchi maxsus vakolatli organlar ichida markaziy o’rinni O‘zbekiston Respublikasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi egallaydi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi O‘zbekiston Respublikasining “ Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996 yil 26 apreldagi qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tabiatdan foydalanish, ularni qayta ishlash hamda muhofaza qilish 27 sohasidagi tarmaqlararo boshqaruvni hamda davlat nazoratini amalga oshiruvchi, maxsus vakolatli idoraviy va muvofiqlashtiruvchi organ bo’lib, yerlarni muhofaza qilish sohasida quyidagi vakolatlarga ega: boshqa davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda tabiiy resurslardan, shu jumladan, yerdan foydalanish hamda uni muhofaza qilish sohasidagi tarmoqlararo boshqaruvni hamda davlat nazoratini amalga oshiradi; tabiiy resurslardan xususan yerdan foydalanish va muhofaza qilish borasida boshqa davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va boshqalar. Shuni alohida takidlab o’tish lozimki, O‘zbekiston Respublikasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi quyidagi asosiy vazifalarni ham bajaradi: tabiiy resurslardan, shu jumladan, yerdan foydalanish, qayta ishlash va muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amala oshiradi; tabiatni muhofaza qilish faoliyatida tarmaqlararo kompleks boshqaruvni amalga oshiradi; tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurlarni tejashga yo’naltirilgan yagona siyosatni ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Yer fondini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish ustidan davlat boshqaruvini amalga oshirishda,O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi muhim o’rin egallaydi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahamasi tomonidan qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi Qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasining yer,resurslaridan foydalanish va muhofaza qilish borasidagi asosiy vazifalari quyidagilarni tashkil etadi: yer resurlaridan oqilona foydalanish, yer munosabatlarini tartibga solish; yerdan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish; yerlardan oqilona foydalanilishi va ularni muhofaza qilinishi ustudan davlat nazoratini amalga oshirish. 28 Yer resurslarini boshqarish ham tegishli davlat organlari tomonidan yerni muhofaza qilish va undan foydalanishni tashkil qilishda namoyaon bo’ladi va jamyatda davlat boshqaruvining tarkibiy qismi hisoblanadi. Yer resurlarini davlat tomonidan boshqarish o’z navbatida ekologik sohada davlat boshqaruvining ajralmas qismi va u davlatning ekologik vakolatini va ekologik siyosatini amalga oshirish vositalaridan biridir. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida” Yer, yer osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish b zarur va ular davlat muhofazasidadir”1 deb belgilab qo’yilgan. Shundan kelib chiqib, yer fondini davlat boshqaruvi orqali umummilliy boylik hisoblangan yerning mulkdori sifatida davlat undan foydalanishni tashkil etadi va yerni tasarruf etish huquqini amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «erlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish choratadbirlar to’g’risida»gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasining faoliyatida yerlardan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish, ta’sirchan nazoratni ta’minlash hamda yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohalaridagi munosabatlarni kompleks tartibga solishga yo’naltirilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Umuman olganda, yer bilan bog’liq munosabatlarda davlat hokimiyatini amalga oshirishda uning barcha organlari: qonunchilik hokimiyati,ijro hokimiyati va sud hokimiyati organlari ishtirok etadilar, chunki davlatning bu sohadagi faoliyatini uch xil huquqiy shakilda, ya’ni huquq ijod qilish, huquqni ijro qilish va uni muhofaza qilish orqali amalga oshiradi. Davlat ijro etuvchi hokimiyat organlarini yerlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish borasidagi 1 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami,2017 y.,35-son, 914-modda. 29 faoliyatning xarakteri O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida ko’rsatilgan davlat hokimiyati tizimining bo’linish tamoyiliga asoslanadi1 . Shu bilan birga mazkur faoliyatni amalga oshirishda hamda yer munosabatlarini tartibga solishda davlat hokimiyatining vakillik organlari qatnashishini alohida ko’rsatib o’tish mumkin.Masalan, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi qonunining 10- moddasiga muvofiq, yer uchastkasini ajratib berish yoki qaytarib olish to’g’risidagi tuman yoki viloyat hokimining qarori tegishli xalq deputatlar kengashi tomonidan tasdiqlanadi2 . Yer fonlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish ustudan davlat boshqaruvini amalga oshirishda ijro etuvchi davlat hokimiyati organlari ham muhim o’rin tutadi. Ular yerlarni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatini,davlat dasturlarini,tabiatni, shu jumladan, yerlarni muhofaza qilishga oid qonun hujjatlarini joylarda bevosita ijro etuvchi hokimiyat organlari hisoblanadi. Yer fondlarini muhofaza qilishni amalga oshiruvchi ijro etuvchi hokimiyat organlarining tizimi O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi, O‘zbekiston Respublikasining Ekologiya va atrofmuhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, viloyat va tuman hokimliklari tashkil etadi. Yer fondlarini muhofaza qilishni amalga oshiruvchi organlarning faoliyati yer fondini muhofaza qilishni va undan foydalanishni tashkil qilishida namoyaon bo’ladi. Ushbu funksiyani tashkil etish asosida inson hayoti uchun bevosita zarur bo‘lgan yerning holatini yaxshilash, yer resurslaridan oqilona foydalanish va bu boradagi ekologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadlari tushuniladi. Davlat boshqaruv organlari yer resurslaridan foydalanish jarayonini tashkil etadilar va ularni tasarruf etish huquqini amalga oshiradilar. Davlat boshqaruv 1 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami,2017 y.,35-son, 914-modda. 2 O’zbekiston Respublikasi “ Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi qonuni. Toshkent: 1993 yil 2 sentabr. Qonun hujjatlari malumotlari milliy bazasi 01.01.2018 y. 03/18/454/0493-son. 30 organlarining ijroiya faoliyati ushbu organlarning ijroiya hokimiyatiga taalluqligidan kelib chiqib, qonunvhilik va vakillik organlarining qarorlarini amalga oshirishga qaratilgan bo’ladi. Yer fondlarini muhofaza qilishni amalga oshirishga qaratilgan bo’ladi. Yer fondlarini muhofaza qilishni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlarining ijro etish va farmoyish berish faoliyati yer resurslari to’g’risidagi qonun hujjatlarining bajarilishini ta’minlashga qaratilgan. Ijro etuvchi organlarining Yer fondlarini muhofaza qilishni amalga oshirishi borasidagi boshqaruv faoliyati quyidagi prinsiplarga asoslanishi lozim: ➢ Boshqaruvning qonuniylikka asoslanishi, ya’ni davlat boshqaruv organlarining yer munosabatlarni tartibga solishda faqat qonun hujjatlarida belgilangan vakolat doirasida hamda huquqlar asosida faoliyat yuritishi; ➢ Tarmoq va hududiy boshqaruvni muvofiqlashtirishga, ya’ni yer munosabatlarni tartibga solishda davlat organlarining faoliyati ham hududning rivojlanishini, yer resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishning ta’minlanishi; ➢ Yerlarni muhofaza qilishga oid masalalarni hal qilishda har tomonlama yondashish, ya’ni respublika xalq xo’jaligi va aholining yer resurslarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishni ta’minlash; ➢ Yer fondlarini muhofaza qilish sohasiga oid davlat boshqaruvini tashkil etish yer resurslardan foydalanish va nazorat qilish ajratish, ya’ni yer resurslaridan bevosita foydalanuvchilar nazorat qilish vakolatiga ega bo’lmasligida, yer fondi sohasida davlat boshqaruvi organlarini shakilllantirish hamda ularning faoliyatini tashkil qilishda foydalanish va nazorat qilish vakolatlarini tartibga solish; ➢ Qishloq xo’jaligi uchun mo’ljallangan yerlarning, eng avvalo sug’oriladigan yerlarning alohida muhofaza etilishini, kengayririb borilishini hamda ularni qat’iy belgilangan maqsadda foydalanilishini ta’minlash. 31 Davlat boshqaruvi organlarining yer fondini boshqarish bilan bog’liq sohada farmoyish berish ularning ijtimoiy munosabatlarini tartibga solishdagi vakolat doirasi yuridik va jismoniy shaxslarga majburiy ko’rsatmalar berish huquqidan kelib chiqadi. Ushbu majburiy ko’rsatmalar ko’p marotaba qo’llaniladigon, ya’ni ular tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlarda belgilanadi, yoki bit marotaba qo’llaniladigan, ma’lum bir yoki bir necha subyektga taalluqli bo’ladi, masalan, muayyan shaxsga yerdan foydalanish huquqini berishga oid ko’rsatmalardan iborat bo’ladi. Boshqaruv funksiyasining xarakteri yerlarni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni tashkil etishga qo’yiladigan ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va ilmiy-texnik talablar bilan belgilanadi. Boshqaruvning bunday funksiyalariga quyidagilar kiradi: ❖ davlat yer kadastrini yuritish; ❖ yerlarni muhofaza qilish va undan foydalanishni hududiy rejalashti; ❖ yerlarni foydalanish uvhun berish yoki olib qo’yish; ❖ yer tuzish; ❖ yerlarni monitoring qilish; ❖ yerlarni muhofaza qilish va undan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish va boshqalar. Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish sohasida faoliyat yurituvchi davlat boshqaruv organlari, bu faoliyatning navbatdagi huquqiy shakli, ya’ni huquqni muhofaza qilish faoliyati orqali tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza qilish qoidalari buzilgan taqdirda aybdor shaxslarni jinoiy, ma’muriy va intizomiy javobgarlikka tortish masalasi tegishli sud hokimiyati organlaria yoki huquqbuzar hizmat qilayotgan tashkilotning ma’muriyati oldiga qo’yilgan va shu orqali sud organlarida yerlarga yetkazilgan zararni undirish bo’yicha da’vo arizalari asosida yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning buzilgan huquqlarini tiklashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi. 32 Yer munosabatlarini tartibga solishda hamda muhofaza qilishda tegishli davlat boshqaruv organlari muayyan usullarni qo’llaydilar. Ular tarkibiga ruxsat berish, man etish va majburiy ko’rsatmalarberish kiradi. Yer fondi sohasini boshqarish bo’yicha davlat boshqaruv organlari qonun hujjatlariga muvofiq ma’lum vakolatlarni amalga oshiradi. Ularning ushbu vakolatlari mazkur organlarning faoliyatini tartibga soladigan qonunlarda, Yer kodeksi,” Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonun va boshqa normativhuquqiy hujjatlarda belgilab berilgan. Shunga ko’ra, ularning vakolatlarini umumiy asosda quyidagicha ko’rsatish mumkin; yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo’yicha me’yoriy hujjatlarni qabul qilish; atrof tabiiy muhitni muhofazasini ta’minlovchi me’yorlarni belgilash, ekologik standartlash; yerlarning davlat hisobini va davlat kadastrlarini yuritish; yerlar oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni rejalashtirish; yer uchastkalarini taqsimlash va qayta taqsimlash; yer tuzish; yer foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirish; nizolarni hal qilish, yerlarning melioratsiyasini tashkil etish. Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish sohasida davlat boshqaruvi masalalarini o’rganar ekanmiz, alohida e’tirof etib o’tishimiz lozimki, bu boradagi davlat organlari faoliyatining hamda ko’rilayotgan chora-tadbirlarning samardorligi ko’p jihatdan jamoat tashkilotlarning faolligiga bog’liq bo’lib hisoblanadi. Shunday ekan, yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish sohasida jamoat tashkilotlarining o’rnini hamda ahamiyatini oshirish mazkur sohani takomillashtirishda muhim mezon bo’lib xizmat qilish tabiiy. Y.G.Jarnikov ham, “Jamoat tashkilotlari faolligini oshirish bizning jamiyatimiz iqtisodiy va siyosiy tizimini hamda kelgusida demokratiyani rivojlantiruvchi omillardan biri bo’lib xizmat qiladi. Boshqaruvning yangi municipal shakli 33 vujudga keldi va rivojlanmoqda. U oldindan mavjud bo’lib kelayotgan ortiqcha markazlashtirishdan xalos etadi”1 , deb ta’kidlaydi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, shuni aytishimiz mumkinki, yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish ustidan davlat boshqaruvining mazmun-mohiyati vakolatli davlat organlari tomonidan davlat boshqaruv funksiyalarining bajarilishida namoyon bo’ladi. Boshqaruv funksiyasi yerlarni muhofaza qilish va undan samarali foydalanish uchun zarur bo‘lgan maxsus yo’nalish va tavsif bo’yicha alohida faoliyat turi bo’lib hisoblanadi. Muhofaza qilish sohasidagi davlat boshqaruv organlarining vakolatlari o’z navbatida yerlarni muhofaza qilish tashkiliy-huquqiy mexanizmida muhim ahamiyatga ega bo’lib, ushbu sohadagi qoida-talablarning amalga oshirilishining kafolati bo’lib xizmat qiladi. 2.2 Yerlarni muhofaza qilishda ekalogik nazoratning o’rni Yerlarni huquqiy muhofaza qilish monitoringi ekologik monitoring doirasida amalga oshirilib, u bilan uzviy bog’liq hamda uning alohida sohasi sifatida qaraladi. Jumladan,atrof tabiiy muhitning ifloslanish darajasini aniqlash, uning holatini baholash, salbiy jarayonlarni prognoz qilish va ularning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida ekologik monitoring o’tkaziladi. Ekologik monitoring ko’p maqsadli axborot tizimi bo’lib, uning vazifasi atrof muhitga ta’sir etuvchi manbalar va chiqindilarni kuzatish, baholash va istiqbolni aniqlashdan iborat bo’lib, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, yerlarning ifloslanishini oldini olish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta’minlash qoida talablarni amalga oshirishda namoyon bo’ladi. Ekologik monitoring o’tkazish asoslari O‘zbekiston Respublikasining bir qancha qonun hujjatlari bilan tartibga solingan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining ”Ekologik nazorat to’g’risida”gi qonuni 7-moddasida Ekologik 1Земелное право: Учебник./ Боголюбов С.А., Галиновская Э.А.;под ред Боголюбова С.А. –М.:ТК Велби,Издво Проспект,2004. –с.154. 34 nazorat obyektlari keltirilgan bo’lib unga ko’ra, “Ekologik nazorat obyektlari quyidagilardan iborat: yer, yer osti boyliklari, suvlar, o’simlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi; atrof muhitga ta’sir ko’rsatuvchi tabiiy va texnogen manbalar; atrof muhit ifloslanishiga va tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sog’lig’iga tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyat, harakat yoki harakatsizlik”1 . Ushbu qonun moddasidan ko’rishimiz mumkinki, yer ekologik nazorat obyekti hisoblanadi.Bundan tashqari, normada keltirilgan boshqa obyektlar muhofazasi ham yerni muhofaza qilish uchun zarur bo’lib, ularning ekologik nazorati ko’pincha birgalikda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yildagi №111-sonli Qaroriga Ilova sifatida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi atrof-tabiiy muhitning davlat monitoringi to’g’risida” gi Nizomga asosan, "Atrof tabiiy muhitning davlat monitoring atrof tabiiy muhitning ifloslanish darajasini aniqlash, uning holatini baholash, salbiy jarayonlarni bashorat qilish va ularning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida boshqa antropogen faoliyat ta’siri va tabiiy resurslardan foydalanish tufayli atrof muhitning ifloslanishi va boshqa zararli ta’sirga uchrashini muntazam kuzatiladigan va bajariladigan tizim hisoblanadi”2 . Shuningdek, ushbu Nizomda ko’ra, atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi uchta daraja bo’yicha amalga oshiriladi: respublika monitoringi; mintaqaviy monitoring; mahalliy (impakt) monitoring. 1O’zbekistonRespublikasining ”Ekologiknazoratto’g’risida”giqonuni (Qonunhujjatlarimilliybazasi, 10.01.2018 y., 03/18/459/0536-son) 2O’zbekistonRespublikasiVazirlarMahkamasining 2002-yildagi №111-sonliQarorigaIlovasifatidaqabulqilingan “O’zbekistonRespublikasiatrof-tabiiymuhitningdavlatmonitoringito’g’risida” giNizomga. 35 O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning monitoringi dasturi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Nizomning 12-bandiga ko’ra, atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi quyidagi davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi:ifloslanish manbalari monitoringi va yer usti ekotizimlari monitoringi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tomonidan;yerlarning ifloslanishi monitoringi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi tomonidan;atrof tabiiy muhit sanitariya-gigienik monitoringi O‘zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu normadan ko’rishimiz mumkinki, yerlarning ifloslanishi monitoringi - O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi tomonidan doimiy tarzda yer tarkibi, uning tarkibidagi moddalar va unda mavjud bo‘lgan ifloslantiruvchi moddalarning miqdori tekshirib boriladi. Bunda tegishli organlar bilan hamkorlik qilish juda muhim.O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tomonidan atrof tabiiy muhit davlat monitoringi sohasidagi faoliyat muvofiqlashtiriladi. Yuqorida keltirilgan barcha vazirliklar, idoralar va xo’jalik boshqaruvi organlari atrof tabiiy muhitning holati to’g’risidagi umumlashtirilgan axborotni Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasiga taqdim etib borishlari lozim. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi— yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan, yerlarning ishlab chiqarish chiqindilari hamda boshqa chiqindilar, radioaktiv, kimyoviy, biologik moddalar va oqova suvlar bilan ifloslanishi bundan mustasno, ekologik nazoratni amalga oshiradi. Yerlarni muhofaza qilish ustidan davlat, idoraviy, ishlab chiqarish va jamoat nazorati qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. O’zhekiston 36 Respublikasining „Ekologik nazorat to’g’risida”gi qonuni 9-moddasida ekologik nazoratning turlari keltirilgan bo’lib, ular quyidagilardan iborat: davlat ekologik nazorati; idoraviy ekologik nazorat; ishlab chiqarish ekologik nazorati; jamoatchilik ekologik nazorati. Davlat ekologik nazorati Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 5 avgustdagi 216- son qaroriga ILOVA sifatida tasdiqlangan „Davlat ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi to’g’risida” NIZOM asosida olib boriladi. Nizomda davlat ekologik nazorati obyektlaridan biri sifatida yer keltirilgan. Yerni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga amal qilinishini, davlat dasturlari va boshqa ekologik dasturlar amalga oshirilishini tekshirish, monitoringi va ekspertiza o’tkazish, yerni va tuproq resurslarining muhofaza qilinishi holatini tahlil etish, baholash va prognoz qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bu tadbirlarni amalga oshirish jarayonida mansabdor shaxslarga xo’jalik yurituvchi subyektga xo’jalik va tashkiliy-boshqaruv xususiyatiga ega bo‘lgan topshiriq berish, xo’jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga aralashish taqiqlanadi. Yuqoridagi nizomda davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organlari keltirilgan bo’lib, ushbu organlardan quydagilari yerni huquqiy muhofaza qilish sohasida nazorat faoliyatini amalga oshiriladi: Davlat ekologiya qo’mitasi —atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida; Sog’liqni saqlash vazirligi —atrof muhitning radioaktiv, kimyoviy, biologik moddalar bilan ifloslanishi yuzasidan; “Yergeodezkadastr” davlat qo’mitasi— yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan, yerlarning ishlab chiqarish chiqindilari hamda 37 boshqa chiqindilar, radioaktiv, kimyoviy, biologik moddalar va oqova suvlar bilan ifloslanishi bundan mustasno1 . Davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organlari yerni huquqiy muhofaza qilish borasida belgilangan tartibda: yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish borasida: yer ajratish; yer uchastkalaridan maqsadli foydalanish va ulardan foydalanish shartlariga rioya etish; qishloq xo’jaligi tovarlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan shudgor yerlar saqlab qolinishini ta’minlash bo’yicha tadbirlar bajarilishi holatini o’z ichiga; tuproqning unumdorligini, shuningdek yerning boshqa xossalarini tiklash va oshirishni; yerlarni suv va shamol eroziyasidan, sellardan, suv bosishidan, botqoqlashishdan, ikkilamchi sho’rlanishdan, qurib qolishdan, zichlashishdan, ishlab chiqarish chiqindilari, kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishdan, yemirilishning boshqa jarayonlaridan himoya qilinishini; qishloq xo’jalik ekinlarini buta va mayda o’rmonlar, begona o’tlar bilan g’ovlab ketishidan va yerlar holati yomonlashuviga olib keladigan boshqa jarayonlardan himoya qilishni; tanazzulga uchragan qishloq xo’jaligi ekin maydonlarini konservatsiyalashni; buzilgan yerlarning rekultivatsiyasini; yerlarning buzilishi bilan bog’liq bo‘lgan ishlarni amalga oshirishda tuproqning unumdor qatlamini kesib olish, foydalanish va saqlab qolishni; foydali qazilma boyliklarni qazib olish, qurilish va boshqa ishlar uchun berilgan qishloq xo’jaligi va o’rmon yerlarini, boshqa yerlarni, ularga zarurat qolmaganda — maqsadga ko’ra foydalanishga yaroqli holga keltirishni o’z ichiga 1VazirlarMahkamasining 2014 yil 5 avgustdagi 216-sonqarorigaILOVAsifatidatasdiqlangan „Davlatekologiknazoratiniamalgaoshirishtartibito'g'risida” NIZOM (Qonunhujjatlarima'lumotlarimilliybazasi, 15.11.2017 y., 09/17/915/0259-son) 38 oluvchi yerlarni muhofaza qilish bo’yicha tadbirlar majmuasining bajarilishini”1ni ta’minlaydi. Idoraviy hamda ishlab chiqarish ekologik nazoratlarini amalga oshirish Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 8 oktyabrdagi 286-son qarori2ga 1-ILOVA sifatida tasdiqlangan “Idoraviy ekologik nazoratni amalga oshirish tartibi to’g’risida NAMUNAVIY NIZOM” hamda ushbu qarorning 2-ILOVA si “Ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi to’g’risida NAMUNAVIY NIZOM” lar bilan tartibga solinadi. Namunaviy Nizomlarda idoraviy mansub tashkilotlarning faoliyati atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish va oqizish hamda chiqindilarni joylashtirish bilan bog’liq bo’lsa, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarida atrof muhit va tabiiy resurslar holati ustidan idoraviy ekologik nazoratni yuritish hamda ishlab chiqarish jaravonida atrof muhitga (suvga) chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalar holati ustidan ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirish tartiblari belgilab qo’yilgan. Qo’shimcha sifatida aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasida qonun yo’li bilan jamoatchilik ekologik nazorati o’rnatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 8 oktyabrdagi 287-son qaroriga 1-ILOVA sifatida qabul qilingan “Jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi to’g’risida” NAMUNAVIY NIZOM bilan jamoatchilik ekologik nazorati o’tkazish asoslari belgilangan. Bunday jamoatchilik nazorati yerni muhofaza qilish doirasida ham amalga oshiriladi. Nizomga ko’ra jamoatchilik ekologik nazorati: fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari; nodavlat notijorat tashkilotlari; fuqarolar tomonidan amalga oshiriladi3 . 1O'zbekistonRespublikasiVazirlarMahkamasining 2014 yil 5 avgustdagi 216-sonqarorigaILOVAsifatidatasdiqlangan „Davlatekologiknazoratiniamalgaoshirishtartibito'g'risida” NIZOM(Qonunhujjatlarima'lumotlarimilliybazasi, 15.11.2017 y., 09/17/915/0259-son) 2O'zbekistonRespublikasiVazirlarMahkamasining ”Ekologiknazoratsohasidanormativhuquqiyhujjatlarnitasdiqlashhaqida” 2015-yil 8-oktyabrdagi 286-sonqarori (Qonunhujjatlarima'lumotlarimilliybazasi, 15.11.2017 y., 09/17/915/0259-son) 3O’zbekistonRespublikasiVazirlarMahkamasining 2015 yil 8 oktyabrdagi 287-sonqaroriga 1- ILOVAsifatidaqabulqilingan “Jamoatchilikekologiknazoratiniamalgaoshirishtartibito'g'risida” NAMUNAVIYNIZOM (Qonunhujjatlarima'lumotlarimilliybazasi, 22.02.2018 y., 09/18/134/0809-son) 39 2.3 O‘zbekiston Respublikasida yerlarni muhofaza qilishga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish masalalari O‘zbekiston Respublikasida yerlarni muhofaza qilishga qaratilgan konstitutsiyaviy qoida-talablar, O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, maxsus vakolatli davlat organlarining qarorlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining me’yoriy hujjatlari qabul qilingan bo’lib, yer qonunchiligining tizimini tashkil etadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mustaqillik yillarida yer huquqining muhim yo’nalishlaridan hisoblangan yerlarni muhofaza qilish huquqining qonunchilik asoslari yaratildi va tobora takomillashtirilmoqda. Yer huquqi o’zining rivojlanish tarixiga ega bo’lib, o’z navbatida yerlarni muhofaza qilishga qaratilgan qonunchilik tizimi ham o’z rivojlanish tarixiga egadir. Yer qonunchiligining rivojlanish tarixini shartli ravishda uch bosqichga bo’lishimiz mumkin: Birinchi bosqich – eramizdan avvalgi ming yilliklardan (yani, shartli ravishda “Avesto” yaratilgan davrdan) to 1924 yilgacha bo‘lgan boy evolyusion davr; ikkinchi bosqich – 1924 – 1991 yillar, ya’ni sobiq ittifoq davri; uchinchi bosqich – 1991 yildan to hozirgi kungacha bo‘lgan davrga bo’lishimiz mumkin. Birinchi bosqich eramizdan ming yillar ilgarigi davrdan to sotsialistik tuzumgacha bo‘lgan davrni o’z ichiga olib, bu davrda mavjud bo‘lgan yer munosabatlariga oid hujjatlarning bazilarigina yetib kelgan xolos. Xususan, ajdodlarimizning muqaddas kitobi “Avesto” huquq manbai sifatida ko’pgina insoniy qadr-qimmatlar asosida insonning yerga nisbatan bo‘lgan munosabatlarini tartibga solishga ham xizmat qilgan. “Avesto”da atrofmuhit, yer, suv va havoni ifloslantirish og’ir jinoyat hisoblanib, buning uchun 400 qamchi urib jazolash belgilab qo’yilgan1 . Undan tashqari “Avesto”da yerdan unumli foydalanish, uni ifloslanishdan saqlash haqidagi qoidalar hamda ularga rioya 1BoboevH.B., XasanovS.X. Avestodasiyosiy-huquqiyqarashlar. // Davlatvahuquq. -2000. № 2-3. – 16 b 40 qilmaslikning huquqiy oqibatlariga alohida o’rin ajratilgan. Odam yoki it o’ligini yerga ko’mib, uni olti oygacha qazib olmagan kishi ming darra, agar bir yilgacha qazib olmasa ikki ming darra bilan urishi ko’rsatilgan1 . Uyg’onish davrining yetuk mutafakkirlaridan biri bo’lmish Ibn Sino o’z asarlarida boyligini yerga ko’madigan odamlarni manaviyatsiz va axloqsiz odamlar qatoriga kiritadi3. Mamlakatimiz tarixida yer bilan bog’liq bo‘lgan munosabatlarni tartibga solishda islom dinining muqaddas kitobi “Qur’oni karim” ham muhim o’rin egallaydi. Islom huquqi boshqa huquqiy tizimlardan nafaqat ijtimoiy hayotning barcha sohalarini balki, inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlarni har tomonlama qamrab olgan holda tartibga solishi bilan ham ajralib turadi. Islom huquqshunosligidagi asosiy huquq manbalaridan biri hisoblangan Burhoniddin Marg’inoniyning “Hidoya” asarining XXXI kitobi yer munosabatlarini tartibga solishga bag’ishlangan bo’lib, unda yerdan foydalanish tartibi belgilab berilgan. “Hidoya”da belgilanishicha, ijaraga topshirilayotgan yerning yoki boshqa mol-mulklarning foydalanish maqsadini shartnomada aniq ko’rsatish lozim bo‘lgan , aks holda ijara shartnomasi haqiqiy sanalmagan. “Hidoya”da ko’rsatilishicha, “yer ijarasi, agar undan foydalanish maqsadi ko’rsatilmasa, haqiqiy emas”. Shu bilan birga, agar ijaraga beruvchi shartnomada: “Men yerni ijaraga ijarachi xohishi bo’yicha foydalanishga beraman, degan”2 tartibda belgilasa, ijarachi o’z xohishi asosida foydalanishi mumkin. Musulmon qonunchiligida yerdan foydalanish huquqini buzganlik uchun javobgarlik masalasiga ham alohida e’tibor berilgan.Chunonchi, yerdan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanganlar javobgarlikka tortilgan.“Agar kimda-kim yerni bug’doy ekish uchun ijaraga olsa-yu, deyiladi “Hidoya”da, - beda eksa, u tuproqqa yetkazilgan zarari uchun javob beradi”3 . Ushbu davrga qisqacha xotima yasab shuni aytish mumkinki, yerlarni muhofaza qilish bilan bog’liq ijtimoiy munosabatlar turli davrlarda turli shakl va 1 Boboev H., G‘ofurov Z. O‘zbekistonda siyosiy va manaviy-marifiy talimotlar taraqqiyoti. T.:“Yangi asr avlodi” – 2001. - 76 b. 3.Irisov A. Abu Ali Ibn Sino. “Fan”,1960. - B.45. 2Хидая. Комментарии мусулманского права.Т.ИИИ.-Т.:Типо-Литография .Лахтина С.И. 1983.-С.257. 3Yerhuquqi. / Mas'ulmuharrirlarUsmonovM.B., Jo‘raevY.O. –T.: TDYuI, 2002. – B.35. 41 usul, tamoyillar asosida tartibga solingan bo’lib, o’sha davrning siyosiy, iqtisodiy rivojlanish darajasiga mos keladi. Yerlarni muhofaza qilish borasidagi qonunchilikning ikkinchi davri sotsialistik tuzum davri, yani 1924 yildan to 1991 yil – O‘zbekiston mustaqillikka erishgunga qadar davrni o’z ichiga oladi. XX asrning boshlariga kelib, yerlarni qishlok xo’jaligi maqsadlari uchun o’zlashtirish natijasida insonlar tomonidan yetkazilayotgan zarar ko’lami oshib borishiga qaramasdan, undan foydalanish va muhofaza qilishga qaratilgan qonunchilikni yaratish masalasiga deyarli e’tibor berilmagan. 1918 yilda qabul qilingan RSFSR Konstitutsiyasida yerga nisbatan xususiy mulkchilik butunlay bekor qilindi va barcha yerlar umummilliy boylik deb elon qilindi hamda hyech qanday to’lovlarsiz barcha yerlar davlat ixtiyoriga olib berilishi ko’rsatildi. 1920 yil 24 sentyabrda qabul qilingan Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasining Konstitutsiyasi yerni milliylashtirishga qaratilgan huquqiy normalari yuqorida ko’rsatilgan RSFSR Konstitutsiyasida qanday bo’lsa shundayligicha ko’chirib olindi. Bu paytda hali mustaqil hisoblangan Xorazm Xalq Sovet Respublikasining 1920 yil 30 aprelda qabul qilingan Konstitutsiyasida esa yerga nisbatan xususiy mulk huquqi saqlanib qolindi, yani fuqarolarga yer uchastkalarini xususiy mulk huquqi asosida biriktirib berishga ruxsat etilar edi. Faqat 1923 yil 20 oktyabrda qabul qilingan Xorazm Xalq Sovet Respublikasi konstitutsiyasidagina yerga nisbatan xususiy mulk huquqi bekor qilindi. Buxoro Xalq Sovet Respublikasining 1921 yil 23 sentyabrda qabul qilingan Konstitutsiyasi ham dastlab yerga nisbatan xususiy mulk huquqini saqlab qolgan bo’lsa, 1924 yil 19 oktyabrda Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi deb elon qilinishi munosabati bilan yerga nisbatan bo‘lgan xususiy mulkchilikni bekor qildi. 1924 yili O’rta Osiyoda milliy chegaralanish o’tkazilishi munosabati bilan qabul qilingan O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasida yerga nisbatan bo‘lgan xususiy mulkchilik batamom bekor qilindi va yer davlat mulki deb etirof etildi hamda yer 42 uchastkalari fuqarolarga faqat foydalanish uchungina beriladigan bo’ldi. 1937 yili qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida yer ilgarigidek davlat mulki deb elon qilinishi bilan birga yer uchastkalari yerdan foydalanuvchilarga muddatsiz, doimiy berilishi belgilab qo’yildi. Demak, yuqorida qayd etilgan hujjatlarda asosan yerlarga nisbatan mulkchilik shakli to’g’risidagi masalalar ko’rib chiqilgan bo’lib, yerlarni muhofaza qilish masalasiga umuman to’xtalib o’tilmagan. Yerlarni muhofaza qilishga qaratilgan tegishli huquqiy normalarning mavjud emasligi uni muhofaza qilishga qaratilgan moliyaviy va kapital mablag’larni ajratishga imkon yaratmas edi. yerdan foydalanuvchi yangi sub’ektlar ya’ni oldingi yersiz kambag’al dehkonlar yer resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish borasida yetarli bilimga, ishchanlik qobiliyatiga, iqtisodiy, texnik vositalarga ega emas edilar. 1954 yilning 31 dekabrda Ittifoq Ministrlar Sovetining «er fondini yagona davlat hisobiga olish to’g’risida»gi qarorida yerdan to’g’ri va oqilona foydalanishni nazorat kilib borish va hisobga olish vazifalari belgilab qo’yildi, chunki yerlarning kadastri va monitoringini olib bormasdan turib, ularni muhofaza qilishni huquqiy jihatdan tartibga solib bo’lmas edi. 1968 yil 13 dekabrda qabul qilingan “Ittifoq va ittifoqdosh Respublikalar yer qonunchiligi asoslari”da yerlarni muhofaza qilish huquqiy mexanizmidagi mavjud huquqiy bo’shliq muayyan darajada to’ldirildi. Jumladan, qonunchilik asoslarining 11-12 va 39-40 moddalarida yerdan foydalanuvchilarning yer resurslaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish bilan bog’liq majburiyatlari mustahkamlab qo’yilgan. Unda birinchi bor yer qonunchiligini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikka oid masalalar o’z aksini topgan. Ittifoq Oliy Sovetining 1970 yil 14 maydagi “yer qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik to’g’risida”gi farmoni bilan javobgarlikka tortishning iqtisodiy choralari belgilab qo’yildi. 1970 yil 25 sentyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining yer to’g’risidagi kodeksida bevosita yerlarni muhofaza qilishga bag’ishlangan bob bo’lmagan. yerlarni muhofaza qilish bilan 43 bog’liq masalalar kodeksning “yerdan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari” deb nomlanadigan bobida qisman belgilab qo’yilgan. Jumladan, 33-moddada “yerlarni muhofaza qilish va tuproq unumdorligini oshirish majburiyatlari” belgilangan bo’lib, unga ko’ra “yerdan foydalanuvchilar tuproq unumdorligini oshirish yuzasidan samarali choralarni ko’rishlari, tuproqni shamol va suv eroziyasidan saqlash yuzasidan tashkiliy-xo’jalik, agrotexnika, o’rmonmelioratsiya va gidrotexnika tadbirlari kompleksini amalga oshirishlari, yerlarning sho’rlanish, zax bosish, ifloslanish holatiga yo’l qo’ymasliklari, begona o’tlar paydo bo’lishining oldini olishlari, shuningdek, tuproqning holatini yomonlashtiruvchi boshqa jarayonlarga yo’l qo’ymasliklari zarur. Yerlarni melioratsiyalash va muhofaza qilishga, ixota daraxtlarini o’tqazishga, tuproq eroziyasiga qarshi kurashishga qaratilgan tadbirlar va yerlarni tubdan yaxshilashga qaratilgan boshqa chora-tadbirlar iqtisodiy va sotsial rivojlantirish davlat planlarida nazarda tutiladi hamda tegishli vazirliklar, davlat komitetlari, idoralar va yerdan foydalanuvchilar tomonidan amalga oshiriladi”1 . Mazkur kodeksning 32, 34, 35, 36, 37-38, 40 moddalari ham yerlarni muhofaza qilish bilan bog’liq bo‘lgan munosabatlarnitartibga solishga qaratilgan. 1978 yil 19 aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan yer davlatning mutlaq mulki deb belgilandi va fuqarolarga qonunda belgilangan tartibda yordamchi xo’jalik yuritish, bog’dorchilik va polizchilik, shuningdek yakka tartibda uy-joy qurish uchun berish mumkinligi o’rnatildi. Shu Konstitutsiyaning 13-moddasiga ko’ra fuqarolar o’zlariga berib qo’yilgan yer uchastkalaridan oqilona foydalanishga majbur ekanligi belgilandi2 . Yerlardan foydalanish sohasidagi qonunchilik rivojlana borib, bunda O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetining 1989 yil 8 iyulda bo’lib o’tgan “Kolxozchilar, sovxozlarning ishchilari, grajdanlarning shaxsiy yordamchi xo’jaliklarini va yakka tartibda uy-joy qurilishini yanada rivojlantirish 1 O‘zbekiston SSR yer kodeksi. / O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining vedomostlari. – 1970. - № 33. 401-modda. 2 O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi.-T., 1978. – 4 b 44 to’g’risida”gi Kengashida respublikaning har bir xo’jaligida tomorqa yer ajratish bo’yicha komissiyalar tuzish lozimligi takidlandi. Bundan tashqari, ushbu kengashda ilgari mavjud bo‘lgan fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo’jaliklaridagi uy hayvonlari va tomorqa yer uchastkalari miqdorlari bo’yicha cheklashlar bekor qilindi hamda bundan buyon har bir xo’jalik o’z imkoniyatlaridan kelib chiqib, fuqarolarga tomorqa yer uchastkalari ajratib berish lozimligi ko’rsatildi. Ko’rinib turibdiki, ushbu kengash ham faqat yer ajratib berishga bo‘lgan cheklovlarni bekor qilgan bo’lib, yerlarning muhofazasi haqida hyech narsa aytilmagan. Yer huquqiy munosabatlarni rivojlantirish tarixida SSSR Oliy Soveti tomonidan 1990 yil 28 fevralda qabul qilingan “SSSR Ittifoqi va ittifoqdosh respublikalarning yer to’g’risida” gi qonun asoslari muhim rol o’ynaydi. Buning sababi esa ushbu qonunda yerlarni berish tartibi, yerni berishda mahalliy Kengashlarning vakolatlari bilan bir vaqtda birinchi marotaba yerdan foydalanish qoidalari buzilganda yer-huquqiy javobgarlik masalalari huquqiy jihatdan tartibga solinganligidadir.Bu javobgarlik masalasining kiritilishi yerlarni muhofaza qilish borasida tashlangan ilk qadamlardan biridir. 1989 yil 23 noyabrda SSSR Oliy Soveti tomonidan “SSSR Ittifoqi va ittifoqdosh respublikalarning ijara to’g’risida”gi qonunda hamda “O‘zbekiston Respublikasining ijara to’g’risida”gi nizomda yer ijarasi tushunchasi obektlari, ijara shartnomasining muddati, ijarachilarning mulkiy huquqlarini himoya qilish va boshqa shu kabi masalalarni tartibga soladi. 1990 yil 20 iyunda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “yer to’g’risida”gi qonunida oldingi qonundan farqli o’laroq yerlarni muhofaza qilishga oid maxsus bob ajratilgan. Ushbu bobni tashkil qilgan 3 ta moddada (53-55- moddalar) yerlarni muhofaza qilishning mazmuni va tartibi, yerlarning holatiga ta’sir qiladigan ob’ektlar, imoratlar va inshootlarni joylashtirishga, loyihalashga, qurishga va ishga tushirishga oid ekologik talablar, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy rag’batlantirish kabi masalalar o’z aksini 45 topgan1 . Ammo mazkur qonunning 53-55-moddalarini tahlil qilar ekanmiz, ulardagi normalarning qo’proq qishloq ho’jaligida foydalaniladigan yerlar muhofazasiga bag’ishlanganligini, yerning boshqa toifalarini (o’rmon fondidan tashqari) muhofazasi bilan bog’liq normalarning yo’qligini ko’ramiz. Umuman, O‘zbekiston sobiq Ittifoq tarkibida bo‘lgan davrda yerga bo‘lgan munosabatlarni tartibga soluvchi 100 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan bo’lishiga qaramasdan ahvol yaxshi tomonga o’zgarmadi, aksincha bu boradagi munosabatlarni tartibga solish lozim darajada bo’lmadi. Yerlarni muhofaza qilish qonunchiligi rivojlanishining uchinchi bosqichini, yani mustaqillikdan to 2006 yilgacha bo‘lgan davrni shartli ravishda uchga bo’lib o’rganishimiz mumkin. Bularga: 1-bosqich: 1991 yildan to 1998 yilgacha bo‘lgan davr; 2-bosqich: 1998 yildan 2005 yilgacha bo‘lgan davr; v) 3-bosqich: 2005 yil va undan keyingi yillar kiradi. Mustaqillik yillaridagi yer qonunchiligi rivojlanishinining bunday bo’linishi shartli bo’lib, bazi olimlarimiz mustaqillik davridagi yer qonunchiligi rivojlanishini davrlarga ajratishda boshqacha ham yondashganlar.Jumladan, T.I.Karimov, P.R.Reymov, J.T.Mamatmo’minov, B.Ya. Ko’shakaevlar mustaqil O‘zbekiston da yer qonunchiligining rivojlanishi va takomillashuvini qo’yidagi uch bosqichga bo‘lgan lar; 1. Birinchi bosqich; 1990 yil 20 iyunda O‘zbekiston Respublikasining “Yer to’g’risida”gi qonuni qabul qilingan davrdan boshlab 1998 yilga qadar davom etdi. 2. Ikkinchi bosqich; 1998 yildan 2003 yilgacha bo‘lgan davrni o’z ichiga olib, bu davrda yerga oid bo‘lgan ko’plab normativ-huquqiy hujjatlar jumladan, yer kodeksi, “Fermer xo’jaligi to’g’risida”, “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”, “Davlat yer kadastri to’g’risida” va shu kabi boshqa qonun hujjatlari qabul qilindi. 1 O‘zbekiston SSRning yer to‘g‘risida qonuni. // O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining vedomostlari - 1990. - № 16-18. 294-modda. 46 3. Uchinchi bosqich; 2003 yildan, yani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 27 oktyabrdagi “2004-2006 yillarda fermer xo’jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi to’g’risida”gi Farmoni asosida ishlab chiqilgan Oliy Majlisning yangi tahrirdagi “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi qonunning qabul qilinishi bilan boshlanib, hozirgi kunga qadar davom etib kelmoqda. Mustaqillikdan so’ng yer qonunchiligining rivojlanish bosqichlari haqida gapirar ekanmiz, bunda har bir davrning o’ziga xos xususiyatlariga to’xtalib o’tsak maqsadga muvofiq bo’ladi. Yuqorida takidlaganimizdek, mustaqillikdan so’ng yer sohasidagi qonunchilik rivojining birinchi bosqichi O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan, yani 1991 yildan 1998 yilgacha bo‘lgan davrni o’z ichiga oladi. 1991 yil 31 avgustda O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligining e’lon qilinishi mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o’zgarishlar davrini boshlab berdi. Mustaqillik sharoitida, ya’ni ijtimoiy hayotning barcha sohalarida islohotlarni amalga oshirish uchun samarali huquqiy mexanizmini yaratishga, yangi ijtimoiy munosabatlarning huquqiy negizlarini ishlab chiqishga asosiy e’tibor qaratildi. Bunda, tabiat obyektlari ichida eng muhim unsurlardan bo‘lgan yer resurslariga bog’liq huquqiy normalar muhim o’rinni egallaydi. “yer o’lkamizning asosiy boyligi,degan edi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov, u yediradi, ichiradi, yashash uchun asosiy shartsharoitni yaratib beradi. Shu sababli respublikaning kelajagi, O‘zbekiston xalqining kelajagi ko’p jihatdan yerdan foydalanish munosabatlari qanday tashkil etilishiga bog’liq bo’ladi”1 . Shuning uchun ham “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida”gi qonunning 7 moddasida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining moddiy asosi uning mulkidir. Respublika hududidagi yer, yer osti boyliklari, suv va o’rmonlar, o’simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar O‘zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi, deb belgilandi2 . 1 Karimov I. A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3. – T.: O‘zbekiston, 1996. – B.216. 2 O‘zbekiston SSJning Oliy Kengash Axborotnomasi. - 1991. - №11. 268 – modda 47 “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida”gi Qonunidagi ushbu qoidalar konstitutsion qoidalar hisoblanib, ular 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasida” o’z ifodasini topdi va rivojlantirildi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi yer resurslari bilan bog’liq bo‘lgan munosabatlar uchun asosiy huquq manbasi bo’lib hisoblanadi. Konstitutsiyada mustahkamlangan shaxs, jamiyat va davlatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, madaniy-ma’rifiy kabi ijtimoiy munosabatlar bilan birga har bir mustaqil davlatning muhim belgisi sanalgan yerga nisbatan mulk huquqi alohida yerdan oqilona foydalanish va muhofaza qilish munosabatlarini tartibga solishning asosiy sharti sifatida e’tirof etilgan. Asosiy Qonunimizning 50, 54, 55 va 100-moddalarida tabiatni muhofaza qilish, tabiiy boyliklarimizdan oqilona foydalanish bilan bog’liq yerga oid huquqiy qoida-talablar mustahkamlangandir1 . Xususan, Konstitutsiyamizning 50-moddasida “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar” – deb, mustahkamlangan bo’lib, unda atrof tabiiy muhitning asosiy ajralmas qismi hisoblangan yer resurslariga nisbatan fuqarolarning majburiyatlari belgilangan. Konstitutsiyaning “Jamiyatning iqtisodiy negizlari” – deb, nomlangan XII bobi 54-moddasida mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart deb belgilab qo’yilgan. Ushbu moddada birinchidan, mulk huquqining mazmuni e’tirof etilsa, ikkinchidan, mulkdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning xo’jalik va ishlab chiqarish jarayoni bevosita yer bilan bog’liq ekanligi mustahkamlanadi. Zero ko’pchilik xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun yer ular joylashgan kenglik (joy)ni anglatsa, qishloq xo’jalik korxonalari uchun ishlab chiqarish bilan uzviy bog’liq biologik omildir. yerdan foydalanish huquqi 1 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami,2017 y.,35-son, 914-modda. 48 haqida gapirar ekanmiz, avvalo shuni anglab olishimiz kerakki, bu nafaqat foydalanish uchun berilgan huquq, balki yerdan oqilona, samarali foydalanish va uni muhofaza qilishni ta’minlash majburiyatini ham yuklaydi. Boshqacha qilib aytganda, qishloq xo’jaligi yerlaridan foydalanish huquqi va majburiyati chambarchas bog’liqdir. Konstitutsiyaning 55-moddasida “yer, yer osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” 1 deb, ifodalangan bo’lib, davlatni yerga doir siyosatining asosiy tamoyillarini o’z ichiga oladi. Ushbu konstitutsiyaviy qoidaning ahamiyati shundaki, birinchidan, mustaqilligimizni moddiy asosini tashkil etuvchi yer va boshqa tabiiy boyliklar xalqimizning umummilliy boyligi, mulki ekanligi; ikkinchidan, yer resurslaridan faqat oqilona foydalanish zarurligi; uchinchidan, yer-huquqiy munosabatlarni davlat tomonidan kafolatlanishi kabi muhim tamoyillarni mustahkamlaydi. Davlatning yer egasi sifatidagi vakolati xususiy yer egasining vakolatidan farq qiladi.Bunda davlat so’zini yerga nisbatan xo’jalik ekspluatatsiyasini amalga oshiruvchi deb emas, balki yerni fuqarolarga, yuridik shaxslarga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanish uchun yoxud yer uchastkalarini ijaraga beruvchi subyekt sifatida tushunish lozim. Asosiy Qonunimizning XXI bobida mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqiy holati belgilangan. Ushbu bobning 100-moddasida mahalliy davlat hokimiyat organlari vakolatlarining asosiy yo’nalishi sifatida-atrof muhitni muhofaza qilish kabi mas’uliyati e’tirof etilgan bo’lib, o’z navbatida viloyat, shahar, tuman hokimiyati va boshqaruv organlarining yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishdek mas’uliyatini belgilaydi. Konstitutsiyadagi qoida-talablar yerga doir huquqiy munosabatlar tizimidagi asosiy tamoyillarni mustahkamlaydi. Ushbu konstitutsiyaviy tamoyillar asosida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va 1 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami,2017 y.,35-son, 914-modda. 49 aholining ekologik xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qonun, farmon, qaror, nizomlar kabi me’yoriy– huquqiy hujjatlar qabul qilinadi. Umuman olganda, yerga oid munosabatlarni tartibga solishda bir tomondan qonun, farmon, qaror, nizom kabi me’yoriy hujjatlar, ikkinchi tomondan, ushbu qonun hujjatlari qo’llanilishiga yordam berish va davomiyligini ta’minlashda yer resurslari normativi, standart va yo’riqnomalar kabi minglab me’yoriy-texnik ahamiyatdagi hujjatlar qo’llaniladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, yer ijtimoiy munosabatlarning muhim ob’ekti sifatida milliy huquq tizimimiz deyarlik barcha huquq sohalari bilan uzviy aloqadorlikdadir.Xususan, yer tabiatning ajralmas qismi sifatida bevosita ekologiya huquqi bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ekologik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishda katta ahamiyatga egadir. Shuning bilan bir qatorda yer xo’jalik yuritishda ishlab chiqarishning muhim vositasi sifatida, yerga nisbatan mulk huquqi va ashyoviy huquqlarni qo’llashda fuqarolik huquqi, xo’jalik huquqi, qishloq xo’jalik huquqi kabi huquq sohalarida ham huquqiy tartibga solishning obyekti hisoblanadi. Yerlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holatini belgilash va kafolatlashda shuningdek, boshqa huquq sohalari, ya’ni konstitutsiyaviy huquq, ma’muriy huquq, mehnat huquqi, moliya huquqi, jinoyat huquqi, ma’muriy javobgarlik huquqi kabilarining qonunchilik hujjatlari qoida-talablaridan ham unumli foydalaniladi. Umuman olganda hozirgi kunda, yerlarni muhofaza qilishga qaratilgan qonun hujjatlari murakkab tizimga ega bo’lib, o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra biz ularni o’rganish va tahlil qilishning samarali bo’lishi uchun bu tizimni quyidagi qismlarga bo’lamiz: - yerlarni muhofaza qilishning konstitutsiyaviy asoslari; - yerlarni muhofaza qilishga qaratilgan qonunlar tizimi; - yerlarni muhofaza qilish sohasidagi qonunosti me’yoriy hujjatlari tizimi. Yuqorida yerlarni muhofaza qilishning konstitutsiyaviy huquqiy asoslarini batafsil ko’rib chiqdik. Mustaqillik yillarida yerlarni muhofaza qilishning samarali 50 qonunchilik tizimi yaratildi va hozirgi kunda mazkur tizimini takomillashtirish borasida muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Yer bilan bog’liq bo‘lgan munosabatlarni tartibga soluvchi “Yer to’g’risida”gi qonun hali mamlakatimiz sobiq Ittifoq tarkibida bo‘lgan davrda qabul qilingan bo’lib, bu davrda davlatimiz siyosiy jihatdan ham, iqtisodiy jihatdan ham, “markaz”ga to’la qaram edi, yer munosabatlarini tartibga solishda uning vakolatlari cheklangan edi. Shunday sharoitda qabul qilingan “Yer to’g’risida”gi qonuni bozor iqtisodiyoti hamda tabiat resurslaridan foydalanishning hozirgi talab va sharoitlariga javob bermasligi tabiiy bir hol edi. Respublikamiz davlat boshqaruvi tizimida ham tub o’zgarishlar ro’y berdi, joylarda hokimliklar ta’sis etildi. 1993 yil 7 mayda “Yer to’g’risida”gi qonunga o’zgartirish kiritilib, 5-7 moddalaridagi “ijroiya qo’mitalari” so’zlari “hokimiyat organlari” degan so’zlar bilan almashtirildi. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, hokimiyat organlari tushunchasi o’z ichiga “davlat hokimiyati organlari”, “ijroiya organlari”, yoki “sud hokimiyati” tushunchalarini ham qamrab oladi. Shu sababdan, yer fondlarini kim tasarruf etish huquqiga ega degan masalaga “ yer to’g’risida”gi qonun aniq javob berishi kerak edi. Undan tashqari, mustaqillikning dastlabki yillaridanoq yerga oid huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi bir qancha qonun hujjatlari qabul qilindi. Yerlarni huquqiy tartibga solishga qaratilgan qonunosti meyoriyhujjatlar tizimiga ham bir qancha misollar keltirishimiz mumkin, bularga: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 29 noyabrdagi “Yer maydonlari ajratish bo’yicha doimiy ishlovchi maxsus komissiya to’g’risida” gi Nizomini keltirishimiz mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 29 noyabrdagi “Yer maydonlari ajratish bo’yicha doimiy ishlovchi maxsus komissiya to’g’risida”gi Nizomga muvofiq Komissiya zimmasiga yerlarni muhofaza qilishga oid majburiyatlar ham yuklatilgan bo’lib, jumladan Nizomning 4-qism 5-bandida Komissiya “Yerdan foydalanishning belgilangan tartibi buzilgan taqdirda olib qo’yish xaqida takliflar kiritadi” deyilgan. 51 Yer bilan bog’liq munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik rivojining 2- bosqichi 1998 yil 30 aprelda O‘zbekiston Respublikasi yer kodeksini qabul qilishdan boshlanib to 2005 yilgacha bo‘lgan yillarni o’z ichiga oladi. Bu davr yerdan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish bilan bog’liq bo‘lgan juda ko’p qonunchilik hamda qonunosti hujjatlarini qabul qilinganligi bilan xarakterlanadi. Qo’yida biz ana shu davrda qabul qilingan meyoriy-huquqiy hujjatlarning mazmuni haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz. 1998 yil 30 aprelda O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi ijtimoiy hayotdagi barcha o’zgarishlarni hisobga olgan holda yangidan qabul qilindi. Ushbu kodeksda yer umummilliy boylik, respublika xalqi hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi, deb belgilanib, uning asosiy vazifasi hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini ko’zlab yerdan ilmiy asoslangan tarzda, oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni, xo’jalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida yer munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan iboratligi qayd etildi. Yer kodeksida davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari, yer fondi toifalarining huquqiy holati, yer tuzishning huquqiy asoslari, yer monitoringi, davlat yer kadastri, yerga nisbatan mulkchilik, yerdan foydalanish huquqining vujudga kelishi va tugatilishi asoslari hamda tartibi, yer servituti, yer uchun haq to’lash, yer egalari, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorining huquq va majburiyatlari, yerlarni pay jamg’armasiga berish, oila pudrati asosida yerdan foydalanish, yerlarni muhofaza qilish, yer xususidagi nizolarni hal etish, yer qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik kabi masalalar o’zining huquqiy asoslarini topdi. Undagi ko’pgina qoidalar yangi bo’lib, ular bugungi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotimizdagi ijobiy o’zgarishlarni tartibga solishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi. Mazkur kodeksning 11-bobi yerlarni muhofaza 52 qilish deb nomlanib, unda, yerlarni muhofaza qilishning mazmuni va tartibi, obyektlar, imoratlar va inshootlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ulardan foydalanishga oid ekologik talablar, kimyoviy yoki radioaktiv moddalar bilan ifloslangan yerlardan foydalanish, yerlardan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy rag’batlantirish kabi masalalarni tartibga soluvchi huquq normalari o’z aksini topgan. Kodeksning 12-bobi, ya’ni yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazorat deb nomlangan bo’lib, yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirishning asosiy vazifalari, yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organlar, yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilovchi normalar mustahkamlab qo’yilgan. Yerlardan oqilona foydalanish tizimi tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash tarzida bo’lishi hamda tuproqning saqlanishini, o’simlik va hayvonot dunyosiga, geologiya jinslariga va atrof muhitning boshqa tarkibiy qismlariga ta’sir o’tkazishni cheklashni nazarda tutishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksda ham “tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik” (VIII bob) belgilangan1 . Mazkur kodekslar bo’yicha yerlarni muhofaza qilish bilan bog’liq bo‘lgan huquqbuzarliklar va ularga qo’llaniladigan yuridik javobgarliklar bilan bog’liq masalalarning batafsil tahlili tadqiqot ishining keyingi boblarida yoritiladi. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida yerdan oqilona foydalanuvchilar uchun yer solig’ini belgilashda muayyan imtiyozlar belgilangan. Xususan, kodeksning soliq solinmaydigan yer uchastkalari (101 – modda) deb nomlangan moddasining o’n to’rtinchi bandida “yangi o’zlashtirilayotgan yerlar va meliorativ holatini yaxshilash ishlari olib borilayotgan sug’oriladigan yerlar - loyihada nazarda tutilgan muddatga, lekin ishlar boshlanganidan e’tiboran ko’pi 1 O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son. 53 bilan besh yilga” soliq to’lashdan ozod qilinishi ko’zda tutilgan.Shuningdek, ushbu kodeksning yer solig’i stavkalari deb nomlangan 99 – moddasida “Qishloq xo’jalik yerlarining sifati yer uchastkasi mulkdori, yer egasi yoki yerdan foydalanuvchining aybi bilan yomonlashgan (boniteti pasayib ketgan) taqdirda, yer solig’i yerning sifati yomonlashuviga qadar belgilangan stavkalar bo’yicha undiriladi”1 , deb belgilab qo’yilgan. Yuqoridagi normalar orqali yer munosabatlari subyektlarining yerdan oqilona foydalanish va uni sog’lomlashtirish bilan bog’liq faoliyatlari iqtisodiy jihatdan muayyan darajada rag’batlantirishga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 maydagi «Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasining faoliyatida yerlardan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish, ta’sirchan nazoratni ta’minlash hamda yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohalaridagi munosabatlarni kompleks tartibga solishga yo’naltirilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 oktabrdagi 5199-son “ Fermer, dehqon ho’jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfatlarini himoya qilish, qishloq ho’jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonida ham yerlardan oqilona foydalanish mehanizmi foydalanmaslik holatlarlariga nisbatan qo’llaniladigan choralar belgilangan. 1 O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son. 54 XULOSA Yerlarni huquqiy muhofaza qilish masalasi jamiyatning muhim ijtimoiyiqtisodiy, siyosiy va ekologik ahamiyatga molik bo‘lgan vazifalaridan biri bo’lib, mamlakatimizda so’nggi yillarda yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida qabul qilingan qonun hujjatlari yer boyliklariga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, ularni asrash, doimo tuproq unumdorligini oshirib borish talablarini yanada kuchaytiradi. Ammo, shunga qaramay ushbu mavzu doirasida o’z yechimini kutayotgan qator muammolar borki, ularni huquqning aralashuvisiz hal qilib bo’lmayd. Amalga oshirilgan tatqiqot ishi natijasida quyidagi amaliy ahamiyatga ega takliflar va yer qonunchiligini takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqildi: 1. So’nggi yillarda mamlakatimizda muntazam ravishda amalga oshirib kelinayotgan yerlarni muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarning samarasini yanada oshirish, bunday tadbirlarning davomiyligini ta’minlash maqsadida yerlarni huquqiy muhofaza qilish borasida kamida keyingi 15 yilga mo’ljallangan Konsepsiyasini ishlab chiqish zarur deb hisoblaymiz. Ushbu Konsepsiyani ishlab chiqishda Yergeodezkadastr davlat qo’mitasi, Ekologiya va atrof muhitni 55 muhofaza qilish davlat qo’mitasi, Qishloq xo’jaligi vazirligi va Suv xo’jaligi vazirligi mutasaddi organlar sifatida beligilanishi maqsadga muvofiqdir. 2. Bugugi kunda amaliyotda ko’p uchraydigan muammolardan bo‘lgan yerdan xo’jasizlarcha foydalanish, almashlab ekishga rioya qilmaslik, yerdan ilmiy asosda foydalanmaslik, tuproqning agrotexnika qoidalariga rioya qilmaslik, zaharli ximikatlarni ko’p miqdorda ishlatish tuproq unumdorligini pasayishiga olib keladi. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasining “Tuproq unumdorligi to’g’risida”gi qonunini ishlab chiqish va qabul qilish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. 3. Yerlarning muhofazasini ta’minlashda jamoatchilik nazoratini tashkiliyhuquqiy jihatdan shakllarish va rivojlantirish zarur. Hozirda tomorqa yerlaridan foydalanish bo’yicha jamoatchilik nazorati yo’lga qo’yilgan. Ammo, yerlarning muhofazasi bo’yicha jamoatchilik nazoratini shakllantirish va kuchaytirish bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biri bo’lib qolmoqda. Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarni yer uchastkalarining geografik joylashuvi, geolik tuzilishi, tuproq tarkibi, unumdorlik darajasi, rayonlashtirilishi, qishloq xo’jalik ekinlarining ekilganlik holati kabilardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi Nizomini ishlab chiqish. Ushbu Nizomda yerlarni muhofaza qilishda jamoatchilikning ishtirokiga oid normalar kiritish. 4.O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 38-moddasiga quyidagicha o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish taklif qilinadi: 38-modda. yer to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilganda yer uchastkasini olib qo’yish. Ushbu Kodeks 36- moddasi birinchi qismining 6 -11bandlarida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek yer to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilgan boshqa hollarda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organ yer egasini yoki yerdan foydalanuvchini qonun hujjatlarida belgilangan tegishli tartibda yo’l qo’yilgan huquqbuzarliklarni bartaraf etish to’g’risida oldindan ogohlantirganidan keyin yoki tegishli ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin belgilangan muddatda ko’rsatilgan huquqbuzarliklarni bartaraf qilmagan taqdirdayer uchastkasini bergan organga yer uchastkasini olib qo’yish haqida 56 taqdimnoma kiritadi. Yer uchastkasini bergan organ taqdimnoma asosida bir oylik muddatda yer uchastkasini olib qo’yish haqida qaror chiqaradi. Yer uchastkasini olib qo’yish masalasini hal qilish vakolat doirasiga kiruvchi organ, zarur hollarda, yer uchastkasining holatini hamda yer egasi yoki yerdan foydalanuvchi tomonidan yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning sifatini qo’shimcha ravishda tekshirishni tayinlashga haqli. Yer uchastkasi egasi yoki foydalanuvchisi yer uchastkasini olib qo’yish to’g’risidagi qarordan norozi bo‘lgan taqdirda yer uchastkasini olib qo’yish to’g’risidagi qarorni bekor qilish haqida tegishli tartibda sudga shikoyat qilish huquqiga ega”. 5. Yer sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlikni takomillashtirishning muhim yo’nalishi sifatida yer sohasidagi jinoyatlar uchun yetkazilgan zararni qoplash majburiyatini jazo chorasi sifatida yuklash istiqboli o’rganildi. Ekologik jinoyatlar uchun jazoning asosiy maqsadi bo’lib, atrof tabiiy muhitga yetkazilgan zararni real (naturada) qoplash bo’lishi, jazoning boshqa maqsadlari esa, qo’shimcha maqsadlar bo’lishi lozimligi asoslandi.Tabiatga yetkazilgan zararni qoplash usullari yoki turlari sudning hukmida ishning aniq holatlarini hisobga olgan holda belgilanishi lozim. Bunday shakllar sifatida: yer rekultivatsiyasi, suvni tozalash ishlarini amalga oshirish, zaharlangan suv havzasini tozalash va keyinchalik baliqlar bilan to’ldirish; yerni ifloslantirish natijasida zarar ko’rgan hayvonot yoki o’simlik dunyosi obyektlarini ko’paytirish. Sud tomonidan yetkazilgan zararni natura shaklida qoplashning asosiy yoki qo’shimcha jazo sifatida qo’llanilishi buzilgan yerlarni tez va real qayta tiklanishiga imkon beradi, degan xulosaga kelindi. Shu bois, O’zR JKni 521 -modda bilan to’ldirish taklif qilindi: “521 - modda. Yetkazilgan zararni natura holatida qoplash majburiyatini yuklash.yetkazilgan zararni natura holatida qoplash majburiyatini yuklash atrof tabiiy muhit, tabiiy obyektga yetkazilgan zararni bevosita qoplash orqali amalga oshiriladi. Yetkazilgan zararni natura holatida qoplash shakli (yer rekultivatsiyasi, suv havzasida baliq ko’paytirish, daraxt yetishtirish va h.k.) sud tomonidan belgilanadi. Yetkazilgan zararni natura holatida qoplashning imkoni bo’lmasa, sud 57 yetkazilgan zararni o’z mablag’lari hisobidan qoplash majburiyatini yuklashi mumkin”. 6. AQSh, Daniya, GFR, Ispaniya kabi bir qator davlatlarda ekologik jinoyatlar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi belgilangan bo’lib, ushbu ijobiy tajriba O‘zbekiston Respublikasining yer va jinoyat qonunchiligini takomillashtirishda foydali bo’lishi mumkin, degan xulosaga kelindi. Ya’ni, yerlarni muhofaza qilish qoida-talablariga rioya qilmagan yuridik shaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlikni qo’llash taklif etiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI I.RAHBARIY ADABIYOTLAR: 1. Karimov I. A. O‘zbekiston : milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.: O‘zbekiston , 1996. – 364 b. 2. Karimov I. A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3. – T.: O‘zbekiston, 1996. – 366 b. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi qishloq ho’jaligi hodimlari kunidagi nutqi. Prezident.uz. II. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIQONUNLARI VA QONUN OSTI HUJJATLARI: 1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami,2017 y.,35-son, 914-modda). 2. O‘zbekiston Respublikasining yer kodeksi. (Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son). 3. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi.(Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son). 58 4. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi.(Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son). 5. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi.(Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son). 6. O‘zbekiston Respublikasining Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi. (Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son). 7.O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.(Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son). 9. O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonuni.(Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son). 10. O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to’g’risida”gi (yangi tahriri) qonuni.(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Axborotnomasi. 2017 y,15- son.242-modda). 11.O‘zbekiston Respublikasining “Geodeziya va kartografiya to’g’risida”gi qonuni.(Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son). 12. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri to’g’risida”gi qonuni.(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 51-son, 514- modda). 13.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 oktabrdagi 5199-son “Fermer, dehqon ho’jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfatlarini himoya qilish, qishloq ho’jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni.(Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 10.10.2017 y., 06/17/5199/0078). 14.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3459-son “Qishloq ho’jaligining texnik jihozlanish darajasini yanada oshirish borasida qo’shimcha choratadbirlar to’g’risida” gi Qaror.(Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 04.01.2018 y., 07/18/3459/0505-son). 59 15.O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi to’g’risida”gi Nizom.(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Axborotnomasi. – 1996. – № 5–6. – 70-modda). 16. O‘zbekiston Respublikasining “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”gi qonuni.(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami,2016 y., 52-son, 597- modda). 17. O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi qonuni (Yangi tahriri).(Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son). 18. O‘zbekiston Respublikasining “ Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi qonuni.(Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi. 01.01.2018 y. 03/18/454/0493-son). 19.O‘zbekiston Respublikasining ”Ekologik nazorat to’g’risida”gi qonuni. (Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018 y., 03/18/459/0536-son). 20. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yildagi №111- sonli Qaroriga Ilova sifatida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi atrof-tabiiy muhitning davlat monitoringi to’g’risida” gi Nizom.(Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017 y., 09/17/915/0259-son). 21. Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 5 avgustdagi 216-son qaroriga ILOVA sifatida tasdiqlangan „Davlat ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi to’g’risida” NIZOM .(Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017 y., 09/17/915/0259-son). 22. O‘zbekiston RespublikasiVazirlar Mahkamasining ”Ekologik nazorat sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida” 2015-yil 8-oktyabrdagi 286-son qarori.(Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017 y., 09/17/915/0259-son). 23. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 8 oktyabrdagi 287-son qaroriga 1-ILOVA sifatida qabul qilingan “Jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi to’g’risida” NAMUNAVIY NIZOM.(Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 22.02.2018 y., 09/18/134/0809-son). 60 III. MAXSUS ADABIYOTLAR: 1. Nigmatov A.N. Yer huquqi. //O‘quv qo’llanma- Toshkent Islom universiteti,2001. B-198. 2. Файзиев Ш.Х.Теоретические проблемы правового обеспечения экологической политики Республики Узбекистан. Дисс. на соис. уч. степ.док.юридик.наук.Т.,2004.С-235. 3. BoboevH., G‘ofurovZ. O‘zbekistondasiyosiyvamanaviymarifiytalimotlartaraqqiyoti. T.:“Yangiasravlodi” – 2001.B- 176. 4. Yerhuquqi. / Mas‘ulmuharrirlarUsmonovM.B., Jo‘raevY.O. –T.: TDYuI, 2002.-B-245. 5.Yer huquqi. Darslik// J. T.Xolmo‘minov va boshq. -Toshkent: TDYU, 2017. 241 b. 6.O‘zbekiston da yer huquqining nazariy muammolari. Monografiya // Mas‘ul muharrir: yu.f.d. prof. J.T.Xolmo’minov. – Toshkent: TDYuI nashriyoti, 2011. – 354 bet. 7. Земелное право Украин. Учеб. пособие/Авт.кол. .: Беженаръ А.М.,Бердников Э.С., Бондар Л.А.и др/: Под ред. Погребного А.А., Каракаша И.И. -К.:Истина,2002. Б-215. 8. AlixonovB. Tabiatnimuhofazaqilishdaiqtisodiymexanizmlarnitakomillashtirish. // J.Huquq. Pravo.Law. -2000. -№4.-B.254.. 9.Ayubov U.T. yer munosabatlarini tartibga solish. // J.Hayot va qonun.1999.- №1.-B.240. 10. O‘zbekiston respublikasi Yer kodeksiga sharhlar.Toshkent2007.mualliflar jamoasi: B-359. 61
Download 45.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling