Yerni ikki XIL tuzilishi va kimyoviy tarkibi Reja
Ma’danning tuzilishi va hosil bo‘lishi bosqichlari
Download 60.5 Kb.
|
yer tarkibi
Ma’danning tuzilishi va hosil bo‘lishi bosqichlari
Foydali qazilma konlarining hosil bo‘lishi jarayonlarini o‘rganishda ma’danning tuzilishini tavsiflovchi strukturaviy va teksturaviy xususiyatlari katta ahamiyatga ega. Ma’danning bu xususiyatlari undan foydali elementlarni ajratib olish texnologiyasini tanlash va to‘g‘ri ishlab chiqishga yordam beradi. Ma’dan qazib olingandan keyin maxsus texnologik usullar yordamida undan foydali qazilma minerallari ajratib olinadi. Foydasiz qoldiq esa kerak bo‘lguncha to‘planib yotaveradi. Ma’dan minerallari zarralarining shakllari, o‘lchamlari va o‘zaro joylashish munosabatlari uning strukturasini tashkil qiladi. Ma’dan strukturasi ma’lum ma’noda uning hosil bo‘lishi jarayonini aks etdiradi. Masalan, magmaning qotishi jarayonida harorat, bosim va boshqa omillar me’yorida bo‘lsa, strukturasi tekis donador bo‘ladi. Agar magmaning tarkibida uchuvchi moddalar ko‘p bo‘lib, uning harakatchanligi yuqori bo‘lsa, kristallari yirik bo‘ladi, kamharakat moddalari esa mayda krisstallar hosil qiladi va natijada notekis donador struktura hosil bo‘ladi. Metamorfizm jarayonining yo‘nalishi o‘zgaruvchan bosim sharoitida kechib o‘tgan holda minerallar odatda varaqsimon struktura hosil qiladi; plastinkalar esa kristallashish vaqtida ustun bo‘lgan bosim yo‘nalishiga ko‘ndalang yo‘nalishda shakllanadi. Qotish jarayoni qandaydir bir zarra yoki boshqa markaz atrofida asta-sekin rivojlansa, ketma-ket haraqatlardan iborat zonal struktura vujudga keladi va hokazo. Strukturalar ularni keltirib chiqargan jarayon nomi bilan ham atalishi mumkin. Tarkibi, shakli, o‘lchamlari va strukturasi bo‘yicha har xil bo‘lgan minerallarning o‘zaro joylashishi ma’danning teksturasini belgilaydi. Shuning uchun ma’dan strukturasi ko‘pincha mikroskop ostida aniqlansa, uning teksturasini qurolsiz ko‘z bilan ham bemalol o‘rganish mumkin. Ma’danning teksturasida uning shakllanishi jarayonini ko‘rsatuvchi belgilar iz qoldiradi. Teksturalar yaxlit, sidirg‘a, dog‘simon, hollanma, tomirli, yo‘l-yo‘l, kuyasimon, kukunsimon, tangasimon, kurtaksimon, druzali kabi shu ma’danning tashqi tuzilishini tavsiflovchi so‘zlar bilan ifodalanadi. Masalan, likvatsion konlardagi mis va nikelning sulfidlaridan iborat ma’danlar ko‘pincha yaxlit, tomchilangan, tomirsimon-tomchili, ba’zan brekchiyasimon teksturalarda namoyon bo‘ladi. Jinslarning darzliklari ichida tinimsiz harakatda bo‘lgan suvdagi eritmalar pirovardida tomirsimon teksturalar ko‘rinishida shakllanadi va hokazo. Ma’danlarning struktura va teksturalari ularning shakllanish tarixida kechib o‘tgan bosqichlarni, ya’ni etap va stadiyalarini o‘rganish imkonini beradi. Bir jarayon (masalan, magmatik, gidrotermal, nurash va hokazo)davomida hosil bo‘lgan minerallar va tog‘ jinslari ana shu jarayon nomi bilan (magmatik etap, gidrotermal etap va hokazo deb) nomlanadi.Bir etap davomida ma’danlashish jarayoni tektonik jonlanish davrlari bilan bir necha martalab bo‘linishi, ya’ni almashinib turishi mumkin. Ana shunday tektonik yoki o‘rnini bosuvchi buzg‘unchi harakatlarning biri bilan ikkinchisi orasida o‘tgan davr ichida hosil bo‘lgan minerallar majmuasi ma’danlashish stadiyasini tashkil qiladi. Ma’dan konlari birgina stadiya davomida hosil bo‘lgan bo‘lsa, oddiy, bir necha stadiya davomida hosil bo‘lgan bo‘lsa, «murakkab konlar» deb ataladi. Masalan, O‘zbekistonda keng tarqalgan skarnsheelit konlarida 10dan ortiq stadiya ajratilgan. Stadiyalar bir-biridan eski minerallarning yangilari bilan kesilishi yoki eskilarning yangilari bilan sementlashishi asosida ajratiladi. Download 60.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling