Mavzu: Tog` jinslarining strukturaviy mexanik xossalari


Download 96 Kb.
bet1/3
Sana23.04.2023
Hajmi96 Kb.
#1392016
  1   2   3
Bog'liq
1Tog` jinslarining asosiy mexanik xossalari Tоg’ jinslаrining d


Mavzu:Tog` jinslarining strukturaviy mexanik xossalari

Reja:


  1. Kirish

  2. Tog` jinslari tuzilishi va strukturasi

  3. Tog` jinslarining asosiy mexanik xossalari

  4. Tog` jinslarining asosiy mexanik xossalari

  5. Tоg’ jinslаrining dеfоrmаtsiyasi vа mustаhkаmlik хоssаlаri

  6. Tоg’ jinslаrining mехаnik хоssаlаrini аniqlаsh usullаri

  7. Xulosa

  8. Foydalanilgan adabiyotlar.


Tog` jinslari tuzilishi va strukturasi
"Togʻ jinslari tuzilishi." umumlashma termin boʻlib, togʻ jinslarining strukturasi va teksturasi tushunchasini oʻz ichiga oladi. Struktura minerallarning oʻlchami, shakli va oʻzaro joylanishi bilan aniklanadi; tekstura togʻ jinslarining yirikroq tarkibiy qismi (mineral agregatlar)ning umumiy hamda boʻshliqda joylashish xususiyatlari bilan aniklanadi . Magmatik togʻ jinslarining strukturasi magmaning tarkibi va uning sovish sharoitlariga bogʻliq. Otqindi, tomir va effuziv jinslarda ular turlicha boʻladi. Otqindi jinslar uchun toʻliq kristalli strukturalar xos boʻlib, unda jinslarning barcha moddalari qayta kristallanadi. Magma tarkibida uchuvchi komponentlarning boʻlishi kristallanish qrrasini pasaytiradi va magmaning qayishqokligini kamaytiradi, bular esa kristallizatsiya jarayonini toʻliq boʻlishiga sabab boʻladi. Shuning uchun, nordon magmaning chuqur sharoitda, uchuvchi komponentlarni saqlagan holda sekin sovishi toʻliq kristallangan donador jinslar (granit) hosil boʻlishiga olib keladi. Idiomorfizmning turli darajadagi jins hosil qiluvchi minerallar yigʻindisi boʻlgan strukturalar — gipidiomorf donadorli (granit, siyenit va dioritlar) deyiladi. Eritmadan bir vaqtning oʻzida dala shpati va kvarsning ajralish i pegmatitsimon yoki grafiksimon s trukturalarning paydo boʻlishiga sabab boʻladi. Kristallarning nisbiy oʻlchamiga qarab, tekis donador va notekis donador boʻladi. Notekis donadorlari porfirli va porfir koʻrinishli boʻladi. Porfir koʻrinishli strukturalarda togʻ jinsining massasi mayda va oʻrta donali boʻlib, aloxida minerallarning yirik porfirli boʻlakchalaridan tashkil topadi. Otqindi j inslardag i teksturalar orasida eng avvalo massivli yoki bir jinsli teksturalar boʻlib, ularda barcha minerallar jins boʻylab bir tekisda tarqalgan va hamma maydonlarda taxminan bir xil tarkib va strukturaga ega boʻladi. Har xil jinsli taksitli teksturalar ham keng tarqalgan
Kirish
Murakkab gid­rogeologik, muhandislik-geologik va kon-texnik sharoitlarda foydali qazilmalar konlarini о‘zlashtirish - geologiya, geofizika, geotektonika, mexanika kabi fundamental fanlarning yutuqlaridan foydalanish zaruratining yuzaga kelishiga sabab bо‘ldi. Chunki, matematika, fizika, kimyo, mexaniqa, geologiya fanlari siklining yutuqlari asosida foydali qazilmalar konlari qazilganda yer qa’rida sodir bо‘layotgan murakkab hodisalar va jarayonlarning ilmiy tushunchasini ta’minlash, va konchilik ishi zamonaviy texnikasini tubdan takomillashtirish uchun ilmiy asoslangan baza yaratish mumkin.
Karyerlarda kon ishlarini xavfsiz olib borish borasidagi dolzarb mummolardan biri –pog‘onalar, bortlar va tuproq uyilmalari deformatsiyalari bilan kurashish sanaladi. Bu muammoni muvaffaqiyatli hal qilish uchun, tog‘ jinslari massivining holatini boshqarish uslublarini о‘zlashtirib olish zarur. Konchilik ishi insoniyat faoliyatining asosiy ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, hayot darajasi va sivilizatsiyaning o‘sishini ta’minlaydi. Kon ishlari sanoat ishlab chiqarishning yetakchi tarmog‘i sifatida konlarni geologik o‘rganish, ularni qazib olish, qazib olingan xom-ashyoni dastlab qayta ishlash, konchilik korxonalarini qurish va turli vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan yer osti inshootlarini barpo etish kabi ishlarni o‘z ichiga olad.
i Foydali qazilma konlarini yer osti, ochiq, geotexnologik va boshqa usullarda qazib olish tamoyillarini o‘zlashtirish ushbu fanning vazifasi hisoblanadi. Konchilik sanoati kon ishlari tarkibini tashkil qiluvchi bo‘g‘in sifatida foydali qazilma konlarini qazib olish va dastlabki boyitish ishlarini amalga oshiradi.
Konchilik sanoatining rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti va mudofaa quvvati hamda mustaqilligini mustahkamlashda katta ahamiyatga egadir. O‘zbekiston Respublikasi konchilik sanoati rivojlangan mamlakatlar qatorida yetakchi o‘rinlarda turadi.


.

Download 96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling