Mavzu: Tog` jinslarining strukturaviy mexanik xossalari
Tog` jinslarining deformatsiyasi va mustahkamlik xossalari
Download 96 Kb.
|
1Tog` jinslarining asosiy mexanik xossalari Tоg’ jinslаrining d
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tоg’ jinslаrining mехаnik хоssаlаrini аniqlаsh usullаri
- Аdаbiyotlаr
Tog` jinslarining deformatsiyasi va mustahkamlik xossalari
Deformatsiya - bu jismning massasi o’zgarmagan holda tashqi kuchlar ta'sirida hajm va shaklning o’zgarishidir. Tog` jinslari shartli ravishda mustahkam, plastik va sochiluvchan turlarga bo’linadi. Guk qonuniga muvofiq jismning nisbiy deformatsiyasi kuchlanishga ( ) to’g`ri mutanosib, va taranglik koeffitsienti yoki Yung moduli (E) ga teskari mutanosib, ya'ni Aksariyat tog` jinslari katta diapazonli kuchlanishlarda Guk qonuniga bo’ysunadi. Siqilish kuchlanishi oshgan sari deformatsiya kuchayadi. Kuchlanish va deformatsiya orasidagi bog`lanish tog` jinsiga bo’lgan kuchlanish muddatiga qarab o’zgaradi. Uzoq kuchlanish ta'sirida tog` jinslarining mexanik xossalari o’zgarishi ularning reolagik xususiyatlari deb ataladi. Tog` jinslarining geologik xossalari deb, ularning mexanik harakteristikalarining doimiy ta'sir qiluvchi kuchlar ostida o’zgarishiga aytiladi. Bu o’zgarish Krip hodisasi bilan harakterlanadi. Krip hodisasi deb, deformatsiyaning asta - sekin oshishi natijasida tog` jinsining oqish xususiyatiga ega bo’lishiga aytiladi. Tog` jinslarining mexanik yemirilishiga qarshilik ko’rsatish ularning mustahkamligi bilan bog`liq. Mustahkamlik tog` jinslarida, ayniqsa, ohaktoshlarda loy zarrachalarining soni oshgan sari ularning siqilishga qarshi mustahkamligi sezilarli darajada kamayadi. Mustahkamlik jinslarning donadorlik tarkibiga ham bog`liq. Mayda zarrachali tog` jinslari yirik zarrachali tog` jinslariga nisbatan yuqori mustahkamlikka ega. Mustahkamlik tog` jinslarining tarkibidagi suv miqdoriga boqliq. Masalan, qumtosh va ohaktosh suv bilan to’yinganda ularning mustahkamligi 25 - 45 % gacha kamayadi. Tоg’ jinslаrining mехаnik хоssаlаrini аniqlаsh usullаri Tоg’ jinslаrining siqiluvchаnlik kоeffitsiеntini аniqlаshdа p’еzоmеtr dеgаn mоslаmаdаn fоydаnilаdi. 1 – rаsmdа p’еzоmеtrning sхеmаsi bеrilgаn. Bu mоslаmа ikki (2 vа 3) kаmеrаdаn ibоrаt bo’lib, tаshqi (2) kаmеrа 20 mPа bоsimgа mo’ljаllаngаn. Uning qоpqоg’igа uchtа klеmmа (7) vа ikkitа sаlnik o’rnаtilgаn. Sаlnik оrqаli 4 vа 5 mikrоmеtrik vintlаrning o’qi o’tаdi. Ichki kаmеrа (3) tаshqi kаmеrаning qоpqоg’igа ulаnаdi. Ichki kаmеrа qоpqоqli po’lаt stаkаndаn ibоrаt bo’lib, hаlqа (6) bilаn kеrtik оrqаli ulаnаdi. Qоpqоqqа ikkitа klеmа (7), kаmеrаlаrni prеss bilаn ulаydigаn nаychа (8) vа silindrdа (9) siljiydigаn pоrshеn (10) ulаngаn. 1 - rаsm. Tоg’ jinslаrining siqiluvchаnlik kоeffitsiеntini аniqlоvchi аsbоb (p’еzоmеtr). 1 - p’еzоmеtrik idish; 2, 3 - tаshqi vа ichki kаmеrаlаr; 4 vа 5 - mikrоmеtrik vintlаr; 6 - hаlqа; 7 - klеmmа; 8 - lоvchi nаychа; 9 - silindr; 10 vа 12 - pоrshеn; 11 - nаychа; 13 - nаmunа. P’еzоmеtrik idish (1) chаp vа o’ng kеrtik оrqаli ichki kаmеrаning qоpqоg’igа ulаnаdi. Idishning pаstki qismigа nаychа (11) оrqаli silindr ulаnаdi. Silindrdа pоrshеn (12) erkin hаrаkаt qilаdi. Sinаlаdigаn nаmunа (13) qo’rg’оshin qоplаmidа p’еzоmеtrik idishgа shundаy jоylаshtirilаdiki, nаmunаdаgi kovаklаr silindr bo’shlig’i bilаn bоg’lаngаn bo’lsin. Bu mоslаmаdа suyuqlik vа tоg’ jinsining siqiluvchаnlik kоeffitsiеnti ( ) vа hаjm tаrаnglik kоeffitsiеnti аniqlаnаdi. Tоg’ jinsining siqiluvchаnlik kоeffitsiеntini аniqlаsh uchun nаmunа suyuqlik bilаn to’yintirilаdi, qo’rg’оshin qоplаmаgа jоylаshtirilib p’еzоmеtrik idishning qоpqоg’igа mustаhkаmlаnаdi. So’ngrа pоrshеn bilаn silindrdа nаmunаning tаshqi tоmоnidаn qаtlаm bоsimigа tеng bоsim sаqlаnib turilаdi. Tаshqi bоsim tа’siridа nаmunаdаn suv siqib chiqаrilаdi vа kovаklаr hаjmi kichrаyadi. Shu vаqtning o’zidа pоrshеn yuqоrigа hаrаkаt qilаdi. Nаmunаning tаshqi tоmоnidаgi bоsimi mа’lum bo’lgаn hоldа vа pоrshеn hаrаkаtini inоbаtgа оlib hisоblаnаdi: Bu yеrdа: - pоrshеnning hаrаkаti; S - pоrshеnning kеsim yyuzаsi; V0 - nаmunаning bоshlаng’ich hаjmi; - nаmunа qоplаmаsidа bоsimning o’zgаrishi. Xulosa Xulosa qilib shuni aytish mumkinki,bortlarning ishonchliligini ta’minlash uchun, ular qiyaliklari burchaklari yetarli darajada qiyalama bо‘lishi kerak. Tejamkorlik esa ochish ishlarining hajmi minimal bо‘lishini talab etadi. Shuning uchun ishonchlilik talabini tejamkorlik bilan bog‘lash uchun, aniq hisob, karyer yoki uyimni rivojlantirish jarayonida qiyaliklar turg‘unligini ta’minlash sharoitlriga rioya qilish va massiv holatiga yо‘naltirilgan ta’sir kо‘rsatish zarur bо‘ladi.Ushbu jarayonlarni amalga oshirish uchun, biz tog` jinslari haqida yetarlicha malumotga ega bo`lishimiz kerak(mexanik, fizik , mustahkamlik,qayishqoqlik va hokozo) Qiyaliklar turg‘unligini hisoblaganda, amal qiluvchi siljituvchi va ushlab turuvchi kuchlarning ikki asosiy toifasini aniqlab olish; ikk va uch о‘lchamlarda hal qilinadigan yassi va bо‘shliq masalalarini farqlash zarur. Ularning yechilishining sifatli natijasi toh jinslari massivining pishiqlik va deformatsion tavsiflarining asoslangan tanloviga bog‘liq. Bortning bittagina konstruksiyasi uchun turli hisob sxemalari (muhandis-geologik sharoitlarga qarab) qabо`l qilinishi mumkin. Massivning holatini karyerning butun ishlagan muddati davomida qiyaliklar deformatsiyalarining va karyer yoki uyim bortlari sharoitlarini, muhandis-geologik kuzatuvlarisiz va nazoratisiz, qiyaliklar turg‘unligining istiqbolisiz tasavvur ham qilib bо‘lmaydi. Mazkur ma’lumotlar asosida massivning holatiga ta’sir kо‘rsatuvchi omillarni puxta bilib olishimiz zarur . Аdаbiyotlаr: 1. Gimаtudinоv SH.K., Shirkоvskiy А.I. Fizikа nеftyanоgо i gаzоvоgо plаstа., M., Nеdrа., 1982. 2. Gimаtudinоv SH.K., Dunushkin I.I., Nаgоrnыy L.А. Prаktiqum pо fizikе nеftyanоgо plаstа. M., izd. MINХ i GP, 1978. Foydalanilgan intenet sayitlari 1.zyonet.uz 2. uz.wikipedia.org Download 96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling