Dars bayoni. - Dars bayoni.
- O’qituvchi: xurmatli o’quvchilar bugungi darsimiz mavzusi Gidrosfera bo’lganligi uchun biz bu mavzuni guruxlarga bo’lishimiz mumkin marhamat:
- 1-guruxdan. 1- o’quvchi: Yerning suv qobig’i gidrosfera deb ataladi (gidro – suv, spxaira – shar degani). Gidrosfera 3 xil suyuq, qattiq va bug’ holatida uchraydi.
- 2-o’quvchi. Gidrosfera bir qancha qismlardan iborat. Quyidagi jadvalda Gidrosferaning asosiy qismlarini ko’rishimiz mumkin.
- 3-o’quvchi: gidrosferadagi suvning asosiy qismi okeanlardan yig’ilgan. Biroq bu suv juda sho’r bo’lganligi uchun undan ichishga va ekinlarni sug’orishga foydalanib bo’lmaydi.
- 4-o’quvchi: quruqlikdagi suvning asosiy qismi zovir o’lkalardagi muzliklarda to’plangan. Muzliklar suvi chuchuk, toza suv, lekin odamlar yashaydigan joylardan uzoqda bo’lganligidan foydalanish qiyin. Biroq issiq o’lkalarning baland tog’laridagi muzliklar yozda daryolarga suv berib turadi.
2-guruxdan: 1-o’quvchi: Dunyoda 4 ta okean Tinch, Atlantika, Hind, SHimoliy muz okeanlari. Ularning hammasi birgalikda dunyo okeanlari deb ataladi. - 2-guruxdan: 1-o’quvchi: Dunyoda 4 ta okean Tinch, Atlantika, Hind, SHimoliy muz okeanlari. Ularning hammasi birgalikda dunyo okeanlari deb ataladi.
- 2-o’quvchi: Tinch okeani – eng katta va eng chuqur okean. Maydoni butun quruqlikni maydonidan katta – 178,7 mln km.2. Eng chuqur joyi – Mariana botig’i – 11022 m.
- 3-o’quvchi: Atlantika okeani – kattaligi jihatdan 2-o’rinda turadi. Maydoni 91,7 mln km.2. Eng chuqur joyi Puerto-Riko botig’i – 8747 m.
- 4-o’quvchi: Hind okeani – maydoniga ko’ra 3-o’rinda turadi. Uning maydoni – 76,2 mln km.2. Eng chuqur joyi – Zond botig’i.
- 5-o’quvchi: SHimoliy muz okeani – eng kichik okean – maydoni 14,1 mln km.2. eng chuqur joyi – 5527 m. Bu okean SHimoliy Qutb atrofida joylashganligi tufayli eng sovuq okean hisoblanadi. Ko’p qismi doimiy muzlik bilan qoplanib yotadi.
3-guruxdan: 1-o’quvchi: o’zan deb ataluvchi chuqurlikda oqayotgan suv oqimi – daryo deb ataladi. O’zan daryo vodiyining suv oqadigan qismi. - 3-guruxdan: 1-o’quvchi: o’zan deb ataluvchi chuqurlikda oqayotgan suv oqimi – daryo deb ataladi. O’zan daryo vodiyining suv oqadigan qismi.
- 2-o’quvchi: odatda daryolar ham oqib turadi. Lekin iqlimi quruq o’lkalarda issiq, yog’in kam vaqtlarda ancha qurib qoladigan daryolar ham bor.ularni vaqtincha qurib qoladigan daryolar deyiladi. Har bir daryoning boshi va quyar joyi bor. Daryo boshlanadigan joy uning manbai deb ataladi. Daryo qayerdan boshlanmasin, ularning irmoqlari bo’lsa, katta sersuv daryolarga aylanadi, irmoqlar deb daryoga yon tomondan kelib quyiladigan kichikroq daryolarga aytiladi.
- 3-o’quvchi: ko’p daryolar okean, dengiz, ko’l ya’ni boshqa daryolarga kelib quyiladi. Daryoning okean, dengiz, ko’l ya’ni boshqa daryolarga quyiladigan joyi daryoning manbai deyiladi.
- Rasmga qarab 4-o’quvchi: Amazonka havzasi eng katta daryo bo’lib, maydoni 7 mln km.2.dan iborat. Eng baland sharshara Anxel. U Janubiy Amerikada joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |