Yerqo`rg`on (shahar xarobalari)


Download 379.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/16
Sana05.01.2022
Hajmi379.61 Kb.
#225851
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
yerqorgon arheologiyasini organish . (3)

Otashparastlar daxmasi  

 

Zardo`shtiylik o`rta osiyo va So`g`dda qadimdan mavjud bo`lganligi to`g`risida 

yozma manbalar guvohlik beradi. Bu ma`lumotlar Yerqo`rg`onda daxmani qazish 

ishlari olib borilganda o`z isbotini topdi.  

 

Yerqo`rg`on dahmasi - So`g`diyona antik arxitekturasidagi o`z mohiyati va 



maqsadiga ko`ra noyob to`rt burchakli monolit shakliga ega bo`lgan, -g`arbiy va 

sharqiy old tomonida ikki marosim maydoni mavjud bo`lgan shaklni eslatadi. 

Yerqo`rg`on dahmasini bo`rtma asosi o`ziga xos bo`lib, na Hindistondagi 

parslarning "jimlik minoralari", na erondagi qoya sag`analari va ustunli yodgorlik 

inshootlariga o`hshaydi. Biroq dahma arxitektonika va dekorining detallari etarli 

darajada qadimgi sharqiy va ellin arxitekturasida an`anaviydir. Devorlarining bir 

maromda vertikal tarzda tekislab chiqilishi, asosiy zinaning konstruktsiyasi, dahma 

old tomoni devorining ustki qismini bezab turgan tishli merlonlar va bezakli to`g`ri 

burchakli g`ishtchalar - bularning hammasi qadimgi sharq arxitekturasida, 

shuningdek, orol oldi sak qabilalarining qabr inshootlari va ellin shahri 

oyxonumdagi ibodatxona - yodgorlik arxitekturasida ham o`z aksini topgan.  

 

Dahmadan topilgan oz miqdordagi sopol material miloddan avvalgi II asrga oid.  



Dahma ko`p faoliyat ko`rsatmagan, u taxminan mil.  av. II asrda xom -g`isht bilan 

yopib tashlangan. Ehtimol u shahar tashqi devori barpo qilingandan so`ng bu 

ahvolga kelib qolgan bo`lishi mumkin, chunki u dahma to`g`risidagi ilohiy 

qonunlarga amal qilgan holda amalga oshirilgan. Ushbu qonunlarga ko`ra, bu kabi 

marosimlarni shahar kvartallari orasida o`tkazish mumkin bo`lmagan. yuqoridagi 

maydon vayron qilingan. G`arbiy tomonda olib borilgan tozalash ishlari jarayonida 

ustki tomonidan g`isht va tuproq aralashmasidan yopilgan oq ohakli 

qoplamalarning qoldiqlari topildi. Shu bilan birga, odam mayda suyaklari, tishlar, 

qimmatbaho taqinchoq va noyob sopol bo`laklari topildi. Dahmaning sharqiy old 

qismidan esa odam bosh chanog`ining ba`zi qismlari va erkak kishining naysimon 

suyaklari joylashgan siniq xumcha topildi. Ikkinchi bosh chanoq g`arbiy yon 

bag`irning etagidan topildi. Dahmaning ustki qismida So`g`dning yunon-

baqtriyaliklardan tortib olgan mil. Av. I asrda yashagan, kelib chiqishi saklardan 

bo`lgan naxshab xukmdorlari sulosasiga talluqli bo`lgan kishilarning jasadi 

saqlangan va dahma ularga tegishli bo`lgan.  

 

Fanda ma`um bo`lgan Hindiston va eron parslarining dahmalari yangi davr va 



qisman o`rta asrlar davriga mansub edi. Biroq 1940 yildayoq xorazmdagi 


Download 379.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling