Yetakchi mamlakatlarning davlat moliya tizimi


Download 467.34 Kb.
bet1/4
Sana23.12.2022
Hajmi467.34 Kb.
#1045785
  1   2   3   4
Bog'liq
Yetakchi mamlakatlarning davlat moliya tizimi

Yetakchi mamlakatlarning davlat moliya tizimi.

MMT-84 Diyorov Jamshid

Reja :

1.Davlat byudjeti tizimi

2. Davlat krediti va mahalliy hokimiyat organlari kreditlari, federativ davlatlarda esa – federasiya a’zolarining krediti;

3. Maxsus nobyudjet fondlar;

4. Davlat korporasiyalari moliyasi.

Yetakchi xorijiy mamlakatlarning davlat moliya tizimi moliyaviy munosabatlarning quyidagi bo‘g‘inlaridan iborat:


Davlat byudjeti tizimi;

Davlat krediti va mahalliy hokimiyat organlari kreditlari, federativ davlatlarda esa – federasiya a’zolarining krediti;

maxsus nobyudjet fondlar;

davlat korporasiyalari moliyasi.

Bu davlatlarda byudjet tizimining tarkibiy tuzilmasi, eng avvalo, davlat tuzilishiga bog‘liq. Unitar (yagona) davlatlarda byudjet tizimi quyidagi ikki bo‘g‘indan iborat:


Davlat byudjeti

ko‘p sonli mahalliy byudjetlar (shaharlar, okruglar, qishloq okruglari byudjeti).

Federativ davlatlarda byudjet tizimi uch bo‘g‘indan tarkib topgan:

Federativ davlatlarda byudjet tizimi uch bo‘g‘indan tarkib topgan:

  • davlat byudjeti, yoki federal byudjet yoki markaziy hukumat byudjeti;
  • federasiya a’zolari byudjetlari (AQShda – shtatlar byudjeti, Kanadada – provinsiyalar byudjeti, GFRda – yerlar byudjeti, Shvesariyada – kantonlar byudjeti va h.k.); -
  • mahalliy byudjetlar.

Rivojlangan yetakchi xorijiy mamlakatlar moliya tizimining yetakchi bo‘g‘inlaridan biri Davlat byudjetidir. U davlat va o‘z-o‘zini boshqarish hududiy organlarining funksiyalari va vazifalarini moliyaviy ta’minlashga mo‘ljallangan markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondini shakllantirish va undan foydalanish shaklidan iboratdir. Davlat byudjeti mamlakatning joriy yildagi asosiy moliyaviy rejasi hisoblanib, qonun kuchiga egadir. U har yili mamlakatning qonunchilik hokimiyat organi – parlament tomonidan tasdiqlanadi. Favqulodda vaziyatlarda (urushlar, iqtisodiy tanazzullar va boshqalar davrida) hukumat Davlat byudjetining mablag‘lariga tayanadi va ular yordamida o‘sib boruvchi davlat xarajatlarini qoplaydi.


Download 467.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling