Yetakchi zamonaviy konsultativ nazariyalar va texnologiyalar
Download 41.32 Kb.
|
Yetakchi zamonaviy konsultativ nazariyalar va texnologiyalar
"Kerak" va "lozim". Agar dunyo shaxs o’zi istaganiday bo'libchiqmasa, buni hazm qilolmaslikka doir fikrlar. Masalan, "Yigitkishining sochi kalta bo'lishi lozim". Bu birinchi guruhga o'xshab ketadi.
"Tanbehlar". Odam o'zi yoki boshqa birov qilinishi kerak va lozimbo'lgan ishni qilmasa, yuzaga keladigan kamsituvchi fikrlar. "U vaqtidakelmaydi. Yaxshi odam emas". Irratsional fikrlar nomidan ko'rinib turibdiki, ratsional emas — ya'nihaqiqatga, sog'lom aqlga to'g'ri kelmaydi. Irratsional fikrlar kishidaqancha ko'p bo'lsa, olamga moslashishi, odamlar bilan munosabatdabo'lishi qiyinlashadi. Bu esa nevrozga olib borishi mumkin. Nevrozdanuzoq turish uchun — hayot, odamlar haqida qat'iy fikrga ega bo'lmaslik,butun dunyoni o'ziga moslashtirishga intilmaslik lozim. Aynan shu irratsional fikrlar shaxsning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Albert Ellis shunday irratsional ishonchlardan qutulish sxemasini ishlab chiqdi. Ushbu sxema quyida havola etilmoqda. Albert Ellis fikriga ko’ra irratsional fikrlardan xalos bo’lish uchun ularni parchalash lozim ekan. Ana shunda inson o’zida kutilgan xulqatvorni shakllantira olar ekan. O’rinli savol tug’ilishi tabiiy. Irratsional fikrlarni qanday qilib parchalash mumkin?! buning uchun shaxs o’zidagi irratsional fikrlarni ratsional ishonchlarga aylantirishi lozim. masalan, hamma meni yaxshi ko’rishi lozim, bo’lmasa men noqulay ahvolga tushaman qabilida emas hamma meni yaxshi ko’rmasa ham o’zimni yaxshi his qilaveraman yo’sinida fikrlashga odatlanishi lozim. Sotsial psixoologik treninglarda qatnashayotgan turli yoshdagi a’zolar ham tafakkur tarzida mavjud bo’lgan shu kabi irratsional ishonchlar sabab turli psixologik muammolar bilan to’qnashadilar. Shuning uchun ham bugungi kunda psixologik treninglarda trener tomonidan ratsional emotiv terapiya g’oyalaridan samarali foydalanilmoqda. Natijada, trening ishtirokchilarida shaxsda shakllanib qolgan irratsional fikrlarni ratsionaliga almashtirish malakasi shakllanmoqda. Transakt tahlil amerikalik psixolog va psixiatr Erik Bern tomonidan ishlab chiqilgan. U psixoanaliz (tahlil) g'oyalarini rivojlantirib, nazariy psixologiya va psixoterapevtik amaliyotdagi o’ziga xos yo'nalishlardan biri— «transakt tahlil»ga asos soldi. Bu tahlilga ko'ra, shaxsda uch EGO holati mavjud u 3 qism - bolalik, ota-onalik, yetuk odamdan iborat. Erik Bern fikricha, inson shaxslararo munosabatlarda, umuman hayotining har bir jabhasida, ushbu holatlardan birida bo’ladi. Insonlar o'rtasidagi muloqot jarayonida turli signallar almashinishi natijasida ego holatlari o’zaro almashinib turadi. Signallarning almashinishi transaksiya deyiladi. Transaksiya jarayonini qisqa qilib, ya’ni muloqotga kirishayotgan individlar EGO holatlarining o'zaro ta’siridir deyish mumkin. insonda biror xatti-harakat, xulq-atvorini namoyon qilishida rol o’ynagan stimullar javob transaksiyalardan iborat bo’ladi. E.Bernning transakt tahliliga ko'ra insondagi uchta «MEN» mavjud bo’lib, quyida ularga xos bo’han xususiyatlarni ochib berish natijasida, o’zaro farqi va qanday holatlarda namoyon bo'lishini ochib berishga harakat qilamiz. Download 41.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling