Yetakchi zamonaviy konsultativ nazariyalar va texnologiyalar
Download 41.32 Kb.
|
Yetakchi zamonaviy konsultativ nazariyalar va texnologiyalar
I.bolalik (B) — bo'ysunuvchi, mas’uliyatsiz, spontan reaksiyalarni namoyon etuvchi, nazoratsiz faolligi yuqori bo'lgan ego. Ushbu holatdagi odam o'z kechinmalarini so'zlar bilan emas, balki hissiyotlar bilan namoyish etadi.
Bu holatning jismoniy belgilariga yig'lash, qaysarlik, ming'irlash, qo'rquvdan cho'chib tushish, yelka qisish, masxara qilish, kulish, biror narsa deb aytish uchun qo'l ko'tarish, uyalish, burun tortishni kiritish mumkin. Bolalik holatida inson nutqida «xohlamayman», «qilmayman», «men katta bo'lganimda.», «hammadan ko'p», «eng yaxshi» kabi iboralardan foydalanadi. Yetuk odam esa “men katta bo'lganimda” iborasini “men boyib ketganimda” shaklida ifodalaydi. Bola holatidagi ego so’roq olmoshlari «Nega? Qachon? Qayerda? Kim? Qanday?» savollardan ko’p foydalanadi. Ushbu savollarning muntazam berilishi bolada kattalik holati uyg'onayotganligini ham ko'rsatadi. Shartli ravishda bolalik holatini quyidagicha bo’lish mumkin: Tabiiy bolalik “men”i. bunda xursandchilik, qayg’u kabi holatlarga javob reaksiyalar sponatan tanlanadi. Bu asosan ilk bolalik davriga to’g’ri keladi. Moslashuvchi bolalik «men«i. bunda tafakkur rivojlanishi natijasida bola atrof-muhitdagi holatlarga oz bo’lsa-da moslashadigan, ba’zi xatti-harakatlari uchun aybdorlik his qiladigan bo’ladi. shu bilan birga biror xatti-harakatni bajarishda ikkilanish, tanlov kabilar kuzatiladi. Norozilik qiluvchi bolalik «men» (qaysarlik, qarshilik qiluvchi). Bunda ego o’z xohish-istagini qondirish uchun g’alayon ko’taradi. Noroziliklarini jahl, baqirish, yig’lash kabi usullarda namoyon qiladi. II. Ota-onalik holati (O) — butun mas’uliyatni o'z zimmasiga oluvchi, talablar va shart qo'yadigan, nazorat o'rnatadigan holat.Bu holatning jismoniy belgilari: qoshlarni uyish, ko'rsatkich barmoqni yuqoriga ko'tarish, qo'llarni ko'krakda chalishtirish, «uf» tortish, suhbatdosh yelkasini qoqib qo'yish.Ota-onalik holatidagi kishi ko'pincha quyidagi so'zlardan foydalanadi: «yaxshilab miyanga quyib ol», «hech qachon.», «unutmagin», «qancha gapirish kerak», «qani qo'lingni tekkizib ко'г-chi» (doim, hech qachon, mumkin, mumkin emas so'zlari ota-onalik holatidagi kishi tomonidan ko'p ishlatiladi). Baholovchi fikrlar — qoralash, maqtash ma’nosidagi fikrlar («ahmoq», «jinnivoy», «erkatoyim», «bechoragina» kabi) ota-onalik holatidagi kishiga xos.Otaonalik holati quyidagilarga bo'linadi: mehribon ota-onalik «MEN»i (yordam beruvchi, to'g'rilovchi, ovutuvchi), tanqidchilik «MEN»i (tanqid qiluvchi, buyruq beruvchi, qo'rqituvchi).Katta odam holati (K) — vaziyatni inobatga ola biladigan, boshqalarning manfaatlarini ham e’tibordan chetda qoldirmaydigan, mas’uliyatni o'zgalarning va o'zining o'rtasida adolatli taqsimlay oladigan holat.Bu holatning jismoniy belgisi: tinglayotganda yuz,ko‘z, tananing harakatlanishi (har 3—5 soniyada ko‘zlar pirpirashi).Bolalik holatiga xos qiziquvchanlik va berilib ketish ham katta odam holatidagi inson yuzida aks etishi mumkin. Katta kishi holatidagi inson ko'pincha quyidagi so'zlardan foydalanadi: «nima uchun?», «kim?», «qanday qilib?», «qachon?», «balki», «menimcha», «mening tushunishimcha» (masalan: «mening fikrimcha, yoshlar kattalarni hurmat qilishlari kerak, shart»).E.Bern fikricha, shaxsning yetukligi insonda katta odam EGO holatining qanchalik shakllanganligiga bog'liq bo'ladi.Transakt tahlilga ko'ra, muloqot davomida ishtirokchilar har bir EGO holatga muvofiq keluvchi nuqtyai nazarda turib kontaktga kirishadilar.Ayrim transaksiyalar ijobiy munosabat shakllanishiga, ba’zilari nizoga olib keladi.Transaksiyalar quyidagi turlarga bo'linadi: parallel transaksiyalar — stimul transaksiya va javob transaksiya kesishmaydi (masalan, «katta odam» holatida turib «bolalik» holatiga murojaat qilish, «bolalik» holatida turib «kattalik»ka javob qaytarish); kesishuvchi transaksiya — stimul transaksiya va javob transaksiya kesishadi (masalan, «katta odam» holatining «katta odam» holatiga murojaat qilishi, «ota-onalik»ning «bolalik»ka javob qaytarishi); yashirin transaksiya — bevosita kuzatilayotgan xulq-atvor bilan bog'liq bo'lmagan transaksiyadir.Sirti «yaltiroq» bo'lgan jismoniy belgilar, so'zlar ostiga juda salbiy mazmun yashiringanda shunday transaksiya ro'y beradi.Ushbu transaksiyalar ikkidan ortiq EGO holat munosabatga kirishishi natijasida ro'y beradi.Muloqot pozitiv (ijobiy) tugallanishi uchun transaksiyalar parallel bo'lishi kerak.Kesishuvchi transaksiya nizo va ziddiyatga olib keladi.Parallel transaksiyaga misol: «oyijon, bu mening qo'limdan kelmaydi», «sen endi katta bola bo'lib qolding, albatta qo'lingdan keladi».Kesishuvchi transaksiyaga misol: «Sardor, narsalaringni joy-joyiga qo'yib qo'ysang-chi», «siz menga xo'jayin emassiz, bu yerda menga faqat onam buyruq bera oladi».Bolalik holati bolalik davrida paydo bo'ladi va rivojlanadi.Kattalarga taqlid qilish natijasida ota-onalik holati shakllanadi.Kattalik holati esa uzoq yillar davomida hayotiy tajriba orttirish bilan qaror topib boradi. (Quyidagi jadvalda har uch holatga xos xususiyatlarning qisqiqacha bayoni taqdim etilgan)
Download 41.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling