Yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning uy-joyga bo‘lgan huquqini ta’minlash hamda hisobini yuritish tartibi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18 yoshga to‘lgan
- 10 kun mobaynida
- _______________ tuman (shahar) hokimligi 202___ yil.
Bosqichlar
|
Subyektlar |
Mexanizm | ||||
Muddatlar | ||||||
1-bosqich |
O‘quv-tarbiya muassasalari va tuman (shahar) hokimliklari bolalarni himoya qilish sho‘balari |
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joyga muhtoj sifatida “onlayn-navbat” axborot tizimiga kiritib boradi. |
Bolani o‘quv-tarbiya muassasasida va vasiy qaramog‘ida bo‘lish muddati tugashidan bir yil avval | |||
2-bosqich |
tuman (shahar) hokimligi |
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolaga uy-joy ajaratish bo‘yicha qaror qabul qiladi. |
Yil davomida | |||
3-bosqich |
tuman (shahar) hokimligi |
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolaga berilgan uy-joyga kirib yashashi uchun order beriladi. |
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola 18 yoshga to‘lgan yilda | |||
| ||||||
4-bosqich |
Tuman (shahar) hokimliklari |
Tuman (shahar) hokimliklari tanlangan uy-joyni berish bo‘yicha orderda ko‘rsatilgan uyni yetim bola nomiga rasmiylashtirib beradilar. |
Order olingan kundan boshlab 10 kun mobaynida | |||
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida Nizomga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi ___________ viloyat hokimligi ( yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi) ___________tuman (shahar) hokimligi Uy-joy ajratilganligi to‘g‘risida | |||||||||||||||||||||||||||||
ORDER | |||||||||||||||||||||||||||||
Mazkur order ___ _________ _________________ _____ yilda tug‘ilgan_____________________________ ga | |||||||||||||||||||||||||||||
pasport seriyasi, raqami. qachon va kim tomonidan berilgan. |
F.I.O | ||||||||||||||||||||||||||||
_____________________ tumani hududidan _____________________________________________manzildagi | |||||||||||||||||||||||||||||
uy-joyni _________________________ maqsadida ___________________ so‘m mablag‘ ajratishni tasdiqlaydi. | |||||||||||||||||||||||||||||
(ajratish yoki qurish) | |||||||||||||||||||||||||||||
Ordyer egasi bilan bir qatorda, uy-joyga uning quyidagi oila a’zolari ham birgalikda yashashi hisobga olingan. | |||||||||||||||||||||||||||||
T/r |
Qarindoshlik darajasi |
F.I.O. |
Pasport (tug‘ilganlik haqida guvohnoma) seriyasi |
Tug‘ilgan yili | |||||||||||||||||||||||||
1. |
turmush o‘rtog‘i | ||||||||||||||||||||||||||||
2. |
farzandlar | ||||||||||||||||||||||||||||
.. | |||||||||||||||||||||||||||||
M.O‘ |
_______________ tuman (shahar) hokimi _______________ ___________ | ||||||||||||||||||||||||||||
F.I.O |
(imzo) | ||||||||||||||||||||||||||||
_______________ tuman (shahar) hokimligi 202___ yil. | |||||||||||||||||||||||||||||
�� | |||||||||||||||||||||||||||||
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarorining 2-ilovasidagi “Lavozimlar nomi” ustunining 2.3-pozitsiyasi “direktorining” so‘zlaridan keyin “birinchi o‘rinbosari va” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 31-iyuldagi 158-son qarori bilan tasdiqlangan Oilaviy bolalar uylari to‘g‘risidagi nizom quyidagi mazmundagi 141-band bilan to‘ldirilsin:
“141. Oilaviy bolalar uylariga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalarga (yigirma besh yoshga to‘lmagan) O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchi va xodimlari biriktiriladi.
Biriktirilgan harbiy xizmatchi va xodimlar vasiylik va homiylik organlari bilan hamkorlikda bir oyda kamida bir marotaba bolalar bilan suhbatlar o‘tkazish asosida ularning ta’lim-tarbiya olish ahvolini va maishiy shart-sharoitlarini o‘rganadi, shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish, ularni ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga qaytarish, vasiy yoki homiy tayinlash, farzandlikka berish va joylashtirishning boshqa shakllarini qo‘llash choralarini ko‘rib boradi.”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-iyundagi 171-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalar uylari to‘g‘risidagi nizom quyidagi mazmundagi 261-band bilan to‘ldirilsin:
“261. Bolalar uylariga tarbiyaga olingan yetim bolalarga (yigirma besh yoshga to‘lmagan) O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchi va xodimlari biriktiriladi.
Biriktirilgan harbiy xizmatchi va xodimlar vasiylik va homiylik organlari bilan hamkorlikda bir oyda kamida bir marotaba tarbiyalanuvchi bolalar bilan suhbatlar o‘tkazish asosida ularning ta’lim-tarbiya olish ahvolini va maishiy shart-sharoitlarini o‘rganadi, shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish, ularni ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga qaytarish, vasiy yoki homiy tayinlash, farzandlikka berish va joylashtirishning boshqa shakllarini qo‘llash choralarini ko‘rib boradi.”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Davriy bosma nashrlarning majburiy nusxalari yuboriladigan muassasa va tashkilotlarning ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2014-yil 31-yanvardagi 21-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 6-son, 66-modda) ilova quyidagi mazmundagi 26-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
“.
26. |
Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi |
huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy nashrlar |
Gazeta, jurnal |
1 |
”.
5. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomning 39-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat tasarrufidagi maktablarga navbatga qo‘yilmagan holda joylashtiriladi”.
6. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 108-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“108. Oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy sonidan “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun qo‘shimcha ravishda bir foizgacha davlat granti asosidagi qabul kvotalari 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, yigirma besh yoshgacha bo‘lgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar uchun ham tatbiq qilinadi.
Bunda, ushbu qo‘shimcha kvotalarning oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha taqsimoti Xalq ta’limi vazirligi va Milliy gvardiya tomonidan belgilanadi”.
7. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 299-modda) bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur bo‘lgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ro‘yxatida:
a) “6. Markazlar” bo‘limining 5-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) “12. Boshqa tashkilotlar” bo‘limi quyidagi mazmundagi 5-band bilan to‘ldirilsin:
“5. Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi”.
8. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentining 4-bandi quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“d) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga navbatga qo‘yilmagan holda, bevosita tegishli tashkilotga murojaat etgan holda joylashtiriladi.”.
9. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandida:
quyidagi mazmundagi o‘n beshinchi va o‘n oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“texnikum, kollej yoki oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirmagan hamda kasb egallash istagidagi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning Vazirlik tizimidagi “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlari va maskanlarida kasb-hunarga o‘qitish choralarini ko‘rish, shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan shakllantirilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ro‘yxati asosida ularning yirik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida har yili amaliyot o‘tashini tashkil etish;
Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning bandligi bo‘yicha doimiy monitoring olib borish;”;
o‘n beshinchi xatboshi o‘n yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qaroriga asosan 2022-yil 3-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son)
11. Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 31-yanvardagi 59-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2020-y., 1-son, 21-modda):
a) Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomda (1-ilova):
10-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda nomli davlat stipendiyalari sohiblariga talabalar uchun belgilanadigan stipendiyalar tayinlanmaydi”;
quyidagi mazmundagi 101 va 102-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“101. Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga kirish imtihonlarida (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlarning 200 nafari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti grantiga da’vogar bo‘ladi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra g‘olib bo‘lgan ushbu toifadagi talabalarga ikkinchi kursning o‘quv yili boshidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tayinlanadi va to‘lanadi.
102. “A’lo” baholarga o‘qiyotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan, oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shaklida davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talaba-qizlar uchun oliy ta’lim muassasalarining Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan Qizlar uchun maxsus stipendiya (keyingi o‘rinlarda — Maxsus stipendiya) beriladi.
Maxsus stipendiya o‘quv semestri yakuni natijalariga ko‘ra barcha fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi faqat “a’lo” baho bo‘lgan hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Yagona reyestr” AT) orqali kam ta’minlangan oila deb e’tirof etilgan oiladan bo‘lgan talaba-qizlarga (keyingi o‘rinlarda — talaba-qizlar) tayinlanadi va to‘lanadi.
Maxsus stipendiyani to‘lash to‘g‘risidagi qaror “Yagona reyestr” AT orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma asosida oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan tasdiqlanadi va oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) buyrug‘i asosida rasmiylashtiriladi.
Maxsus stipendiyani to‘lash to‘g‘risidagi qaror “Yagona reyestr” AT orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma asosida oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan tasdiqlanadi va oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) buyrug‘i asosida rasmiylashtiriladi.
Maxsus stipendiya talaba-qizlarga oliy ta’lim muassasalarida umumiy shartlarda beriladigan stipendiya saqlab qolingan holda stipendiyaning bazaviy miqdorida qo‘shimcha tarzda oyma-oy to‘lanadi.
Maxsus stipendiyani to‘lash o‘quv semestri natijalariga ko‘ra barcha fanlar bo‘yicha uning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi faqat “a’lo” baho bo‘lgandagina davom ettiriladi.
Maxsus stipendiyani to‘lash quyidagi hollarda kelgusi o‘quv semestridan boshlab to‘xtatiladi:
talaba-qizlarning o‘quv semestri natijalari bo‘yicha barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari “a’lo” bo‘lmaganda;
kam ta’minlangan deb e’tirof etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma amal qilishining (12 oylik) muddati tugaganda”;
11-banddagi “Nomli davlat stipendiyalarini” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda nomli davlat stipendiyalarini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
15-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Bunda, to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori (oshirilgan) miqdorlarda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.”;
quyidagi mazmundagi 191-band bilan to‘ldirilsin:
“To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori (oshirilgan) miqdorlarda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.”;
quyidagi mazmundagi 202-band bilan to‘ldirilsin:
“202. Oliy ta’lim muassasalaridagi bakalavr va magistratura bosqichida ta’lim olayotgan to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga, ularning ta’lim olish turi (grant yoki to‘lov-shartnoma asosida) va o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’i nazar, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan bazaviy stipendiyaning 50 foizi miqdorida har oylik qo‘shimcha haq to‘lanadi.”;
b) Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun stipendiyalarning belgilangan miqdorlarida (2-ilova):
4-pozitsiya “bazaviy stipendiya” so‘zlaridan keyin “va Qizlar uchun maxsus stipendiya” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
quyidagi mazmundagi yettinchi pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
“
7. |
To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalar uchun stipendiya |
Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori (oshirilgan) miqdorda nazarda tutiladi |
”.
12. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-apreldagi 228-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi to‘g‘risida nizomning 12-bandi “g” kichik bandi quyidagi mazmundagi yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylari, shuningdek “SOS — O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalar mahallalarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarning ta’lim-tarbiyasi, ularni balog‘atga, turmushga tayyorlash;
har yili kamida ikki marotaba o‘quv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarning ijtimoiy holatini o‘rganib borish;
o‘quv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarni “Mehr daftari”ga kiritib, ularni qiynayotgan masalalarni joyida hal qilishga hamda o‘quv-tarbiya muassasalaridan keyingi hayotida o‘z o‘rnini topishiga har tomonlama ko‘maklashish.”.
13. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 517-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 16-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilariga ish haqi uchun ustama haq va qo‘shimcha haqlar bir oylik maoshgacha bo‘lgan miqdorda tabaqalashgan holda, boshqa toifadagi xodimlariga esa — oliy ta’lim muassasasi kasaba uyushmasi tashkilotining tavsiyasiga ko‘ra oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilanadigan miqdorlarda to‘lanadi.”;
b) quyidagi mazmundagi 172-band bilan to‘ldirilsin:
“172. “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalarining tarbiyalanuvchilariga axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, aniq, tabiiy va boshqa fanlarga o‘qitish bo‘yicha fakultativ va to‘garak mashg‘ulotlarini, “davra suhbatlarini” va fan musobaqalarini tashkil etgan oliy ta’lim muassasalari yetakchi professor-o‘qituvchilariga oliy ta’lim muassasasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan mazkur nizomda belgilangan tartibda ularning bazaviy lavozim maoshiga qo‘shimcha haq to‘lanadi.”.
14. Vazirlar Mahkamasining “Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 21-noyabrdagi 739-son qarorida:
a) 2-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida, yo‘l xarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari” so‘zlari “hamda yo‘l xarajatlari uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 35 baravari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda ta’lim olayotgan to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida nizomda (1-ilova):
4-bandning uchinchi xatboshisidagi “uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida, yo‘l xarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari” so‘zlari “hamda yo‘l xarajatlari uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 35 baravari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 81-band bilan to‘ldirilsin:
“81. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ular ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan davrida har o‘quv yilida bir marotaba o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish xarajatlari uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida subsidiyalar ajratiladi.”;
quyidagi mazmundagi 61-bob bilan to‘ldirilsin:
“61-bob. O‘quvchi (talaba)larning o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish xarajatlarini qoplab berish tartibi
351. O‘quvchi (talaba)ga o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun tegishli mablag‘larni ajratishni rasmiylashtirish va berish tartibi ijtimoiy ta’minot yordami kabi amalga oshiriladi.
352. O‘quvchi (talaba)ga o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish uchun mablag‘lar ishchi guruhning qaroriga muvofiq qabul qilingan ta’lim muassasalari rahbarining buyrug‘iga asosan beriladi.
353. O‘quvchi (talaba)ga o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish uchun mablag‘lar ta’lim muassasalarining xarajatlar smetasiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan ajratiladi.
354. O‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun tegishli mablag‘lar o‘quvchi (talaba)ning bank plastik kartasiga pul o‘tkazish orqali yoki naqd pul shaklida beriladi.
355. O‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun tegishli mablag‘lar o‘quvchi (talaba)ga o‘quv yili boshida lekin 1-oktabrdan kechiktirilmagan holda to‘lab beriladi.
Bunda, o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish jarayoni (ularni saralash, tanlash va sotib olish) o‘quvchi (talaba) hamda ta’lim muassasasi yoshlar yetakchisi (Oliy ta’lim muassasalaridagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilot yetakchisi) bilan birgalikda amalga oshiriladi.
356. Mazkur bobda nazarda tutilgan tartib ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan hamda vasiylik va homiylikka olingan (berilgan) yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ham tatbiq etiladi”;
Nizomga 4-ilova “Ijtimoiy ta’minot yordami turi (so‘m)” ustunidan keyin quyidagi mazmundagi ustun bilan to‘ldirilsin:
“
|
Download 212.83 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling