Yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning uy-joyga bo‘lgan huquqini ta’minlash hamda hisobini yuritish tartibi
Download 212.83 Kb.
|
[OKOZ: 1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.01.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish; 2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.05.00 Mehribonlik (bolalar) uylari. Bolalar shaharchalari] [TSZ: 1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, turarjoylar bilan ta’minlash, ularni oilaviy bolalar uylariga joylashtirish, hayotga tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin: yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning uy-joyga bo‘lgan huquqini ta’minlash hamda hisobini yuritish tartibi; yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun uy-joylar ajratish va xarid qilish tartibi. 2. Belgilansinki, 2022-yil 1-yanvardan boshlab: a) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning uy-joyga muhtojligi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlanadi; b) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) olish “Vasiylik va homiylik” elektron platformasi orqali onlayn murojaatga asosan amalga oshiriladi. 3. Xalq ta’limi vazirligi har yili 1-sentabrga qadar Davlat budjeti parametrlarida yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash uchun zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlash maqsadida, Moliya vazirligiga keyingi yil uchun uy-joyga muhtoj bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritib borsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab: respublika iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojiga muvofiq “Ijtimoiy ish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha “Vasiylik” va “Homiylik” sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash; “Amaliy psixologiya”, “Yoshlar psixologiyasi”, “Ijtimoiy psixologiya” mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish parametrlarini oshirish choralarini ko‘rsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 9-avgustdagi PF-6275-son Farmoni bilan tashkil etilgan Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiyaga: a) quyidagilarni tasdiqlash uchun kiritsin: oilaviy bolalar uylari tashkil etish tartibi va shartlari; bolalarni oilaviy bolalar uyiga tarbiyalash uchun berish tartibi; tarbiyalovchi ota-onalarning psixologik tayyorgarligi talablari, tarbiyalanuvchi bolalarning huquq va majburiyatlari; oilaviy bolalar uylarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi; oilaviy bolalar uyida tarbiyalanayotgan bolalar huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyatlari hamda tuman (shahar) hokimliklari Bolalarni himoya qilish sho‘balari vazifalari; oila tarbiyasiga berilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha monitoring tartibi. b) xalqaro yoki xorijiy tashkilotlarning O‘zbekistondagi vakolatxonalari bilan hamkorlikda quyidagilar bo‘yicha taklif kiritsin: bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalar asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyatlari hamda tuman (shahar) hokimliklari Bolalarni himoya qilish sho‘balari xodimlarini tizimli ravishda malakasini oshirish, qayta tayyorlash; bolalar huquqlarini himoya qilishning monitoring-nazorat tizimini yaratish; Milliy komissiya huzurida tematik ishchi guruhlarni tashkil etish. 6. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyatlari hamda tuman (shahar) hokimliklari Bolalarni himoya qilish sho‘balari bilan birgalikda: a) mahalla fuqarolar yig‘inlari faollarining yetim va ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni birinchi navbatda yaqin qarindoshlari tarbiyasiga berishga, ularga munosib oila topish bo‘yicha mas’uliyatini oshirish, oilaviy bolalar uyiga taqsimlangan bolalar holidan doimiy ravishda xabar olish; tashkil etilgan oilaviy bolalar uylarining ijtimoiy ahvoli, bolalarning oilaga moslashuvi va ulardagi boshqa jamoaviy munosabatlarning shakllanishida mahalla fuqarolar yig‘ini raislari doimiy ravishda ijtimoiy moslashuv monitoringini yuritish tizimini yo‘lga qo‘ysin. b) ijtimoiy yetimlikning oldini olish maqsadida har bir oiladagi moddiy-ma’naviy muhitni doimiy o‘rganib borish, muhtojlarga ko‘mak berish tizimini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rsin. 7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyatlari hamda tuman (shahar) hokimliklari Bolalarni himoya qilish sho‘balari o‘z faoliyati yuzasidan har chorakda tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari Toshkent shahar va viloyatlar, tumanlar (shaharlar) Kengashlariga axborot taqdim etib borsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev, xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov hamda moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent sh., 2021-yil 25-oktabr, 656-son Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-son qaroriga 1-ILOVA Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: yetim bola — otasi ham, onasi ham vafot etgan yoki ular sud qaroriga asosan vafot etgan deb e’lon qilingan bola; ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola — har qanday sababga ko‘ra ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola, yetim bola bundan mustasno; uy-joyga muhtoj yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola — o‘zlariga biriktirilgan turar joyga ega bo‘lmagan va merosxo‘r va mol-mulkka egalik qilishning boshqa shakllari bilan nomida uy-joy bo‘lmagan Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylari, shuningdek “SOS — O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalar mahallalarida (keyingi o‘rinlarda — o‘quv-tarbiya muassasalari) tarbiyalangan, shuningdek, farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) olingan 18 yoshga to‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan shaxslar; merosxo‘r va mol-mulkka egalik qilishning boshqa shakllari bilan (biriktirilgan) nomida rekonstruksiya qilishga muhtoj uy-joy yoki uy-joy qurilishi uchun yer maydoni bo‘lgan 18 yoshga to‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan shaxslar; uy-joyga order — uy-joyga muhtoj yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolaga tuman (shahar) hokimligi tomonidan beriladigan mulkka egalik qilish huquqi asosida uy-joyga ko‘chib kirish uchun asos hisoblanadigan belgilangan namunadagi rasmiy hujjat; “onlayn-navbat” axborot tizimi — Xalq ta’limi vazirligi tomonidan yaratilgan axborot tizimiga kiritilgan uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi; uy-joy — yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar yashashi uchun barcha zarur sharoitlarga ega bo‘lgan (ta’mirlangan va jihozlangan (oshxona anjomlari, gaz plita, karavot, televizor, muzlatgich, stol-stul)), foydalanishga tayyor bo‘lgan uy-joy. 3. Uy-joyga muhtoj bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar (keyingi o‘rinlarda matnda — yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar) ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda uy-joy bilan ta’minlanish huquqiga egadir. 4. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga uy-joylar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ko‘chmas mulkning birlamchi bozoridagi shahar va tumanlarda qurilgan ko‘p kvartirali uylar, tegishli tuman (shahar)da ko‘chmas mulk birlamchi bozorida ko‘p kvartirali uylar mavjud bo‘lmaganda, hududiy “Xalqparvar” komissiyalari xulosasiga asosan kvartiralar ko‘chmas mulkning ikkilamchi bozoridan tegishli mezonlarga muvofiq holda xarid qilingan uylar hisobidan ajratiladi. 5. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joylar bilan ta’minlash ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 6. Mazkur Nizomga asosan har bir yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolaga uy-joy olish huquqi bir marta beriladi. 2-bob. Yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning uy-joyga bo‘lgan huquqini ta’minlash 7. Yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning uy-joyga bo‘lgan huquqni ta’minlash jarayonlarida ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati (keyingi o‘rinlarda — kotibiyat) mas’ul organ hisoblanadi. 8. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni o‘quv-tarbiya muassasalariga yuborishda hamda farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) berishda tuman (shahar) hokimining qarori bilan uning yashash joyi bo‘yicha uy-joyini bolada saqlab turish kafolati belgilanadi. 9. Biriktirilgan uy-joyga ega bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘quv-tarbiya muassasalarida, farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan oilalarda bo‘lgan to‘liq davrda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmatni o‘tash davrida yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasalarida bo‘lgan davrida uy-joyga bo‘lgan huquqini saqlab qoladi. 10. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni o‘quv-tarbiya muassasalariga yuborishda hamda farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) berishda ota-onalar yoki boshqa shaxslar tomonidan sotib yuborilishi yoki boshqacha tarzda begonalashtirilishi natijasida bolalar mavjud uy-joydan mahrum bo‘lgan holat aniqlangan taqdirda kotibiyat yoki bolaning qonuniy vakillari bitimni haqiqiy emas deb topish uchun sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilishlari shart. Bunda tuman (shahar) hokimining qarorida yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hisobida uy-joyning saqlab turilishi uni haqiqatda qaytarib olish bo‘yicha sudning tegishli qarori ijro etilgandan so‘ng rasmiylashtirilishi ko‘rsatiladi. 11. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uy-joyga muhtoj yetim bolalar ro‘yxatida turganida yoki biriktirilgan uy-joyga ega bo‘lganida, yetim bolaning yoshi 23 yoshdan katta bo‘lmagan davrda, ta’lim muassasalarida, ijtimoiy uylarida, farzandlikka olgan oilalarda, vasiy (homiy) qaramog‘ida bo‘lgan to‘liq davrda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmatni o‘tash davrida yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasalarida bo‘lgan davrida meros bo‘yicha hamda davlat tomonidan beriladigan uy-joy olishga va uni saqlab qolishga bo‘lgan huquqini saqlab qoladi. 12. Quyidagi holatlardan birida, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolaning ular o‘z hisobida saqlab turilgan meros huquqidagi uy-joyga qaytib borishi mumkin emas deb hisoblanadi: a) meros huquqidagi uy-joyda quyidagi shaxslar yashayotgan taqdirda: ota-onalik huquqidan mahrum etilganlar, jumladan, voyaga yetmagan bolalarning nomusiga tajovuz qilish yoki boshqa og‘ir jinoiy hatti-harakatlari uchun ota-onalik huquqidan mahrum etilgan shaxslar; farzandlik, vasiylik (homiylik, patronat) majburiyatlarini bajarishdan ozod etilgan yoxud chetlashtirilgan shaxslar; quyidagi kasalliklarga chalingan shaxslar: I, II, V guruh dispanser hisobidagi barcha joylashinuv shaklidagi sil kasalliklari (faol va surunkali); barcha joylashinuvli yomon sifatli onkologik kasalliklar; narkologik kasalliklar (alkogolizm, narkomaniya, toksikomaniya); aqli zaiflikning barcha turlari; tanosil kasalliklarining maishiy yo‘l bilan yuquvchi turlari (zaxm, so‘zak); b) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola hisobida saqlab turilgan uy-joydan u o‘quv-tarbiya muassasasida, farzandlik, vasiylik (homiylik, patronat) qaramog‘ida bo‘lgan davrida sotish va boshqacha tarzda begonalashtirish natijasida mahrum bo‘lganligi, agar uy-joyni haqiqatda qaytarib olish bo‘yicha sudning ijro etilgan qarori bo‘lmasa; v) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolaning mustaqil hayotga kirishida ularning jamiyatga ijtimoiy moslashuviga to‘sqinlik qiladigan boshqa holatlar mavjud bo‘lganda. 13. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘quv-tarbiya muassasasini, farzandlik, vasiylik (homiylik, patronat) qaramog‘ida bo‘lishining tugashidan bir yil oldin yoki shu muddatda ularning qonuniy vakili mazkur Nizomning 12-bandida ko‘rsatilgan holatlarning biri yoki bir nechtasi mavjud bo‘lgan taqdirda, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola yoki uning qonuniy vakili yashash joyi kotibiyat bilan birgalikda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolani o‘z hisobida saqlab turilgan uy-joyiga qaytib borishining imkoni yo‘q deb topish hamda uni “onlayn-navbat” axborot tizimiga kiritish masalasini ko‘rib chiqish uchun Xalq ta’limi vazirligiga murojaat qiladi. 14. Xalq ta’limi vazirligi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolaning kotibiyatning yashash joyi bo‘yicha o‘z hisobida saqlab turilgan uy-joyga qaytib borishiga to‘sqinlik qiladigan holatlar mavjudligi to‘g‘risidagi taqdimnomani bir oy davomida ko‘rib chiqadi va asoslantirilgan xulosa qabul qiladi. 15. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolada, ilgari unga band qilingan uy-joyga qaytib borishiga imkon bermaydigan yoki maqsadga muvofiq bo‘lmagan holatlar mavjudligi to‘g‘risida ijobiy xulosasi mavjud bo‘lganda (yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolani o‘quv-tarbiya muassasasida, farzandlik, vasiylik (homiylik, patronat) qaramog‘ida bo‘lishning tugashiga qadar) uni “onlayn-navbat” axborot tizimiga kiritiladi. 16. “Onlayn-navbat” axborot tizimiga o‘quv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi tomonidan, farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) olingan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar tuman (shahar) hokimliklari bolalarni himoya qilish sho‘balari tomonidan kiritib boriladi. 17. O‘quv-tarbiya muassasalari va tuman (shahar) hokimliklari bolalarni himoya qilish sho‘balari “onlayn-navbat” axborot tizimiga kiritilgan uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar haqidagi barcha tegishli ma’lumotlar bazasini shakllantiradi, saqlaydi, ma’lumotlarni doimiy yangilab boradi. O‘quv-tarbiya muassasalari va tuman (shahar) hokimliklari bolalarni himoya qilish sho‘balari zarur holalarda uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga tegishli ma’lumotlarni uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar va ularning qonuniy vakillaridan so‘rab oladi. 18. O‘quv-tarbiya muassasalari va tuman (shahar) hokimliklari bolalarni himoya qilish sho‘balari uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ular o‘quv-tarbiya muassasasida, farzandlik, vasiylik (homiylik, patronat) qaramog‘ida bo‘lish muddati tugashidan bir yil avval uy-joyga muhtojlar sifatida “onlayn-navbat” axborot tizimiga kiritadi. Uy-joyga muhtoj bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar muddatidan avval ham “onlayn-navbat” axborot tizimiga kiritilishi mumkin. Muddatida “onlayn-navbat” axborot tizimiga kiritilmay qolib ketgan, uy-joyga muhtoj bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar “onlayn-navbat” axborot tizimiga Xalq ta’limi vazirligining xulosasiga asosan kiritiladi. 3-bob. Uy-joyga muhtoj bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning hisobini yuritish 19. Uy-joyga muhtoj bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar “onlayn-navbat” axborot tizimidan kotibiyatlar tomonidan uy-joy bilan ta’minlanganligini tasdiqlovchi tegishli ma’lumotlar (hujjatlar) “onlayn-navbat” axborot tizimiga biriktirilgandan so‘ng chiqariladi. 20. Yetim bola yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola quyidagi holatlarda “onlayn-navbat” axborot tizimidan chiqariladi: mazkur Nizomga muvofiq uy-joy berilganda; hujjatlarda hisobga qo‘yishga asos bo‘lgan ma’lumotlarning haqiqatga mos kelmasligi aniqlanganda. 21. Kotibiyat tomonidan yetim bola yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola 3 kun muddat ichida “onlayn-navbat” axborot tizimidan chiqarilganligi to‘g‘risida xabardor etiladi. 22. Yetim bola yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola uni “onlayn-navbat” axborot tizimidan chiqarilishidan norozi bo‘lgan taqdirda bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organiga yoki bevosita sudga shikoyat qilishi mumkin. 23. Uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ro‘yxatining “onlayn-navbat” axborot tizimiga kiritilishi va doimiy yangilanishi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 4-bob. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun uy-joylar ajratish 24. O‘zlariga biriktirilgan turar joyga ega bo‘lmagan va turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ular 18 yoshga to‘lgan yilda ko‘p kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 1 xonali, voyaga yetgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘rtasida nikoh tuzilgan hollarda, 50 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 2 xonali kvartiralar ajratiladi. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘rtasida nikoh tuzilgan holda oilaning ikkinchi a’zosi ham uy-joy bilan ta’minlangan deb hisoblanadi va teng mulkiy huquqqa ega bo‘ladi. Nogironligi bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar kvartiralar ko‘p qavatli uylarning uchinchi qavatigacha ajratiladi. 25. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga uy-joylar mulkka egalik qilish huquqi asosida, biroq ular 30 yoshga to‘lgunga qadar uy-joyni sotish, hadya qilish yoki garovga qo‘yish yoxud ijaraga berish hamda uy-joyda o‘zi va oila a’zolari (eri yoki xotini, farzandlari) dan tashqari boshqa fuqarolarni doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish huquqisiz ajratiladi. Bunda, yetim bola yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolaning asoslantirilgan murojaati asosida mahalliy hokimliklar tomonidan uy-joyning umumiy maydonini kengaytirish va mazkur bandda nazarda tutilgan talablarni saqlab qolish sharti bilan sotishga ruxsat beriladi. 26. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash jarayonida quyidagilar taqiqlanadi: bitta ko‘p kvartirali uy-joyning har bir kirish yo‘lagidagi kvartiralarda bir nafardan ortiq yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish; ikki va undan ortiq yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun ko‘p kvartirali uy-joydan bitta kvartira ajratish (ular o‘rtasida nikoh tuzilgan hollar mustasno); yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun alohida ko‘p qavatli uy-joylar qurish va bu erda ularning barchasini joylashtirish; yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun yotoqxonalardan uy-joylar ajratish (xarid qilish). 27. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga uy-joylar tuman (shahar) hokimligi tomonidan ajratiladi hamda ushbu uy-joylar yashash uchun barcha zarur sharoitlarga ega bo‘lgan (ta’mirlangan va jihozlangan) holda topshiriladi. 28. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joylar bilan ta’minlashni tashkil etish, uy-joylarning adolatli taqsimlanishi va o‘z vaqtida ajratilishini nazorat qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati tomonidan amalga oshiriladi. 29. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning uy-joy bilan ta’minlanishi holati haqidagi ma’lumotlar har oyda yangilanadi hamda rasmiy veb-saytda joylashtirib boriladi. 5-bob. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun ajratiladigan uy-joylarni xarid qilish 30. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga uy-joy xarid qilish va qurish (rekonstruksiya qilish) uchun talab etiladigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladi. 31. Davlat budjeti parametrlarida Moliya vazirligi uchun ajratilgan mablag‘lar tarkibida alohida satrda mablag‘lar rejalashtirilib, keyinchalik haqiqiy talabdan kelib chiqqan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga qayta taqsimlash orqali yo‘naltiriladi. 32. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan ajratilgan mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari o‘zlariga tegishli tuman (shahar) mahalliy budjetlariga o‘tkazib beriladi. 33. Ushbu mablag‘lar tuman (shahar) hokimliklari tomonidan, belgilangan tartibda, oldi-sotdi shartnomasiga asosan uy-joyni balansda saqlovchining hisob raqamiga yoki uy-joy egasining bank omonat hisob raqamiga hamda qurilish pudrat tashkiloti hisob raqamiga pul o‘tkazish yo‘li bilan o‘tkazib beriladi. Bunda, ta’mirlash va jihozlash bilan bog‘liq xarajatlar tegishli tuman (shahar) mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplanadi. 6-bob. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga uy-joy berish 34. Uy-joy berish to‘g‘risidagi qaror asosida tuman (shahar) hokimligi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ushbu Nizomga 2-ilovada belgilangan namunadagi order beradi, order berilgan uy-joyga ko‘chib kirish uchun asos hisoblanadi. Orderlar yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga “onlayn-navbat” axborot tizimiga ko‘ra qat’iy ketma-ketlik asosida beriladi. 35. Orderda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolaning ismi-sharifi va otasining ismi, oilaviy ahvoli, yoshi, tuman (shahar) hokimligi tomonidan ajratilgan uy-joyning maydoni va to‘liq manzili ko‘rsatiladi. 36. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga meros va boshqacha tarzda biriktirilgan mol-mulkini qurish (rekonstruksiya qilish) orqali uy-joy ajratilishi to‘g‘risidagi order berilgan taqdirda, order rasmiylashtirilgan vaqtdan boshlab olti oy ichida qurib bitkaziladi, mazkur Nizomning 2-bandiga asosan jihozlanadi va belgilangan tartibda topshiriladi. 37. Qurish yoki rekonstruksiya qilish orqali uy-joy berilishida mazkur Nizomning 2-bandiga asosan umumiy maydoni 30 — 50 kvadrat metr oralig‘ida bo‘lgan uy-joy qurib yoki rekonstruksiya qilib beriladi. Bunda, qurilish yoki rekonstruksiya qilish hamda jihozlash xarajatlari tegishli hududdagi bir xonali uyning va jihozlarning o‘rtacha narxidan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. 38. Order berilgan kundan 10 kundan kechikmay yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolaga, o‘rnatilgan tartibda, orderda ko‘rsatilgan uy-joy notarial rasmiylashtirib beriladi. 39. Order asosida olingan uy-joylar yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola nomiga rasmiylashtiriladi, rasmiylashtirilgan sanadan boshlab o‘n yil muddatga uy-joyni sotishga, almashtirishga yoki boshqacha turdagi begonalashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola ruhiy kasalliklar bo‘yicha yoki narkologiya bo‘yicha dispanser hisobida turgan taqdirda uy-joyni sotish, almashtirish yoki boshqacha turdagi begonalashtirish qo‘shimcha ikki yil muddatga uzaytiriladi. 40. Uy-joyga muhtoj sifatida ro‘yxatga turish va uy-joy bilan ta’minlanish davri oralig‘ida ikki yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola o‘rtasida o‘zaro nikoh shartnomasi tuzilgan taqdirda, komissiyaning murojaatiga ko‘ra, istisno tariqasida, ularning biriga mazkur Nizomning 2-bandida belgilangan talablar asosida umumiy maydoni 50 kvadrat metrgacha uy-joy ajratiladi. Bunda, oilaning ikkinchi a’zosi ham uy-joy bilan ta’minlangan deb hisoblanadi va teng mulkiy huquqqa ega bo‘ladi. 41. Tuman (shahar) hokimliklari tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga taqdim qilish maqsadida uy-joy sotib olishda bir ko‘p qavatli uy-joydan ko‘pi bilan ikkita kvartira sotib olinishi inobatga olinadi. 42. Yetim bola yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola u o‘quv-tarbiya muassasasida, farzandlik, vasiylik (homiylik, patronat) qaramog‘ida bo‘lishi tugayotgan yilning oxirgi choragiga qadar bo‘lgan muddatda uy-joylar bilan ta’minlanadilar. 43. Tuman (shahar) hokimliklari tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola uchun sotib olingan va jihozlangan uy-joy faqat shaxsiy foydalanishda bo‘lishi lozim. Uydan boshqa shaxslar foydalanishi, uyni ijaraga berilishi, har qanday ko‘rinishdagi begonalashtirilishi o‘rnatilgan tartibda ta’qiqlanadi. 44. Uy-joyni qabul qilib oluvchi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola mavjud ijtimoiy muhitga moslashishi, uy-joydan belgilangan sanitar va texnik talablar asosida foydalanishi, undan noqonuniy maqsadlarda foydalanmasligi, kommunal to‘lovlarini vaqtida to‘lab borishi, jamiyatda o‘z o‘rnini topish va barqaror shaxsiy daromad manbaiga ega bo‘lish va jamiyatning boshqa ijtimoiy normalariga rioya qilishi talab etiladi. 45. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolaning yangi joydagi ijtimoiy moslashuvi ularga uy-joy berilgan yildan boshlab dastlabki uch yil davomida tuman (shahar) hokimliklari bolalarni himoya qilish sho‘balari tomonidan bir yilda kamida ikki martda yetim bola xonadoniga tashrif buyurish orqali o‘rganib boriladi. 46. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolaning ajratilgan uy-joyda yashashi, ijtimoiy hayotga moslashishida qiyinchiliklar aniqlangan taqdirda, unga kotibiyat va tegishli mahalla organi faollari bilan birgalikda ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatiladi. 47. Tuman (shahar) hokimligi tomonidan uy-joyga muhtoj sifatida hisobga qo‘yilgan hamda uy-joy bilan ta’minlangan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘g‘risidagi yillik hisobotlar tuman (shahar) hokimliklari bolalarni himoya qilish sho‘balari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyatiga hisobot yilidan keyingi yilning 20-yanvarigacha, o‘z navbatida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Bolalarni himoya qilish masalalari sho‘basi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasiga hisobot yilidan keyingi yilning 25-yanvarigacha taqdim etilishi lozim. 7-bob. Yakuniy qoidalar 48. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar kollej, akademik litsey, texnikum va oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan davrida mahalliy hokimliklar tomonidan ajratilgan uy-joylarda kommunal xizmatlarning me’yoriy ko‘rsatkichlari bo‘yicha foydalanilgan kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarning ellik foizi tegishli tuman (shahar) mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan kompensatsiya qilinadi. Bunda, mahalliy hokimliklar tomonidan ajratilgan uy-joylarda foydalaniladigan kommunal xizmatlarning me’yoriy ko‘rsatkichlari tegishli tuman va shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi. 49. Berilgan orderlar, belgilangan talablar asosida uy-joy bilan ta’minlangunga qadar huquqiy kuchga ega bo‘ladi. 50. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni o‘z muddatlarida mazkur Nizom talablariga muvofiq uy-joy bilan ta’minlashga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari mas’ul hisoblanishadi. 51. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar yetim bolalarga o‘z vaqtida uy-joy ajratilishi ta’minlanmagan yoki kechiktirish holatlari kuzatilgan taqdirda tuman (shahar) hokimligiga tuman (shahar) prokuraturasi tomonidan qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan taqdimnoma kiritiladi. Oldingi tahrirga qarang. 52. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun uy-joylar berish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. (52-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 53. Mazkur Nizomda belgilangan chora-tadbirlar va muddatlarni o‘z vaqtida va sifatli ijro qilinishida sustkashlik va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida Nizomga 1-ILOVA Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joylar bilan ta’minlash SXEMASI
Download 212.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling