Yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning uy-joyga bo‘lgan huquqini ta’minlash hamda hisobini yuritish tartibi
O‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish xarajatlari (so‘m)
Download 212.83 Kb.
|
”; Nizomga 5-ilova quyidagi mazmundagi 8 — 10-pozitsiyalar bilan to‘ldirilsin: “
”; v) Mehribonlik uyi to‘g‘risidagi nizom (2-ilova) quyidagi mazmundagi 201-band bilan to‘ldirilsin: “201. Mehribonlik uylariga tarbiyaga olingan yetim bolalarga (yigirma besh yoshga to‘lmagan) Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchi va xodimlari biriktiriladi. Biriktirilgan harbiy xizmatchi va xodimlar vasiylik va homiylik organlari bilan hamkorlikda bir oyda kamida bir marotaba tarbiyalanuvchi bolalar bilan suhbatlar o‘tkazish asosida ularning ta’lim-tarbiya olish ahvolini va maishiy shart-sharoitlarini o‘rganadi, shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish, ularni ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga qaytarish, vasiy yoki homiy tayinlash, farzandlikka berish va joylashtirishning boshqa shakllarini qo‘llash choralarini ko‘rib boradi.”; g) Bolalar shaharchasi to‘g‘risidagi nizomda (3-ilova): quyidagi mazmundagi 291-band bilan to‘ldirilsin: “291. Bolalar shaharchasiga tarbiyalash uchun berilgan bolalarga Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchi va xodimlari biriktiriladi. Biriktirilgan harbiy xizmatchi va xodimlar vasiylik va homiylik organlari bilan hamkorlikda bir oyda kamida bir marotaba tarbiyalanuvchi bolalar bilan suhbatlar o‘tkazish asosida ularning ta’lim-tarbiya olish ahvolini va maishiy shart-sharoitlarini o‘rganadi, shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish, ularni ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga qaytarish, vasiy yoki homiy tayinlash, farzandlikka berish va joylashtirishning boshqa shakllarini qo‘llash choralarini ko‘rib boradi.”; Nizomga 1-ilovada: 4-pozitsiyadagi “Direktorning ma’muriy-xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari” so‘zlari “Direktorning tarbiya ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 9-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin: “
”; d) Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) to‘g‘risidagi nizomda (4-ilova): 3-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ota-onalarining yaqin qarindoshlariga ushbu bolalarni navbatsiz, vasiylik va homiylik organlari tomonidan nomzod sifatida hisobga qo‘yilmagan holda, farzandlikka yoki oilaga tarbiyaga (patronatga) olish huquqi beriladi.”; quyidagi mazmundagi 371-band bilan to‘ldirilsin: “371. Oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalarga (yigirma besh yoshga to‘lmagan) O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchi va xodimlari biriktiriladi; Biriktirilgan harbiy xizmatchi va xodimlar vasiylik va homiylik organlari bilan hamkorlikda bir oyda kamida bir marotaba yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar bilan suhbatlar o‘tkazish asosida ularning ta’lim-tarbiya olish ahvolini va maishiy shart-sharoitlarini o‘rganadi, shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish, ularni ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga qaytarish, vasiy yoki homiy tayinlash, farzandlikka berish va joylashtirishning boshqa shakllarini qo‘llash choralarini ko‘rib boradi.”; Nizomga 1-ilovaning 6-bandi “d” kichik bandidagi va 11-bandidagi “bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari” so‘zlari “mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,5 baravari” so‘zlari bilan almashtirilsin; Nizomga 2-ilovaning 11-bandidagi “bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari” so‘zlari “mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,5 baravari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 15. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomda: a) 3-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2022-yil 1-yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarining (pivo va tabiiy vino bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar sof tushumining uch foizi miqdoridagi ajratmalar;”; b) 5-band quyidagi mazmundagi o‘n beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “2022-yil 1-yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarining (pivo va tabiiy vino bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar sof tushumining uch foizi miqdoridagi ajratmalar hisobidan “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini moliyalashtirish;”; o‘n beshinchi xatboshi o‘n oltinchi xatboshi deb hisoblansin. 16. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-son qarori bilan tasdiqlangan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Ishga marhamat” monomarkazlari to‘g‘risidagi nizomning 14-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “texnikum, kollej yoki oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirmagan hamda kasb egallash istagidagi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni kasb-hunarga o‘qitish;”; uchinchi — o‘n yettinchi xatboshilar tegishlicha to‘rtinchi — o‘n sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin. 17. Vazirlar Mahkamasining “Onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 8-apreldagi 193-son qarorida: a) 1-bandning “v” kichik bandi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat asosida og‘ir kasallikka chalingan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning respublikada yo‘lga qo‘yilmagan jarrohlik amaliyotlari bo‘yicha xorijiy davlatlardagi jarrohlik operatsiyalari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashda;”; to‘rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin; b) ilovaning 5-bandi qo‘yidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat asosida og‘ir kasallikka chalingan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning respublikada yo‘lga qo‘yilmagan jarrohlik amaliyotlari bo‘yicha xorijiy davlatlardagi jarrohlik operatsiyalari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash;”; to‘rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin. 18. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vaqtinchalik tartibning 19-bandida: a) “a” kichik band “mavjud yolg‘iz ayollar,” so‘zlaridan keyin “kam ta’minlangan oilalarning umumta’lim muassasalaridagi kuni uzaytirilgan guruhlarda bolalari o‘qiydigan ayollar,” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; b) “d” kichik band “nogironligi bo‘lgan bolasi mavjud” so‘zlaridan keyin “hamda umumta’lim muassasalaridagi kuni uzaytirilgan guruhlarda o‘qiydigan bolalari bor” so‘zlari bilan to‘ldirilsin. 19. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 400-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandi o‘n to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylari, shuningdek “SOS — O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalar mahallalaridagi yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etish tadbirlarini moliyalashtirish, shu jumladan, ushbu muassasalar tarbiyalanuvchilarining turmushini yaxshilash, kasb-hunar va biznes bilan shug‘ullanish orqali daromad topish hamda ularga bunday faoliyatni yo‘lga qo‘yishning amaliy jihatlarini o‘rgatishga qaratilgan “kouching” video materiallar, motivatsion roliklar va darsliklar to‘plamlari bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish”. 20. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga nomzodlarni saralab olish va o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 6-avgustdagi 500-son qarorining 2-bandi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Universitetda “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylari va Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining Bolalar uylari tarbiyachilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi.”. 21. Vazirlar Mahkamasining “Kam ta’minlangan oilalar farzandlarining umumta’lim muassasalaridagi kuni uzaytirilgan guruhlarda o‘qishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 16-avgustdagi 523-son qarorining 2-bandi uchinchi xatboshisidagi “yoshlar” so‘zi “kam ta’minlangan oilalar farzandlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-son qaroriga 3-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari RO‘YXATI 1. Vazirlar Mahkamasining “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turar joylar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 2-avgustdagi 164-son qarori. 2. Vazirlar Mahkamasining “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turar joylar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2014-yil 9-dekabrdagi 338-son qarori. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-360-son hamda “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2015-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-398-son qonunlari)” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qarori 1-ilovasi 101-bandining “b” va “v” kichik bandlari. 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 31-maydagi PF-5065-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 31-maydagi PQ-3024-son qarori)” 2017-yil 29-avgustdagi 679-son qarori ilovasining 13-bandi. 5. Vazirlar Mahkamasining “Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 21-noyabrdagi 739-son qarori 5-ilovasining 1-bandi. (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son) Download 212.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling