Yetishtirilgan don maxsulotini sifatini taxlil qilish. Sifat tushunchasini axamiyati


Download 180.44 Kb.
bet1/2
Sana31.01.2023
Hajmi180.44 Kb.
#1144244
  1   2
Bog'liq
1-Maruza mashg’ulot


1-Amaliy mashg‘ulot
YETISHTIRILGAN DON MAXSULOTINI SIFATINI TAXLIL QILISH. SIFAT TUSHUNCHASINI AXAMIYATI.
Darsning maqsadi: Yetishtirilgan don maxsulotini sifatini taxlil qilish. sifat tushunchasini axamiyati baholashni o‘rgatish.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida e’tirof etilgan so‘ng xalq xo‘jaligining barcha soxalarida tub isloxatlar amalga oshirila boshladi. Respublikamiz don mahsulotlari tizimida ham so‘nggi yillarda katta yutuqlarga erishildi. Jumladan respublikamizda qisqa vaqt ichida don mustaqilligiga erishildi. Hozirgi kunda respublikamiz bo‘yicha yiliga 4 mln. t. ga yaqin don yetishtiriladi.
Don maydonlarining kengayib borishi hamda don yalpi hosilning ortishi don mahsulotlari tizimini takomillashtirish va kengaytirishni taqazo etmoqda. Zero, yetishtirilgan mavjud hosilni sifatli saqlash va qayta ishlash, shuningdek iste’molchilarga muntazam ravishda bekamu ko‘st yetkazib berish don mahsulotlari tizimi oldidagi eng asosiy vazifadir. Shu bois respublikamizning ko‘pgina viloyat va tumanlarida ko‘plab zamonaviy omborlar va qayta ishlash korxonalari bunyod etilmoqda.
Ma’lumki don inson hayotida qiyoslab bo‘lmaydigan ahamiyatga ega. Inson iste’mol etadigan oziq-ovqat mahsulotlarining taxminan 65-75% i dondan tayyorlanadi. Dondan sanoatda ko‘plab un, yorma va omuxta-yem kabi birlamchi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Xalqimizning bu mahsulotlarga bo‘lgan talabi benihoyat kattadir. Aholini don va don mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirish hozirgi bozor munosabatlari barqarorlashib borayotgan bir davrda muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Aholini don va don mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirish hozirgi bozor munosabatlari barqarorlashib borayotgan bir davrda muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Aholini don va don mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘la qondirishga faqatgina ko‘plab don yetishtirish orqali erishib bo‘lmaydi. Yetishtirilgan don, yorma va omuxta yemlarni sifatli va beisrof saqlay bilish lozim.
“Don va don mahsulotlarini saqlash” fani faqat texnologiya bo‘libgina qolmay, balki texnik-iqtisodiy fan hamdir. Fan don va uning mahsulotlari (un, yorma, omuxta yem) ni saqlashning nazariy asoslarini, mahsulotlarning sifatini oshirishni va ulardan ratsional foydalanish yo‘l-yo‘riqlarini o‘rgatadi. Shuningdek don mahsulotlarini saqlashdagi barcha turdagi isrofgarchilikka qarshi kurash choralarini to‘g‘ri tashkil qilishni o‘rgatadi.
Don, un, yorma va omuxta yemni saqlash texnologiyasi fani qo‘yidagi vazifalarni amalga oshirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi;
-don, un, yorma va omixta yem kabi mahsulotlarni saqlashning nazariy asoslarini o‘rgatish;
-don va don mahsulotlari kimyoviy tarkibi, sifat ko‘rsatkichlari va ularga ta’sir etuvchi omillarni o‘rgatish;
-don va don mahsulotlarida kechadigan biologik kimyoviy jarayonlarni o‘rgatish;
-mahsulotlarni saqlash usullari, rejim va texnologik asoslari bilan tanishtirish;
-talablarda fan yuzasidan chuqur bilim va ko‘nikma hosil qilish va ularda donni sifatli saqlash yo‘llarini izlab topish uchun ilmiy izlanishlarga jalb etish;
-mahsulotlarni sifatli va beisrof saqlashga erishish uchun sohaga ilg‘or texnologiyalarni jalb etish.Don to‘plami sifatini aniqlash uchun 2 kg atrofida namuna ajratiladi. Namlikni aniqlash uchun 5 gr namuna, aralashmalar tarkibi uchun esa 200 gr namuna etarli hisoblanadi. Ushbu namunalar tahlilida don to‘plamiga baho berish mumkin. Natijalarning to‘g‘riligi boshlang‘ich nusxalarni to‘g‘ri to‘plashga, dastlabki, o‘rtacha namunalarni olish joyi, miqdori va ishni bajarish sifatiga bog‘liq.
Ushbu masalani maxsus o‘rganish va don to‘plamlari sifatini umumiy baholashda turli qismlardan o‘rtacha nusxalar tuzish, shuningdek, tushunchalardan (terminlar) foydalanishda standartlash zaruriyatini tug‘diradi. O‘rtacha tahlildan o‘tishdan avval, oziq-ovqat, furaj va texnik maqsadida namunalarni tanlash usullariga to‘g‘ri keladigan va amaldagi davlat standartlari bilan sinchiklab tanishib chiqish zarur. Unda asosiy tushunchalar aniqligi (to‘plam, ma’lumot olingan qism, boshlang‘ich namuna, o‘rtacha namuna) va amalda ishni bajarishda zarur bo‘lgan, rioya qilinadigan hamda namunalar tuzishning aniq qoidalari berilgan.
Oziq-ovqat, furaj, texnik don to‘plami deb, bir vaqtda qabul qilishga, topshirishga yoki tushirishga, yoki bo‘lmasa bir elevator xirmonda, omborda saqlashga mo‘ljallangan, bir xil sifatli (organoleptik baholash bo‘yicha) namunaga aytiladi.
Don to‘plami sifati ushbu to‘plamdan olingan o‘rtacha namunani laboratoriya tahlilida to‘plangan ma’lumotlar asosida belgilanadi.

Download 180.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling