YETKAZIB BERISH SHARTLARI
-
Mahsulotni yetkazib berish SHARTNOMAning 4.3-bandi bajarilgandan keyin 30 kun ichida amalga oshiriladi. Mahsulotni jo‘natish muddati Yetkazib beruvchi depozit hisobvarag‘iga mablag‘ kelib tushgan paytdan boshlab hisoblanadi.
Mahsulot hisobvaraq-faktura rasmiylashtirilib, SHARTNOMAda ko'rsatilgan narxlarda faqat SHARTNOMAda ko'rsatilgan muddatda Yetkazib beruvchining depozit hisobvarag'iga mablag' kelib tushgan taqdirdagina chiqariladi. To'lov kechiktirilgan taqdirda hisobvaraq-faktura rasmiylashtirilib va depozit hisobvarag'iga mablag'lar kelib tushgan kunida belgilangan narxlar bo'yicha mahsulot chiqarilishi mumkin.
-
Mahsulotni qabul qilib olish Sotib oluvchi tomonidan Yetkazib beruvchining omborida amalga oshiriladi.
-
Egalik qilish huquqi va tasodifiy yo'qotish xavfi (риск случайной гибели) mahsulotni topshirish (qabul qilish) vaqtida Sotib oluvchi zimmasiga o'tadi.
-
NARX VA TO‘LOV TARTIBI
-
Qabul qilingan mahsulotning narxi mahsulot spetsifikatsiya bilan belgilanadi (SHARTNOMAning 1.3-bandi).
-
SHARTNOMA narxi quyidagi hollarda ochiq qoladi va o'zgartirilishi (aniqlanishi) mumkin:
-
Sotib oluvchi taklifiga ko‘ra, mahsulot nomenklaturasiga o‘zgartirishlar kiritilganda;
-
Mahsulot uchun to'lov kechiktirilgan taqdirda;
-
Sotib oluvchi SHARTNOMA bo'yicha Yetkazib beruvchining depozit hisobvarag'iga to'lovni quyidagi tartibda o'tkazish yo'li bilan amalga oshiradi:
-
mahsulot qiymatining 30% miqdorida oldindan to'lash - SHARTNOMA imzolangan kundan boshlab 10 kun ichida;
-
keyinchalik - mahsulot olingan kundan boshlab 30 kun ichida shartnoma narxining 70% miqdorida mablag'ning qolgan qismini to'lash.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |