Yetkazib berish zanjirida xavfsizlik


Yetkazib beruvchi mahsulotlarini sifatini ta’minlash


Download 274.6 Kb.
bet3/6
Sana09.06.2023
Hajmi274.6 Kb.
#1470590
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
YETKAZIB BERISH ZANJIRIDA XAVFSIZLIK

2. Yetkazib beruvchi mahsulotlarini sifatini ta’minlash


Logistik boshqaruv ta’minotining an’anaviy usullaridan “aniq vaqtda” Just in time (JIT) nomini olgan tamoyil bo‘yicha ta’minlashga o‘tishga imkon beradi.
An’anaviy ta’minlashda ishlab chiqrish-sotish tizimining kirishida yetkazib beruvchilardan oqim ko‘proq yoki kamroq uzoq muddatli shartnomalar va yetkazib berishga oldindan buyurtmalarga muvofiq shakllantiriladi, ishlab chiqaruvchi tomonidan uni iste’mol qilish esa ko‘proq yoki kamroq qisqa muddatli, ammo so‘zsiz qanoatlantirishni talab qiluvchi ishlab chiqarish talablari bilan belgilanadi.
Bir tomondan xomashyo materiallar va butlovchilarning har xil vaqtdaligi va har xil intensivligi va boshqa tomondan ularning iste’mol qilishda navlari va hajmi bo‘yicha ancha katta bo‘lgan zaxiralarni tashkil qilinishi talab qilinadi. Bunday zaxiralar, ishlab chiqarishning bir maromdaligini ta’minlagan holda uning iqtisodiy samaradorligini ancha pasaytiradi. Ayniqsa, bu bozor iqtisodiyotida namoyon bo‘ladi, ammo rejaga asoslangan iqtisodiyot sharoitlarida va yakka hukumronlik sharoitlarida ham katta ahamiyatga ega.
Logistik boshqaruv tamoyillarini ko‘magi xomashyo materiallar va butlovchilarni yetkazib beruvchilar tomonidan yetkazib berilishi va ularni iste’mol qilinishini ko‘proq darajada moslashishiga imkon beradi. Yetkazib beruvchilar bilan umumiy masalalarni hal qiluvchi kishilar kabi munosabatlarni o‘rnatilishi hamda axborot almashinuvini uning operativligi va qamrab olish kengligini keskin oshiruvchi kompyuterlashtirish JIT tamoyiliga o‘tish imkoniyatiga olib keladi. JIT tamoyili mohiyati bo‘yicha shundan iboratki, huquqiy vujudga kelgan ehtiyojlarga ko‘ra kerakli xomashyo materiallar va butlovchilarni kerakli vaqtda kerakli sifatda va kerakli miqdorda kerakli muddatga yetkazib berishdan iboratdir. Bu ishlab chiqarish maromi ko‘rsatkichlarini pasaytirmasdan kirish va oraliq zaxiralarini kamaytirish uning iqtisodiy samaradorligini oshirish va bozor ehtiyojiga omillik bilan javob qaytarishga imkon beradi. Keyingisi mijozlar doirasi kengaytirish va o‘zining bozordagi o‘rnini mustahkamlashga imkon beradi. Bu ba’zida ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishga qaraganda muhimroqdir, chunki shaxsiy narx-navo va texnik siyosatni o‘tkazishga imkon beradi.
Ta’minotni an’anaviy tashkil qilish va JIT tamoyili bo‘yicha ta’minotning sxemalari va chizmalarda berilgan.

4.1-chizma. Kirish oqimlarini tashkil qilishning an’anaviy tuzilishi.

1, 2, ...N – ishlab chiqarish iste’molchilari
4.2-chizma. JIT tamoyil bo‘yicha kirish oqimlarini tashkil qilishning
tuzilishi
Bevosita yetkazib beruvchilarga etib boradigan to‘g‘ri yoki iste’molchilar yo ishlab chiqaruvchilardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki vositachilar orqali yoki aralash tartibda kelib tushish mumkin. Iqtisodiyotda taqsimot ostida u yoki bu mahsulotlarga mulkchilik huquqini taqsimlanishi tushuniladi. Yetkazib berishda taqsimot oyida mahsulotlarni yetkazib berish va ularni iste’molchilar ixtiyoriga topshirshdan iborat moddiy jarayon tushuniladi.
Yetkazib berish tamoyillar bo‘yicha qurilgan ishlab chiqarish tizimining chiqishidagi moddiy oqimlarni tashkil qilish o‘tkazish va sotishning an’anaviy jarayonlaridan quyidagi munosabatlarda farqlanadi. Yetkazib berish sifatlarida chiquvchi moddiy oqimlar reklama sotish faoliyatining natijalari bo‘yicha emas, balki har tomonlama marketing tadqiqotlarini o‘tkazishga muvofiq shakllanadi:

  • o‘z navbatida taqsimlash natijalari bilan tasnifi aloqa bilan belgilangan ishlab chiqarish va xarid qilish ritmigi muvofiq ishlab chiqilgan tovarlar taqsimlanishi kerak;

  • boshqaruv jarayonining o‘zining ichida ko‘pincha mustaqil firmalar tomonidan bajariladigan bir qator texnologik bosqichlardan tashkil topgan chiquvchi moddiy oqimlar tomonidan tizimli o‘zaro bog‘liqligi amalga oshiriladi.

Yetkazib berish tamoyili bo‘yicha tashkil qilinadigan chiquvchi moddiy oqimlar yo‘naltiriladigan yakuniy joy odatda har xil foydalanish bo‘linmalari va ulgurji savdo bazalaridan iborat bo‘ladi. Bu yetkazib berishga xos bo‘lgan barcha moddiy oqimlarni integral ko‘rib chiqish katta shaxsiy samara berish mumkin, uni boshqa omillardan alohida ko‘rib chiqish va baholash mumkin. Buning ustida chakana savdoda boshqa teng ifodalarda har bir alohida mijoz bilan ishlay olishlik, savdo zalini tashkil qilish va jihozlash, reklama san’ati va boshqa omillar birinchi o‘ringa chiqadilar.


Download 274.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling