Yetkazib berish zanjirini boshqaruvni muvofiqlashtirish хамdа teskari logistikani rejalashtirish


Download 110.41 Kb.
bet3/6
Sana07.05.2023
Hajmi110.41 Kb.
#1440324
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yetkazib berish zanjirini boshqaruvni







1.2. Yetkazib berish tizimida nazoratni o‘rnatish


Tajribada moddiy oqimni boshqarish doirasida menejerlar harakatini boshqaradigan modeli va maxsus ishlab chiqilgan tartiblar yordamida moslashuvning turli xil usullaridan foydalaniladi. Oxirgi yillarda Amerika korporatsiyalarida asosiy e’tibor maxsuslashtirilgan axborot tizimi va kompyuterlar yordamida moddiy resurslarni boshqarishni barqarorlashtirishga qaratilmoqda. Kompyuterlardan keng foydalanish asosida ro‘y beradigan moddiy oqimlar boshqaruvi jarayonida rejali va nazoratli bajariladigan ish tartiblarining barqarorlashishi xizmatni qayta qurishni tashkil etish bilan bir vaqtda amalga oshiradi. Bu nazorat va moslashuvning yangi tashkil etilgan mexanizimining paydo bo‘lishiga olib keldi. Eng keng tarqalganlaridan uch turli ko‘rinishda tashkil etilgan mexanizmlarni ko‘rsatish mumkin:

  • maxsus funksional bo‘limlar shakllanib, ularda reja, boshqaruv va nazorat funksiyalarining katta qismi, yangi koorporatsiyalar orqali moddiy oqimlar harakatining reglamentlashtirilgan qismi nazorat qilinadi. Bu usul tajribada eng ko‘p qo‘llaniladi;

  • maxsus rahbar yoki moslashuv guruhi tayinlansa, asosiy masala bo‘lib funksional bloklardagi moddiy oqimlarni boshqarish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar jarayonining moslashuvi hisoblanadi;

  • bo‘limlarga ikki tomonlama bo‘ysinishga asoslangan matritsali mexanizm yaratilib, moddiy oqimlarni samarali boshqarishga bog‘liq bo‘ladi. Moddiy resurslarni boshqarish uchun maxsus tuzilmani ishlab chiqish odatda har bir firma oldida turgan shu sohadagi muammolar hisobiga amalga oshiriladi. Moddiy oqimlarni boshqarish tizimi ostida funksional maxsuslashtirishga muvofiq ravishda 3 ta asosiy tarkibiy blokka ajratiladi: 1) rejalashtirish va moslashish; 2) boshqarish yoki tartibga solish; 3) nazorat.

Har bir tarkibiy blokka turli xil boshqaruv bo‘limlarini kiritish mumkin. Bu bo‘limlarning soni va ularning o‘zaro ta’sir xususiyati har bir bosqichda moddiy oqimlarni boshqarish bilan bog‘liq ishning hajmi va murakkablik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. (5.4-chizma)

5.4-chizma. Moddiy oqimlarni boshqarish tizimi
Moddiy oqimlarning boshqarish bo‘limi shakllanishi bilanoq
Korporatsiyalarda paydo bo‘ladigan maxsus masalalarga muvofiq ravishda bunday bo‘linish ichki tarkibining ko‘p sonli turi amal qiladi. Ayni paytda, bu variantlarning barchasi umumiy modelga asoslangan va o‘xshash masalalarni yechishga mo‘ljallangan. Tovarlarning bir partiyalini boshqaruv apparati tarkibi uchun 2 ta umumiy variant xarakterli. Birinchi variant - ishlab chiqarish jarayonida va ta’minot bosqichida xomashyo va materiallardan foydalanish samaradorligini oshirishga mo‘ljallangan va sanoat ahamiyatidagi mahsulotlarni chiqaradigan Korporatsiyalarda tez-tez qo‘llaniladi. Bu yerda asosiy muammo bo‘lib, ishlab chiqarish bo‘linmalari va ta’minot ishlarining doimiy bog‘lanish zarurati, moddiy resurslarni saqlash va ulardan foydalanish ustidan nazorat olib borish tashkiloti va ishlab chiqarish bo‘limlari orqali moddiy resurslar harakatini operativ boshqarishni ta’minlash masalalari hisoblanadi. Ikkinchi variant - moddiy oqimlarni boshqarish bo‘limi tuzilmasi ko‘p sonli iste’molchilarga xizmat qiladigan va keng ko‘lamdagi mahsulot assortimentini ishlab chiqaradigan kompaniyalarda ko‘pincha qo‘llaniladi. Bu firmalar birinchi navbatda sotish tizimida tayyor buyumlarni saqlash muammolariga duch keladi va mahsulotlarni sotish, iste’molchilarga xizmat qilish va moddiy oqimlarni boshqarib borish kerak.
Yetkazib berish tizimi tashkilotda boshqaruvni samarali tashkil etishga yordam beradi, qaysiki u boshqaruv jarayoniga bog‘liq bo‘lmagan holda bir qancha xarakterli xususiyatlarga egalik qiladi, ular quyidagilar:

  • tashkilotning strategik maqsadlarining mavjudligi;

  • strategik maqsadlar uchun bo‘ysunadigan taktik (rejani) maqsadni ishlab chiqish;

  • aniq maqsadlarga mos keladigan o‘lchov birliklarini to‘g‘ri tanlash;

  • tanlangan birlikning nazorat raqami yoki aniqlangan me’yori (masalan, buyurtmani bajarish muddati);

  • boshqaruv jarayoni haqidagi axborotlarni standart, me’yor yoki nazorat raqamlari bilan qiyoslash;

  • qiyoslash natijalari bo‘yicha qaror qabul qilish;

  • boshqaruv ta’siri natijlarini nazorat qilish.

Yuqorida aytilganlarni amalga oshirishni tartibga solish Yetkazib berish tizimida nazoratni o‘rnatishga yordam beradi (5.5- chizma).
Boshqaruv tizimi kirish qismiga ega, ya’ni boshqaruv iyerarxiyasi darajasiga bog‘liq holda aniq maqsadga ega. Har doim ham boshqaruvning aniq davri jarayonida maqsadlarga erishish muvaffaqiyatli bo‘lavermaydi.
Maqsadga erishish yo‘lida faoliyat natijalarining o‘lchov birligi turini aniqlash katta ahamiyatga ega. Bunday bosqichdan so‘ng nazorat qilish boshlanadi.

5.5-chizma. Yetkazib berish tizimida nazoratni o‘rnatish
Masalan, sizga yangi mahsulotni o‘zlashtirish bo‘yicha javobgarlik buyurildi va siz birinchi navbatda ushbu mahsulotning yuqori sifatli bo‘lishidan manfaatdorsiz. Ayni paytda buxgalterlar ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishdan, iqtisodchilar esa uning samaradorligidan manfaatdorlar.

Download 110.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling