Yetti yillik urush A. E. Kotsebu. «Kunersdorf jangi»


Download 222.81 Kb.
bet1/4
Sana28.12.2022
Hajmi222.81 Kb.
#1009514
  1   2   3   4
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)


Yetti yillik urush



Yetti yillik urush


A. E. Kotsebu. «Kunersdorf jangi» (1848)

Sanalar

1756—1763

Urush yeri

YevropaAfrikaHindistonShimoliy AmerikaVest IndiyaFilippinJanubiy Amerika

Sabab

Prussiyaning kuchayishi, fransuz-ingliz kolonial raqobati

Natija

Prussiyaning buyuk davlatga aylanishi; Angliyaning Fransiyadan KanadaSharqiy Luiziana koloniyalarini, DominikaSent VinsentGrenadaTobagoSenegal orollarini, Hindistondagi barcha savdo faktoriyalarini va Ispaniyadan G`arbiy Luizianani tortib olib, yetakchi kolonial davlatga aylanishi



Raqiblar

Prussiya qirolligi
Britaniya imperiyasi
Braunshveyg-Lyuneburg
Portugaliya qirolligi
Gessen-Kassel knyazligi
Irokez qabilalari konfederatsiyasi
Rossiya imperiyasi (1762)
Bengaliya subasi

Muqaddas Rim imperiyasi
Fransiya
Rossiya imperiyasi (1757—1761)[1]
Shvetsiya qirolligi
Ispaniya imperiyasi
Saksoniya kurfyurstligi
Neapol qirolligi
Sardiniya qirolligi

Qoʻmondonlar

Fridrix II
F. V. Zeydlits
Georg II
Georg III
Robert Klayv
Jeffri Amherst
Ferdinand Braunshveyg
Siroj ud-Davla
Joze I

Graf Daun
Graf Lassi
Karl Aleksandr
Ernst Gideon Laudon
Lyudovik XV
Lui Jozef de Monkalm
Yelizaveta Petrovna
P. S. Saltikov
Karl III
Avgust III

Kuchlar

Bir necha yuz ming kishi (pastroqqa qarang)

Bir necha yuz ming kishi (pastroqqa qarang)

Yoʻqotishlar

pastroqqa qarang

pastroqqa qarang

Yetti yillik urush (1756—1763) — XVIII-asrning katta voqeasi, Yangi davrning eng katta urushi. Yetti yillik urush harakatlari Yevropa va okean ortida: Shimoliy AmerikadaVest IndiyadaHindistondaFilippinda olib borilgan. Urushda oʻsha paytdagi Yevropaning barcha buyuk davlatlari, oʻrtac va kichik davlatlar, bir qancha hindular qabilalari qatnashgan. Uinston Cherchill tomonidan urush „Birinchi Jahon urushi“ deb atagan.[2] Urushni kolonial (Britaniya imperiyasiFransiya va Ispaniyaning kolonial maqsadlari toʻqnashganligi sababli), birinchi okop (urushda koʻplab redutlarokoplarning ishlatilganligi sababli) va birinchi artilleriya (artilleriya katta miqdorda ishlatilganligi sababli) urushi deb ham atashadi.
Yevropadagi Avstriya va Prussiya qirolligi oʻrtasida asosiy raqobatga Avstriya tomonidan oldingi Sileziya urushlarida yoʻqotilgan Sileziya sababchi boʻlgan. Shu sababli bu urushni Uchinchi Sileziya urushi deb ham atashadi. Shved tarixchiligida urush Pomeraniya urushi (shvedchaPommerska kriget), Kanadada Bosqinchilik urushi (inglizchaThe War of the Conquest) va Hindistonda Uchinchi Karnat urushi (inglizchaThe Third Carnatic War) deb nomlanadi. Shimoliy Amerikadagi urush harakatlarini Fransuz-hindu urushi deb atashadi.
Urushga „yetti yillik“ degan nomni XVIII-asrning 80-yillarida olgan, u paytgacha urushni „yaqinda boʻlgan urush“ deb atashgan.
YeTTI YILLIK URUSh (1756-63) — Avstriya, Fransiya, Rossiya, Ispaniya, Saksoniya va Shvesiya bilan Prussiya, Buyuk Britaniya, Portugaliya oʻrtasida boʻlgan urush. Angliya va Fransiyaning oʻzga hududlar uchun kurashi hamda Prussiya siyosiy manfaatlarining Avstriya, Fransiya va Rossiya manfaatlari bilan toʻqnashuvi tufayli kelib chiqqan. 1761-y.da Prussiya halokat yoqasida edi, ammo yangi rus imperatori Pyotr III u bilan sulh uzgan (1762) (Yekaterina II uni bekor qilgan, birok, urushni davom ettirmagan). Shiddatli kurashlar mustamlakalarda va dengizda ham sodir boʻlgan. Prussiya Gubertusburg sulhi (1763) ga asosan, Saksoniya bilan Sileziyani oʻziga qoʻshib olgan. Parij tinchlik bitimi (1763) ga asosan, Fransiyadan Buyuk Britaniyaga Kanada, Sharqiy Luiziana, fransuzlarning Hindistondagi mulklarining koʻp qismi oʻtgan. Ye.y.u.ning asosiy natijasi — Buyuk Britaniyaning Fransiya ustidan mustamlaka va savdo sohasidagi kurashda qozongan gʻalabasi boʻlgan.
Urush sabablari

1756-yilda Yevropaning kurashayotgan ittifoqlari
Yetti yillik urush eʼlon qilinmasidanoq Yevropada emas, balki okean ortida boshlangan. 1754—1755-yillarda Shimoliy Amerikadagi anglo-fransuz kolonial raqobati ingliz va fransuz kolonistlari oʻrtasidagi chegara toʻqnashuvlariga olib keldi. 1755-yilning yozida toʻqnashuvlar ochiq urush harakatlariga (qarang Fransuz-hindu urushi) aylanib ketdi. Unda ittifoqchi hindular bilan birga doimiy harbiy boʻlinmalar qatnasha boshlashdi. 1756-yilda Buyuk Britaniya Fransiyaga qarshi rasmiy tarzda urush ochdi.

Download 222.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling