Yetti yillik urush A. E. Kotsebu. «Kunersdorf jangi»


Download 222.81 Kb.
bet2/4
Sana28.12.2022
Hajmi222.81 Kb.
#1009514
1   2   3   4
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

Ittifoqlar oʻzgarishi
Asosiy maqola: Diplomatik inqilob

Yetti yillik urush qatnashchilari. Koʻk rangda: ingliz-pruss ittifoqi. Yashil rangda: antipruss ittifoqi
Bu urush Yevropadagi tashqi-siyosiy ittifoqlar tizimini buzib, koʻplab Yevropa davlatlarini oʻz tashqi ittifoqlarini oʻzgartirishga majbur qildi. Avstriya va Fransiya oʻrtasidagi qitʼada yetakchi boʻlish uchun doimiy raqobat uchinchi kuch: Prussiya paydo boʻlishi boʻlishi bilan pasaya boshladi. Prussiyada hokimiyat tepasiga 1740-yilda Fridrix II kelishi bilan Prussiya Yevropa siyosatida yetakchi boʻlishga harakat qila boshladi. Fridrix Sileziya urushlarida gʻalaba qozonib Avstriyaning eng boy viloyatlaridan biri Sileziyani tortib oldi. Bu gʻalaba natijasida Prussiya hududi 118,9 ming km²dan 194,8 km²ga kengayib, aholisi 2 240 000 mingdan 5 430 000ga yetdi. Tabiiyki, Avstriya Sileziya yoʻqotilishiga shunday qarab tura olmasdi.
Fransiyaga qarshi urush ochgan Buyuk Britaniya 1756-yilda Prussiya bilan ittifoq tuzdi. Bu ittifoq ingliz qirolining qitʼada mulki boʻlgan Gannoverni Fransiyadan himoya qilish uchun tuzildi. Fridrix Avstriya bilan urushni muqarrar deb bilganligi va oʻz resurslari cheklanganligi bilganligi sababli „ingliz oltini“ni tanladi. U shuningdek, bu bilan Britaniya taʼsiri kuchli boʻlgan Rossiyani urushga aralashtirmaslik uchun harakat qildi. Britaniyaning Rossiyaga taʼsirini juda yuqori baholab yuborgan Fridrix oʻzining ingliz-pruss ittifoqi bilan Fransiyaning jahli chiqishini oʻylamadi. Natijada Fridrix qitʼadagi eng kuchli uch davlat ittifoqiga qarshi kurashishga majbur boʻldi. Bu ittifoqni u „uch xotin ittifoqi“ deb atagan ([[Mariya Tereziya), Yelizaveta Petrovna va madam Pompadur). Dushmanlarini shunday deb mazah qilgan Fridrix oʻz kuchlariga judayam ishonmagan: oʻzining askarlari soni kam boʻlgan, piyoda qoʻshinlari kuchsiz boʻlgan itifoqchi Angliya puldan boshqa hech narsani Prussiyaga bera olmasdi.
Ingliz-pruss ittifoqi tuzilishi Avstriyani oʻzining raqibi Fransiya bilan birlashtirishga majbur boʻldi. Sileziya urushlarida Prussiyani qoʻllab-quvvatlab, Avstriya kuchini sindirish uchun oʻz qoʻlidagi oʻyinchoq qilmoqchi boʻlgan Fransiya uchun Prussiya dushmanga aylandi. Yangi tashqi-siyosat muallifi oʻsha paytlardagi mashhur Avstriya diplomati graf Kaunits boʻldi. Fransiya va Avstriya oʻrtasida Versalda ittifoq tuzildi. 1756-yilda bu ittifoqga Rossiya ham qoʻshildi.
Prussiyaning kuchayishi Rossiya tomonidan uning gʻarbiy chegaralariga xavf tugʻilishi deb qabul qilindi. Avstriya bilan yaqin aloqalar, 1746-yilda imzolangan ittifoq bitimi boʻlajak urushda Rossiya kimning tarafdori boʻlishini aniqlashtirib qoʻygandi. Anʼanaviy yaqin aloqalar Angliya bilan ham mavjud edi. Shunisi qiziqki urush boshlanmasidanoq Prussiya bilan diplomatik aloqalarni uzgan Rossiya butun urushda davomida Angliya bilan diplomatik aloqalarni uzmaydi.
Na Avstriya, na Fransiya va na Rossiya Prussiyani yoʻq qilishni xohlamasdi, lekin, ularning maqsadi Prussiyani Sileziya urushlarigacha boʻlgan chegaralarga qaytarish edi. Shunday qilib, ittifoqchilarning maqsadi Avstriya vorisligi uchun urushda vayron qilingan qitʼadagi eski siyosiy munosabatlarni tiklash edi. Umumiy dushmanga qarshi birlashgan bu uch davlat oʻzlarining anʼanaviy tushunmovchiliklarini esdan chiqarmadilar. Prussiyaning urushda butunlay magʻlub boʻlmasligiga ham raqiblar orasidagi dushmanlik va kelishmovchiliklar sabab boʻldi.
Bu urushni David va „Goliaf“ oʻrtasidagi kurash deb ham atashgan. Fridrix IIning 200 000 askari va yollanma 50 000 Gannover askarlariga dushmanning 419 000 askari bor edi. Shu urushdan soʻng Fridrix „Buyuk“ degan nom oldi.
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling