Yetuklik. Katta yoshdagilarda bilish jarayonlari. Inson miyasining yetilishi

Yetuklik davrining yetakchi faoliyati va rivojlanishning ijtimoiy shart-sharoitlari

Download 6.11 Mb.
bet4/10
Sana26.07.2023
Hajmi6.11 Mb.
#1662722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
YETUKLIK

Yetuklik davrining yetakchi faoliyati va rivojlanishning ijtimoiy shart-sharoitlari

Yetuklik davrining inqirozlari

Yetuklik davrining inqirozlari

  • G‘arb psixologiyasida yetuklik davridagi inqirozlarni o‘rganish bu yosh davridagi rivojlanishni tahlil qilishning asosiy yondashuvlaridan biridir1. Ko‘proq shaxsiy o‘sishlar ro‘y beradigan yosh davrlarini ajratish mumkin: 20 yoshlar atrofida, 30 yoshlar atrofida (28—34), 40—45, 55—60 yoshlarda va nihoyat keksalik davrida.
  • Yetuklik davrida inqirozlarning kechishi, davomiyligi shaxsiy hayotdagi sharoitlarga bog‘liqdir. Bu yosh davrida rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchi o‘sishga va o‘z-o‘zini takomillashtirishga ichki intilish hisoblanadi. Inqirozni keskinlashtiradigan sharoitlar sirasiga sog‘liqning to‘satdan o'zgarishi (kutilmagan kasallik, uzoq kasallanish, garmonal o‘zgarishlar), ijtimoiy va siyosiy hodisalar, talablarning, sharoitning va ijtimoiy kutilmalarning o‘zgarishi va b.) kirishi mumkin. Kritik davrning kechishi turli shakllarda namoyon bolishi mumkin. Bu davrning ≪inqirozliligi≫ haqidagi tasavvurga barcha tadqiqotchilar ham qo‘shilmaydilar.
  • Inson hayotining ≪ikkinchi yarmiga≫ K.Yung ham juda qiziqqan. Hayotning o‘rtasini u ≪ruhning chuqur va qiziqarli o‘zgarishlari≫ ro‘y beradigan kritik davr sifatida qaragan2. Yetuklik davrida inson ichki o‘z-o‘zini anglashi, K.Yungning ta’biri bilan aytganda ≪individualizatsiyani≫ amalga oshirishi zarur.
  • Hayotining ikkinchi yarmida inson shaxs turli elementlarining muvozanati va integratsiyasi yordamida o‘z shaxsining yuksak rivojlanishiga erishishi mumkin. K.Yungning fikricha, shaxsining yuksak darajasiga hamma ham erishmaydi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling