Yetuklik. Katta yoshdagilarda bilish jarayonlari. Inson miyasining yetilishi


Download 6.11 Mb.
bet1/10
Sana26.07.2023
Hajmi6.11 Mb.
#1662722
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
YETUKLIK

YETUKLIK. KATTA YOSHDAGILARDA BILISH JARAYONLARI. INSON MIYASINING YETILISHI.

Dotsent: Safarova S.

REJA


1
2
3
4
5
6

Yetuklik psixologik bosqich sifatida.

Yetuklikni davrlashtirish muammosi.

Yetuklik davrining yetakchi faoliyati va rivojlanishning ijtimoiy shart-sharoitlari.

Yetuklik davrida shaxs rivojlanishi.

Yetuklik davrining inqirozlari.

Yetuklik davrida psixofiziologik va bilish jarayonlarining rivojlanishi.

Yetuklik psixologik bosqich sifatida

  • Yetuklik ontogenezdagi nisbatan uzoq davom etadigan davrlardan biridir. Odatda yetuklikning uch bosqichi ajratiladi:
  • — ilk yetuklik (yoshlik);

    — o‘rta yetuklik;

    — yetuklik (qarilik va keksayish).

    Yetuklik tushunchasi va yetuklikka erishish mezonlari. Rivojlanish jarayonining ko‘p qirraliligini hisobga olgan holda yetuklikning ko‘pgina belgilarini ajratish mumkin1:

    — jismoniy o‘sish bilan kamroq, ko'proq kognitiv takomillashish bilan boglangan rivojlanishning yangi xarakteri;

    — yangi sharoitlarga muvaffaqiyatli moslashish, qarama-qarshilik va qiyinchiliklarni ijobiy hal qilish, vaziyatga tez moslashish;

    — tobelikni bartaraf etish va boshqalar va o‘zi uchun mas’uliyatni his qilish;

    — xarakterning ayrim xislatlari (qat’iylik, umidvorlik, vijdonlilik, hamdardlik bildirish va boshqalar).

  • ≪Kattalik≫ va ≪yetuklik≫ tushunchalari aynan bir xil tushunchalar emas. Yetuklik — hayot faoliyatining eng ijtimoiy faol va mahsuldor davridir, u kattalikning shunday davriki, unda shaxs va intellekt rivojlanishining eng yuksak darajasiga erishiladi.

Yetuklik psixologik bosqich sifatida

Qadimgi greklar bu yoshni va ruh holatini ≪акте≫ deb atashgan, ≪cho‘qqi≫, oliy bosqich, gullagan davr degan ma’nolarni anglatadi.

Gumanistik psixologiyada (A.Maslou, G.Olport, K.Rodjers va b.) yetuk shaxsning o‘z-o‘zini namoyon qilishi jarayoniga katta ahamiyat berilgan. Maslouning fikricha, o‘z-o‘zini namoyon qiladigan shaxslar elementar ehtiyojlarini qondirish bilan chegaralanib qolmaydi, haqiqat, go‘zallik, yaxshilik kabi oliy qadriyatlarga intiladi. Ular o‘z faoliyatlarida yuksak cho‘qqilarga intiladilar. 0 ‘z-o‘zini namoyon qilish uchun o‘z ustida tinmay ishlashni talab qiladigan jarayondir. G.Olportning ta’kidlashicha, shaxsning yetukligi motivatsiyasining funksional avtonomligi bilan belgilanadi. Olportning fikricha, o‘z-o‘zini namoyon qiladigan shaxs quyidagi xislatlarga ega bo'ladi:


Download 6.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling