Yetuklik. Katta yoshdagilarda bilish jarayonlari. Inson miyasining yetilishi


Download 6.11 Mb.
bet9/10
Sana26.07.2023
Hajmi6.11 Mb.
#1662722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
YETUKLIK

Inson inqirozli kechinmalami muvaffaqiyatli bartaraf etish uchun o‘zida emotsional egiluvchanlikni, o‘sayotgan bolalar va keksayayotgan ota-onalarga nisbatan hissiy barqarorlikni rivojlantirishi zarur. 0 ‘rta yosh inqirozini hal qilish - hayotiy maqsadlami qayta ko‘rib chiqish, insonga berilgan umming qisqaligini anglash, hayot sharoitlarini tuzatish, yangi «Men» obrazini ishlab chiqish, turmush o‘rtog‘iga, do‘stlariga, farzandlariga ko‘proq e’tibor qaratish, yangi holatini to‘g‘ri idrok etish yangi barqaror davrga olib keladi. Inqirozlarni muaffaqiyatli bartaraf etgan insonlarda 50—60 dan keyin kundalik muammolar chetga chiqadi, yanada mahsuldor ishlash uchun sharoit yaratiladi.

Yetuklik davrining inqirozlari

  • Yetuklik davridagi inqirozlarning bolalik davridagi inqirozlardan farqlari quyidagilarda kuzatiladi:
  • — yetuklik davrida asosiy faoliyat turi doimiy bo‘lad i (mehnat, ishlab chiqarish, oila, muloqot va b.), bolalik davrida esa yetakchi faoliyat doimiy ravishda o‘zgarib turadi;
  • — yetuk shaxs asosiy faoliyat turining ichida chuqur o‘zgarishlar ro‘y beradi;
  • — yetuklik davri inqirozlari uzoqroq vaqtda (7—10 yosh) paydo bo‘ladi, ma’lum bir xronologik yoshga bog‘lanmagan, ko‘proq ijtimoiy vaziyatga, hayotning shaxsiy sharoitlariga bogliq;
  • — inqirozlar orasidagi intervallarda rivojlanish tekis kechadi, xronologik chegaralar shartlidir;
  • — yetuklik davridagi inqiroz anglangan holda, yopiq kechadi, atrofdagilarga keskin namoyon qilinmaydi;
  • inqirozdan chiqish, uni bartaraf etish shaxsning ichki faolligiga, uning o‘zigagina bogliq.
  • Normal inqirozlardan farqli ravishda anomal rivojlanishda ichki qarama-qarshiliklarni hal qilish uchun nuqsonli shakllardan foydalaniladi. Masalan, spirtli ichimliklarga berilish motivatsion va mazmunli intilishlarning o‘zgarishiga olib keladi.

Yetuklik davrida psixofiziologik va bilish jarayonlarining rivojlanishi

  • Psixik funksiyalar rivojlanish mexanizmlarida quyidagi xususiyatlar aniqlandi:
  • — Psixofiziologik funksiyalar rivojlanishi ikki fazali xarakterga ega. Birinchi bosqich - funksiyalar taraqqiyotida frontal rivojlanish bolib — tugllgandan ilk yoki o‘rta yetuklikkacha kuzatiladi.
  • Ikkinchi bosqich — psixofiziologik funksiyalarning ixtisoslashuvi — 26 yoshdan keyin faolroq namoyon bola boshlaydi. 30 yoshda ixtisoslashuv hayotiy tajribaning egallanishi va kasbiy mahurat evaziga ustunlik qiladi.
  • — Yetuk insonning psixologik va psixofiziologik rivojlanishi qarama-qarshi va murakkab strukturaga ega bolib, bilish qobiliyati va alohida funksiyalar funksional darajasining susayishi, barqarorlashishi va kuchayishi jarayonlarining almashishini (birgalikda kelishini) kuzatish mumkin. Aniqlangan qonuniyat neyrodinamik,
  • psixomotor xarakteristikalarga verbal va noverbal intellekt, xotira kabi oliy psixik funksiyalarga xosdir.

Download 6.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling