Yetuklik. Katta yoshdagilarda bilish jarayonlari. Inson miyasining yetilishi


Download 6.11 Mb.
bet5/10
Sana26.07.2023
Hajmi6.11 Mb.
#1662722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
YETUKLIK

D.Levinsonning kattalar hayotini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlari qiziqish uyg‘otadi. U 35—45 yoshdagi 40 nafar amerikalik erkaklarni o'rgangan, ularning har biri bilan 15 soatlik biografik intervyu o‘tkazgan hamda mashhur shaxslarning biografiyalarini o‘rgangan. Natijada erkaklarning hayot siklida har bir 20 yil davom etadigan uch asosiy eralarni aniqlagan. Har bir era davomida individuum hayot strukturasini qayta quradi. Levinson quyidagi o‘tish davrlarini ajratgan: — ilk yetuklik — 17—22 yosh; — 30 yoshlarga o‘tish — 28—33 yosh; — o‘rta yetuklik — 40—45 yosh; — 50 yoshlarga o‘tish - 50-55 yosh; — kechki yetuklikka o‘tish — 60—65 yosh; — yetuklik davriga kirishning boshlanishi — 17—33 yoshlarga to‘g‘ri keladi. To‘liq yetuk bo‘lish uchun yosh erkak

rivojlanish jarayonida vujudga keladigan 4 vazifani uddalashi kerak: 1) orzuga erishish va reallik haqida o‘ylab ko‘rish: asossiz fantaziyalar va umuman erishib bo‘lmaydigan maqsadlar, shuningdek, orzuning umuman yo‘qligi o‘sishga imkon bermaydi; 2) ota-ona bola munosabatlaridan yetuk tengdoshlar dunyosi munosabatiga o‘tishni amalga oshirish uchun ustoz topish; 3) o‘zining karyerasini qurish; 4) ≪o‘ziga xos ayol≫ bilan intim aloqalarni o‘rnatish, bu ayol unga kattalar dunyosiga kirishga yordamlashadi, uning umidlarini oqlaydi, uning bogliq xulq-atvori va boshqa kamchiliklariga chidaydi, orzulari amalga oshishida uni qahramon deb qabul qiladi. Levinsonning fikricha, o‘tish davrlarida inson stresslarni boshdan kechiradi, chunki bu davrda maqsadlar, qadriyatlar, hayot tarzi qayta quriladi va qayta baholanadi. Amerikalik olima G.Shixi, Levinsonning tadqiotlaridan ilhomlanib, shunday izlanishlarni ayollarda 0‘tkazadi1. Uning tadqiqotlari ham Levinson natijalarini tasdiqladi. Dastlabki inqiroz ilk yetuklikka o‘tishda, 20-22 yoshda namoyon bo‘lib, ≪ota-ona ildizlaridan bolinish≫ inqirozi deb ataladi. Yoshlikning asosiy vazifalari va muammolari: hayotiy rejalarni aniqlashtirish va ularni amalga oshirishga kirishish; o‘zligini toppish individuallikni ishlab chiqish; o‘zining huquq va majburiyatlarini bilgan yetuk inson deb anglash; turmush o‘rtoq tanlash va o‘z oilasini qurish; kasbiy faoliyatda ixtisoslashish va mahoratni egallash.


Download 6.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling