«Banca» so‘zidan olingan bo‘lib, «stol», aniqrog‘i «pulli stol»
Download 15.34 Kb.
|
Bank
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Banco rotto»
- Bankning vazifalari
Bank «Bank» so‘zi italyancha «Banca» so‘zidan olingan bo‘lib, «stol», aniqrog‘i «pulli stol» degan ma’noni anglatadi. XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilarni «Bancherii» deb atashgan. Agar puldorlardan birortasi ishonchni oqlamasa va o‘z ishiga mas’uliyatsizlik qilsa, u o‘tirgan stolni sindirib tashlashgan va uni «Banco rotto», ya’ni «bankrot» deb atashgan. Bugungi kunda bizga ma’lum bo‘lgan «bankrot» so‘zi ham italyancha «Banca» so‘zidan olingan. O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunida bankka quyidagicha ta’rif berilgan: «Bank - tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini, ya’ni: yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish; qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish; investitsiyalash uchun foydalanish; to‘lovlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxsdir». Bankning vazifalari Ko‘pchilikning tasavvurida bankning iqtisodiyotda tutgan o‘rni faqatgina omonatlarga mablag‘larni jalb qilish va kreditlar berishdan iboratdir. Lekin zamonaviy banklar o‘zlarining raqobatbardoshligini saqlash va ja’miyatning talablarini qondirish maqsadida yangi vazifalarni ham bajarishni o‘rganishi lozim Download 15.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling