- Yevrokredit bozoridagi foiz stavkalarni turli davlatlarning foiz stavkalariga nisbatan erkin shakllanishi yevrobozorga xos xususiyatlardan hisoblanadi. Xalqaro foiz stavkalar odatda kredit liniyasi bo'yicha kreditlash limiti ochilayotganda olinadi. Yevrovaluta bozorida kredit foiz stavkalari asosan LIBOR (LIBOR — qisqa muddatli (odatda 6 oylik) yevrovalutalar (asosan AQSH dollari) bo‘yicha London banklararo mablag‘lar taklifi stavkasi)ga o‘zgarmas kattalikdagi foiz stavkasi (spred (spread) - bank xizmatlari uchun ustama)ni qo‘shish orqali aniqlanadi. Yevrokreditlar bo‘yicha spred darajasi odatda 3/4% dan 3% gacha bo‘lib, uning miqdori kreditga bolgan talab va taklifning o‘zaro nisbaliga, kredit muddatiga, mijozning kredit bo‘yicha to'lovga qobilligiga, kredit riskiga bog‘liq. Umuman olganda, yevrokreditlar bo‘yicha foiz stavka bazaviy (asosiy (LIBOR)) stavkaga spredni qo‘shish orqali aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |