- Yevrokreditlar yevrovalutada odatda 10 oydan 12 yilgacha (o‘rtacha 7 yilga) va asosan 100 mln AQSH dollaridan 500 mln AQSH dollari miqdorida beriladi. Yevrokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari suzuvchi bo‘lib, doimo xalqaro foiz stavkalari (LIBOR, PIBOR, FIBOR) asosida ko‘rib chiqiladi. Yevrobanklar yevrokreditga xizmat ko‘rsatgani, ishtirok etgani va ushbu jarayonni boshqargani uchun komission to'lovlar oladi yoki kredit foiziga bank o‘z spredini qo‘shadi. Yevrokreditlarni olish juda qulay va tez amalga oshiriladi hamda ushbu kreditlarni uzoq muddat davomida so‘ndirishga imkon beriladi. Yevrobanklar mijozning to‘lov va kreditni qaytarish qobiliyatini, kredit tarixini o‘rgangan holda turli shakldagi muzokaralar natijasida ssuda shartlari to‘g‘risidagi yozma shartnoma asosida o‘z mijoziga yevrokreditlarni taqdim etishadi. Foiz stavkaning o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan zararlarni oldini olish maqsadida banklar qisqa muddatli yevrokreditlar bozorida turli ko‘rinishdagi moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiradilar. 0 ‘rta va uzoq muddatli yevrokreditlar odatda stend-bay va qayta yangilanish (rollover) shartlari asosida taqdim etiladi.
Birinchi holat
- Birinchi holatda bank qarz oluvchiga shartnomada kelishilgan summani turli qisqa (3, 6, 9, 12 oylik) muddatlar bo‘yicha alohida-alohida taqdim etish majburiyatini oladi. Shartnomada belgilangan har bir muddat bo‘yicha kredit foizi ham alohida-alohida, yevrovaluta bozoridagi asosiy suzuvchi foiz stavkalar (masalan, LIBOR)ning o‘zgarishini inobatga olgan holda ko'rib chiqiladi. Bu esa, yevrobanklarga o‘rta va uzoq muddatli kreditlarni qisqa muddatli resurslardan foydalangan holda taqdim etish imkoniyatini yaratadi.
Ikkinchi holat
- lkkinchi holatda, rollover yevrokreditlar turli shartlar asosida berilishi mumkin.quyidagicha bo`lish mumkin(davomi keying betda)
1
2
- Amaliyotda keng tarqalgan rollover kredit turlaridan biri bu kreditning ma’lum bir oraliq muddati davomida mijozning rnaksimal olishi mumkin bo‘lgan kredit miqdorini nazarda tutadi. Bunday kreditni so‘ndirish tartibi bir martalik yoki qisman to‘lovlar orqali amalga oshiriladi.
3
- Kredit shartnomasida ssuda hajmi va uning foiz stavkasini kreditning umumiy muddati davomida har chorakda, yarim yilda yoki bir yilda bir marta va h.k. oraliq muddatlarda qayta ko‘rib chiqish tartibi yoki sanasi belgilab qo‘yiladi.
4
- Rollover kreditning maxsus turlaridan biri bu qarz oluvchiga kelishilgan ma’lum muddat davomida oldindan belgilangan shartlar asosida zarur bo‘lganda yevrobankdan kredit olish huquqini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |