Yevroobligatsiyalar bozori


Mavzuga oid adabiyotlar tahlili


Download 31.36 Kb.
bet3/4
Sana28.12.2022
Hajmi31.36 Kb.
#1010446
1   2   3   4
Bog'liq
shuhrat

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili
Ushbu mavzuni tahlil etgan va shu yo‘nalishda ilmiy asoslangan izlanishlar olib brogan bir qator fan nomzodlari va soha mutahasis yetakchilari ilmiy ishlar olib borishgan.
R.R.Tojiyev – Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari, 20091
J.X.Ataniyazov, E.D.Alimardonov Xalqaro moliya munosabatlari2
N.N.Hasanov “Theoretical and methodological approaches to attracting financial resources from the capital market to the corporate sector”. “International Journal of Innovation and Economic Development”. Pages 30-35, February 20203
N.N.Hasanov “Theoretical and methodological approaches to attracting financial resources from the capital market to the corporate sector”. “International Journal of Innovation and Economic Development”. Pages 30-35, February 20204
Tadqiqot metodologiyasi
Tadqiqot mavzusini o‘rganish natiasida ilmiy asoslangan usullardan, xalqaro va ichki ilmiy jurnallarda foydalanildi. Ma’lumotlar tahlil qilish, umumlashtirish, qayta tahlil qilish, kelgusi davrni o‘rganish usullaridan foydalandi.
Tahlil va natijalar.
Yevroobligatsiyalar – xalqaro fond bozorida muomalada bo‘lgan qarz qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi va muayyan vaqtdan so‘ng yevroobligatsiyalar qayta sotib olinishi kerak. Yevroobligatsiyalar moliyaviy “lahja”da yevrobond ham deyiladi. Bu emitent (qimmatli qog‘ozlar va qog‘oz pul chiqarish huquqiga ega bo‘lgan davlat, bank yoki idora) uchun xorij valyutasida chiqarilgan uzoq muddatli qimmatbaho qog‘ozlardir. Yevroobligatsiyalar uni chiqargan mamlakatdan boshqa turli davlatlar moliya bozorlariga joylashtiriladi.
Yevroobligatsiyalar – nisbatan yaqin vaqt orasida vujudga kelgan murakkab vositalardan biridir. Ular qimmatli qog‘ozlar bozorida 1963-yilda paydo bo‘la boshlagan, lekin 1980-yillar boshigacha xalqaro ahamiyatga ega bo‘lmagan. Yevroobligatsiyalar o‘z xaridorlari uchun yaxshi soliq imtiyozlarini va maxfiylikni taklif qila olganligi sababli emitentlar va investorlar orasida mashhurlikka erishdi. Shuningdek, ular qarz oluvchilarga qulay foiz stavkalari va xalqaro aylanma kurslarni taqdim etishlari mumkin. Yevrobondlar muhim ahamiyatga ega, chunki ular boshqa valyutada chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan holda, tashkilotga kapital jalb qilishga yordam beradi.
Yevroobligatsiyalar bozori investorlar, banklar, qarzdorlar va savdo agentlaridan iborat bo‘lib va ular o‘zaro yevrobondlarni sotishadi, sotib olishadi va o‘tkazishadi. Yevroobligatsiyalar – obligatsiyalarning o‘ziga xos turi bo‘lib, asosan yevropa hukumatlari va kompaniyalari tomonidan chiqariladi. Shuningdek ular Jahon banki kabi xalqaro organlar tomonidan ham chiqariladi. Yevrobondlarning birinchi chiqarilishi 1963-yilda Italiyaning “Autostrade” davlat yo‘l qurilish tashkiloti tomonidan nominal miqdori 250 dollar bo‘lgan 60 000 ta obligatsiya bilan amalga oshirilgan.
Eng birinchi yevroobligatsiyalar investorlar tomonidan realizatsiya qilingan. Ular bir qator xizmatlardan o‘tgandan so‘ng elektron holatda chiqariladi, shu jumladan Amerika Qo‘shma Shtatlarida Depozitar trast kompaniyasi (DTC) va Buyuk Britaniyada aktsiyalarni elektron o‘tkazish reesteri (CREST). Eyvrobondlar odatda tashuvchi shaklida chiqariladi, bu esa investorlarga tartibga solish va soliqlardan qochishga yordam beradi. Tashuvchi shakli obligatsiya ro‘yxatdan o‘tmaganligini va natijada mulk to‘g‘risidagi yozuv yo‘qligini anglatadi. Buning o‘rniga jismoniy egalik egalikning yagona dalili bo‘lib hisoblanadi.
Yevroobligatsilarning nomi yevro bilan yoki Yevropa bilan hech qanday aloqasi mavjud emas. Yevroobligatsiyalar uni chiqargan mamlakatdan boshqa turli davlatlar moliya bozorlariga joylashtiriladi.Ushbu obligatsiyalarning aksariyati maxsus nomlarga ega:
1.samuray obligatsiyalari (samurai bonds) – bu Yaponiyadan tashqarida chiqarilgan va iyenada nominallashtirilgan obligatsiyalar hisoblanadi;
2.yevrosterling obligatsiyalari (eurosterling bonds) – bu funt sterlingda nominallashtirilgan lekin Buyuk Britaniyadan tashqarida chiqariladigan obligatsiyalardir;
3.yevrodollarli (Eurodollar bonds) obligatsiyalar AQSH dollarida to‘lanadi, lekin Qo‘shma Shtatlardan tashqarida chiqariladi.
Ko‘pgina yevroobligatsiyalar korporatsiyalar tomonidan chiqariladi. Odatda bitimlar Buyuk Britaniya qonunchiligi bo‘yicha boshqariladi, chunki London ko‘plab yevroobligatsiya operatsiyalari markazi hisoblanadi. Ba‘zi holatlarda Nyu-York shtati qonunlari ham qo‘llaniladi.5
Yevroobligatsiyalar, birinchi navbatda, kapitalni jalb qilish yoki joylashtirish imkoniyatini beradi, ularning qiymati emitentning mahalliy (milliy) bozorini tartibga solishga bog'liq emas. Bundan tashqari, yevrobondlar investorlarning keng doirasi va uzoq vaqt davomida katta miqdordagi mablag'larni jalb qilish imkonini beradi. Yevroobligatsiyalarni garovsiz (garovsiz) joylashtirish variantlari investorlar uchun mavjud bo‘lib, bu ham mablag‘ jalb qilishning ushbu usulining muhim afzalligi hisoblanadi.
Bundan tashqari, yevroobligatsiyalar emissiyasi “imidj” xarakteriga ega bo‘lishi mumkin, chunki u emitentning kredit tarixiga va moliya bozori ishtirokchilarining unga bo‘lgan ishonchiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ishonchlilik - bu evrobondlarning navbatdagi afzalligi. Yevroobligatsiyalar emitentlari xalqaro reyting agentliklarining kredit reytinglariga ega bo‘lishi kerak, bu esa emitentning kredit sifatiga qo‘shimcha kafolatlar beradi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda ichki bozorni kapital resurslariga bo‘lgan talabini qondirishning eng actual yo‘nalishlaridan bo‘lgan qarz majburiyatlari hisoblangan yavrobondalar emissiyasini rivojlantirish iqtisodiyotga ijobiy yondashish hisoblanadi. Mamlakatimiz sub’ektlarini moliyalashtirish quvvatlarini ko‘tarish ichki ishlab chiqarish korxonalarining o‘sishini ta’minlaydi. Buning natijasida davlat byudjeti oshishi, aholi daromadlari ko‘payishi, ijtimoiy soha ijobiylashishi kuzatiladi. Yevrobondlar emissiyasining ijobiy xalqaro kapital bozoriga joylashtirish mamlakatimizni xalqaro integratsiya muhitida nufuzi oshishiga, investorlarning mamlakatimizga qiziqishining oshishiga olib keladi.

Download 31.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling