Yevroosiyo iqtisodiy hamkorlik tashkiloti va a'zo mamlakatlar iqtisodiyotlari uchun uning ahamiyati
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining O’zbekiston uchun foyda va zararlari
Download 48.79 Kb.
|
Yana aldasangiz ... qilaman sizni Rayhon
3. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining O’zbekiston uchun foyda va zararlari
Shu kunlarda eng ko‘p muhokama etilayotgan masalalardan biri - O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lish yoki bo‘lmasligi haqida bo‘lmoqda. Prezidentimiz parlamentga Murojaatnomasida ham bu mavzuga to‘xtalib, “Biz Yevroosiyo ittifoqi bilan hamkorlik masalasida avvalo xalqimiz manfaatlaridan kelib chiqib, ularning xohish-irodasiga tayanamiz. Deputat va senatorlar ushbu masalani atroflicha muhokama etib, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan holda, asoslantirilgan fikrlarini bildirishi kerak. Chunki ular xalq nomidan gapiradi”, dedi va biz bu tashkilotga kuzatuvchi sifatida kirishimizni bildirdi. Bir guruh iqtisodiy ekspertlar esa O‘zbekiston YeOIIga kiradigan bo‘lsa, o‘z qoidalarini ittifoq standartlari bilan muvofiqlashtirishi ortidan katta imkoniyatlarga ega bo‘lishini ta’kidlamoqda. Chunki Singapur va Eron kabi katta salohiyatga ega davlatlar intilayotgan bu ittifoq siyosiy emas¸ balki iqtisodiy uyushma ekanligiga urg‘u berishmoqda. O‘zbekiston YeOIIga qo‘shilsa, qo‘shni davlatlardan keladigan iste’mol mollari narxining ma’lum darajada arzonlashishi, bozorlarimizning erkinlashuvi birdaniga ko‘zga tashlanadi. Jumladan, O‘zbekistonda hozirgi kunda yengil avtomobillar uchun bojxona import to‘lovlarining o‘rtacha stavkasi 70 foizdan 120 foizgacha belgilangan. YeOIIda esa bu ko‘rsatkich 20 foiz. Xuddi shunday holatni qishloq xo‘jaligi texnikalarida ham ko‘rishimiz mumkin. Hozir bizda bunday texnikalar uchun bojxona import to‘lovining o‘rtacha stavkasi 20,5 foizni tashkil qiladi, YeOIIda esa atigi 5 foizga teng. Avtobuslar bo‘yicha ham mos ravishda, 33 foiz va 11,6 foiz. Yuk avtotransporti bo‘yicha bizda 57,6 foiz bo‘lsa, YeOIIda 10,8 foizga teng. Agar biz YeOIIga qo‘shiladigan bo‘lsak, bojxona import to‘lovlarining kamligi evaziga yengil avtomobillar va boshqa transport vositalari ancha arzonlashadi. Bu sohada davlatimiz zarar ko‘radi, ammo jamiyat yutadi. Yana shuni ham ta’kidlash joizki, YeOII davlatlari orasida import to‘lovi mavjud emasligi, bojxona nazoratining bekor qilingani boshqa davlatlar orasida import to‘lovining, shu jumladan, aksiz solig‘ining keskin pasayishi ro‘y beradi. Eng muhimi xalqimiz uchun qo‘shni davlatlardan keladigan asosiy iste’mol mollari arzonlashadi, boj to‘lovi bo‘lmaydi. Bundan tashqari, O‘zbekiston tovarlarini eksport qilish osonlashadi, transport to‘lovlari kamayadi, mehnat bozori barqarorlashadi. Raqobatning ortishi natijasida tovar va xizmatlar sifati yaxshilanadi, mahalliy va import tovarlar narxining pasayishi ro‘y beradi, ishchi kuchi samarali taqsimlanadi. Bunda Qozog‘iston va Rossiyada ishlash muammolari yechiladi. Mamlakatimizda maishiy texnika vositalari ishlab chiqarishda boj to‘lovining o‘rtacha stavkasi 10 foizni tashkil qiladi, bu ko‘rsatkich YeOIIda 0 foizga teng. Uchinchi mamlakatdan olib kiradigan maishiy texnika vositalariga beriladigan bojxona to‘lovi O‘zbekistonda 20 foiz, YeOIIda 10 foizga teng bo‘ladi. Mazkur holat biznes uchun ham, jamiyat uchun ham foydali. Chunki YeOII mamlakatlariga maishiy texnika vositalari eksporti imkoniyatlari ancha kengayadi. YeOII davlatlari bilan chegaradagi bojxona nazoratini bekor qilish orqali eksportda tarifsiz to‘siqlarni kamaytirishga erishiladi, eksport qiluvchilar uchun transport xarajatlarini kamaytirish imkoniyati yaratiladi. Agar biz YeOIIga kiradigan bo‘lsak, mamlakatimizda rivojlangan va istiqbolda yanada rivojlanishi kutilayotgan to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati bo‘yicha ham bir qancha o‘zgarishlarga guvoh bo‘lamiz. Ushbu mahsulot bo‘yicha ichki bozorimiz ehtiyoji 2,7 milliard dollarni tashkil qiladi. Biz esa 2018 yilda ishlab chiqarish hajmini 4 milliard dollarga yetkazdik. Shundan eksport hajmi 1,6 milliard dollarni tashkil qildi. Mazkur eksportning 43,4 foizi yoki 693,8 million dollari YeOII mamlakatlariga jo‘natilgan. Ushbu mahsulotning importi atigi 0,3 milliard dollarni tashkil qildi. Bu masala bo‘yicha ham mamlakatimiz YeOII mamlakatlari bilan uzviy bog‘liqlikda. Xuddi shunday holatni oziq-ovqat sanoati bo‘yicha ham ko‘rishimiz mumkin. Mamlakatimizning ichki bozori uchun 2018 yilda 7,6 million tonna bug‘doy (897 million dollar), 2,5 million tonna un (406 million dollar), 280 ming tonna o‘simlik yog‘i (257 million dollar), 1 million tonna shakar (504,6 million dollar) talab qilinadi. Ushbu ehtiyojni o‘zimiz qoplay olamiz va ayrimlarini eksport ham qilamiz. Lekin bu mahsulotlar YeOII mamlakatlarida ortig‘i bilan yetishtiriladi. Masalan, bug‘doy ishlab chiqarish 90 million tonnani tashkil qiladi, ichki iste’mol uchun 40 million tonna yetarli. Bug‘doyning 50 million tonnasi ortiqcha. Un ishlab chiqarish 14,3 million tonna, ichki iste’mol uchun 12 million tonna yetarli, 2,3 million tonna un ortiqcha. O‘simlik yog‘i ishlab chiqarish 6559,4 ming tonna, ichki iste’mol uchun 4657,5 ming tonna yetarli. Ortiqchasi 1901,9 million tonnaga teng. Shakar ishlab chiqarish hajmi 7,3 million tonnaga teng. Bularning hammasi ichki iste’molga ketadi. Agar O‘zbekiston YeOIIga a’zo bo‘ladigan bo‘lsa, biznes uchun raqobat kuchayadi va bu sharoitda ishlab chiqarish samaradorligi oshadi, xomashyo bazasining kengayishi natijasida korxonalar to‘liq quvvat bilan ishlaydi, biz uchun muhim bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari eksporti ortishi ro‘y beradi. Bu holatda jamiyatimiz uchun ham katta manfaat bo‘ladi. Bunda un importi ko‘payadi, natijada mamlakat ichida un mahsuloti sifati oshadi, narxi pasayadi. Oziq-ovqat mahsulotlari (un, o‘simlik yog‘i, shakar) narxlari YeOIIga a’zo davlatlar narxlariga yaqinlashishi evaziga pasayishi ro‘y beradi. Bu aholining turmush farovonligi, hayot darajasi va sifatining oshishiga olib keladi. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining nizomi va maqsadlariga qarasangiz, sof iqtisodiy blok bo‘lib ko‘zga tashlanadi. Agar ushbu ittifoqning maqsadidan kelib chiqqan holda a’zo davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy to‘siqlar olib tashlansa, savdo va boshqa iqtisodiy munosabatlar erkin rivojlantirilsa, shu davlatlar o‘rtasidagi bojxona va tariflar muvofiqlashtirilsa, unga a’zo har bir davlat, xususan, O‘zbekiston ham yutadi. Ayrim tahlilchilar YeOIIga qo‘shilsak qaramlikka yuz tutamiz, degan fikrda. Ammo bunday emas. Masalaning nozik tomoni shundaki, YeOII davlatlari biz bilan iqtisodiy hamkor, chegaradosh davlatlar. Agar ittifoqqa kirmagan davlatlar bilan iqtisodiy munosabatlar cheklab qo‘yiladigan bo‘lsa, bizning bozorimiz “yopilib” qolishi mumkin. Ammo tahlilchilarning bu holatga xavotiri ham yo‘q emas. Ko‘plari bu ittifoqqa qo‘shilgandan keyin maqsadga hamisha ham amal qilavermaydi, deyishmoqda. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, agar O‘zbekiston YeOIIga a’zo bo‘lib, iqtisodiy ittifoqqa kirgan davlatlar bilan munosabatda shu tashkilot nizomi asosida belgilangan maqsadga muvofiq faoliyat ko‘rsatsa yaxshi. Ammo boshqa davlatlar bilan munosabatda shu tashkilotning roziligini olish lozim bo‘lsa, buning oqibati yaxshilikka olib kelmaydi. Chunki hozir integratsiya jarayoni davlatlar o‘rtasida keskin rivojlanib bormoqda. Bunday sharoitda har bir davlat erkin bo‘lmasa faoliyati chegaralanib, cheklanib qoladi. Shu tufayli, ushbu ittifoqqa qo‘shilishga shoshilmaslik lozim. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, ma’lum muddatda ushbu ittifoqqa kuzatuvchi sifatida kirishimiz maqsadga muvofiq. Chunki kuzatuvchi bo‘lish hali a’zo degani emas. - Prezidentimizning Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirilishi rejalashtirilgan tashrifi yaqinlashishi bilan dunyo jamoatchiligini O‘zbekistonni YeOIIdek integratsion tuzilma bilan kelajakda qay tarzda hamkorlik qilishi qiziqtirmoqda. Qolaversa, Prezidentimiz ham parlamentga yo‘llagan Murojaatnomasida bu borada o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. YeOIIdek integratsion birlashmani tuzishdan maqsad tovarlar, kapital va ishchi kuchining yagona bozorini tashkil etish, ittifoq a’zolarining ishlab chiqarish salohiyatini teng hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yo‘li bilan ro‘yobga chiqarishdir. Ko‘rinib turibdiki, YeOII a’zolari bir-biridan katta farq qiladigan iqtisodiy salohiyatga ega davlatlar. Bu besh mamlakatni bog‘lab turgan omil - ularning harbiy nuqtai nazardan hamkorligi. foydalanishni, o‘zaro tashqi savdo aylanmasini yuqori sur’atlar bilan rivojlantirishni afzal ko‘rmoqda. Shundan kelib chiqib, faqat ro‘yxatdan o‘tishdagi xarajatlarni tejash hisobidan kelib chiqadigan imtiyozlar O‘zbekistonni YeOIIga a’zo bo‘lib kirishiga asos bo‘la olmaydi. Rossiyadagi demografik holat tashqi ishchi kuchiga bo‘lgan talabni yana ham oshishiga sabab bo‘lmoqda. Shuning uchun mamlakatning yangi hukumati yaqin yillarda O‘zbekiston fuqarolari uchun tegishli sharoit yaratib berishga majbur bo‘ladi. Qolaversa, malakali kadrlarga dunyoning boshqa mamlakatlarida ham katta talab bor. Buning uchun mamlakatimizdagi kadrlar tayyorlash tizimini xalqaro marketing tadqiqotlari yordamida ishchi kuchini qabul qiladigan mamlakatlar sharoitidan kelib chiqqan holda takomillashtirish lozim. Xulosa Xulosa qilib aytganda, mamlakatimiz MDHga a’zolar bilan erkin savdo zonalari tuzish orqali yaxshi natijalarga erishmoqda. Tashqi savdo hamkorlari ichida Rossiya ikkinchi (6,6 milliard dollar yoki 15,7 foiz), Qozog‘iston uchinchi (3,3 milliard dollar yoki 8 foiz) va Qirg‘iziston yettinchi o‘rinni egallaydi (829 million dollar yoki 2 foiz). Ijtimoiy tarmoqlarda agar O‘zbekiston YeOIIga a’zo bo‘lsa, Rossiyada ishlab chiqariladigan tovarlar ichki bozorimizni zabt etishi mumkin, degan xavotirlar ko‘p uchramoqda. Ammo vaziyatga real qarasak, bunday xavotirga o‘rin yo‘qligini ko‘rish mumkin. Gap shundaki, mamlakatimizda 2017 yilning sentyabridan boshlab valyuta siyosati liberallashtirilgan, ya’ni xohlagan tadbirkor ushbu imkoniyatdan foydalanib, Rossiyadan istagan tovarini import qilish imkoniyatiga ega. Ammo, tashqi savdo faoliyati kengaygani bilan mamlakatimiz savdo peshtaxtalarini Rossiyada ishlab chiqarilgan tovarlar bosib olgan, deb bo‘lmaydi. Gap shundaki, Rossiyaning iste’mol tovarlari ishlab chiqaradigan korxonalari noto‘g‘ri amalga oshirilgan xususiylashtirish natijasida uzoq yillardan beri faoliyat ko‘rsatmay kelmoqda. Aslini olganda, ilgaridagidek Rossiyaning "Ural" mototsikllari, "Zil" muzlatkichlari, "Saratov" kir yuvish mashinalari, "Foton" televizorlari va fin uylari kirib kelishni boshlasa bu faqat yaxshilikka. O‘z vaqtida bu narsalar shunchalik yuqori sifatga ega bo‘lganki, ayrim oilalar ulardan 30-35 yildan beri foydalanib kelmoqda. Download 48.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling