Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi shakllanishining joriy holati tahlili va undagi iqtisodiy-moliyaviy munosabatlar


Download 253.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana25.02.2023
Hajmi253.02 Kb.
#1228631
  1   2
Bog'liq
yevroosiyo-iqtisodiy-ittifoqi-shakllanishining-joriy-holati-tahlili-va-undagi-iqtisodiy-moliyaviy-munosabatlar



Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi shakllanishining joriy holati 
tahlili va undagi iqtisodiy-moliyaviy munosabatlar 
 
Javohir Abdusalim o‘g‘li Nurulloyev 
Akbar Aqmirzayevich Shernayev 
Toshkent moliya instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi shakllanishining 
joriy holati tahlili va mamlakat rivojidagi ahamiyati, ushbu jarayonlarni tadqiq 
etishdagi ilmiy nazariyalar, iqtisodiy iqtisodiy-moliyaviy munosabatlarning 
bosqichlari va integratsiyalashuv modellari, jarayonlariga ta’sir qiluvchi omillar, 
yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi shakllanishining mohiyati tahlil etilgan, hamda tegishli 
xulosalar ishlab chiqilgan. 
Kalit so‘zlar: yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, savdo, bozor, raqobat, model, 
iqtisodiy-moliyaviy munosabatlar, tuzilma, geoiqtisodiy, omillar, mintaqaviy, 
hamkorlik. 
Analysis of the current state of formation of the Eurasian 
Economic Union and its economic and financial relations 
Javohir Abdusalim oglu Nurulloyev 
Akbar Akmirzayevich Shernayev 
Tashkent Financial Institute 
Abstract: This article analyzes the current state of the Eurasian Economic Union 
and its importance in the country's development, scientific theories in the study of these 
processes, stages and models of integration of economic and financial relations, factors 
influencing the process, the essence of the Eurasian Economic Union conclusions were 
developed. 
Keywords: Eurasian Economic Union, trade, market, competition, model, 
economic and financial relations, structure, geoeconomic, factors, regional, 
cooperation. 
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi mamlakatlar o‘rtasida barcha sohalardagi 
o‘zaro aloqalarning kuchayishiga olib kelmoqda. Bu esa o‘z navbatida, rivojlanish va 
taraqqiy etish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish bilan bir qatorda o‘ziga xos 
tahdidlarni ham keltirib chiqarmoqda. Ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanish va 
tahdidlarga nisbatan hamkorlikda qarshi turish maqsadida ma’lum mintaqalar 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
1495


doirasida turli darajadagi integratsiyaviy jarayonlarni faollashganini kuzatish mumkin. 
Integratsiyaviy tuzilmalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish iqtisodiy imkoniyatlardan 
samarali foydalanish bilan birga, ushbu yo‘nalishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan 
muammolarni hal qilish zaruratini kun tartibiga chiqaradi. 
Xalqaro ekspertlarning fikricha, iqtisodiy integratsiya milliy iqtisodiyotlarning 
iqtisodiy o‘sishiga ta’sir ko‘rsatuvchi dinamik rivojlanuvchi jarayondir. 
Shu ma’noda, bugun O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yangi bosqichdagi 
islohotlar samarasi jahon iqtisodiyoti tizimiga integratsiyalashishga, ayniqsa, hududiy 
jihatdan yaqin mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga ham 
bog‘liqdir. Shu nuqtai nazardan, MDH doirasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni 
iqtisodiy integratsiyaning muhim ko‘rinishi hisoblangan yagona bojxona ittifoqi 
doirasida rivojlantirish, uning tashkiliy va huquqiy asoslarini takomillashtirish, 
bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. 
Ekspertlarning ta’kidlashlaricha, bu borada yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) 
sobiq ittifoq hududidagi omadli va istiqbolli integratsiya loyihasidir. 1995 yilda 
Rossiya Federatsiyasi va Belorus Respublikasi o‘rtasida imzolangan «Bojxona ittifoqi 
to‘g‘risida»gi bitimga asoslangan va keyinchalik o‘z tarkibiga Qozog‘iston, 
Qirg‘iziston hamda Armanistonni birlashtirgan yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati, 
o‘zining shakllanish tarixi va rivojlanish amaliyotiga ko‘ra, jahon hamjamiyatining 
diqqat markaziga tushdi. 
Hozirgi kunda dunyoda 5 ta asosiy iqtisodiy blok mavjud bo‘lib, ular yevropa 
Ittifoqi, MERCOSUR - Janubiy Amerika davlatlarining davlatlararo iqtisodiy 
birlashmasi, NAFTA - Shimoliy Amerika erkin savdo zonasi, ACEAN - Janubiy-
Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi va yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) hisoblanadi. 
Evropa Ittifoqi dunyodagi eng rivojlangan mintaqaviy integratsiya bloki 
hisoblanadi. Integratsiyaning barpo etilishi sohasidagi rejali va tizimli ishlar yevropa 
ittifoqi doirasida iqtisodiy va siyosiy ittifoq tuzish shaklida o‘zining ijobiy natijalarini 
berdi. Bojxona ittifoqi va yevropa ittifoqining hozirgi shaklda muvaffaqiyatli 
shakllanishi, barcha muammolarga qaramay, yevropada integratsiya jarayonining 
hayotiyligini tasdiqlamoqda. 
MERCOSUR - Lotin Amerikasi va Karib dengizi havzasi aholisining 55,3 foizini 
(300 
milliondan 
ortiq) 
qamrab 
olgan 
bo‘lib, 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
xorijiy 
investitsiyalarning 40 foizini, mintaqa mamlakatlari tashqi savdosining 33 foizini 
tashkil etadi. Mazkur uyushma a’zolarining umumiy yalpi ichki mahsuloti 3,3 
trln.dollarni tashkil qiladi va hajmi hamda iqtisodiy salohiyati bo‘yicha yevropa 
Ittifoqidan keyin ikkinchi, erkin savdo hududi hajmi bo‘yicha yevropa Ittifoqi va 
NAFTAdan keyin uchinchi o‘rinni egallaydi. 
ACEAN uyushmasi Janubiy-Sharqiy Osiyodagi 10 ta davlat (Indoneziya, 
Malayziya, Singapur, Tailand, Filippin, Bruney, Vetnam, Laos, Myanma va 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
1496


Kambodja)ni birlashtirgan. Hozirgi kunda ACEANga a’zo davlatlarning aholisi qariyb 
500 million kishiga etgan, umumiy yalpi ichki mahsuloti esa 737 mlrd.dollarini tashkil 
etmoqda. 
Umuman, dunyo davlatlarining iqtisodiy integratsiyaga moslashuvi qanday 
omillarga asoslanmoqda, ularning birlashuviga qanday sabablar ta’sir ko‘rsatmoqda? 
Eng asosiy sabab, birinchidan, iqtisodiy hayotning globallashuvi, ikkinchidan esa 
xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvidir. Shuningdek, dunyo miqyosidagi ilmiy 
va texnologik inqiloblar va milliy iqtisodiyotlarning ochiqligini oshirishga ehtiyoj ham 
mamlakatlarning o‘zaro integratsiyalashuviga sabab bo‘lmoqda. 
Shu jihatdan qaraganda, bugun turli bahs-munozaralarga turtki bo‘layotgan 
masala - O‘zbekistonning yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII)ga a’zo bo‘lishi 
yuzasidan fikr-mulohazalarimizni bildirishni joiz, deb bildik. Bu o‘rinda, eng avvalo, 
EOII doirasidagi tashkiliy-huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi organlar va 
ularning faoliyati, hamkorligining huquqiy asoslari, o‘zaro kelishuv va bitimlarni 
chuqur tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. 
Ta’kidlash lozim, EOIIning a’zo davlatlari (Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, 
Armaniston va Qirg‘iziston) o‘rtasida tovarlar va xizmatlar harakati, migrantlar 
harakatlanishi va kapital harakatining erkinligi ta’minlangan bo‘lib, yagona bojxona 
tizimiga ega bo‘lgan umumiy iqtisodiy hudud shakllantirilgan. yevroosiyo iqtisodiy 
ittifoqining oliy organi a’zo davlatlar rahbarlari tarkibidan tashkil topgan Oliy 
yevroosiyo Iqtisodiy Kengashi (OEIK) hisoblanadi. Kengash ittifoq faoliyatining 
asosiy masalalarini ko‘rib chiqadi, integratsiyani rivojlantirish strategiyasi, 
yo‘nalishlari va istiqbollarini belgilaydi. 
EOII Shartnomasi, EOII doirasidagi xalqaro kelishuvlar va Oliy Kengash 
qarorlarining bajarilishi va monitoringi a’zo davlatlar hukumat rahbarlaridan iborat 
Hukumatlararo Kengash tomonidan ta’minlanadi. 
EOII Sudi - doimiy faoliyat yurituvchi sud organi hisoblanib, uning shtab-
kvartirasi Minsk shahrida joylashgan. U a’zo davlatlar tomonidan EOII Shartnomasi 
tartib-qoidalaridan teng ravishda foydalanilishini ta’minlaydi va nizolarni hal qiladi. 
Evroosiyo Iqtisodiy Komissiyasi (EIK) - doimiy faoliyat yurituvchi milliy 
boshqaruv va tartibga soluvchi organ bo‘lib, uning tarkibi a’zo davlatlar hukumat 
rahbarlarining o‘rinbosarlari va har bir davlatdan uch kishidan iborat bo‘lgan hay’atdan 
iborat. Komissiya qarorlari barcha davlatlarga ijro uchun majburiydir. 
Evroosiyo Iqtisodiy Komissiyasi iqtisodiy ittifoqning 170 tadan iborat 
funktsiyalarini bajaradi: 
Jumladan, bojxona-tarif va notarif tartibga solish; bojxona ma’murchiligini 
tartibga solish; sanitariya, veterinariya va fitosanitariya chora-tadbirlarini tartibga 
solish; uchinchi mamlakatlarga nisbatan savdo rejimlarini o‘rnatishni tartibga solish; 
makroiqtisodiy va raqobat siyosatini belgilash; sanoat va qishloq xo‘jaligiga 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
1497


subsidiyalar, tabiiy monopoliyalar, davlat xaridlari, transport va tashishga oid chora - 
tadbirlarni tartibga solish va boshqalar. 
Shu o‘rinda, ayrim faktlarni ham keltirib o‘tish o‘rinli. Ya’ni, EOIIni tashkil 
etuvchi beshta a’zo davlat hudud, aholi soni va iqtisodiyot hajmi jihatidan bir-biridan 
keskin farq qiladi. Ittifoqning eng katta mamlakati Rossiya, eng kichigi Armanistondan 
574 marta kattaroqdir va shunga o‘xshash, Rossiyaning yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 
Armanistondan 170 baravar katta. Umuman, Rossiyaning YaIMi qolgan to‘rt a’zoning 
umumiy YaIMidan taxminan 6 baravar katta. To‘rt a’zo davlat - Armaniston, Belarus, 
Qozog‘iston va Qirg‘izistonning umumiy aholisi qariyb 42 million, Rossiya aholisi esa 
147 millionga yaqin. 
Ittifoq doirasida tovarlarning boj to‘lovlarisiz olib o‘tilishi, davlatlarning ichki 
bozorlariga mahalliy tovarlarning hech qanday to‘siqlarsiz kirib borishi, bojxona 
idoralari faoliyatini tartibga solishning umumiy va mukammal tizimini yaratish, kapital 
harakati erkinligini ta’minlash imkoniyatlarini yaxshilaydi. 
Bu iqtisodiy aloqalar kuchayishining ijobiy tomonlari edi. Shu bilan birga, uning 
ayrim salbiy jihatlari ham mavjud. Bular - mamlakatimizda mahsulotlari yuqori narxga 
ega bo‘lgan korxonalar faoliyatiga salbiy ta’sirlar bo‘lishi, ichki bozorda import 
mahsulotlari hajmining ko‘payishi, ayrim tovarlar bozorida raqobatning ortishi, hozir 
turlicha bo‘lgan texnik tartibga solish va standartlarni bir xil qilish bilan bog‘liq 
muammolar paydo bo‘lishi, tayyor sanoat tovarlarini ishlab chiqarish bo‘yicha 
tumanlararo tafovut ortishi kabi ehtimollar. EOII doirasida yagona elektr energiyasi 
bozorini yaratish va shu yo‘l orqali barcha a’zo davlatlarni nisbatan arzon elektr 
energiyasi bilan ta’minlash, suv resurslaridan oqilona foydalanishda bir echimga kelish 
mumkin. Bular iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir qiladi. 
O‘zbekiston ittifoqqa a’zo mamlakatlar ichida mehnat resurslari soni bo‘yicha 
Rossiyadan keyin 2-o‘rinni egallaydi. Bu esa O‘zbekistonning mehnat resurslariga 
boyligini, mehnat salohiyati yuqoriligini ko‘rsatadi. Masalaga shu jihatdan 
yondashilsa, ittifoqqa a’zo bo‘lish mehnat munosabatlari masalasida ko‘plab ijobiy 
natijalarni beradi. 
Iqtisodiy integratsiya jarayonlari mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida va 
siyosiy hayotida muhim ahamiyat kasb etgani holda, mintaqaviy iqtisodiy integratsion 
tuzilmalarda ishtirok etish masalasi, birinchi navbatda, davlatlar milliy manfaatlaridan 
kelib chiqqan holda hal etilishi lozim; 
- mintaqaviy iqtisodiy integratsiya jarayonlarini murakkab va dinamik xarakterga 
ega ekanligi, uni tadqiq etish bo‘yicha turli ilmiy yondashuvlarni shakllanishiga olib 
keldi, bu esa, makon va zamon omilidan kelib chiqib, eng maqbul nazariyalar asosida 
ushbu fenomenni ilmiy o‘rganish va amaliy takliflar ishlab chiqish zaruratini yuzaga 
keltirmoqda; 
- iqtisodiy integratsiya jarayonlarida eng dolzarb masalalardan biri davlatlarning 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
1498


ayrim suveren huquqlarini davlatdan yuqori turuvchi tashkilotlarga o‘tkazishi 
muammosi hisoblanadi; 
- O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada 
rivojlantirishga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlari kun tartibiga mintaqa doirasidagi 
iqtisodiy integratsiyaviy tuzilmalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning chuqur 
o‘ylangan tamoyillari va shakllarini ishlab chiqish masalasini qo‘ymoqda. Bu esa 
muammoning nazariy jihatlarini har tomonlama batafsil o‘rganish zaruratini keltirib 
chiqaradi. 

Download 253.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling