Yevropa ittifoqining tashkil topishi
II.BOB YEVROPA VALYUTA TIZIMINING AMALDAGI HOLATI
Download 214 Kb.
|
Kurs ishi mavzu Yevropa valyuta tizimi va uning rivojlanish xus
II.BOB YEVROPA VALYUTA TIZIMINING AMALDAGI HOLATI.
2.1 Yevropa valyuta tizimini amaldan qolishi 1999 - 2002 yillar davrida o'zaro naqdsiz hisob-kitoblarda Yevro va unga biriktirilgan milliy valyutalar parallel ravishda ishlatildi, hududning barcha davlat hamda xususiy bo'lgan moliyaviy aktivlari va passivlarining nominatsiyasi Yevroda amalga oshirildi. Yevroittifoqning yagona pul-kredit va valyuta siyosati hamda YEI milliy bank institutlarining faoliyati amalga oshirila boshlanishini; - 2002 yilning 1-yanvaridan boshlab Yevroning banknot va tangalarini muomalaga chiqarilishi, uning a'zo mamlakatlar milliy valyutalari bilan parallel muomalasi, mazkur milliy valyutalarni Yevroga almashinishini; - 2002 yilning 1-iyulidan milliy valyutalarni muomaladan chiqarib olinishi va a'zo mamlakatlar xo’jalik muomalasining to'liq Yevroga o'tishini. Yevroittifoqning yagona pul va valyuta siyosati a'zo mamlakatlar tomonidan YEI Kengashi orqali, shu jumladan ularning moliya vazirlari tarkibida yig’ilishlarda ishtirok etadigan (YEIning iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo'yicha Kengashi), oddiy ko'pchilik ovoz bilan qaror qabul qilishda hamda Yevroparlament va EMB bilan maslahatlardan so'ng shakllantiriladi. Yaqin istiqbolga bo'lgan iqtisodiy, pul va valyuta siyosatlarining asosiy maqsadlari bo'lib baholar barqarorligi hamda Yevroning xalqaro mavqYeI mustahkamlanishi ta'minlangani holda iqtisodiy o'sish va aqoli bandligini rag’batlantirish hisoblanadi. 1999 yilning 1-yanvaridan ushbu siyosatning aniq shakllantirilishi va uning ijro etilishi Markaziy banklarning Yevropa tizimiga berildi (MBET). Ushbu Markaziy banklarning Yevropa tizimi Yevroga o'tgan mamlakatlar markaziy banklari va millatusti Yevropa Markaziy Bankidan tashkil topadi6. O’z navbatida Markaziy banklarning Yevropa tizimi a'zo mamlakatlar Markaziy banklari bilan hamkorlik aloqalarini amalga oshiradi, shu jumladan ularning qar biri uchun yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan emissiya kvotalarini belgilaydi, YEI kredit va valyuta bozorlari kon'yunkturasi ustidan joriy kuzatuvni amalga oshiradi, YEIning iqtisodiy hamda moliyaviy masalalar bo'yicha Kengashi qarorlarini tayyorlaydi va zarur bo'lganda zikr etilgan kon'yunkturani qo'llab-quvvatlash maqsadida milliy markaziy banklar bilan birgalikda intervensiyalarni amalga oshiradi. Bunda YEIning iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo'yicha Kengashi siyosatining asosiy instrumentlari bo'lib quyidagilar hisoblanadi: a) targetlash (inflyatsiyani nazorat qilish maqsadida asosiy pul agregatlarining maqsadli yo'nalishlarini belgilanishi); b) asosiy foiz stavkalarining tebranish chegaralarini belgilash, shu jumladan Yevroning yalpi zonasi bo'yicha ularni o'zaro yaqinlashtirish maqsadida; v) ochiq bozordagi operatsiyalar; g) banklar uchun minimal zahira talablarining o'rnatilishi. YEIning iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo'yicha Kengashi tomonidan boshqariladigan "TARGET" o'zaro hisob-kitoblar tizimi Yevro zonasini mustahkamlovchi vosita bo'lib hisoblanadi. "Yevro zonasi"ning boshqa dunyo bilan ham munosabatlari chegaralangan. Yagona valyutaga YEIning 15 davlatidan hozircha 11 davlati o'tayotganligini hisobga olgan holda shunday holat ham ko'zda tutilganki, agarda Yevroning oyoqqa turish va amal qilish jarayoni yalpi Yevroittifoq manfaatlariga taalluqli bo'lsa YEI mamlakatlarining vujudga kelayotgan muammolari yuzasidan ushbu mamlakatlarning to'liq (yoki manfaatdorlari) ishtirokida, ularning xulosalari hamda takliflarini YEIning iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo'yicha Kengashiga yetkazgan holda norasmiy o'zaro maslahatlari uyushtirilishi mumkin. YEIning yagona valyuta va kredit bozori sharoitida bir qator moliyaviy operatsiyalarning davlat muvofiqlashtirish qoidalarini sezilarli erkinlashtirilishi hamda soddalashtirilishi kutiladi, xususan: a) nafaqat o'z mamlakatlarida, balki Yevro zonasida ham investitsiya qilishga teng huquqlarni oladigan sug’urta kompaniyalari va pensiya fondlarining faoliyati. Birinchi navbatda ushbu, ularga mavjud qo'yilmalarni davlat milliy qimmatli qog’ozlarida majburiy to'planuvidan qutilish va bu bilan sezilarli darajada o'z portfellarini diversifikatsiyalash imkonini beradi; b) davlat qimmatli qog’ozlarini joylashtirish bo'yicha birlamchi dilerlar o'zining cheklovchi, asosan milliy tavsifnomasini yo'qotadi; v) Yevro zonasida kreditlarni ko'chmas mulk garovi yuzasidan joylashtirish erkin va ko'p chegarali bo'ladi. Bir qator mamlakatlarda ushbu bugungi kunda maxsus ruxsatni talab etadi; g) milliy hukumatlar hamkor-mamlakatlar banklari faoliyatini o'z hududlarida nisbatan kamroq nazorat qila boshlaydilar. Hozirgi paytda ushbu nazorat milliy pul siyosati manfaatlari bilan izohlanadi; d) ayrim mamlakatlardagi soliqqa tortilishdagi farqlar tobora ko'rinarli bo'ladi. Ushbu ularning taqqoslama raqobatdoshligining mustaqil omiliga aylanadi. o’z navbatida ushbu jarayon YEI soliq tizimlarining integratsiyasini tezlashtiradi. EIdagi "soliq ko'rfazlari"ni yopilishi manfaatidagi harakatlar kuchayadi. Yevro kiritilishining tasdiqlangan tartibida o'tish davrida YI ushbu jarayonda zo'rlash va majbur etish tamoyillarini qo'llamasligidan kelib chiqqan holda rasmiy hokimiyat hamda xususiy biznes unga o'tish yo'llarining nisbatan kengroq tanlov erkinliklari va oraliq sanalariga ega bo'lishi ko'zda tutiladi. Biroq bularga qaramasdan bir qator davlat moliyaviy operatsiyalarini yangi valyutaga o'tishining ma'lum bir qoidalari o'rnatilgan. Yevro zonasiga a'zo mamlakatlarning ichki moliyaviy (byudjet, hisob yuritish va boshqa shu kabi) operatsiyalari 2001 yilning 31-dekabriga qadar milliy valyutalarda amalga oshishi mumkin. Biroq davlat moliyaviy statistikasining asosiy ko'rsatkichlari parallel ravishda Yevroda ham chop etiladi. Yevroga qo’shilgan davlatlar valyutasida ifodalangan va 1998 yilning 31-dekabriga qadar to'lanishi lozim bo'lgan mazkur davlatlarning tashqi davlat qarzi ushbu ifodadagi valyutada to'lanadi. 1999-2001 yillar o'tish davriga to’g’ri keladigan to'lovlarga yuqorida zikr etilgan "majbur etmaslik va taqiqlamaslik", ya'ni to'lov valyutasining erkin tanlovi qoidasi qo'llaniladi. Yevropa fond birjalari federatsiyasi nominali Yevro zonasi mamlakatlari milliy valyutalarida ifodalangan xususiy qimmatli qog’ozlar bilan birja savdosini 1999 yilning 4-yanvaridan boshlab, ya'ni fond birjalarining yangi yilda ochilishining birinchi kunidan boshlab yangi valyutaga o'tkazishni tavsiya etdi. Qimmatli qog’ozlar nominalini ifoda etish uslubi to’g’risidagi qaror ularning emitentlari (aksiyalar uchun - aksiyadorlar majlisi) tomonidan qabul qilinadi. Bunda ushbu ko'rsatkichlar ifodasining to'liq raqamlarini saqlab qolish maqsadida aksiyalarning nominal qiymati yoki ustav kapitalining hajmi o'zgarishi mumkin. Zikr etilgan nominallashtirish jarayoni aksiyadorlar manfaatiga zid bo'lmasligi yoki o'z portfellarining bir qismini sotishga majbur etmasligi lozim. Bozorlardagi Yevroning umumiy massasi avvalgi valyuta massasidan katta bo'ladi deb, ya'ni boshqa valyutalar hisobiga mablag’lar bir qismining birinchi navbatda dollar va iena orqali Yevroga oqib o'tishi prognoz qilinmoqda. Xalqaro iqtisodiy, shu jumladan, valyuta-kredit va moliyaviy munosabatlarga Yevro tomonidan sezilarli o'zgarishlar olib kirilishini ekspertlar prognoz qilmoqda. Barqarorlashtirilgan davlat moliyasi sharoitida hukumatning yangi qarzlarga bo'lgan ehtiyojining pasayishi singari Yevro zona mamlakatlarining zarurati qolmagan avvalgi hajmlardagi valyuta zahiralarini qisqarishi hisobiga ushbu zonadagi pul va kapital bozorlarida taklif ortadi. Ushbu sharoit mazkur bozorlarni yanada ochiq va bir maromli qiladi hamda bu bozorlarda eng muhim ishtirokchi bo'lib davlat emas, balki xususiy shaxs sifatidagi qarz oluvchi maydonga chiqadi, asosiy investitsiyalar esa davlat majburiyatlariga emas, balki korxonalar qimmatli qog’ozlariga, shu jumladan ularning aksiyalariga ketadi. Ushbu esa YEI fond va kredit bozorlarini ishlab chiqarish bilan yanada qattiqroq boqlaydi. Natijada kapitalning yalpi aylanishi tezlashadi. Xalqaro miqyosda kapitallar chambarchas bog’lanib ketishi jarayonida Yevro zonasi mamlakatlari ishtiroki faolligining ortishi kutilmoqda. Ularning bozor sub’ektlari maydonga nafaqat savdogarlar, balki investorlar sifatida ham maydonga faol chiqadi. YEI korxonalari va banklarini mazkur zonaning yalpi masshtabida faoliyat ko'rsatishga imkon beradigan hajmlarda yiriklashtirishga qaratilgan birlashish hamda o'zaro qo’shilib ketishning yangi bosqichi boshlanadi. Yevroni kiritilishi banklar uchun bank xizmatlari va davlat hamda korporativ qimmatli qog’ozlarning YEIda yagona bozorini qaror topishi va yaratilishini bildiradi.Alohida mamlakatlarning mustaqil kredit reytingi asta- sekin individual milliy qarz oluvchilarning taqqoslama imtiyozlari foydasiga o'zining avvalgi ahamiyatini yo'qotadi. Sanoat korporatsiyalari uchun Yevroning kiritilishi Yevrodan baho va to'lov valyutasi sifatida foydalanish, hisob-kitoblar, valyuta tavakkalchiligini sug’urtalash bilan bog’liq xarajatlarning kamaytirilishini bildiradi. Ushbu moliyaviy korxonalarni sog'lomlashtirish aksiyalari daromadliligini o'sishi uchun muhimdir va Yevro zonasining nisbatan past darajada rivojlangan janubi asta- sekin asosiy ko'rsatkichlar bo'yicha shimol darajasiga yaqinlashib boradi. Jahon moliyaviy markazlar xususiga kelsak, agarda Buyuk Britaniya Yevro zonasiga qo’shilmasa unda yetakchilik London qo'lidan Frankfurt (Maynda) va Parij qo'llariga o'tib qolishi mumkin. Download 214 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling