Yevropa o’rta asr tarixshunosligi Reja: Tarixshunoslik predmeti va maqsadi


Download 37 Kb.
bet2/2
Sana14.10.2023
Hajmi37 Kb.
#1702686
1   2
Bog'liq
7-mavzu

4. Xronologik usul voqyea-hodisalar haqida turli bosqich yoki davrda to‘plangan tarixiy faktlarni o‘zaro bog‘liklikda o‘rganishda qo‘llaniladi. Bu esa turli zamonda ilmiy fikrlarning harakati, muammoga yondashuvda konsepsiyalar, qarashlar va g‘oyalarning o‘zgarib borishining takroriy yoki xilma-xil jihatlarini xronologik tartibda ochib beradi.
Tarixshunoslik tadqiqotlarida tadqiqotchining vazifasi o‘zidan avvalgi bosqichlarda yaratilgan ilmiy asarlarni zamonaviy bilimlar nuqtai nazaridan o‘rganish, ularning ijobiy va salbiy jihatlarini tahlil qilishdan iborat.
Tarixshunoslik - tarix faniing tarixini o‘rganuvchi fan. Tarixshunoslik tarixiy bilimlar taraqqiyotini, muayyan tarixiy bosqichda yaratilgan ilmiy mahsulotlarni yoki ma'lum bir muammoga bag‘ishlangan tarixiy tadqiqotlarni o‘rganadi va tahlil qiladi. Tarixshunoslik ta­rixiy bilimlar taraqqiyotini, muayyan tarixiy bosqichda yaratilgan ilmiy mahsulotlarni yoki ma'lum bir muam-moga bag‘ishlangan tarixiy tadqiqotlarni o‘rganadi va tahlil qiladi. Tarixshunoslik nafaqat tarix, balki maxsus tarix fanlari (mas, sharqshunoslik, etno­logiya, arxeologiya va b.) tarixi bilan ham shug‘ullanadi. Tarixshunoslikning asosiy vazifasi tarix fani rivojini chuqur za har tomonlama xolisona anglashdan, muayyan taraqqiyot davrida to‘plangan tarixiy bilimlarni tahliliy tadqiq etishdan, amalga oshirilgan ishlarnish" natijasini chiqarishdan hamda shu asosda tadqiq etilgan dolzarb muammolarni aniqlab, kelgusi tadqiqotlarning yo‘nalishlarini belgilashdan, tarixchilarni muayyan tarixiy-ilmiy muammo doirasidagi adabiyotlarga yo‘naatirishdan iborat. Tarixshunoslik o‘tmishda kechgan va bugungi kunda sodir bo‘layotgan voqyea-hodisalarniig odamlar ongida qanday aks etishini, tarixiy adabiyotlar orqali ijtimoiy-tarixiy rivojlanish jarayonini kuzatish; jamiyat tarixiy rivojining turli bosqichlarida tarixiy bilimlarning o‘sib borishi jarayonini kuzatish imkonini beradi. Boshqacha aytganda, ma'lum bosqich yoki davrda ta­rix fanining rivojini jamiyat taraqqiyotining asosiy yo‘nalishi bilan bog‘liqlikda ifodalaydi, ijtimoiy-siyosiy, mafkuraviy muhitning tarix faniga ta'sirini, u yoki bu yo‘nalishdagi rivojlanish va tanazzulga yuz tutish sabablarini aniqlaydi. Tarixshunoslik shuningdek, fan taraqqiyotida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan i.t. markaatari tarixini, unda faoliyat ko‘rsatgan ilmiy kadrlarning salohiyati, ularning fan rivojiga qo‘shgan hissalarini o‘rganish k abi vazifalar bajaradi.
Tarixshunoslik tadqiqotlarining bir qancha tahlil usullari mavjud: qiyosiy tarixiy usul — turli tarixiy davr-larda tarixiy ma'lumotlar qanday paydo bo‘ldi, harakatlandi, o‘zgardi va rivojlandi, jamiyat taraqqiyotida tarixiy fikrlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi jarayonini aniqlashda qo‘llaniladi; aniq tahliliy usul — olib borilgan Tarixshunoslik tadqiqoti voqyea-hodisalar tafsilotini kelib chiqish sabablari, rivojlaiish jarayo­nini nazariy va faktik materiallar-ning o‘zaro aloqasida taxlil qiladi, ularning fanda qanday yoritilganli-gini o‘rganadi; mantiqiy tahliliy usul — Tarixshunoslikda katta imkoniyat-larga ega bo‘lib, tarixiy muammoning o‘ziga xos xususiyatlari, tuzilishi. boshqa tarixiy hodisalar b-n bog‘liq-ligini o‘rganishda qo‘llaniladi. Boshqacha aytganda, ma'lum bosqich yoki davr­da tarix fanining rivojini jamiyat taraqqiyotining asosiy yo‘nalishi bilan bog‘liqlikda ifodalaydi; xrono­logik usul - voqyea-hodisalar haqida turli bosqich yoki davrda to‘plangan tarixiy faktlarni o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganishda qo‘llaniladi. Bu esa turli zamonda ilmiy fikrlar­ning harakatini, muammoga yondashuvda konsepsiyalar, qarashlar, g‘oyalarning o‘zgarib borishini xronologik tartibda takroriy yoki xilma-xil jihatlarini ochib beradi; davriylashtirish usulida ma'lum bir tarixiy-davriy chegarada tarix fani­ning sifat, uslub va xususiyatlari-ning o‘zgarishiga ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning ta'siri, har bir yangi bosqichda vujudga kelgan ilmiy goyalarni harakatlantiruvchi omil va yo‘nalishlar aniqlanadi; retro­spektiv tahlil — har bir ilmiy adabiyot o‘z davriga taalluqli bo‘lib, uning kuchli va kuchsiz jihatlarini o‘zi-da aks ettiradi. Tarixshunoslik tadqiqotlarda tadqi-qotchining vazifasi o‘zidan avvalgi bos-qichlarda yaratilgan ilmiy asarlarni za-monaviy bilimlar nuqtai nazaridan o‘rganish, ularning ijobiy va salbiy jihatlarini taxlil qilishdan iborat.
Download 37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling