Yevropa uyg‘onish davri ma’naviyati 1-dars


XV-XVI ASRLARDA G‘ARBIY YEVROPA MAMLAKATLARIDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOT VA UNING YEVROPA XALQLARI MA’NAVIYATIGA TA’SIRI


Download 50.25 Kb.
bet2/7
Sana29.12.2022
Hajmi50.25 Kb.
#1071968
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-8-MAVZU

XV-XVI ASRLARDA G‘ARBIY YEVROPA MAMLAKATLARIDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOT VA UNING YEVROPA XALQLARI MA’NAVIYATIGA TA’SIRI. Olimlar insoniyatning XVI asrdan boshlanadigan tarixiga «Yangi tarix» deb nom berganlar. Xo’sh, nega? Buning sababi shuki, XVI asr insoniyat tarixida yangi, keyinchalik industrial jamiyat deb atalgan jamiyatga asos soldi. Bu jamiyatning dastlab G’arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada qaror topa boorish jarayoni XVI-XIX asrlarni o’z ichiga oladi. Industrial jamiyat kapitalizm deb ham ataladi.Bu jamiyatning nomi kapital so’zidan olingan. Kapital-o’z egasiga daromad keltiruvchi xususiy mulk va mablag’, o’zini-o’zi ko’paytiruvchi sarmoyadir. Bu sarmoyaning asosida erkin tadbirkorlik faoliyati yotadi. Kapitalizm Siz VII sinfda bilib olgan feodal jamiyatidan qaysi xususiyatlari bilan farq qiladi? Tub farq-bu jamiyatning xususiy mulkdan va yollanma mehnatdan foydalanishda kishilarga keng erkinlik berganligidir. Bu jamiyat o’rta asrlarda bo’lgani kabi, kishini kishiga qonun bilan majburlab bog’lab qoymagan jamiyatdir. Shu bilan birga, insonning qobiliyati, salohiyati, g’ayrati va shijoatiga katta yo’l ochgan jamiyat hamdir. Shu sababli kapitalizm insoniyat tarixida misli ko’rilmagan kashfiyotlar va ixtirolar davri bo’ldi. Kapitalizm davrida kishilar motor, mashina, paroxod, parovoz, temir yo’l, dizel, martin pechi va boshqahirni kashf etdilar. Aviatsiya, telegraf, telefon, televideniye, radioni oylab topdilar. Yer yuzini elektr chiroqlari bilan yoritish boshlandi. Yangi-yangi energiya manbalari yaratildi. Yangi jamiyat-kapitalizm dastlab G’arbiy Yevropada, keyinroq esa Shimoliy Amerikada qaror topdi.
Buyuk geografik kashfiyotlar atamasi XV asr oxiri-XVII asr o’rtalarida yevropalik sayyohlar tomonidan amalga oshirilgan yirik geografik kashfiyotlarga nisbatan ishlatiladi. Geografik kashfiyotlar esa odamlar uchun shu vaqtgacha noma’lum bo’lgan yangi yerlarning qidirib topilishidir. Xo’sh, qanday omillar XV asr oxiridan boshlab buyuk geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishiga sabab bo’lgan edi? 
BirinchidanXV asr oxiri-XVI asr boshlariga kelganda Yevropada tovar ishlab chiqarish yuqori sur’atlarda o’sa boshladi. Bu esa xomashyoga bo’lgan talabni oshirib yubordi. Yevropaning o’zida xomashyo kam bo’lganligi uchun uni faqat boshqa o’lkalardan olib kelish zaruratga aylandi. Ikkinchidanyangi davr hukmron tabaqalarning boylikka, pulga bo’lgan ehtiyojini yanada orttirib yubordi. Endi ularning ongini o’zga yurtlarning oltin-kumushlarini va boshqa qimmatbaho boyliklarini egallab olish ishtiyoqi chulg’ab oldi. 
Uchinchidanquruqlikdan va O’rta Yer dengizidan o’tadigan savdo yo’llari, shu jumladan, Buyuk Ipak yo’li ham xavfli bo’lib qoldi. Bu yo’llar ustidan nazorat Yevropa mamlakatlarining asosiy raqibi Usmonli turklar qo’liga o’tib ketdi. Binobarin, endi yevropaliklar oldida yangi dengiz savdo yo’llarini ochish tarixiy zaruratga aylandi. Dengiz savdo yo’llarini ochishga imkon beruvchi zamonaviy kemalar hamda harbiy qurollar mavjud edi. Bundan tashqari, dengizda kompasdan foydalanish, astrolyabiyaning ixtiro qilinganligi ham katta ahamiyatga ega bo’ldi. 

Download 50.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling